Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Humoyun Sabirov

humoyunsabirov
Humoyun Sobirov telegram blogi! Ushbu telegram kanalda zapusk va fikrlarim bilan bo’lishib boraman
Подписчики
5 080
24 часа
10
30 дней
-160
Просмотры
2 432
ER
47,87%
Посты (30д)
7
Символов в посте
983
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Маркетинг и продажи
Краткое описание
June 09, 13:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Zapusk qilayotganlarni man ikki turga bo'laman
1️⃣
Birinchisi — "bosish kerak" rejimida ishlaydiganlar. Kim ekanini biladi, nima qilishini biladi, ortiqcha o'ylab o'tirmasdan ishini qiladi
To'g'rimi? Ha. Lekin zapusk shablon emas. Doim nyuans bo'ladi, muammo chiqadi, bozor o'zgaradi.
Shuning uchun bu kategoriyadagi ko'pchilik ishlab-ishlab, oxiri bitta potolokka yetib urilishadi.
2️⃣
Ikkinchisi esa — kerak paytda pauza olishni biladigan strateglar
Ular to'xtashadi. Analiz qilishadi: bozor qayerga ketyapti, nega bu instrument ishlamayapti, o'rniga nima qilsa bo'ladi, sotadigan produktlari aktualmi?
Bunaqalar kam. Lekin oxirida aynan ular yutib chiqishadi.
Bugun shu masalaga oid bir ish qildik
2 yildan keyingi birinchi offlayn razborimni o'tkazdik. 4 ta tanlab olingan ishtirokchining zapusklarini 0 dan yig'ib chiqdik.
Bekorga 4 kishi tanlanmadi — har birida boshqacha muammo, boshqacha maqsad bor. Kimningdir natijasi tushib ketgan, kimdir eski formatda qotib qolgan
Razbor formatining kuchli tomoni shunda: mavjud muammoni ochib, uni qanday o'zgartirish kerakligini, qaysi instrument orqali maqsadga borish mumkinligini aniq ko'rsatib beradi.
Razbordan keyin bir xulosaga keldim:
Ko'pchilikning zapuski o'xshamayotgani — ular yomon ishlagani uchun emas. Bozorning hozirgi holatiga moslashmagani uchun.

June 04, 15:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💸
Zapusk ortidan million
, ferma ortidan million
Imkoniyatlarni ko'pincha uzoqroqdan qidirishga o'rganib qolganmiz
2 yildan beri Andijonda kichik fermani rivojlantirib kelyapmiz. O'zim fermada deyarli hech nimani tushunmayman — umuman notanish soha
Lekin dadam, amakim bu ishni juda yaxshi tushunadilar. Shuning uchun butun jarayonni to'liq nazoratga o'zlari olishdi
Natija:
— Boshida 10 ta ham yo'q edi
— Hozir 50 taga yaqin
— Yil oxiriga maqsad — 100 ta
— Hozirgi holatida yiliga ~100.000$ foyda potensiali bor
Endi eng muhim joyi - huddi shu holatdagi fermani begonalar bilan qilganimda, Toshkentda qilganimda umuman boshqa raqamlar chiqar edi, hozirgidan ancha kamroq
Har qandy ish boshlashimdan oldin atrofimga qarayman — yonimda qanday resurs, qanday odam, qanday imkoniyat bor?
Ferma ham ana o'shalardan biri. Men ferma bo'yicha ekspert bo'lganim uchun emas — yonimda buni tushunadigan odam borligi uchun kirdim
Ko'pchilik xuddi shunday xato qiladi: imkoniyatni uzoqdan qidiradi
Investitsion portfelimni qanday yuritishim, nimalarga pul tikishim qiziq bo'lsa
🔥
qoldirib keting — keyingi postlarda ochib ketaman.

May 21, 15:08
Файлы недоступны
3
4
Открыть в Telegram

Hayotimdagi eng zo'r hissiyotlatdan birini o'tkazdim.
Faqat o'zimizni oila uchun shaxsiy yahtada kechki Istanbul bo'ylab sayr qildik.
Ota-onamni hursandligini ko'rib qaniydi ularni har kuni shunaqa hursand qila olsam deb o'ylab qoldim.
Bizni pul topganimiz ota onamizni hayotini yaxshilamasa, topganimizni foydasi bormikin.

May 21, 14:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

May 21, 14:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Turistik joylarda odam ko'pligini hisobga olmasa, butun oilamizga Istanbul juda yoqdi
Ayollarga gapirmasa ham bo'ladi)

May 19, 13:59
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

2-katta oilaviy safarimiz boshlandi!
Bu safar o'zim eng ko'p yoqtirgan shaharlardan biri - Istanbulni tanladim
🇹🇷
Jamoa ham kichik emas: ota-onam, singlim va o'zimizning kichik oila. Sayohatda zerikib qolmasligimizni 2 ta kichkintoylar ta'minlab berib turishadi
Istanbulga 2 yil oldin kelgan edim, unaqa ko'p vaqt bo'lmaganim uchun qaytishni niyat qilib qo'ygan edim, mana yetkazdi
Haqiqatdan ham juda chiroyli va o'ziga tortib turuvchi shahar, katta oila bo'lib yaqin 1 hafta kashf qilamiz. Qayerlarga borishni tavsiya qilasiz? Yozib ketsangiz bo'ladi
👇

May 13, 15:06
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Odatda katta zapusklardan keyin storis va blogda pauza qilardim. Lekin bu safar emas — hozir oldinda yana ko'p ishlar bor, ba'zilari bilan bo'lishib ketmoqchiman
🤝
1️⃣
Amerika vizasini oldim
🇺🇸
Nasib qilsa, 1 oydan keyin Jahon chempionatini va Amerikani jonli ko'raman. 2026-yil sayohat va kashf etish yili bo'ladi degan edim — bu hali endi boshlanishi. Hozircha bu sayohatdan kutuvim minimal, hamma emotsiyalarni borishga olib qo'ydim
2️⃣
Keyingi hafta — oilaviy sayohat
Ota-onam, singlim va o'zimni oilam bilan eng yaxshi ko'rgan davlatimga boramiz. Qayer ekanligini taxmin qilib ko'rsangiz bo'ladi
3️⃣
Offlayn mentorlik darslari juda intensiv o'tyapti. Amaliyot, real keys tahlillari, ba'zi o'quvchilar allaqachon sotuv qilishni boshladi. Umuman jarayon bu safargi o'quvchilarda juda aktiv davom etyapti
4️⃣
Asror Iskandarov bilan yangi formatda zapusk. Zapusklarimizda oldin qilib ko'rmagan yangilik ustida ishlayapmiz. May boshida offline darslarni boshlagandik, bir haftadan so'ng onlayn product zapuski bo'ladi. 1 oyda 2 ta katta zapusk - bunaqasi birinchi marta. Jamoa bilan faxrlanaman — ikkala loyihada ham katta obyomda ishlar ketyapti
5️⃣
Sekin-sekin futbolga ham qaytib oldim
⚽️
Sony X bilan haftada 2 marta muntazam mashg'ulotlarga chiqaman, o'zim eng yaxshi ko'rgan sport turi bo'lgani uchun og'irlik, charchoq qiynamaydi
6️⃣
YouTube va Instagramda boshqacha yondashuvda kontent chiqaryapmiz, bir kunlab syomkalarga vaqt sarflayapman. Manimcha shunga yarasha foydali, qiziqarli bo'lyapti, ko'rayotgan bo'lsangiz, fikringizni yozib keting

May 08, 12:34
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Onlayn darslar o'zining eng yaxshi formatiga yetib keldi
Zapusklar bilan shug'ullansangiz, o'qing - onlayn produktlaringizga manfaat olasiz
Onlayn MENTORLIk darslarini oldin ham sotganman, lekin ataylab sonini ko'paytirmas edim. Sababi o'quvchilarning natijasiga ta'sir qilishidan qo'rqar edim
Bu safargi darslarda katta yangiliklar qildik:
1️⃣
O'zim bilan 2 marta onlayn, 2 marta offlayn uchrashuv
Yoziladiganlarning eng asosiy zaprosi - ularning holatida nima qilishi kerakligini bilmasligi. Birinchi o'rinda yozilgan darslar, undan keyin man bilan uchrashuvlar ana shu zaprosni to'liq yopib beradi
2️⃣
Tajribali kuratorlar
Shunchaki tajribali emas, o'zim ishongan, katta zapusklarda qatnashgan kuratorlar. Birinchisi Murodjon - jamoamiz a'zosi, umumiy 1.000.000$+ lik zapusklarda qatnashgan. Kuchli tomoni - AI, voronkalarda sotuv qilish
Ikkinchi kurator - Abdulaziz. O'quvchim, tor nishalarda ham, katta nishalarda ham zapusk qilish tajribasiga ega. Kuchli tomoni - progrev, ssenariylar tuzish. O'nlab zapusklarda qatnashgan kuratorlar.
3️⃣
75 ta yozilgan kuchli darslar
O'zbekistonda zapusk qilishingiz uchun kerak bo'ladigan har bir instrument haqida darslar bor. Shunchaki darslar emas, tayyor qo'llanma, olib o'rganib qo'llasangiz bo'ldi. Nafaqat instrumentlar, balki texnik qism, jamoa yig'ish, eng kichik detallarga ham e'tibor berganmiz
4️⃣
Sprint rejimi
O'quvchilar hamma o'rganganlarini o'rnida qo'llab ketishlar uchun ular bilan kuratorlardan tashqari o'quv bo'limi ishlaydi - darslarni tushunishyaptimi? Savollari, e'tirozlari yo'qmi? Nimada yordam kerak? Va 2 oy ichida to'liq sprint rejimida bo'lishlarini nazorat qilamiz. Bu nimaga kerak? O'rganilgan bilimlar doim keyinga qolib ketadi, o'rnida qo'llanilmaydi, biz buni ham nazoratga olganmiz
15-maydan onlayn MENTORLIK da mini guruhimiz start oladi, hozir 10 ta joy bor ekan. Yozilaman desangiz, menejerga aloqaga chiqib joyingizni band qilib oling:
https://t.me/m/vTi55Q2LNDUy

May 05, 14:59
Файлы недоступны
4
4
Открыть в Telegram

Oxirgi 72 soat vaqtimni to’liq MENTORLIK qamrab oldi desam bo’lsa kerak
Shanba kunidan boshlandi. Onlayn/offlayn o’quvchilarning bir qismi bilan jonli ko'rishib nonushta qildik. Esingizda bo'lsa, ZOOM efir o'tkazgan edim, ana shu efirdan darslarga qo'shilgan o'quvchilarga nonushta va'da qilgan edim, yaxshi suhbat bo'ldi
Shu kuni kechki payt ikkinchi katta event - barcha onlayndagi o'quvchilar uchun offlayn uchrashuv o'tkazdik
Bekorga onlaynni ham MENTORLIK demaymiz, shunchaki yozib olingan darslar ketma-ketligi emas, natija bo'lishi uchun qo'limizdan kelgan hamma sabablarni qilganmiz
Mastermind formatida savol-javob, qilingan xatolar, bundan keyin qilinishi kerak bo'lgan ishlar haqida gaplashdik
Yakshanba kuni - offlayn MENTORLIK darslarini o'tdik. Eng muhim mavzulardan biri - jamoa haqida bo'ldi. Bu safargi darslarda workshop larni qo'shganmiz
Darsda o'rganishdi
➡️
Amalda qo'llashdi, shu darsni o'zidayoq
Kecha va bugun esa offlayndagi o'quvchilar bilan yaqinlashish uchun dachaga chiqdik, suhbatlar, tanishuvlar, o'yinlar. Ko'p o'quvchilarim qanaqa insonligini mafia o'ynab bilib olaman)

April 29, 11:33
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Shuncha ish kamlik qilib hayotimga yana bir action qo'shib oldim
Yoshligimdan professional futbolchi bo'lish orzuim bo'lar edi. 14 yoshgacha doimiy mashg'ulotlarga ham chiqqanman, oyog'im sinib shu bilan bu orzu to'xtagan
Deyarli har hafta digital dagi tanishlar bilan futbol o'ynab turar edik, lekin ko'proq emotsiya olish uchun nimadir qo'shishim kerakligini bilar edim
O'zbekistonda rivojlanib borayotgan media ligadagi jamoalardan biri - FC Sonyc X jamoasiga qo'shildim
Jamoa juda qiziq - havaskor va futbolchilar, tadbirkorlar, mediadagi odamlar, murabbiy esa Baxtiyor Ashurmatov ( o'zbek futbolini ko'radiganlar taniydi )
Kim uchundir bu qo'shimcha energiya sarfi bo'lsa, manda aksi, futbol o'ynab mazza qilaman. Endi har hafta shunaqa yarim-professional mashg'ulotlarda qatnashaman, o'yinlar esa haftada bir bo'ladi