Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

HUQUQ TA'LIMI

huquq_talimi
Kanal respublikadagi huquq fani o‘qituvchilariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan: - sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar; - darslik, o‘quv dasturlar va tarqatma materiallar; - sohaga oid munozaralar o‘tkazish
Подписчики
6 540
24 часа
30 дней
-160
Просмотры
3 898
ER
59,6%
Посты (30д)
3
Символов в посте
847
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
May 24, 06:26
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
Huquqiy madaniyat maktabdan boshlanadi: TDYU tashabbusi bilan Yashnoboddagi 231-maktabda “Huquq sinfi” tashkil etildi
🔗
Batafsil...
Правовая культура начинается со школы: по инициативе ТГЮУ в школе №231 Яшнабадского района организован «Правовой класс»
🔗
Подробнее...
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube

May 21, 04:02
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
Adliya vaziri Yashnoboddagi “Huquq sinfi” faoliyati bilan tanishdi
🔗
Batafsil...
Министр юстиции ознакомился с деятельностью «Правового класса» в Яшнабаде
🔗
Подробнее...
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
YouTube

May 16, 17:14
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Adliya_xabari
🔴
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
🔹
Joriy yilning 15–16-may kunlari Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvension markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔹
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 532-son qarori ijrosi doirasida Adliya vazirligi va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
🔹
Tanlovning respublika bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 42 nafar huquq fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🔹
Ishtirokchilar test sinovlari, huquqiy bilimlar bo‘yicha blits-savollar hamda taqdimot shartlari asosida o‘zaro bellashdilar.
🏆
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari:
🥇
1-o‘rin — Qo‘chqorov Asliddin Imomovich
Navoiy viloyati Navoiy shahri 23-maktab
🥈
2-o‘rin — Sa’dullaeva Dilrabo Xayrullaevna
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani 32-maktab
🥉
3-o‘rin — Xoliqov Hayotjon Rajabali o‘g‘li
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xususiy maktab
🏅
“Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi g‘oliblari:
Tilovov Suhrob To‘lqin o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 65-maktab
Xoshimova Muxfira G‘afurjon qizi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 1-maktab
🏅
“Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi g‘oliblari:
Ochilov Tolib Ixtiyor o‘g‘li
Samarqand viloyati Ishtixon tumani 96-maktab
Yaxshimuratova Iroda Olimbayevna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani 40-maktab
🔹
Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, 1-o‘rin uchun 30 million, 2-o‘rin uchun 20 million hamda 3-o‘rin uchun 10 million so‘m pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.
📌
Mazkur ko‘rik-tanlov huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot

May 12, 09:16
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

📢
Diqqat, e'lon!

"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi"
ko'rik-tanlovining
hududiy bosqichlari
yakunlandi. Ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi ishtirokchilari va g'oliblari munosib taqdirlandi.
🏆
“Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi”
ko‘rik-tanlovining
RESPUBLIKA
bosqichi 15-16-may kunlari o'tkaziladi.

Ko'rik-tanlov shartlari quyidagicha:
📍
1-shart test savollari;
Test natijalariga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar o'qituvchilar tanlovning keyingi shartlarida qatnashadilar.
📍
2-shart blits savol-javoblar
(maksimal 15 ball)
;
Bunda ishtirokchilar uchtadan blits savollarga javob beradi. Har bir to'g'ri javob 5 baldan baholanadi.
📍
3-shart taqdimot
(maksimal 30 ball)
;
Barcha shartlar natijasiga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan
3 nafar
ishtirokchilar tanlovning
tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritadilar.
📌
ESLATIB O'TAMIZ
Ko'rik-tanlov g'oliblari:
🥇
o‘rin uchun 30 million;
🥈
o‘rin uchun 20-million;
🥉
o‘rin uchun 10 million pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🔵
Facebook
|
📱
YouTube
|
Bot

April 14, 09:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Bilasizmi
🚫
Ta’lim oluvchilarga o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida quyidagilar
qat’iyan taqiqlanadi:
▪️
telefon orqali so‘zlashish hamda
SMS
(MMS)
va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
▪️
telefonni stol ustiga qo‘yish;
▪️
musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
▪️
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda
telefondan foydalanish
(o‘yinlar bilan shug‘ullanish)
, tasvir
(matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar)
ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
▪️
suratga olish
va video tasvirga tushirish;
▪️
telefon (
GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar
) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
☑️
O‘quvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida
faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan
zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga
(qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga)
ruxsat etiladi.
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

March 30, 06:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz?
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱
Ijtimoiy tarmoqlar,
zararli
kontent
, noma’lum
begonalar
...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
🏛
Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
📌
So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
🇺🇿
O‘zbek tilidagi so‘rovnoma
📚
Voyaga yetmaganlar uchun

Havola bu yerda
👩‍🍼
Ota-onalar uchun →
Havola bu yerda
__________
🇷🇺
Анкета на русском языке
📚
Для несовершеннолетних →
Ссылка здесь
👩‍🍼
Для родителей →
Ссылка здесь
Huquq ta'limi
kanali

March 19, 05:23

#Biling

“Huquqiy davlat” tushunchasiga ta'rif
‼️
Ma'lumki, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning
1-moddasida
O‘zbekiston Respublikasi
huquqiy davlat
ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.
“Huquqiy davlat” tushunchasini quyidagicha izohlash mumkin:
➡️
Huquqiy davlat
- bu
huquqiy asosda
tashkil topadigan va jamiyat hayotining barcha sohalarida
huquq ustuvorlik
qiladigan davlat. Huquqiy davlat ayni paytda
huquq ustunligi ta'minlangan
,
hokimiyatni taqsimlash prinsipi izchil amalga oshirilgan
, shuningdek
inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari tan olingan va kafolatlangan
demokratik davlat deb ham tushunsa bo‘ladi.

Huquqiy davlatning prinsiplari quyidagilardir:
🔴
huquqning ustunligi;
🔴
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi;
🔴
sudning mustaqilligi;
🔴
inson huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi va boshqalar.

Huquqiy davlatning belgilari quyidagilardir:
🔘
davlat va davlat organlarining huquq bilan aloqadorligi;
🔘
demokratik huquq va erkinliklar bilan bog'liq barcha institutlarning mavjudligi;
🔘
inson (fuqarolar) huquq va erkinliklarining davlat tomonidan e'lon qilinganligi, himoya qilinishi va kafolatlanishi;
🔘
rivojlangan fuqarolik jamiyatining mavjudligi;
🔘
davlat va shaxsning o‘zaro mas'ulligi va boshqalar.
📚
(Davlat va huquq asoslari fani)
Kanalga ulanish
👇
👇
👇
https://t.me/huquq_talimi

March 12, 05:41

#Adliya_tanlov
📣
“Eng yaxshi huquq o'qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi
Mazkur ko'rik-tanlov Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan
joriy yilning mart–may oylarida
tashkil etilmoqda.
Ko'rik-tanlov quyidagi 3 bosqichda o'tkaziladi:
1️⃣
tuman (shahar) bosqichi –
mart
oyida;
2️⃣
hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar) bosqichi –
aprel
oyida;
3️⃣
respublika bosqichi –
may
oyida.
Ko'rik-tanlov g'oliblari:
🥇
o'rin uchun
30 million
;
🥈
o'rin uchun
20-million
;
🥉
o'rin uchun
10 million
pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
⚠️
Ko'rik-tanlov shartlari quyidagicha:

1-shart test savollari;
Test natijalariga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan 20 nafar o'qituvchilar tanlovning keyingi shartlarida qatnashadilar.

2-shart blits savol-javoblar;
Bunda ishtirokchilar uchtadan blits savollarga javob beradi. Har bir to'g'ri javob 5 baldan baholanadi.

3-shart taqdimot;
Bunda umumiy to‘planishi mumkin bo'lgan ball 30 balni tashkil etadi.
Barcha shartlar natijasiga ko'ra eng yuqori natija qayd etgan
3 nafar
ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Hurmatli o'qituvchilar!
📥
Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha
“Davlat va huquq asoslari” fani o‘qituvchilari
hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilish orqali ishtirok etishlari mumkin.
Telegram
|
Instagram |
Facebook
|
YouTube
|
Bot

March 02, 11:01

🎲

Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari
” testi
🖊
6 ta savol ·

15 soniya

March 02, 10:46

🎲

Тесты ЗРУ-445

Какое из следующих не является видом обращения? testi
🖊
7 ta savol ·

15 soniya