Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Pastdarg‘om.uz PRESSA 🇺🇿

i_norbekov
Подписчики
1 178
24 часа
-1
30 дней
-14
Просмотры
260
ER
22,07%
Посты (30д)
56
Символов в посте
957
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 14:10

Бир одамга қаттиқ ишонсангиз, ўша одам сизга: ёки бир умрлик дўст бўлади, ёки бир умрлик дарс бўлади.

October 26, 13:48
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ҳафта бошида шу одамникидек мустаҳкам асаб ва хотиржамлик тилайман...
😄️
️

October 26, 13:47
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🏆
2026-yilgi Oltin to'p g'olibi bugun aniqlanadi. G'olib kimligi bo'yicha intriga yuqori darajada
• 21:00-23:30 – 30-o'rindan 11-o'ringacha bo'lgan reyting natijalari e'lon qilinadi;
• 23:00 – yulduzlar qizil gilamga yetib keladi;
• 00-00 – marosim rasman boshlanadi.

October 26, 11:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔥
Joylarda suyultirilgan gaz taqsimotidagi qonunbuzilishlar aniqlandi
❗️
Tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida DXX, IIV, BP, FVV, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ hamkorligida respublika bo‘ylab reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida bir guruh shaxslar gaz tarqatish shoxobchasi mansabdorlari bilan til biriktirgan holda, o‘zlariga tegishli noturar binoda
6 tonna
hajmli
sisterna
o‘rnatib, aholiga tarqatish uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarni kompressor orqali ushbu sisternaga bo‘shatib, so‘ngra uni o‘zlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida noqonuniy sotish bilan shug‘ullanishgan.
Tekshiruv davomida ushbu manzilda qiymati
32,2 mln so‘mlik
3,1 tonna
suyultirilgan gaz aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi. Ta’kidlash lozim,
3,1 tonna
suyultirilgan gaz o‘rtacha
150 ta xonadonning
45 kunlik ehtiyojini qoplaydi
.
Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanish orqali davlat manfaatlariga
1 mlrd so‘mlik
zarar yetkazilganligi fosh bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaroning uyida
130 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
35 ta gaz balloni
noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Reyd tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham faol tarzda amalga oshirilayotgan bo‘lib, birgina Amudaryo tumangaz bo‘limi ishchisi va 1969 y.t. fuqaroning yashash xonadonlarida jami
23 ta gaz balloni
borligi aniqlandi.
Xorazm viloyati Bog‘ot tumangaz bo‘limining 3 nafar chilangari esa o‘z tanishlarining yashash xonadonlarida jami
300 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
25 ta gaz ballonni
qimmat narxlarda sotish uchun saqlab kelishgan.
Andijon viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar davomida
980 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
243 ta gaz balloni
qimmat narxda sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, Ulug‘nor tumangaz bo‘limi chilangarining uyidan aholi uchun mo‘ljallangan
17 ta gaz balloni
, Shahrixon tumangaz bo‘limi chilangarining xonadonidan esa
13 ta gaz balloni
olindi.
Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda Yangiobod tumangaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi o‘ziga tanish bo‘lgan 2 nafar fuqaroning yashash xonadonlarida jami
720 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
57 ta gaz ballonni
noqonuniy saqlayotganligi hujjatlashtirildi.
Navoiy viloyati Nurota tumangaz chilangari va haydovchisi esa o‘zaro til biriktirib, “Hududgaz Navoiy” GTF balansida bo‘lgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan
2 dona gaz ballonni
xaridorga
280 ming so‘mga
sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari mutasaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Hurmatli fuqarolar, aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz DXX Call-markazining
1520
qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

October 26, 06:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
Hurmatli tumandoshlar!
🇺🇿
Siz taklif va murojaatingiz hamda o‘zingizni qiynayotgan muammolar yuzasidan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pastdarg‘om tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.
✅
Yuqoridagi jadvalda esa, Pastdarg‘om tumani hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari
hamda vaqtlari
ko‘rsatib o‘tilgan.

October 25, 03:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 03:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Militsiya qiz" | Shaxriyorbek Ostonbekov
"25-oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni"

October 23, 14:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔥
Gaz ta’minotidagi qonunbuzilishlar: rеspublika bo‘ylab o‘tkazilgan rеydlar natijasi
⚡️
Joriy kuz-qish mavsumida mamlakatimizda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan hududlar aholisini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning joriy yil 12-sentyabrdagi «
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimini isloh qilish va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
» qarori bilan sohani isloh qilish, gaz resurslaridan samarali foydalanish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashning aniq mexanizmlari belgilab berilgan.
Lekin, xalq manfaatidan ko‘ra shaxsiy manfaatini ustun qo‘ygan ayrim soha xodimlari ba’zi fuqarolar bilan til biriktirib, davlat tomonidan ajratilgan gaz ballonlarni asossiz ravishda qimmat narxlarda sotib, daromad topishga urinishmoqda.
Ana shunday salbiy holatlarga chek qo‘yish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda “O‘zenergoinspektsiya” xodimlari tomonidan joylarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
❗️
Joriy yilning 19-21-oktabr kunlari respublika bo‘yicha
120 dan ortiq holat
fosh etilib, shundan
39 ta holatda gaz idoralari xodimlarining bevosita aloqadorliklari aniqlandi.
Tadbirlar davomida noqonuniy muomalada bo‘lgan
3 mingdan ziyod gaz ballonlari
va ularda saqlanayotgan
13636 kg suyultirilgan gaz mahsuloti
ashyoviy dalil sifatida olindi.
🔹
Xususan,
Jizzax viloyati
da jami 9 ta holatda
239 ta gaz ballon
sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelinayotganligi fosh bo‘ldi. Jumladan, muqaddam
Zomin tumangaz ta’minot bo‘limida yuqori lavozimlardan birida ishlagan shaxs
o‘zining qarindoshiga tegishli xonadonda
152 ta gaz ballon
ni yashirincha saqlab kelgan. Qo‘shni
Sirdaryo viloyati
da ham shu kabi holatlar aniqlanib, birgina Xovos tumangaz bo‘limi mansabdorlaridan birining uyidan hech bir hujjatlarsiz saqlanayotgan
30 dona gaz balloni
olindi.
Samarqand viloyati
da o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumangaz to‘ldirish shoxobchasi qorovuli gaz bilan to‘ldirilgan
3 dona ballon
ni
2,5 mln so‘m
ga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Viloyatning Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1972 y.t. fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda esa, ushbu manzilda gaz bilan to‘ldirilgan
22 ta ballon
borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, u gaz ballonlarni tumangaz bo‘limi haydovchisidan 70 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 100 ming so‘mdan sotish bilan shug‘ullangan.
Farg‘ona viloyati
da ham hamkorlikdagi reyd tadbirlari o‘tkazilib, Qo‘shtepa tumangaz bo‘limi muhandisi hamda chilangari aholi uchun mo‘ljallangan 8 ta gaz ballonlarini o‘z yashash xonadonlarida noqonuniy sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari fosh etildi.
Mamlakatimizning janubiy mintaqasi hisoblangan
Surxondaryo viloyati
da o‘tkazilgan reyd tadbirlarida noqonuniy saqlovda bo‘lgan jami
65 ta gaz ballon
tegishli tartibda hujjatlashtirildi. Jumladan, Bandixon tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro tumangaz bo‘limi haydovchisidan 70 ming so‘mdan sotib olgan
32 ta gaz ballon
ni iste’molchilarga qimmat narxlarda sotib, mo‘may daromad topmoqchi bo‘lgan.
Navoiy viloyati
ning Xatirchi tumangaz bo‘limi haydovchisining uyidan ham jami
26 ta gaz balloni
protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Bu kabi noqonuniy holatlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan
va boshqa viloyatlarida ham aniqlandi.
Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi reyd tadbirlari
Davlat xavfsizlik xizmati
va boshqa mutassaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi hamda qonunbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
Hurmatli fuqarolar, aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmati Call-markazining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

October 23, 10:58
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Samarqand viloyati
da o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urgut tumangaz to‘ldirish shoxobchasi qorovuli gaz bilan to‘ldirilgan
3 dona ballon
ni
2,5 mln so‘m
ga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Viloyatning Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1972 y.t. fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilganda esa, ushbu manzilda gaz bilan to‘ldirilgan
22 ta ballon
borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, u gaz ballonlarni tumangaz bo‘limi haydovchisidan 70 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 100 ming so‘mdan sotish bilan shug‘ullangan.

October 23, 06:21
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Otalarimiz baxtimizga omon bölsin
📸
Manba