Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ibratli vaqt

ibratlivaqt
Eng sara auduokitoblarni eshitish uchun pastdagi havola ustiga bosing: @ibratlivaqt_bot Savol va takliflar bo'yicha: @ibratlvaqttakliflar_bot
Подписчики
8 276
24 часа
-2
30 дней
-28
Просмотры
2 109
ER
25,48%
Посты (30д)
21
Символов в посте
440
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
September 22, 07:02

Ilmning haqqi amaldir.
Men olim deganda ko‘p ilm bilgan insonni emas, bilgan ilmiga amal qilgan insonni tushunaman.
Inson qancha ko‘p narsani bilmasin, agar bilganlari hayotida aks etmasa, amali ilmiga teskari bo‘lsa — uni haqiqiy olim deb bo‘ladimi?
@ibratlivaqt

September 22, 01:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Odamlar hali uxlab yotgan paytda uyg‘onib, kunni shoshilmasdan boshlash — boshqacha tuyg‘u. Fikrlar tiniqroq, vaqt esa go‘yo ko‘proqdek tuyuladi.
Tongda baraka bor.
Menimcha, baraka — vaqtning ko‘pligida emas.
Oz vaqtga ko‘p ish sig‘ishida. Oz rizqning ko‘pga yetishida. Oz amalning katta ta’sir berishida.
@ibratlivaqt

September 21, 13:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xotirjam bo’ling.
Chuqur nafas oling. Balki siz kechikdim deb o‘ylayotgan narsangiz, aslida Alloh sizni asrayotgan narsadir.
@ibratlivaqt

September 20, 13:06
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kim belgilab berdi turmushga chiqish yoshini? Yoshligingda tegmasang o’tirib qolasan deb qancha qizni baxtsiz qildingiz!
Qizlar o’qisin, ilm olsin, oilaga tayyorlansin, munosibi o’zi topadi.
Oilaga oid ilm olishni nimadan boshlashni bilmayotgan bo’lsangiz “Islomda oila muammo va yechimlar” bunda sizga to’g’ri yo’l ko’rsatadi.
Audiokitobni to’g’ri juft tanlash va baxtiyor oila sari intilayotganlar albatta eshitishi kerak!
📚
Islomda oila. Muammo va yechimlar
💰
Narxi: 25.000 so’m

September 19, 12:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ba’zan ular bizga kerak bo‘lishni to‘xtatganida, biz ularga kerak bo‘lishni davom ettirishimiz kerak.
@ibratlivaqt

September 18, 12:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qo‘lingizdan kelganini qilib, qolganini Allohga topshiring. Qalbingiz ortiqcha kurashdan to‘xtagandagina, unda taslimiyat paydo bo‘ladi.
Taslimiyat - “Alloh men uchun nimani tanlasa, shunda yaxshilik bor” deb xotirjam bo‘lishidir.
@ibratlivaqt

September 16, 06:00
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Shukur qilishni unutib qo’ymadikmi?
Ko’pchiligimiz duo qilamiz.
Lekin bir savol bor: nega ba’zi duolarimiz qalbimizni yengillashtiradi, ba’zilari esa javobsiz qolgandek tuyuladi?
“Duo anatomiyasi” audiokitobi aynan shu savollarga javob beradi.
Bu audiokitobda siz:
• Duo qabul bo’lishining sabablarini
• Duoni to’sib qo’yadigan xato va gunohlarni
• Allohdan qanday so’rashni
• Qalbni uyg’otadigan duo odoblarini
• Duo nega kechikishini va bunda qanday hikmat borligini bilib olasiz.
Bu shunchaki ma’lumot emas.
Har bir bobni eshitganingizdan keyin duo qilishga bo’lgan nigohingiz o’zgaradi.
📚
“Duo anatomiyasi”
🎧
7 soatlik audiokitob
💰
Narxi: 25 000 so’m

September 15, 11:47

Ayol eridan qachon ko’ngli soviy boshlaydi?
Ko’pchilik bunga xiyonat, e’tiborsizlik yoki janjal sabab deb o’ylaydi. Aslida er va xotin bir-birini haq-huquqlarini poymol qilishni boshlasa oila yemirilishni boshlaydi.
Lekin bugungi kunda ayollar turmush o’rtog’idan ko’ngli sovishiga olib keladigan eng katta sabablardan biri, eridan uning vazifasidan tashqari narsalarni kutishi. Ya’ni ayolni o’zini ongida erim mana bunday bo’lishi kerak, menga mana bunday munosabat qilishi kerak, hardoim meni tushunishi kerak, men kutganimdek gapirishi kerak. Men xohlaganimdek e’tibor berishi kerak, degan bir obraz paydo qilib oladi.
Keyin erini hayolidagi o’sha obraz bilan solishtirishni boshlaydi.
Eng xavfli joyi mana shu.
Ayol eridan emas, o’zi yaratib olgan obraziga mos kelmayotganidan arazlashni boshlaydi.
Birinchi kutish paydo bo’ladi, kutish ortidan esa norozilik, norozilik ortidan taqqoslash keladi. Taqqoslash ortidan xafagarchilik, xafagarchilik esa vaqt o’tib ko’ngil sovishiga olib kelishi mumkin.
Aslida turmush o’rtog’imiz bizni hayolimizda chizib olgan shablonimizga mos bo’lishi uchun yaratilmagan. Biz uning haq-huquqini bilishimiz, o’z vazifamizni ado etishimiz va undan haqi bo’lmagan narsani talab qilmasligimiz kerak.
Aytmoqchiman-ki, haq bilan havoyi xohishni bir-biridan ajratishni bilib oling! Chunki ba’zan biz meni haqqim deb ta’lab qilayotgan narsalarimiz, aslida shunchaki bizni o’zimizni
kutuvimiz
bo’ladi
©️
aminafazliddin
@ibratlivaqt

September 15, 10:42

“Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmassiz. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir”
Modomiki, Allohning neʼmatlarini sanab adog‘iga yeta olmas ekanmiz, demak, ularning shukronasini ado etishga ham aslo qodir emasmiz. Biroq, zimmamizdagi haqning (shukrning) hech bo‘lmaganda bir qismini bajara olish uchun tillarimiz doimo shukr bilan ho‘l (band) bo‘lishi lozim.
@ibratlivaqt

September 10, 03:34

O‘qishga kira olmagan abituriyentlar diqqatiga!!!
Talaba bo‘lish nasib etmadimi? Unaqada, tolibi ilm bo‘ling! Zero, tolibi ilm o‘qishga kirsa ham, kirmasa ham o‘qiydi. Tolibi ilm vositalar uchun emas, xizmat uchun, anglash uchun, nega yaratilganini bilish uchun o‘qiydi.
Lift to‘lib qolsa, zinadan chiqasizku..!
@ibratlivaqt