
English faculty
🇩🇪
GERMANIYA WORK AND TRAVEL — ISHGA QABUL BOSHLANDI!
🇩🇪
✈️
Germaniyada ishlashni va Yevropani ko‘rishni xohlaysizmi?
Siz uchun Germaniyaning turli sohalarida ish o‘rinlari mavjud! Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlar qabul qilinmoqda.
🔥
JAMI 79 TA VAKANSIYA!
🔥
━━━━━━━━━━━━━━━
🏨
1. MEHMONXONA VA RESTORAN
🔹
Mavjud ish o‘rinlari:
24 ta
🔹
Yo‘nalishlar:
• Mehmonxona xodimi
• Ofitsiant
• Oshpaz yordamchisi
• Restoran va mehmonxonaning boshqa xizmat ko‘rsatish ishlari
📌
Talablar: ish turiga qarab belgilanadi.
━━━━━━━━━━━━━━
📦
2. OMBORXONA
🔹
Mavjud ish o‘rinlari:
12 ta
🔹
Vazifalar:
• Mahsulotlarni saralash
• Buyurtmalarni tayyorlash
• Tovarlarni joylashtirish
• Ombordagi boshqa ishlar
📌
Mas’uliyatli va faol nomzodlar taklif etiladi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🚚
3. POCHTA VA KURYERLIK XIZMATI
🔹
Mavjud ish o‘rinlari:
8 ta
🔹
Vazifalar:
• Pochta va posilkalarni yetkazib berish
• Buyurtmalarni manzillarga tarqatish
• Yetkazib berish jarayonida belgilangan tartibga rioya qilish
🚘
MUHIM:
Ushbu yo‘nalish uchun haydovchilik guvohnomasi (prava) talab etiladi. Guvohnomaning mosligi va boshqa talablar alohida tekshiriladi.
━━━━━━━━━━━━━━━
🌱
4. QISHLOQ XO‘JALIGI
🔹
Mavjud ish o‘rinlari:
35 ta
🔹
Ish turlari:
• Meva-sabzavot terish
• Hosilni saralash va qadoqlash
• Ekinlarni parvarishlash
• Qishloq xo‘jaligiga oid boshqa mavsumiy ishlar
📌
Jismoniy mehnatga tayyor nomzodlar uchun.
━━━━━━━━━━━━━━━
📋
RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN KERAKLI HUJJATLAR
✅
Xorijga chiqish pasporti
✅
CV (rezyume)
✅
3×4 fotosurat
✅
O’qish joydan malumotnoma(Hemisdan)
✅
Pochta va kuryerlik yo‘nalishi uchun haydovchilik guvohnomasi
━━━━━━━━━━━━━━━
📲
RO‘YXATDAN O‘TISH VA MA’LUMOT OLISH UCHUN:
📩
Telegram admin:
@visaadmin_24
@germany_2
📞
Telefon orqali bog‘lanish:
+998 95 735 80 80
🇩🇪
Germaniya sari birinchi qadamingizni bugun boshlang!
@shoh_visa_group
📢
E’lonni do‘stlaringizga ham ulashing!
#Ona_tilim_faxrim
Özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, bugungi holati, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi islohotlari va istiqboldagi vazifalar
Özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi mamlakatimizda milliy özlikni anglaş, davlatchilik anʼanalarini mustahkamlaş, jamiyatdagi ijtimoiy birlikni taʼminlaş va milliy madaniy merosni rivojlantiriş bilan çambarças bog‘liq. Аyni paytda, davlat tilining nufuzi faqat uning huquqiy maqomi bilan emas, balki ilm-fanda, taʼlimda, davlat boşqaruvida, iqtisodiyotda, axborot texnologiyalarida va kundalik ijtimoiy muloqotda qay darajada samarali qöllanişi bilan ham
belgilanadi.
Maqola bilan tanişiş
Xurşidjon XAYRULLAYEV,
Özbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi mudiri
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
You-Tube
🏓
STOL TENNISI — SOG‘LOM TURMUSH TARZI SARI!
SamDChTI Ingliz tili fakulteti tyutori Ubaydullayeva Farangiz Rustamovnaga biriktirilgan 2519-guruh talabalari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar stol tennisi o‘ynab, o‘zlarining jismoniy faolligi, chaqqonligi, tezkorligi va harakatlar muvofiqligini rivojlantirdilar. Shuningdek, sport mashg‘uloti talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.
Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismonan barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
💪
Sport — salomatlik garovi, sog‘lom hayot poydevori!
Samarqand davlat çet tillar instituti Ingliz tili fakulteti 2602-guruh talabalari tyutor Zilola Tolibovna boşçiligida A. S. Puşkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga taşrif buyurdilar.
Taşrif davomida talabalar kutubxona faoliyati, kitoblar olami va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanişdilar. Uşbu taşrif talabalarning kitobxonlik madaniyatini oşiriş, bilim va dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qildi.
📖
✨
♟️
SHAXMAT VA SHASHKA — TAFAKKUR VA ZUKKOLIK MASHQI
SamDChTI Ingliz tili fakulteti tyutori Ubaydullayeva Farangiz Rustamovnaga biriktirilgan 2516-guruh talabalari o‘rtasida shaxmat va shashka o‘yinlari tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot davomida talabalar o‘zaro bellashib, mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash, tezkor qaror qabul qilish hamda strategik yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Shuningdek, ushbu intellektual o‘yinlar talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
Shaxmat va shashka kabi intellektual o‘yinlar yoshlarning aqliy salohiyatini oshirish, sabr-toqat, mantiqiy tafakkur va zukkolikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
♟️
Intellektual salohiyat — yuksak marralar sari yo‘l!
SamDChTI Ingliz tili fakulteti tyutori Ubaydullayeva Farangiz Rustamovnaga biriktirilgan 2516-guruh talabalari o‘rtasida sport mashg‘uloti tashkil etildi.
🏐
Mashg‘ulot davomida talabalar koptok bilan turli sport o‘yinlarida ishtirok etib, jismoniy faolliklarini oshirdilar hamda o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamladilar.
Sport bilan muntazam shug‘ullanish yoshlarning salomatligini mustahkamlash, chaqqonlik, epchillik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday mashg‘ulotlar talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.
💪
Sog‘lom tana — sog‘lom aql! Sportni sevamiz va sog‘lom hayotni tanlaymiz!
#Institut_Kengaşi
Samarqand davlat çet tillari instituti Kengaşining uçinçi yig‘ilişi bölib ötdi
Uni institut rektori B. Xoliqov olib bordi. Dastlab davlat dasturlari va yuqori turuvçi taşkilotlar hujjatlari ijrosini ta’minlaş, professor-öqituvçilarni tanlov asosida işga qabul qiliş, fan va işlab çiqariş örtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantiriş hamda institut binolarining 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi masalalari muhokama qilindi.
Institut binolarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi muhokama qilinib, amalga oşirilgan ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari, energiya samaradorligini oşiriş çoralari, quyoş panellarini örnatiş, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltiriş hamda talabalar turar joylarini mavsumga tayyorlaş işlari körildi. Isitiş tizimlarining uzluksiz işlaşi va kommunal xizmatlar bilan barqaror ta’minlaşni nazorat qiliş böyiça
vazifalar belgilandi.
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
You-Tube
#Xuşxabar
Institut rektori Bahodir Xoliqov Qarağanda milliy tadqiqot universiteti faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi
Samarqand davlat çet tillar institutida Qozoğiston Respublikasining akademik E. Buketov nomidagi Qarağanda milliy tadqiqot universitetidan taşrif buyurgan delegatsiya ishtirokida tadbir taşkil etildi.
Unda Qarağanda milliy tadqiqot universiteti tomonidan Samarqand davlat çet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovga faxriy professor unvonini universitet rektor apparati rahbari Gulnar Baygojina tantanali ravişda topşirdi.
Sözga çiqqan B. Xoliqov, Qarağanda milliy tadqiqot universiteti ilmiy kengaşi kotibi Nurgul Tutinova hamda Xorijiy tillar fakulteti dekani Alfiya Kitibayevalar özbek va qozoq xalqlarini qon-qardoşlik, muştarak tarix, boy madaniy meros, azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalari birlaştirib turişini taʼkidlaşdi. Bugun uşbu yaqinlik ilm-fan va oliy taʼlim sohasida ham özining amaliy ifodasini topayotgani
aytildi.
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
You-Tube
#E'tirof
✅
Har bir fikr asosli, har bir so‘z mas’uliyatli!
Orif Xoliqulov,
"Adolat" gazetasining Samarqand viloyati böyiça muxbiri, Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi a'zosi
Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt
#E'tirof
✅
Har bir fikr asosli, har bir so‘z mas’uliyatli!
Orif Xoliqulov,
"Adolat" gazetasining Samarqand viloyati böyiça muxbiri, Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi a'zosi
Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt