Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ingliz Filologiyasi va Tarjimaşunoslik | SamDÇTI

iftfakulteti
Ingliz filologiyasi va tarjimaşunoslik fakulteti rasmiy kanali. Instagram: https://www.instagram.com/english_philology_samdchti?stkn=MWNqa3E2ZHQxbWs5Yg== Facebook: Reklama: @FN_8_Holder
Подписчики
2 813
24 часа
—
30 дней
-9
Просмотры
493
ER
17,53%
Посты (30д)
169
Символов в посте
735
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 13:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Ona_tilim_faxrim
Özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, bugungi holati, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi islohotlari va istiqboldagi vazifalar
Özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi mamlakatimizda milliy özlikni anglaş, davlatchilik anʼanalarini mustahkamlaş, jamiyatdagi ijtimoiy birlikni taʼminlaş va milliy madaniy merosni rivojlantiriş bilan çambarças bog‘liq. Аyni paytda, davlat tilining nufuzi faqat uning huquqiy maqomi bilan emas, balki ilm-fanda, taʼlimda, davlat boşqaruvida, iqtisodiyotda, axborot texnologiyalarida va kundalik ijtimoiy muloqotda qay darajada samarali qöllanişi bilan ham
belgilanadi.
Maqola bilan tanişiş
Xurşidjon XAYRULLAYEV,
Özbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi mudiri
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
You-Tube

October 27, 09:02
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Millat_fidoyilari_xalqning_faxri
Samarqand Davlat Çet Tillar Instituti Ingliz filologiyasi va tarjimaşunoslik fakulteti tyutorlari Törayev Aziz va Toştemirova Mohinur
“Millat fidoyilari — xalqning faxri, yurtning tayançi va kelajak avlod uçun ibrat maktabidir”
mavzusida davra suhbati olib bordilar.
Millat fidoyilarining ezgu işlari, Vatanga bölgan sadoqati, xalq farovonligi yölida qilgan xizmatlari hamişa ehtiromga loyiq.
Bunday insonlarning hayot yöli, boy ma’naviy merosi va olijanob fazilatlarini örganiş, ularni yoş avlodga yetkaziş barçamizning muhim vazifamizdir.
Fidoyi insonlarning ortida köpinça ularni qöllab-quvvatlagan, oğir damlarda dalda bölgan, ezgu maqsadlariga işonç bildirgan yaqinlari turadi. Ularning sabr-toqati, mehr-muhabbati va sadoqati fidoyilik yölining ajralmas qismidir.
https://t.me/IFTfakulteti

October 27, 03:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#tyutorlar_faoliyati
✅
Bugungi kunda ta’lim jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Ularning samarali aloqalari yosh avlodning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida, sog‘lom jamiyat barpo etilishida katta ahamiyatga ega.
“Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi va tyutorlar birgalikda talabalar ishtirokida "BOG'DOD" mahallasiga tashrifi tashkil etildi.
https://t.me/IFTfakulteti

October 26, 15:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Xuşxabar
Institut rektori Bahodir Xoliqov Qarağanda milliy tadqiqot universiteti faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi
Samarqand davlat çet tillar institutida Qozoğiston Respublikasining akademik E. Buketov nomidagi Qarağanda milliy tadqiqot universitetidan taşrif buyurgan delegatsiya ishtirokida tadbir taşkil etildi.
Unda Qarağanda milliy tadqiqot universiteti tomonidan Samarqand davlat çet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqovga faxriy professor unvonini universitet rektor apparati rahbari Gulnar Baygojina tantanali ravişda topşirdi.
Sözga çiqqan B. Xoliqov, Qarağanda milliy tadqiqot universiteti ilmiy kengaşi kotibi Nurgul Tutinova hamda Xorijiy tillar fakulteti dekani Alfiya Kitibayevalar özbek va qozoq xalqlarini qon-qardoşlik, muştarak tarix, boy madaniy meros, azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik riştalari birlaştirib turişini taʼkidlaşdi. Bugun uşbu yaqinlik ilm-fan va oliy taʼlim sohasida ham özining amaliy ifodasini topayotgani
aytildi.
Instagram
|
Telegram
|
Facebook
|
You-Tube

October 26, 08:00
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

🏢
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz  filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori D.Normatova o'ziga biriktirilgan 2609-guruh talabalari ishtirokida Besh muhim tashabbus doirasida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida
“Bir asar muhokamasi”
mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
📚
Suhbati davomida talabalarga adabiyotimizning yirik namayondalaridan biri O'tkir Hoshimovning
"Dunyoning ishlari"
asari va uning yaratilish tarixi, undagi qahramonlar haqida fikr va mulohazalar yuritildi va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.
https://t.me/IFTfakulteti

October 26, 04:14
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

SamDChTI da YLC Kvesti bo‘lib o‘tdi !
Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari o‘rtasida Young Leaders Community tashabbusi bilan qiziqarli va hayajonli kvest tashkil etildi !
Ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashlari va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro bellashdilar.
🏆
Kvest g‘oliblari:
🥇
1-o‘rin — Evrika
🥈
2-o‘rin — Space-X
🥉
3-o‘rin — Renessans
Barcha jamoalarni munosib natijalari bilan tabriklaymiz! Ushbu kvest bilim, zukkolik, hamjihatlik va tezkor fikrlashni birlashtirgan unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
Young Leaders Community — talabalar salohiyatini yuzaga chiqarish, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida !
Young Leaders Community
#SamDChTI
#YLC
#Quest
#YoungLeadersCommunity
Telegram
|
Instagram

October 26, 04:13
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Samarqand davlat Chet tillari instituti
Young Leaders Community
tashabbusi bilan
Kvest
tashkil etildi !
📚
Yoshlar oʻz bilim va mantiqlarini ishlatgan holda faxrli oʻrinlarni egalladilar va vaqtlarini qiziqarli oʻtkazdilar.
YLC talabalar uchun “communication skill”larini rivojlantirish va bilimlarini charxlashda yordam berish uchun harakat qilmoqda.
Young Leaders Community
Telegram
|
Instagram

October 26, 02:30
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#IjaraXonadoni
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani
M.B. Ergashev
tomonidan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, ijara xonadonlaridagi mavjud imkoniyatlar, sanitariya-gigiyena holati hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Talabalarga ijara xonadonlarida o‘zaro hurmat, tartib-intizom, shaxsiy xavfsizlik va odob-axloq qoidalariga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim olishi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
Telegram
|
Instagram

October 25, 09:39
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#IIB_xodimlari_kuni
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
Jamoat xavfsizligi, tinchlik-osoyishtalik va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lidagi xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin!
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube
|
Veb-sayt

October 25, 08:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Abituriyent
XALQARO TA’LIM DASTURLARIGA QABUL BOŞLANDI!
Samarqand davlat çet tillar instituti va Buyuk Britaniyaning Grinviç universiteti hamkorligida taşkil etilgan xalqaro qöşma ta’lim dasturlari böyiça 2026-2027-öquv yili uçun hujjatlar qabuli boşlandi!
Bakalavriat yönalişlari:
Grinviç universiteti (Buyuk Britaniya)
👉
Xalqaro jurnalistika: ingliz tili
👉
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Qabul muddati: 2026-yil 1-noyabrgaça
❗️
Onlayn ariza topşiriş:
https://anketa.samdchti.uz/
Murojaat uçun telefonlar:
+998662341228
+998979198701
+998979157833
Nega xalqaro ta’limni tanlaş kerak?
Xalqaro diplom oliş imkoniyati yaratiladi. Zamonaviy ta’lim orqali sifatli bilimga ega böliş imkoni vujudga keladi. Xorijiy universitet bilan hamkorlikda ta’lim oliş hamda kelajakdagi karyera va xalqaro imkoniyatlar sari qadam qöyişga şaroit yaratiladi.
Qadrli abituriyentlar! Kelajagingizni bugundan boşlang!
Samarqand davlat çet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You-Tube