Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

IIV Sirdaryo AL | Rasmiy kanal

iiv_sirdaryo_al
IIV Sirdaryo akademik litseyining rasmiy telegram kanali Web-sayt: https://sirdaryoal.uz Instagram: https://instagram.com/iiv_sirdaryo_al?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
Подписчики
1 668
24 часа
-13
30 дней
-188
Просмотры
896
ER
53,72%
Посты (30д)
13
Символов в посте
555
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 12, 06:54
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🚶‍♂️
“5 000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi
.
📅
Joriy yilning 12-sentabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida “5 000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi.
🏃‍♂️
Tadbirda litsey o‘quvchilari hamda pedagog-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarziga sodiqlik, jismoniy chiniqish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Marafon ko‘tarinki ruhda va yuqori kayfiyat bilan o‘tkazildi.
🌿
Mazkur tadbir ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sport orqali ijobiy hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qildi.
💪
Sog‘lom turmush – farovon hayot garovi!

September 10, 06:12
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram


Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan futbol musobaqasi tashkil etildi
📅
Joriy yilning 7–8-sentabr sanalarida IIV Sirdaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida guruhlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
🏟
Musobaqa davomida o‘quvchilar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatlik, do‘stlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi.
🏆
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — 206-guruh
🥈
2-o‘rin — 102-guruh
🥉
3-o‘rin — 104-guruh
👏
Musobaqa ishtirokchilari yuqori sport mahorati va faol ishtiroki bilan ajralib turdilar hamda bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari:
Web-sayt
| Telegram
| Instagram

September 04, 18:40
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🤝
UCH AVLOD UCHRASHUVI: FAXR VA TAJRIBA MAKTABI

📅
4-sentabr kuni
O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida
"Uch avlod uchrashuvi"
bo‘lib o‘tdi.
​Tadbirda soha faxriysi, nafaqadagi polkovnik
Tursunboy Rahmonov
mehmon bo‘lib, o‘quvchilar bilan samimiy va atroflicha muloqot qildi.

🔍
Uchrashuv davomida:

🎖
Tursunboy Rahmonov o‘zining ko‘p yillik xizmat faoliyati, hayotiy tajribasi va to‘plagan bilimlari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarga ezgu tilaklari va qimmatli maslahatlarini berdi.

💡
Litsey o‘quvchilari faxriy mehmonning samimiy va mazmunli suhbatini alohida zavq va katta e’tibor bilan tinglashdi.

🤝
Ushbu uchrashuv yoshlarda tanlagan kasbiga bo‘lgan faxr tuyg‘usini va mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qildi.

September 03, 05:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📺
"Diyor yangiliklari"
🎞
Hududlarda birinchi qo'ng'iroq tadbirlari
📌
Sirdaryo tumani

LAVHA (02.09.2026)

Obuna bo'ling!
🌐
Telegram
I
📱
Instagram
|
🖥
Youtube
|
📱
Facebook

September 03, 05:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Sirdaryo akademik litseyida Bilimlar kuni bayramona nishonlandi"
———
"Сирдарё академик лицейида Билимлар куни байрамона нишонланди"
Telegram
/
Facebook
/
Youtube
/
Instagram
/
Ok

September 03, 04:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Mustaqillikning_35_yilligi
🇺🇿
ИИВ академияси: ички ишлар органлари учун замонавий кадрлар тайёрлашда сўнгги ўн йиллик ислоҳотлар
«Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!»

September 03, 04:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari uchun yangi oʻquv yilida zamonaviy sharoitlar yaratildi
———
ИИВ Ихтисослаштирилган мактаб-интернати ўқувчилари учун янги ўқув йилида замонавий шароитлар яратилди
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Ok
|
TV

September 03, 04:03
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Najot — taʼlimda, kelajak — bilim va tafakkurda: Ichki ishlar vazirligi Ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga sovgʻa
▶️
Batafsil
———
Нажот — таълимда, келажак — билим ва тафаккурда: Ички ишлар вазирлиги Ихтисослаштирилган мактаб-интернатига совға
▶️
Батафсил
———
Путь к успеху — через образование, будущее — в знаниях и мышлении: подарок специализированной школе-интернату Министерства внутренних дел
▶️
Подробно
Website
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Ok
|
TV

September 02, 18:43
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

👩‍🎓
O‘QUVCHI QIZLAR BILAN MULOQOT: TA’LIM, INTIZOM VA PSIXOLOGIK KO‘MAK

📅
2-sentabr kuni
O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida 1- va 2-bosqich o‘quvchi qizlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
​Tadbirda litsey direktori, polkovnik
Fayzulla Ortiqboyev
, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Sayyora Islamova
hamda litsey psixologi
Xumora Azizova
ishtirok etishdi.

🔍
Uchrashuvda ko‘rilgan asosiy masalalar:

📚
Ta’lim va intizom:
Qizlarga o‘quv jarayonida sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik, litseyning ichki tartib-qoidalariga va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.

🧠
Psixologik qo‘llab-quvvatlash:
Litsey psixologi o‘quvchilarning jamoaga moslashuvi, tengdoshlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatishi va ta’limdagi ruhiy to‘siqlarni yengib o‘tishi bo‘yicha zarur maslahatlar berdi.

🤝
Ushbu uchrashuv qizlarning sifatli ta’lim olishi hamda litsey muhitiga moslashuvini ta’minlashga qaratildi.

September 02, 18:10
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📚
OTALIQQA OLINGAN MAKTABGA AMALIY YORDAM

📅
2-sentabr kuni
IIV Sirdaryo akademik litseyi vakillari — Ta’lim inspeksiyasi bosh mutaxassisi
O.Begiyev
hamda kafedra boshlig‘i
U.Qlichev
otaliqqa olingan
Mirzaobod tumanidagi 25-sonli maktabda
bo‘lishdi.

🔍
Tashrif davomida:
-​Maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayoni va pedagoglar faoliyati o‘rganildi;
-​Dars samaradorligini oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi;
-​Ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi ehtiyojlar tahlil qilindi.

🤝
Ushbu hamkorlik maktab o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Tizimli amaliy ishlar davom etmoqda
IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari:
Web-sayt
| Telegram
| Instagram