
IIV Malaka oshirish instituti
⚡️
Fidoyi xodimlar mehnati — e’tibor va e’tirofda
25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Vatan tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan xodimlarning mehnati alohida e’tirof etildi.
Marosimda xizmat burchini bajarishdagi sadoqati, kasbiy mahorati va faoliyatida erishgan yutuqlari uchun bir guruh xodimlarga idoraviy ko‘krak nishonlari, qo‘l soati, maxsus unvonlar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, ko‘p yillik xizmat faoliyatini yakunlagan podpolkovnik Otabek G‘aniyevni pensiyaga kuzatish marosimi ham tashkil etildi.
▶️
batafsil
♦️
Zamonaviy harbiy nizolar tajribasi — jangovar tayyorgarlikni rivojlantirishning muhim omili
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filialida “Zamonaviy harbiy nizolar tajribasi asosida xodimlar va harbiy xizmatchilarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
▶️
batafsil
🇺🇿
25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
!
⚡️
O‘quv dala markazida bayram munosabati bilan ko‘tarinki ruhda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Tadbir davomida Prezidentimiz hamda Ichki ishlar vaziri tomonidan yo‘llangan bayram tabriklari tinglovchilarga yetkazildi. Shuningdek, bir guruh tinglovchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Bayram dasturxoni yozilib, samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyatga boy lahzalar davom etdi.
Shundan so‘ng, tadbirning ma’naviy-ma’rifiy qismini yanada mazmunli tashkil etish maqsadida taniqli aktyorlar, jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov hamda boshqa san’at vakillari o‘quv dala markaziga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar ishtirokida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tinglovchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, bayram shukuhini yanada oshirdi.
✨
Bunday tadbirlar tinglovchilarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
♦️
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining Jizzax filialida ichki ishlar organlari profilaktika xizmati xodimlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini (UUA) boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
🇺🇿
25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!
🎉
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida kasb bayrami munosabati bilan ko‘tarinki ruhda bayram tadbiri tashkil etildi.
🎤
Tadbir davomida san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, dilrabo taronalari va jo‘shqin chiqishlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🎶
Bayramona kuy-qo‘shiqlar, samimiy tabassumlar va unutilmas lahzalar — barchasi qalblarga quvonch, dillarga xushnudlik baxsh etdi.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
🎨
25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan
O‘quv dala markazida tinglovchilar o‘rtasida rasm chizish tanlovi tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari professor-o‘qituvchilardan tashkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Mazkur tadbir tinglovchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishga xizmat qiladi.
♦️
Profilaktika inspektorlari uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish bo‘yicha o‘quv kursini tamomladilar
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filialida Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari ishtirokida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish bo‘yicha o‘quv yig‘inining yakunlanishi munosabati bilan bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kursida ishtirokchilarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish, ularning texnik imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xavfsiz parvozni ta’minlash hamda xizmat faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Kurs bitiruvchilari tomonidan imtihonlar muvaffaqiyatli topshirdi.
Mazkur o‘quv kurs ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda yangi imkoniyatlarni yaratishi bilan ahamiyatlidir.
⚡️
Malaka oshirish institutining Farg'ona filialida navbatdagi o'quv yig'ini yakunlandi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Farg'ona filialida qo'riqlash xizmati xodimlarini boshlang'ich kasbiy tayyorgarlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektorlari uchun uchuvchisiz uchish apparatlaridan to'g'ri va samarali foydalanish bo'yicha tashkil etilgan o'quv yig'inlari muvaffaqiyatli yakunlandi. O'quv mashg'ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Farg'ona filiali boshlig'i, polkovnik J. Mirzaliev ishtirok etib, tinglovchilarni o'quv yig'inini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan hamda 25-oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan barcha shaxsiy tarkibni tabrikladi. Ularga xizmat faoliyatida mustahkam sog'lik, kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Жўрабек Мухторов: Касбим матонат ва фидойилик талаб қилади (+видео)
"Шараф" лойиҳасининг 25-октябрь – Ички ишлар органлари ходимлари куни ҳамда Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазирлиги ташкил этилганлигининг 35 йиллигига бағишланган сони қаҳрамони - ИИВ Малака ошириш институти, юридик фанлар кафедраси профессори, полковник Жўрабек Мухторов.
🎥
https://youtu.be/0aFyc4wLwq4
Батафсил:
https://uza.uz/posts/927557
Телеграм каналларимиз