Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

IIV Samarqand akademik litseyi

iivsamal
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!
Подписчики
2 996
24 часа
-4
30 дней
-274
Просмотры
992
ER
33,11%
Посты (30д)
50
Символов в посте
682
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 07:44

🔰
РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР — ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ ПОЙДЕВОРИ!
📅
26 октябрь куни Самарқанд шаҳридаги
«School 21» IT кампусида
ташкил этилган
«DIGITAL SKILLS WORKSHOP»
амалий семинари юқори савияда ўтказилди.
✅
Тадбирда Ўзбекистон Республикаси ИИВ Самарқанд академик лицейининг 7 нафар педагог ходими ҳамда АХ йўналишидаги 10-26 ва 11-26-ўқув гуруҳлари ўқувчилари фаол иштирок этдилар.
💻
Семинар давомида сунъий интеллект имкониятлари, рақамли хавфсизлик, замонавий IT касблари ва инновацион технологиялардан самарали фойдаланиш бўйича қимматли билим ва амалий кўникмалар эгалланди.
🎯
Мазкур тадбир педагоглар ва ўқувчиларнинг рақамли саводхонлигини ошириш, инновацион тафаккурини ривожлантириш ҳамда замонавий касбларга қизиқишини кучайтиришга хизмат қилди.
🤝
Мазмунли ва юқори савиядаги тадбир учун
«School 21» жамоасига миннатдорлик билдирамиз!
#ИИВ_Самарқанд_академик_лицейи
#School21
#DigitalSkills
#СунъийИнтеллект

October 26, 07:44
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

October 25, 14:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 24, 15:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
tabrik
—
Поздравление
сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел
Kanalimizga qo‘shiling
👇
👇
👇
https://t.me/IIVsamAl

October 24, 15:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tashkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatovning
bayram tabrigi
———
25 октябрь – Ички ишлар органлари ходимлари куни ҳамда Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазирлиги ташкил этилганлигининг 35 йиллиги муносабати билан Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазири, генерал-лейтенант Азиз Ташпулатовнинг
байрам табриги
Kanalimizga qo‘shiling
👇
👇
👇
https://t.me/IIVsamAl

October 23, 18:38
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

📚
“
Zakovat” — bilim va tafakkur bellashuvi
”
📚
IIV Samarqand akademik litseyida Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 35 yilligi hamda 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan pedagog xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilarga tarix, huquq, mantiq, umumiy dunyoqarash hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga oid turli savollar berildi. Jamoalar o‘z bilim va tajribalariga tayangan holda savollarga javob berib, zukkolik, topqirlik va tezkor fikrlash borasida o‘zaro bellashdilar.
Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda o‘qituvchilar o‘zlarining nafaqat kasbiy bilimlarini, balki keng dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi va jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini ham namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra:
🥇
o‘rin –“ Ziyokor” jamoasi
🥈
o‘rin –“ Renessans” jamoasi
🥉
o‘rin “Tafakkur” jamoalari qo‘lga kiritdi.
Kanalimizga qo‘shiling
👇
👇
👇
https://t.me/IIVsamAl

October 23, 18:12
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

“ICHKI ISHLAR ORGANLARI — TINCHLIK VA OSOYISHTALIK POSBONLARI”
IIV Samarqand akademik litseyida 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida “Ichki ishlar organlari — tinchlik va osoyishtalik posbonlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida litseyning huquq fani o‘qituvchisi U. Norqulova o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, Ichki ishlar organlarining mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek Ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli va mas’uliyatli kasbiy faoliyati, ularning xalq osoyishtaligi va jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Kanalimizga qo‘shiling
👇
👇
👇
https://t.me/IIVsamAl

October 23, 17:49
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

“ONA TILIM FAXRIM MENING”
IIV Samarqand akademik litseyida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida “Insholar” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida o‘quvchilar yozgan insholarida ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va betakrorligi, uning millat ma’naviyati va o‘zligini namoyon etishdagi o‘rni, shuningdek, o‘zbek tilini asrab-avaylash va uning rivojiga hissa qo‘shish borasidagi fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
O‘quvchilar tomonidan yozilgan insholar mazmun-mohiyati, mustaqil fikrlash darajasi, savodxonligi va ijodiy yondashuvi asosida baholandi. Tanlov yoshlarning ona tiliga bo‘lgan hurmatini mustahkamlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish va davlat tiliga e’tiborini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Kanalimizga qo‘shiling
👇
👇
👇
https://t.me/IIVsamAl

October 23, 17:41
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

“TIL MILLAT KO‘ZGUSI”
IIV Samarqand akademik litseyida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual o‘yinning asosiy maqsadi o‘quvchilarning ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromini yanada oshirish, o‘zbek tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari, grammatik qoidalari, buyuk allomalarimiz va adiblarimiz ijodi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, yoshlarning mantiqiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
O‘yin davomida o‘quvchilarga o‘zbek tili va adabiyoti, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi hamda tilimizning boy tarixi va bugungi kundagi ahamiyatiga oid turli savollar berildi. Ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, savollarga tezkorlik bilan javob berishga harakat qildilar.
Kanalimizga qo‘shiling
👇
👇
👇
https://t.me/IIVsamAl

October 22, 12:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“TIL — MILLAT KO‘ZGUSI” MAVZUSIDA MA’NAVIY - MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI
Kanalimizga qo‘shiling
👇
👇
👇
https://t.me/IIVsamAl