Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

ilmiymarkazuz
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
Подписчики
12 000
24 часа
30 дней
-400
Просмотры
19 319
ER
160,99%
Посты (30д)
14
Символов в посте
941
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 08, 16:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi
(abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish)
bo‘yicha ovozli chat
📆
2026-yil 9-iyun
kuni
15:00
da Bilimni baholash agentligining telegramdagi
rasmiy kanali
(
@BaholashUz
) da
ovozli chat
o‘tkaziladi.
💻
Ovozli chat
abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi
bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙
Unda Bilimni baholash agentligi
mas’ullari
ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana
bu yergda
qoldirishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

June 08, 12:08
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
TKT xalqaro imtihoni muvaffaqiyatli o‘tkazildi
🗓
Joriy yilning
07-iyun
sanasida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan TKT (Teaching Knowledge Test) xalqaro imtihoni yuqori saviyada tashkil etildi.
↗️
Mazkur imtihon ishtirokchilarning ingliz tilini o‘qitish metodikasi, pedagogik kompetensiyalari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.
↗️
TKT xalqaro imtihoni natijalari ishtirokchilarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish, xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatga ega bo‘lish hamda ta’lim sohasidagi faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

June 08, 11:05
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
🔸
Navbatdagi xalqaro SAT imtihoni o‘tkazildi
😎
2026-yil 6-iyun kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan elektron shaklda xalqaro SAT imtihoni o‘tkazildi.
💻
Imtihonda talabgorlar ikki asosiy bo‘limdan iborat topshiriqlarni ishladilar:
- Reading & Writing (o‘qish va yozish ko‘nikmalari),
- Math (matematika).

Mazkur imtihon yoshlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

June 05, 13:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son
qaroriga
muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:
Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida
75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori
natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.
Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari
(
matematika va chet tili
)
tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga
qo‘shimcha davlat granti
asosida o‘qishga qabul qilinadi.
2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun
SAT sertifikatlari
rasmiy platforma orqali
35787 DI kodi
bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.
SAT imtihoni natijalari talaborlar tomonidan "College Board" tashkiloti rasmiy sahifasi orqali (Score Report) standart tartibda elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka yuboriladi. Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yoki imtihonga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Agentlik natija qabul qiluvchi tashkilot sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, imtihon sanasidan keyin bir necha hafta ichida yetkaziladi.
Shuningdek, tezkor (Rush) xizmati orqali natijalarni yuborish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Manba:
College Board rasmiy sahifasi
.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son
Farmoni
ga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonining birinchi bosqichida abituriyentlar har yili
5-iyundan 25-iyunga
qadar test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtishi belgilangan.
Ma’lumot uchun: Agentlik tomonidan DI kod orqali kelib tushgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topilishini ma’lum qilamiz.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

June 05, 09:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga!
Ilmiy-o'quv amaliy markazi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Joriy yilning 6-iyun kuni Agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi.
Ma’lumki, mazkur imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim.
❗️
Shu munosabat bilan, quyida
qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi
:
Qurilmaga qo‘yiladigan talablar
.
Shuningdek, qurilmada
Telegram, WhatsApp va shunga o‘xshash messenjer yoki aloqa dasturlari o‘rnatilmagan bo‘lishi
lozim.
⚠️
Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.
📍
SAT imtihoni o‘tkaziladigan hududlar manzillari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
👉
HUDUDLAR
Barcha talabgorlarni imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiramiz.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

June 02, 12:20
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Linguaskill bo‘yicha vebinar
2026-yil 3-iyun kuni soat 16:00 da Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tashkil etilayotgan Linguaskill vebinariga taklif etamiz.
Vebinar davomida Cambridge tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt asosidagi onlayn ingliz tili baholash tizimi – Linguaskill haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Mazkur tizim maktablar, oliy ta’lim muassasalari hamda ish beruvchilar uchun tezkor, moslashuvchan va ishonchli tilni bilish darajasini baholash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Vebinar ishtirokchilari quyidagi masalalar bo‘yicha amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar:
• raqamli baholashning zamonaviy yondashuvlari;
• CEFR xalqaro standartlariga mos natijalarni talqin qilish;
• ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni saralash, bosqichma-bosqich rivojlantirish va sertifikatlash jarayonlarida samarali qarorlar qabul qilish imkoniyatlari.
Vebinar spikeri:
Peter Lucantoni
.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://bit.ly/4wgvHbM
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

June 01, 07:45
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Hurmatli fuqarolar!
Ayni vaqtda Bilim va malakalarni baholash agentligining 1195 qisqa raqami bo‘yicha profilaktika ishlari olib borilmoqda. Profilaktika ishlari 2026-yil 1-iyundan 2026-yil 5-iyunga qadar davom etadi.
Ushbu davrda murojaat va savollaringizni Agentlikning rasmiy veb-sayti –
www.uzbmb.uz
, shuningdek, rasmiy Telegram kanali — BaholashUz hamda elektron xizmat ko‘rsatishning boshqa shakllari orqali yuborishingiz mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

May 22, 11:54
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

iTEP va At-tanal Al-arabi xalqaro imtihonlari tashkil etildi.
🏢
Ilmiy-o‘quv amaliy markaz tomonidan
2026-yil 22-may
kuni xalqaro til imtihonlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.
🇺🇸
iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini hamda At-tanal Al-arabi — arab tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihonlari xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni taqdim etadi hamda ishtirokchilarning til ko‘nikmalarini obyektiv baholash imkonini yaratadi.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

May 22, 09:37
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Ona_tilim_jonu_dilim
O‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 31-son qaroriga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
tomonidan chet el fuqarolari uchun
o‘zbek tilini bilish darajasini CEFR
(Common European Framework of Reference for Languages)
xalqaro talablari asosida baholash
hamda malaka sertifikatini berish tizimi joriy etilgan.
Joriy yilning
24-aprel kuni tashkil etilgan o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonida ishtirok etgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Li Huitingga o‘zbek tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B1 darajadagi malaka sertifikati
topshirildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

May 18, 17:35
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Mamlakatimiz tarixida ilk bor aksiyalarimiz xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi “Franklin Templeton” bilan hamkorlikda bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshladi.
Tizimli va izchil islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz 3 barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlandi. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi.
Mamlakatimiz IPO jarayonlarida “BlackRock”, “Franklin Resources”, “Redwheel” kabi ko‘plab yirik xalqaro investorlarning ishtirok etishi dunyo hamjamiyati tanlagan yo‘limiz, salohiyatimiz va kelajagimizga ishonch bildirayotganining yorqin isbotidir.

Впервые в нашей истории состоялось международное публичное размещение акций: Национальный инвестиционный фонд Узбекистана совместно с Franklin Templeton запустил IPO одновременно на Лондонской и Ташкентской фондовых биржах.
Благодаря системным и последовательным реформам наша экономика выросла в 3 раза, повысилась эффективность государственных институтов, укрепились гарантии для инвесторов. В результате Узбекистан стал более открытым и надёжным партнёром для глобального рынка капитала.
Участие в нашем IPO крупнейших международных инвесторов, включая BlackRock, Franklin Resources, Redwheel и многих других, является убедительным свидетельством доверия международного сообщества к нашему курсу, потенциалу и будущему.