
"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️
"TIQXMMI" MTU Yangiliklari
✍️
pinned a photo
#StudyInUzbekistan
|
#EDUGATE2026
O‘zbekiston oliygohlari Qohiradagi “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 28–30-iyul kunlari Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida o‘tkazilayotgan
“EDUGATE 2026”
xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida
“Study in Uzbekistan”
loyihasi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o‘z ta’lim dasturlari, ilmiy salohiyati va xalqaro imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Batafsil:
https://gov.uz/edu/news/view/198589
👉
На русском
👉
In English
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
📸
“YURTIM JAMOLI” FOTO TANLOVI E'LON QILINADI!
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan "Yurtim jamoli" foto tanlovi tashkil etiladi.
✨
Tanlov mavzusi: Doimiy yashash hududingizda Mustaqillik yillarida bunyod etilgan bino, inshoot yoki majmuani suratga olib, uning ahamiyati haqida qisqacha ma'lumot bilan tanlovda ishtirok eting.
📌
Tanlovga taqdim etiladi: • 3–5 ta sifatli fotosurat (JPG/PNG); • Obyekt nomi va joylashgan hududi; • Obyekt haqida 150–250 so‘zdan iborat qisqacha tavsif.
🏆
G‘oliblar 1-, 2-, 3-o‘rinlar bo‘yicha diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
🗓
Materiallarni qabul qilish muddati: 20.08.2026 gacha
📍
Materiallarni topshirish manzili:
t.me/tiiame_foto_tanlov
ga yuborishingiz mumkin.
🇺🇿
Yurtimiz bunyodkorligini o‘z nigohingiz orqali namoyon eting!
📸
"Mustaqillik bunyodkorligi – yurtim jamolida aks etadi!"
Қарши шаҳрида “Карьера куни” меҳнат ярмаркаси ўтказилди
Қарши шаҳрида Аму–Қашқадарё ирригация тизимлари ҳавза бошқармасида “Карьера куни” меҳнат
ярмаркаси бўлиб ўтди.
Мазкур тадбирда Бошқарув самарадорлиги агентлиги Қашқадарё вилояти филиали директори
Б. Жўраев
, Қашқадарё вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармасидан масъул мутахассис
К. Мирзаев
, “Тошкент ирригация ва қишлоқ хўжалигини механизациялаш муҳандислари институти” Миллий тадқиқот университети доценти
А. Азимов
ҳамда Аму–Қашқадарё ирригация тизимлари ҳавза бошқармасининг Инсон ресурсларини ривожлантириш ва бошқариш бўйича бош мутахассиси
Э. Тўраев
иштирок этдилар.
Меҳнат ярмаркаси доирасида жорий йилда олий таълим муассасасини тамомлаган
46 нафар битирувчи талаба
билан очиқ мулоқот ўтказилди. Суҳбат жараёнида иштирокчиларга сув хўжалиги тизимидаги мавжуд бўш иш ўринлари, меҳнат фаолиятини бошлаш тартиби, мутахассисларнинг касбий ривожланиш имкониятлари ҳамда соҳада фаолият юритиш истиқболлари ҳақида батафсил маълумотлар берилди.
Шунингдек, битирувчилар ўзларини қизиқтирган барча саволларга мутахассислар томонидан атрофлича жавоб олдилар. Суҳбат натижаларига кўра,
8 нафар битирувчи ёшлар билан ишга қабул қилиш бўйича тегишли ҳужжатлар расмийлаштирилди.
Бундай тадбирлар ёш мутахассисларни иш билан таъминлаш, соҳага малакали кадрларни жалб этиш ҳамда таълим ва ишлаб чиқариш ўртасидаги ҳамкорликни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда.
Аму-Қашқадарё ИТҲБ матбуот хизмати
Расмий саҳифалар
👇
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida Keymyung Kollej Universiteti va Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bilan uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi
...
batafsil:
https://tiiame.uz/news?id=9910
#Axborot24
| 27.07.2026
“Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga sharh
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram
|
X (twitter
)
🥋
Faxrimiz! Yana bir xalqaro gʻalaba!
🇺🇿
🏆
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti
sirtqi taʼlim 329-guruh
talabasi
Ergashev Shohjahon
2026-yil
23–26-iyul
kunlari
Malayziya
da boʻlib oʻtgan
14 ta davlat vakillari ishtirokidagi Xalqaro chempionat
da
Taekvondo (ITF)
boʻyicha
85 kg
vazn toifasida faxrli
1-oʻrinni
qoʻlga kiritdi.
Talabamizni ushbu ulkan yutugʻi bilan samimiy tabriklaymiz!
📚
Oʻqishida, sport faoliyatida va kelgusidagi xalqaro hamda jahon chempionatlarida ham ulkan zafarlar va yangi gʻalabalar tilaymiz!
👏
Gʻalabangiz muborak, Shohjahon!
😄
"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
@ilovetiiame
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar
yuzasidan videoselektor yig‘ilishi b
o‘
lib
o‘
tmoqda
Unda:
Davlatimiz rahbari
iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun
barcha sohalarda, xususan,
energetikada zamonaviy kadrlar zarurligini
ta’kidladi.
Hozir
25 ta texnika oliygohida bu yo‘nalishda yiliga 5,5 ming mutaxassis
tayyorlanmoqda.
“Ochig‘i,
ta’lim amaliyot bilan bog‘lanmagani uchun
bitiruvchining ishga kirishib ketishiga 2-3 yil ketyapti
”
,
– dedi Prezidentimiz.
Mas’ullarga bir oyda
oliygohlardagi yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq yangilash
topshirildi. 1-sentabrgacha
laboratoriya va poligonlarni yangi talablarga moslashtirish
boshlanadi.
Yangi o‘quv yilidan
3-kurs talabalarining yarmi, 4-kurs talabalarining barchasi dual ta’limga qamrab olinadi.
Chunki kelgusi 2-3 yilda
quyosh va shamol generatorlari, elektr zaryadlash uskunalari kabi yo‘nalishlarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Shirin energetika texnikumini jihozlab, yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga tayyorlamoqda.
Yangi o‘quv yilidan
Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiydagi bittadan texnikumda ham ushbu tajriba joriy etiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
Yosh ekologlarni innovatsion texnologiyalari asosida tashkil etilgan Aerokosmik texnologiyalar bakalavr ta'lim yo'nalishi va Atrof-muhit muhofazasi, Aerokosmik texnologiyalar barqaror rivojlanish uchun magistratura mutaxassisliklariga topshirishni taklif etamiz!
😄
"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
@ilovetiiame
#intervyu
📌
Oliy ta’lim tizimida tyutorlik instituti samaradorligini oshirish
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 1-sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipovning
ushbu mavzudagi maqolasi e’lon qilindi!
📘
To‘liq maqolani jurnalning 6-sahifasida o‘qing
🔗
https://online.pubhtml5.com/hrcop/rhkm/