
Interfaol metodlar
3.4.5.6.7 metodi
Doskaga 3 ta, 4 ta, 5, ta, 6 ta, 7 ta kataklarni chizasiz
✍️
Siz hozir daftarga chizing
Takrorlash sifatida o'tilgan mavzular ichidan 3,4,5,6,7 ta harifli so'zlarda 2 ta dan yozing, ko'proq bolsa yanada yaxshi
O'tilganlarni takrorlab olamiz-refleksiya.
O'quvchilar ham bu metod orqali o'tilgan darslarni takrorlab olishadi
👩🏫
Darsing boshida va oxirida albatta
😊
Bu metodimiz barcha fanlarda juda qo'l keladi albatta juda ham qiziqarli
🤗
https://t.me/interfaol_metodlar
👩🏻🏫
Dardingiz samarali va shovqin siz o'tishi uchun quyidagi metod o'tishni tavsiya qilaman
!
🐝
O’quvchilaringiz
bol ari
rolini o’ynaydilar, siz esa arichalarning
malika
si bo’lasiz;
🐝
Barchaga ari ini shablonini berasiz;
🐝
Kim tezroq ari inini asalga to’ldirilishini xohasa, darsda faol bo’lsin”,- deb ta’kidlang;
🐝
Topshiriqlarni to’g’ri bajargan o’quvchilarga 6 burchakda sariq rangli tarqatma berasiz, xuddiki, bu tarqatma asal vazifasini bajaradi, ular yig’ib ari iniga yopishtiradilar.
Ham ajoyib sinf ishi bo’ladi; ham samarali dars.
“ARI INI” metodini qo’llab ko’rib, natijasini izohlarda yozib qoldiring.
https://t.me/interfaol_metodlar
Metod nomi: Kitobni och
Bu metod o'yin shaklida o'tkaziladi. O'yin sharti quyidagicha;
🎲
O'yinga 3.4 yoki 5 o'quvchi jalb qilinib, ularning ko'zlari bog'lanadi. Har bir o'quvchiga 1 tadan yordamchi o'quvchi hamroh beriladi. O'qituvchi o'yinchi o'quvchilarga kitob yuzasidan bitta mavzu berib vaqt belgilaydi. Ular ko'zi bog'langan holatda mavzuni topishlari kerak. Yordamchi hamroh o'quchilar esa faqatgina kitobga tegmaydi, old yoki orqaga, o'ngga yoki chapga deb qo'lini tekizmasdan yordam qilishlari mumkin halos.
❗️
Qoidani buzgan o'quvchilar o'yindan chiqariladi. Kim birinchi bo'lib belgilangan vaqt ichida topsa o'sha o'quvchi g'olib sanaladi.
👩💻
O'yindan maqsad.
Kitobga bo'lgan o'quvchilarning mehrini uyg'otish. Mavzularni kuzatib borishga undash. Kitobni o'rganish.
https://t.me/interfaol_metodlar
O‘quvchilarni matematikaga qiziqtirish uchun 5 ta maslahat
Har bir o‘qituvchi aʼlochilar bilan bir qatorda o‘qishga qiziqishi sust bo‘lgan bolalar bilan ham ishlashiga to‘g‘ri keladi. Quyida sizga o‘quvchilarni matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishning
5 ta foydali
usullarini keltirib o‘tamiz.
1️⃣
.
O‘quvchilaringiz bilimidagi kamchiliklarga eʼtibor bering:
qachonki biz mavzu bo‘yicha bolaning bilimidagi bo‘shliqlarni aniq ilg‘ay olsak, unda o‘quvchida yangi bilimlarga qiziqish paydo bo‘ladi. Avvaldan murakkab misollardan boshlamang va sinfdagi barchaning umumiy darajasini inobatga olishga harakat qiling.
2️⃣
.
Bolada yutuqlarga erishishda ketma-ketlikni asos qilish:
yaʼni bu juda oddiy. Siz o‘z tushuntirishlaringizni mantiqiy ketma-ketlik bilan olib boring. Bular ularni imkon qadar miyasida tez tushunib, asosiy mantiq qayerda ekanligini anglab yetsin.
3️⃣
.
Hayotiy muammoli topshiriqlar berish:
bir narsani yodda tutinki, qachonki bola siz berayotgan bilimni hayotining qaysi qismida as qotishini aniq his etsa, u sizning faningizni chin dildan yoqtiradi. Mavzuga doir hayotiy masalalar berib, kim birinchi javob topishlariga harakat qilishga undang.
4️⃣
.
Dars jarayonida qiziqarli va ko‘ngil ochadigan vazifalar berib borish:
misol uchun turli topishmoqlar, o‘yinlar, matematik paradokslar, maktab binolari atrofida matematik "yurishlarni" amalga oshirish.
5️⃣
.
Matematika haqida qiziqarli hikoyalarni aytib berish
: masalan, Karl Fridrix Gaus 10 yoshida 1 dan 100 gacha sonlarni bir minutda qanday qilib tez qo‘sha olgani haqidagi misollar.
P.S:.
Aniq fanlar ustozlariga ulashing
Kanalga obuna
bo'lish
😇
https://t.me/interfaol_metodlar
"So’zni to’g’ri top
"
Avvaldan dars uchun tarqatma tayyorlab olamiz. Buning uchun biz so’z (tushuncha)lardan foydalanamiz. So’zlarda esa harflarning o’rnini almashtirib qo’yamiz. Namuna: Taxb- … , adomd- … . O’quvchilarimiz esa tezkorlik bilan harflarni to’g’ri joylashtirib, yashiringan so’zlarni topishlari kerak. Namunadagi 1-so’zning harflarini to’g’ri joylashtirib chiqsak, baxt so’zi, 2-so’zda esa modda so’zi hosil bo’ladi.
⚡️
Ushbu metodni boshlang’ich sinf, yuqori sinf o’quvchilari bilan birga qo’llashingiz mumkin.
❇️
Metodni faqat ona tili darslarida emas, balki o’z faningizga integratsiya qilgan holda barcha fanlarda qo’llash mumkin.
📝
Baholashda o’quvchilarning tezkorliklari, nechta so’zni to’g’ri topganliklari va husnixat qoidalariga rioya qilganliklariga e’tibor beriladi.
Metodni darslaringizda qo'llab ko'ring.
https://t.me/interfaol_metodlar
❓
Qaysi biri yo'q? Metodi
Doskaga bir fanga, bir nechta mavzuga oid ma'lumotlar:
— rasmlar
— atamalar
— lug'atlar
— formulalar
— kimyoviy elementlar
— jihozlar
faningizga moslab sharoitdan kelib chiqib joylashtiriladi yoki yoziladi.
🎲
O'quvchilar avval kuzatib, so'ng ko'zlarini yumishadi. Bu orada doskadan bitta yoki bir necha ma'lumot olib tashlanadi. O'quvchi esa qaysi ma'lumot yo'qligini topishi kerak.
Guruhda yoki yakka tartibda o'tkazsa bo'ladi.
🧠
Bu metod o'quvchilarning xotirasini mustahkamlaydi, fanga bo'lgan qiziqishini ortirish barobarida, mavzularga qiziqishini oshiradi.
😊
😊
😊
Biz bilan yangiliklar yana-da yaqin. Ulaning
👇🏻
Kanalga obuna bo'lish:
👇
👇
👇
https://t.me/interfaol_metodlar
Attestatsiyaga tayyorlanayotgan ustozlar. Interfaol metodlar boyicha ham 10 ta test savoli bor ekan. Guruhimiz ssilkasini koproq tarqating barcha ustozlarga yordam bo'lsin.
https://t.me/interfaol_metodlar
Бу сўзим қизларга оғир ботмасин,
Қошингиз чимрилиб, энса қотмасин,
Тилингиз зардалар тошин отмасин,
Онага меҳрибон бўларкан ўғил
https://t.me/interfaol_metodlar
Япония, Хитой, Кореяда жамиятда ўзини тутиш қоидалари боғча ёшиданоқ ўргатилади.
Видеода Япония боғчаларидаги ҳолат
тасвирланган.
https://t.me/interfaol_metodlar
Жуда ҳам бахтли она
😍
Ҳавас қилган барчага насиб
қилсин
Яқинларга ҳам улашинг!
https://t.me/interfaol_metodlar