Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Investds_uz

investds_uz
🗓 O'zbekiston va jahon moliya bozori to'g'risidagi axborot kanal! @Investds_ru - канал на русском языке Savollar bo'yicha: @davronbeksh27
Подписчики
1 670
24 часа
30 дней
100
Просмотры
1 259
ER
75,39%
Посты (30д)
7
Символов в посте
466
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
June 05, 04:01

Uztelecom Kuzatuv kengashi oddiy aksiyalar bo‘yicha 372,57 so‘m dividend tavsiya qildi
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha esa o’zgarishsiz, har bir aksiya uchun 288,5 so‘m dividend tavsiya etildi.
#UZTL
#UZTLP
@Investds_uz

May 25, 04:03

UzNIF portfelidagi aksiyalar qanchalik jozibador? O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi (UzNIF) IPO arizalarini qabul qilish yakuniga atigi bir hafta qoldi. Shu sababli fond portfelidagi aksiyalarni batafsilroq ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Hozirda fond…

May 22, 04:01

Chilonzor Buyum Savdo Kompleksi — portfel uchun imkoniyatmi yoki yuk?
Oxirgi yillarda Chilonzor Buyum Savdo Kompleksi aksiyalari Toshkent Respublika fond birjasida investorlar e’tiborini tortayotgan aksiyalardan biriga aylandi. Buning asosiy sabablaridan biri — kompaniya sof foydasining 50% qismini dividend sifatida taqsimlayotganidir.
Hozirgi kunda aksiya narxi taxminan 3 so‘m atrofida savdo qilinmoqda. Yaqinda kompaniya 1+1 kapitalizatsiyasi orqali ustav kapitalini oshirdi va bu aksiyadorlarga qo‘shimcha 100% daromad olish imkoniyatini berdi.
Shaxsiy fikrimcha, ayni paytda bu aksiya unchalik jozibador ko‘rinmayapti. Kompaniyaning biznes-rejasidan kelib chiqib, keyingi yil taxminan 0.3 so‘m dividend kutyapman. Bu esa hozirgi narxda taxminan 10% dividend daromadliligini beradi.
Agar aksiya narxi dividend davriga yaqin 3.5 so‘mgacha ko‘tarilsa, umumiy daromadlilik 16–17% atrofida bo‘lishi mumkin. Lekin meni o‘ylantirayotgan asosiy jihat — kompaniya sof foydasining o‘sish sur’ati juda sekin ko‘rinayotgani. Hozirgi dinamikada dividendlar taxminan 0.3 → 0.34 → 0.37 kabi o‘sishi mumkin, chunki aksiyalar soni 2 baravarga ko’paydi.
Ya’ni kompaniya stabil, ammo sekin o‘sayotgan aktiv taassurotini bermoqda. Menimcha, hattoki inflyatsiya sur’ati kompaniya dividendlarining o‘sishidan tezroq bo‘lishi mumkin.
Albatta, bu faqat mening shaxsiy fikrim va men adashayotgan bo‘lishim ham mumkin. Shunchaki hozircha bu aksiya men uchun eng ustuvor tanlov emas. Agar narx 2.5 so‘m atrofida bo‘lsa yoki dividend endi to’langanida, sotib olishim mumkin edi.
Qisqacha aytganda, bu yomon aksiya emas. Ammo hozirgi bozorda men undan yuqoriroq o‘sish potensialiga ega bo‘lgan boshqa aksiyalarni ko‘ryapman.
#CBSK
@Investds_uz

May 21, 05:23

Chilonzor buyum savdo kompleksi bo’yicha post qilamizmi?

May 21, 05:01

Ipoteka bank 2025 yil yakuni bo’yicha yillik umumiy yeg’ilish o’tkazadi!
Ko’rib chiqiladigan masalalar ichida bankning 2025-yil uchun foydasini taqsimlash va dividendlar to'lash bo'yicha qaror qabul qilish ham bor.
Reyestr kuni - 25 may, T+2 hisobga olganda - 21 may.
#IPTB
#IPTBP
@Investds_uz

May 18, 05:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

UzNIF bo’yicha savdolar boshlandi!
Nimaga aynan 5 so‘m etib aksiya narxi belgilanganligi haqidagi savolga kanalimizdagi bir inson juda yaxshi va to‘g‘ri javob berdilar deb o’ylayman. Men ham ularning fikriga qo’shilaman chunki bunda mantiq bor. Ya’ni London birjasidagi yopilish narxi bilan bizning bozordagi ochilish narxi bir-biriga bog‘langan edi.
Bu narsa UZEX da ham qo’llaniladi, masalan oltin narxi London birjasidagi narx bilan korrelyatsiyada.
Ushbu narx faqat ochilish narxini to’g’ri qo’yish uchun hisoblangan edi deb o’ylayman, buyog’iga ikkita birjadagi narx o’z yo’li bilan ketishi kerak.
#UzNIF
@Investds_uz

May 16, 06:42

UzNIF aksiyalari investorlarning hisob raqamlarida ko‘rina boshladi.
Eslatib o‘tamiz, aksiyalar savdosi 18-may kuni start oladi.
Aksiya narxi nega aynan 5 so‘m etib belgilanganiga oid savollarga ham tez orada aniq javob olamiz degan umiddaman.
#UzNIF
@Investds_uz

May 12, 16:51

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, chakana investorlar tomonidan UzNIF IPO’siga 25,899 mlrd so‘mlik arizalar yuborilgan.
Taqqoslash uchun:
• “O‘zbekinvest” IPO’sida jami 18,13 mlrd so‘mlik arizalar yig‘ilgan bo‘lib, joylashtirishning qariyb 30% qismi chakana investorlarga to‘g‘ri kelgan;
• “O‘zRTXB” SPO’si orqali 42,9 mlrd so‘m jalb qilingan, biroq chakana investorlar ulushi bo‘yicha aniq ma’lumotlar ochiqlanmagan;
• Uztelecom IPO’sida 33,25 mlrd so‘m jalb qilinib, chiqarilgan aksiyalarning qariyb 40% qismini jismoniy shaxslar sotib olgan.
Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, UzNIF IPO’si O‘zbekiston fond bozorida chakana investorlar ishtiroki bo‘yicha eng yirik joylashtirishlardan biriga aylanishi mumkin.
#UzNIF
@Investds_uz

May 12, 04:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

May 06, 15:56

https://www.spot.uz/oz/2026/05/06/uznif-ipo/