Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BuxDU Iqtidorli talabalari

iqtidorli_talabalar_sektori
Подписчики
2 082
24 часа
-16
30 дней
-106
Просмотры
718
ER
34,49%
Посты (30д)
19
Символов в посте
1 048
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 06:05

🌍
“BuxDU xalqaro olimpiadalar markazi” tomonidan BIOLOGIYA FANIDAN XALQARO OLIMPIADA UCHUN SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILADI!
Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Samarqand davlat universitetida 2026-yil 9-13-dekabr kunlari o‘tkaziladigan "Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida - ABIBO 2026)" ishtirok etadigan Buxoro davlat universiteti jamoasini shakllantirish maqsadida
biologiya fanidan saralash olimpiadasi
tashkil etiladi.
🏆
SARALASH OLIMPIADASIDA KIMLAR ISHTIROK ETA OLADI?
Biologiya ta'lim yo'nalishi barcha
bosqich bakalavriat talabalari
🔹
Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra
, eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar xalqaro olimpiadada Buxoro davlat universiteti jamoasi tarkibida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🎓
ISHTIROKCHILAR UCHUN IMKONIYATLAR:
🌍
Xalqaro olimpiadada ishtirok etish, o‘z bilim va salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etish hamda universitetimiz sharafini himoya qilish imkoniyati.
📌
SARALASH OLIMPIADASI HAQIDA MUHIM MA’LUMOTLAR
📅
Sana:
2026-yil 30-oktabr
🕦
Vaqt:
soat 11:30
📍
Manzil:
Buxoro davlat universiteti, yangi o'quv binosi, 2-qavat, Test markazi
📝
O‘tkazilish tili:
ingliz tili
Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting
:
HAVOLA
Ro'yxatdan o'tish muddati 28-oktabrga qadar davom etadi.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va xalqaro yutuqlar sari dadil qadam tashlang!
Buxoro davlat universiteti — bilim, salohiyat va xalqaro yutuqlar maskani!
🌍
🏆

October 26, 05:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔰
DIQQAT "BuxDU xalqaro olimpiadalar markazi" tomonidan xalqaro MATEMATIKA olimpiadasining saralash bosqichi o'tkazilad
i
❗️
🏛
Moskva shahrida joylashgan RUDN Xalqlar do'stligi universitetida 2026-yilning 25-29-noyabr kunlari bo'lib o'tadigan RUDNMATH-2026 xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan universiet jamoasini shakllantirish maqsadida olimpiadaning
saralash bosqichiga
o'tkaziladi
Kimlar ishtirok eta oladi?
Matematika fanini puxta o'zlashtirgan barcha 1-4-bosqich bakalavrlar
❗️
Matematika fani bo'yicha A va A+ milliy sertifikatga ega talabalarga ustunlik beriladi
✅
I
shtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
👉
HAVOLA
📌
SARALASH BOSQICH
📅
Sana:
2026-yil 29-oktabr
🕦
Vaqt:
soat 11:30
📍
Manzil:
BuxDU Test markazi
📝
O‘tkazilish tili:
ingliz va rus tili
Imtiyoz:
Xalqaro bosqich ishtirokchilarining Moskva shahriga borib-kelish aviachipta va mehmonxona xarajatlari qoplab beriladi.
Ro'yxatdan o'tish muddati 25-oktabrga qadar davom etadi.
📞
Murojaat uchun tel: +998973056220

October 26, 05:58

DIQQAT, IQTIDORLI TALABALAR!
🌍
"BuxDU xalqaro olimpiadalar markazi" tomonidan KIMYO FANIDAN XALQARO OLIMPIADALAR UCHUN SARALASH BOSQICHI O'TKAZILZADI!
Ashxobod shahridagi Maxtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetida 2026-yil 25–27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan
IV Xalqaro kimyo fan olimpiadasi
hamda Xorazm viloyatidagi Ma’mun universitetida 2026-yil 1–5-dekabr kunlari o‘tkaziladigan
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi
da ishtirok etadigan BuxDU jamoalarini shakllantirish maqsadida
kimyo fanidan saralash olimpiadasi
tashkil etiladi.
🏆
SARALASH OLIMPIADASIDA KIMLAR ISHTIROK ETA OLADI?
Kimyo ta'lim yo'nalishi barcha bosqich talabalari va magistrlar
🔹
Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra
, eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar xalqaro olimpiadalarda Buxoro davlat universiteti jamoasi tarkibida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🎓
ISHTIROKCHILAR UCHUN IMKONIYATLAR:
Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar universitet tomonidan qoplanadi
📌
SARALASH OLIMPIADASI HAQIDA MUHIM MA’LUMOTLAR
📅
Sana:
2026-yil 28-oktabr
🕦
Vaqt:
soat 11:30
📍
Manzil:
Buxoro davlat universiteti, yangi o‘quv binosi, 2-qavat, Test markazi
📝
O‘tkazilish tili:
ingliz tili
Ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting:
HAVOLA
Ro'yxatdan o'tish muddati 25-oktabrga qadar davom etadi.
🔥
Aziz talabalar!
Bu — o‘z bilimingizni sinash, xalqaro maydonda universitetimiz sharafini himoya qilish va katta yutuqlar sari qadam, imtiyoz asosida magistraturaga kirish uchun ajoyib imkoniyat!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Buxoro davlat universiteti — bilim, salohiyat va xalqaro yutuqlar maskani!

October 21, 09:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
"
ILM BILAN ERISHILGAN YUTUQ
"
🩻
RENTGEN — INSON TANASINI ICHDAN KO‘RISH IMKONIYATI
🔬
Bu qanday kashf etilgan?
1895-yilda nemis olimi Vilgelm Konrad Rentgen yangi turdagi nurlarni kashf etdi. Bu nurlar inson tanasidan o‘tib, suyaklarni maxsus tasvirda ko‘rsatish imkonini berdi. Olim ushbu nurlarni dastlab
X-nurlar
, keyinchalik esa rentgen nurlari nomi bilan atashgan.
🏥
Bu kashfiyot insonlarga qanday foyda keltirdi?
Suyaklarning singanini aniqlash osonlashdi.
Shifokorlar ayrim kasalliklarni aniqlash uchun yangi imkoniyatga ega bo‘ldi.
Ko‘plab tibbiy tekshiruvlarni tezroq va samaraliroq o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
🏆
Olim qanday taqdirlangan?
Vilgelm Konrad Rentgen ushbu kashfiyoti uchun 1901-yilda fizika bo‘yicha birinchi Nobel mukofotini oldi.
💡
Bundan qanday xulosa chiqaramiz?
Bu kashfiyot oddiy kuzatuv va ilmiy izlanish katta yutuqqa olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Ilm o‘rganing, izlaning va yangi yutuqlarga intiling!

October 21, 09:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
"
BIR IXTIRO TARIXI
"
💡
Oddiy g‘oyadan buyuk ixtirogacha!
Har bir buyuk ixtiro insonning qiziquvchanligi, bilimga intilishi va tinimsiz izlanishlari natijasida yuzaga keladi. Bugungi kunda hayotimizni yengillashtirayotgan ko‘plab kashfiyotlar ham bir vaqtlar oddiy g‘oya sifatida boshlangan.
“Bir ixtiro tarixi”
rukni orqali mashhur ixtirolarning yaratilish tarixi, ularning mualliflari, dastlabki g‘oyalar qanday paydo bo‘lgani va ushbu ixtirolarning insoniyat hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
🔬
Ixtirolar qanday yaratilgan?
💡
Ularning ortida qanday g‘oyalar va izlanishlar turgan?
🚀
Ushbu kashfiyotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shgan?
Ushbu mavzu orqali talaba-yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish va yangi g‘oyalar yaratishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish maqsad qilingan.
Unutmang: bugungi g‘oya — ertangi buyuk ixtiro!
Izlaning, yarating va kelajakni o‘zgartiring!

October 16, 17:38
Файлы недоступны
1
5
Открыть в Telegram

🏆
O‘zbek tiliga ehtirom — yuksak natija bilan!
Buxoro davlat universitetining xorijlik talabasi yana bir nufuzli yutuqni qo‘lga kiritdi.
Filologiya fakulteti Jurnalistika ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi, Pokiston fuqarosi Ahmad Usmon xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili” fanidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida faxrli I o‘rinni egalladi.
Mazkur yutuq talabaning o‘zbek tilini puxta o‘zlashtirgani, bilimga bo‘lgan intilishi, mamlakatimiz tili va madaniyatiga bo‘lgan hurmatining yorqin ifodasidir. Ushbu natijada ustozlarning fidokorona mehnati va ta’lim jarayoniga mas’uliyatli yondashuvi ham muhim o‘rin tutadi.
Ahmad Usmonni ushbu munosib muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ta’limiy, ilmiy va ijodiy faoliyatida yangi marralar, ulkan zafarlar va xalqaro miqyosdagi yutuqlar tilaymiz.
Buxoro davlat universiteti — bilim, imkoniyat va yuksak natijalar sari dadil qadamlar maskani!
✅
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|
✅
Telegram
|
🌐
Instagram
|
✅
Facebook
|
📹
Youtube

October 16, 16:18
Файлы недоступны
1
2
Открыть в Telegram

🏆
MUNOSIB E’TIROF — BIRINCHI O‘RIN SOHIBI!
🎉
Buxoro davlat universiteti jamoasi yana bir yutuq bilan faxrlanadi!
Pokistonlik universitetimiz talabasi
Filologiya fakulteti Jurnalistika ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi - AHMAD USMON
Xorijlik talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan
“O‘zbek tili” fanidan Respublika fan olimpiadasida faxrli I o‘rinni
egalladi
🏅
Ushbu yuksak natija talabaning bilim va salohiyati, ona tilimizga bo‘lgan hurmati hamda ustozlarining samarali mehnati mahsulidir.
G‘olibimizni ushbu muvaffaqiyat bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, yangi marralar hamda xalqaro miqyosdagi yutuqlar yor bo‘lishini tilaymiz!
Buxoro davlat universiteti — bilim, intilish va yuksak natijalar maskani!

October 16, 05:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
E’LON
“BIR IXTIRO TARIXI”
Kichik bir g‘oya — ulkan o‘zgarishlar sari!
Har bir buyuk ixtiro ortida izlanish, sabr-toqat va tinimsiz mehnat mujassam.
Elektr lampochkasi — insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirgan muhim ixtirolardan biri. Uning takomillashuvi ilm-fan taraqqiyoti, inson tafakkuri va ijodiy izlanishlarning yorqin namunasidir.
Amerikalik ixtirochi
Tomas Edison
1879-yilda amaliy foydalanishga yaroqli, uzoq vaqt xizmat qiladigan elektr lampochkasini takomillashtirish orqali tarixda muhim iz qoldirdi. Uning faoliyati bir haqiqatni namoyon etadi: katta yutuqlar ortida ko‘plab tajribalar, izlanishlar va qat’iyat turadi.
“Bir ixtiro tarixi”
— bu nafaqat o‘tmishga nazar, balki kelajak kashfiyotlariga ilhom bag‘ishlovchi hikoyadir. Zero, bugungi oddiy g‘oya ertangi kunning buyuk yangiligiga aylanishi mumkin.
💡
Unutmang: har bir buyuk ixtiro birgina g‘oyadan boshlanadi!
Ilm o‘rganing, izlaning va yangi kashfiyotlar sari intiling!

October 16, 05:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"
ILM BILAN ERISHILGAN YUTUQ
"
Bilim, izlanish va ijod — taraqqiyot kaliti!
📚
Ilm-fan va innovatsiyalar inson hayotini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muammolarga samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday ilmiy yondashuvlardan biri — quyosh energiyasida ishlaydigan
“Aqlli ekologik qurilma”
loyihasidir. Mazkur ixtiro o‘simlik holatini kuzatish, tuproq namligini aniqlash va zarur holatlarda avtomatik sug‘orishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
Qurilma suv sarfini kamaytirish, o‘simliklarni parvarishlashni yengillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Ilm bilan yaratilgan har bir yangilik — kelajak sari tashlangan muhim qadam!
Ilm — kashfiyotlar manbai, innovatsiya — taraqqiyot omili!

October 13, 07:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
E’LON
“PROFI-2026” XIX XALQARO FAN OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETING!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
🔗
Rossiya Federatsiyasining Perm shahrida joylashgan Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” (HSE) Perm filiali tomonidan 2026-yil 15-sentabrdan 29-noyabrga qadar o‘qituvchilar o‘rtasida “PROFI-2026” XIX xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur xalqaro olimpiadada quyidagi fanlar bo‘yicha dars beruvchi professor-o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin:
-Ingliz tili;
-Rus tili;
-Geografiya;
-Informatika;
-Matematika;
-Jamiyatshunoslik
🔶
Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlari diplomlar, sertifikatlar hamda boshqa rag‘batlantiruvchi hujjatlar bilan taqdirlanadi.
📚
Olimpiada
NIZOMI
bilan tanishing!
Olimpiadada ishtirok etish quyidagi
👉
HAVOLA
orqali tanishishingiz mumkin.
Ro'yxat o'tish muddati: 2026-yil 15-oktyabr
Xalqaro miqyosda o‘z bilim va kasbiy mahoratingizni sinovdan o‘tkazish, tajriba almashish hamda yutuqlaringizni namoyon etish imkoniyatidan foydalaning!