Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ISFT Instituti

isftash
ISFT institutining rasmiy telegram kanali. Ro'yxatdan o'tish uchun: http://admission.isft.uz Sayt: http://isft.uz Instagram: https://www.instagram.com/isft_institute Qabul bo'limi : 55-506-17-17 Aloqa markazi: 55 508 37 37
Подписчики
13 800
24 часа
-47
30 дней
-521
Просмотры
2 325
ER
16,85%
Посты (30д)
66
Символов в посте
829
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 24, 03:59
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 23, 09:18
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🔔
ISFT institutida doktorantura bo‘yicha imtihon va suhbat sanasi e’lon qilindi!
2026-yil 18-noyabr kuni soat 10:00 da
ISFT institutining tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) hamda mustaqil izlanuvchilik shakllariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihon va suhbatlar o‘tkaziladi.
Imtihon va suhbatlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tashkil etiladi:
🔴
08.00.07
— Moliya, pul muomalasi va kredit
🔴
08.00.08
— Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
🔴
08.00.11
— Marketing
🔴
09.00.01
— Ontologiya, gnoseologiya va mantiq
🔴
09.00.04
— Ijtimoiy falsafa
🔴
19.00.05
— Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
🔴
19.00.06
— Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
❗️
Talabgorlar diqqatiga!
Imtihon va suhbat boshlanguniga qadar barcha talabgorlar quyidagi hujjatlarni bir papkada jamlab, institutning Ilmiy bo‘limiga taqdim etishlari lozim:
➡️
Kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
➡️
Bakalavr va magistratura diplomlari nusxalari;
➡️
Chop etilgan ilmiy maqolalar nusxalari;
➡️
Chet tilini bilish sertifikati (PhD va DSc talabgorlari uchun);
➡️
Ilmiy rahbar roziligi.
📅
Imtihon va suhbat sanasi:
18-noyabr, 2026-yil
⏰
Boshlanish vaqti:
10:00
📌
Hujjatlarni topshirish joyi:
ISFT instituti asosiy binosi, Ilmiy bo‘lim, 315-xona.
Barcha talabgorlardan zarur hujjatlarni oldindan topshirish hamda belgilangan vaqtda imtihon va suhbatlarda ishtirok etish so‘raladi.
🎓
ISFT — ilm-fan sari navbatdagi qadam!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 23, 05:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 22, 10:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Adiblar xiyobonida O‘zbek tili bayrami nishonlandi!
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida
ISFT instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari
tomonidan madaniy-ma’rifiy hamda adabiy-badiiy tadbirlar tashkil etilib, ularda faol ishtirok etildi.
Tadbirlar davomida buyuk adiblarimizning boy ijodiy merosiga ehtirom ko‘rsatilib, ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
♥️
Ona tiliga ehtirom — milliy merosimizga hurmat ifodasidir!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 21, 08:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🤩
21-oktyabr: ona tilidan hech kim kutmagan ekzamenga marhamat!
Na bilet bor, na qoida va na murakkab savollar. Faqat har kuni ishlatadigan, ammo allaqachon e’tibor bermay qo‘ygan so‘zlarimiz.
🤩
Challenge:
bugundan telefonimizni zaryadka qilmaymiz. Dostavka xizmatidan voz kechamiz. Raspisaniyening o‘zbekcha variantini topmaguncha, kofe ichish yo‘q.
☝️
Google’ga qaramasdan, bularning o‘zbekcha perevodini topa olasizmi?
21-oktyabr
— o‘zbek tilini qanchalik yaxshi bilishimizni emas,
undan har kuni qanday foydalanishimizni tekshirish uchun yaxshi bahona.
🤩
Xo‘sh, bu tekstda nechta xato topdingiz?
Kommentlaringizni kutib qolamiz!
❤️
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 21, 06:12
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

BIR SAFAR. IKKI MAMLAKAT. TA’LIM UCHUN YANGI STRATEGIK YO‘NALISH
🌍
Xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlash — tasodifiy uchrashuvlar emas, istiqbolni ko‘ra bilish va to‘g‘ri hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishdan boshlanadi.
ISFT Instituti delegatsiyasining Janubiy Koreyadagi xizmat safari Xitoyning Shaoxing shahrida davom etdi. Bu yerda
Hangzhou Wolin Technology Information Co., Ltd. (WOLIN)
kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar hamkorlik memorandumining imzolanishi bilan yakunlandi.
🇺🇿
🇨🇳
Bu kelishuvning markazida — ISFT va Xitoy universitetlari o‘rtasida yangi akademik aloqalarni shakllantirish vazifasi turibdi.
🌟
WOLIN kompaniyasi istiqbolli universitetlarni aniqlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va xalqaro ta’lim tashabbuslarini ilgari surishda ko‘maklashadi.
👉
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!
😁
Telegram
📷
Instagram
🗳
Facebook
▶️
YouTube

October 21, 03:01
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📚
21-oktabr, 1989-yil.
O‘zbek tili shunchaki maqom emas, ilm-fan, tadqiqot va kashfiyotlar tili sifatida rivojlanish huquqini olgan kun
Bugun yoshlar darsliklarni o‘zbek tilida o‘qishi, ona tilida ma’ruza tinglashi, kasbiy terminlarni o‘rganishi va tadqiqot olib borishi mumkin.
...Ammo har doim ham shunday bo‘lmagan.
Sovet davrida oliy ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida rus tili ustun mavqega ega bo‘lib, o‘zbek tilidagi zarur darsliklar va ilmiy-texnik adabiyotlar yetarli emas, kasbiy terminologiya esa hali shakllanish jarayonida edi. Hatto o‘zbek guruhlarida ham ayrim fanlar rus tilidagi darsliklar asosida o‘qitilgan.
1989-yil 21-oktyabr
da qabul qilingan
“Davlat tili haqida”gi Qonun
oliy ta’limda o‘zbek tilida o‘qitish, o‘quv va ilmiy-texnik adabiyotlarni nashr etish, ilmiy terminologiyani rivojlantirish, shuningdek, ilmiy ishlarni o‘zbek tilida yozish, himoya qilish va nashr etish imkoniyatlarini huquqiy jihatdan mustahkamladi.
Shu sabab bugun biz shunchaki bir sanani emas,
o‘z ona tilimizda bilim olish, izlanish, yaratish va kelajak haqida gapirish imkoniyatini nishonlaymiz.
🤩
O‘zbek tili bayrami barchaga muborak bo‘lsin!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 20, 15:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇫🇮
Finlandiyada bir semestr — kelajagingiz uchun katta imkoniyat!
ISFT Instituti Finlandiyaning
Centria University of Applied Sciences
universitetida
2026/2027-o‘quv yilining bahorgi semestri
uchun talabalar almashinuvi dasturiga qabul boshlanganini e’lon qiladi!
Finlandiya — dunyoning eng baxtli mamlakatlari reytingida yetakchilik qilib kelayotgan, sifatli ta’lim tizimi va innovatsion yondashuvlari bilan tanilgan davlat. Bu yerda ta’lim nazariy bilimlar bilan cheklanmaydi — talabalar amaliy loyihalar, zamonaviy texnologiyalar va mustaqil izlanishlar orqali o‘z salohiyatini rivojlantiradi.
Dastur
Biznes va Menejment, Marketing, Moliyaviy sohada boshqaruv
yo'nalishi talabalari uchun ochiq.
📌
Asosiy
talablar:
▪️
Bakalavriatning 2- yoki 3-kursida tahsil olayotgan bo‘lish;
▪️
Ingliz tilini kamida
B2 darajada
bilish;
▪️
Amaldagi xorijga chiqish pasportiga ega bo'lish;
▪️
Yaxshi akademik ko‘rsatkichlar va yuqori motivatsiyaga ega bo‘lish.
⏳
Shoshiling deadline 25-oktyabr!
📩
Murojaat va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
✍️
@IR_office_0_1
|
@urishoff
|
@Sho4320
🎓
ISFT — xalqaro imkoniyatlar sari ishonchli qadam!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook

October 20, 09:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
Hamma uchar mashinaga qarayapti, ISFT talabalari esa… imkoniyatlarga! Kimdir qanday ishlashini, kimdir qancha turishini, yana kimdir nega hamma shu haqida gapirayotganini o‘ylaydi. ISFTda tanlagan yo‘nalishingiz nafaqat nimani o‘rganishingizni…

October 20, 09:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
Hamma uchar mashinaga qarayapti, ISFT talabalari esa… imkoniyatlarga!
Kimdir qanday ishlashini, kimdir qancha turishini, yana kimdir nega hamma shu haqida gapirayotganini o‘ylaydi.
ISFTda tanlagan yo‘nalishingiz nafaqat nimani o‘rganishingizni, balki dunyoga qanday qarashingizni ham belgilaydi.
🎓
Ta'lim va tarbiyada o‘zgacha yondashuv!
Instagram
|
Telegram
|
YouTube
|
Facebook