
Банкирларга иш
📞
Asakabank aloqa markaziga operatorlarni ishga taklif qiladi
❗️
🔻
Agar call-markazda ishlash tajribangiz bo‘lsa, nutqingiz ravon bo‘lsa va mijozlar so‘rovlariga tezkorlik bilan javob bera olsangiz, vakansiyaga rezyumeingizni yuboring.
😊
Ariza yuborish
.
@ishbank
🚀
KARYERANGIZNI BRB BILAN DAVOM ETTIRING!
📍
Xiva BXM
jamoasiga
Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i)
lavozimiga kuchli mutaxassislarni taklif qilamiz!
💼
Sizni qanday vazifalar kutmoqda?
🔹
Korporativ va o‘rta biznes mijozlari bilan ishlash
🔹
Yangi mijozlarni jalb qilish va hamkorlikni rivojlantirish
🔹
Kredit va bank mahsulotlarini taklif etish
🔹
Mijozlarning moliyaviy ehtiyojlarini tahlil qilish
🔹
Biznes rejalar va moliyaviy tahlillarni ishlab chiqish
🔹
Hududdagi bizneslarni rivojlantirishga ko‘maklashish
🎯
Biz izlayotgan nomzod:
✅
Oliy iqtisodiy ma’lumotli
✅
Bank sohasida
kamida 5 yillik tajribaga ega
✅
Kreditlash va korporativ biznes bilan ishlash ko‘nikmasiga ega
✅
Moliyaviy tahlilni yaxshi biladi
✅
Mijozlar bilan samarali muloqot qila oladi
✅
Tizimli va tanqidiy fikrlaydi
✅
MS Office va bank tizimlaridan foydalana oladi
⭐
Rus yoki ingliz tilini bilish — ustunlik beradi!
📍
Ish joyi:
Xorazm viloyati, Xiva shahri
💼
Lavozim:
Korporativ mijozlar biznes menejeri RM (bo‘lim boshlig‘i)
Sizning tajribangiz — BRB rivoji uchun muhim!
📩
Bizning jamoaga qo‘shiling va yangi marralarni birga zabt eting!
Ma'lumotnomalaringizni telegram orqali
@HR_BRB_Recruit
ga tashlashingiz mumkin
Xujjatlarni qabul qilishning oxirgi kuni 15.09.2026
@ishbank
SQB Bekobod bank xizmatlari markazi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Hamkorlik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, yangi mijozlar va hamkorlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini oshirish hamda jamoani biznes natijalariga yo‘naltirishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌
Asosiy vazifalar:
• Hamkorlik tarmog‘ini shakllantirish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish.
• Yangi faol hamkorlar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilishni tashkil etish.
• Bankning oylik reja ko‘rsatkichlari va KPI bajarilishini ta’minlash.
• Komission daromadlarni oshirish va yangi kredit loyihalarini jalb qilish.
• Hamkorlar bazasini shakllantirish, rivojlantirish va muntazam kuzatib borish.
• Bo‘ysunuvchi xodimlar faoliyatini boshqarish, vazifalarni taqsimlash va ularning bajarilishini nazorat qilish.
• Xodimlarning individual savdo rejalari, KPI va faollik ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish.
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga Bank mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish hamda sotuvini tashkil etish.
• Mijozlar va hamkorlar savdo voronkasini yuritish, konversiya va savdo natijalarini tahlil qilish.
• Hamkorlar va mijozlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish, Bank mahsulotlari taqdimotlarini tashkil etish.
• CRM tizimida mijozlar va hamkorlar bo‘yicha ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qilish.
• Guruh faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash, KPI natijalarini tahlil qilish va rahbariyatga takliflar kiritish.
📌
Talablar:
• Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot.
• Bank sohasi, telekommunikatsiyalar, mijozlar servisi yoki savdo sohasida kamida
2 yillik ish tajribasi
.
📩
Rezyumelarni
hr@sqb.uz
manziliga
11.09.2026 ga qadar
yuborishingiz mumkin.
@ishbank
SQB Kirguli BXM boshqaruvchisi lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Bank xizmatlari markazi faoliyatini samarali boshqarish, biznes ko‘rsatkichlarini rivojlantirish, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va jamoani natijaga yo‘naltirishga qiziqadigan tajribali mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌
Asosiy vazifalar:
• Bank Boshqaruvi Raisi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida o‘ziga berilgan huquq va vakolatlar doirasida BXM faoliyatiga rahbarlik qilish.
• BXMda mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, bank xizmatlari parametrlari, biznes jarayonlari, normativ-huquqiy hujjatlar hamda Bankning ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash.
• Bank Boshqaruvi tomonidan berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash.
• BXMning tasdiqlangan biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, daromadlilik va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish.
• Bankning rivojlanish strategiyasida belgilangan vazifalarni BXM faoliyatida amalga oshirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
• Davlat organlari, hokimliklar, boshqa tashkilotlar va mijozlar bilan munosabatlarda Bank va BXM manfaatlarini ifodalash.
• BXM faoliyatining uzluksiz va samarali tashkil etilishini ta’minlash hamda o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik masalalarini hal etish.
• BXM va uni qo‘llab-quvvatlovchi Bosh Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorlikni tashkil etish.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznes jarayonlaridagi muammo hamda kamchiliklarni aniqlash, ularni tezkor bartaraf etish choralarini ko‘rish.
• BXM xodimlari faoliyatini tashkil etish, vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish va ish samaradorligini baholash.
• BXMning moliyaviy holati, daromadliligi, mijozlar bazasi va asosiy biznes ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘lish.
• BXM faoliyati bo‘yicha hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar va takliflarni tayyorlash.
• Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini, BXM faoliyati samaradorligini va biznes natijalarini doimiy ravishda yaxshilash.
📌
Talablar:
• Oliy ma’lumot, iqtisodiyot, moliya, bank ishi yoki menejment yo‘nalishlarida bo‘lishi maqsadga muvofiq.
• Bank sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
• Bank tizimida rahbarlik lavozimida ish tajribasiga ega bo‘lish afzallik beradi.
• Bank mahsulotlari, xizmatlari va asosiy biznes jarayonlarini yaxshi bilish.
• Bank faoliyati va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hamda ichki hujjatlar talablarini bilish.
• Sotuvlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba.
• Moliyaviy va biznes ko‘rsatkichlarini boshqarish va tahlil qilish ko‘nikmasi.
• Rejalashtirish, vazifalarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalari.
• Xodimlar va jamoani boshqarish ko‘nikmalari.
• Muzokaralar olib borish, samarali muloqot qilish va nizoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari.
• MS Office va Excel dasturlarini yaxshi bilish.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
📩
Rezyumelarni
hr@sqb.uz
manziliga
11.09.2026 ga qadar
yuborishingiz mumkin.
@ishbank
«Иш топиш қийин эмас, ўзингга муносиб иш топиш қийин. Чунки баъзан дипломингни эмас, сабрингни синовдан ўтказишади.» @ishbank
БРБ банк Колл-марказга ва Soft collection оператор лавозимларига ишга таклиф этмоқда.
@ishbank
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Yuridik mijozlar menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlash, yangi mijozlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini rivojlantirish va mijozlarga samarali bank yechimlarini taklif qilishga qiziqadigan mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌
Asosiy vazifalar:
• Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish, hisobvaraqlarni ochish, yuritish va yopish jarayonlarini tashkil etish.
• Individual reja ko‘rsatkichlari va KPI bajarilishini ta’minlash.
• Yangi mijozlarni faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish va savdo voronkasini rivojlantirish.
• Mijozlarga kreditlash, hisob-kitob-kassa xizmatlari, ekvayring, ish haqi loyihalari, depozitlar va masofaviy bank xizmatlarini taklif qilish.
• Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, mos bank yechimlarini taklif qilish va kross-sotuvlarni amalga oshirish.
• KYC, AML/CFT va komplayens talablari asosida mijozlarni identifikatsiya qilish va hujjatlarni rasmiylashtirish.
• To‘lov, valyuta, kassa, SWIFT va tashqi iqtisodiy operatsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshirish va kuzatib borish.
• Mijozlarni masofaviy bank xizmatlari, POS-terminallar, korporativ kartalar va boshqa raqamli xizmatlarga ulash.
• Mijozlarning yuridik dosyesi, shartnomalari, arizalari va boshqa hujjatlarini belgilangan talablar asosida yuritish.
• CRM va boshqa axborot tizimlariga mijozlar va savdo jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish.
• Mijozlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish, bank mahsulotlarini taqdim etish va maslahat berish.
• Faoliyat natijalari, KPI, jalb qilingan mijozlar, ochilgan hisobvaraqlar va savdo voronkasi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
📌
Talablar:
• Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot.
• Bank sohasi, B2B faol savdolar yoki yuridik shaxslarni kreditlash yo‘nalishida kamida
2 yillik ish tajribasi
.
📩
Rezyumelarni
hr@sqb.uz
manziliga
11.09.2026 ga qadar
yuborishingiz mumkin.
@ishbank
SQB Jizzax bank xizmatlari ofisi Yakuniy nazorat xizmati Yakuniy nazorat guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarni tekshirish, yakuniy nazoratni amalga oshirish va hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash yo‘nalishida tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.
📌
Asosiy vazifalar:
• Buxgalteriya va kassa hujjatlarini tekshirish va rasmiylashtirish.
• Jismoniy shaxslarga omonat ochish hujjatlari va kirim-chiqim orderlarini tekshirish.
• Xalqaro pul o‘tkazmalari operatsiyalari asos hujjatlarini tekshirish.
• Bank kartalarini ochish bo‘yicha hujjatlarni tekshirish.
• Pul omborlarida taftish va qayta sanash ishlarida ishtirok etish.
• Yuridik shaxslar, OK va YaTTlarga hisobvaraq ochish hujjatlarini tekshirish.
• Kredit yig‘ma jildlarining me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirish.
• Bankomatlardagi naqd pul mablag‘larini inventarizatsiya qilishda ishtirok etish.
• Omonat hujjatlarini saqlash va arxivga topshirish tartibiga rioya etish.
📌
Talablar:
• Oliy ma’lumot.
• Kamida
2 yillik ish tajribasi
.
• Buxgalteriya va kassa hujjatlarini tekshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar.
• Hisobotlarni tayyorlash va hujjatlashtirish ko‘nikmasi.
• Omonat, bank kartalari va pul o‘tkazmalari hujjatlarini tekshirishni bilish.
• Yuridik shaxslar, OK va YaTTlarga hisobvaraq ochish hujjatlarini tekshirish ko‘nikmasi.
• Kredit yig‘ma jildlarining me’yoriy talablarga muvofiqligini tekshirishni bilish.
• Pul omborlari va bankomatlarda inventarizatsiya ishlarida ishtirok etish ko‘nikmasi.
• Hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish tartibini bilish.
• Vaqtni boshqarish va ijro intizomiga rioya qilish.
• Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik va kommunikativ ko‘nikmalar.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.
📩
Rezyumelarni
hr@sqb.uz
manziliga
11.09.2026 ga qadar
yuborishingiz mumkin.
@ishbank