Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"ISHTIXON OVOZI"

ishtixonovozi
"ISHTIXON OVOZI" gazetasi tahririyati Bizning manzilimiz: Ishtixon shahri, Mashrab ko'chasi 16-uy. ✅ @ishtixonovozi Ishtixon tumanidagi ilk rasmiy manba! Murojaat uchun: @Ishtixon_ovoziga_murojaatbot Веб сайт: ishtixonovozi.uz
Подписчики
11 030
24 часа
-17
30 дней
-537
Просмотры
304
ER
2,76%
Посты (30д)
233
Символов в посте
734
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
July 28, 17:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ўзбекистонлик шахматчи тарихдаги энг ёш жаҳон чемпионлиги баҳсида иштирок этади
Жаҳон шахмат тожи учун баҳс 25 ноябрдан 15 декабргача Швейцариянинг Женева шаҳрида бўлиб ўтади. Унда амалдаги жаҳон чемпиони Гукеш Доммаражу ва ўзбекистонлик гроссмейстер Жавоҳир Синдоров ўзаро баҳс олиб боради.
Мусобақа старт олган пайтда ҳар икки шахматчи ҳам 20 ёшда бўлади. Бу жаҳон чемпионлиги тарихидаги энг ёш иштирокчилар ўртасидаги финал баҳсига айланади.

@ishtixonovozi

July 28, 17:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bolaga nisbatan zo‘ravonlikni ko‘rsangiz — befarq bo‘lmang
Har bir bola xavfsiz va mehrga to‘la muhitda ulg‘ayish huquqiga ega. Agar siz bolaga nisbatan zo‘ravonlik, beparvolik yoki uning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlarga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda albatta xabar bering.
☎️
1246 qisqa raqamli koll-markaziga qo‘ng‘iroq qiling. Murojaatingiz qabul qilinadi va shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
❗️
Quyidagi holatlarda darhol murojaat qiling:
⚠️
Bolaga nisbatan jismoniy, ruhiy yoki jinsiy zo‘ravonlik;
⚠️
Beparvolik va shafqatsiz munosabat;
⚠️
Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlar.

Hozirda 1246 qisqa raqamli koll-markaz sinov rejimida faoliyat yuritmoqda.
🤝
Sizning bitta qo‘ng‘irog‘ingiz bir bolaning hayotini o‘zgartirishi mumkin. Birgalikda bolalarni himoya qilaylik.

@ishtixonovozi

July 28, 15:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

2️⃣
5️⃣

🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🇺🇿
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi joriy yilning 31-iyul kuni bо‘lib о‘tadi.
📌
Bu haqda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Z.Naxalovning 2026-yil 28-iyulda qabul qilgan “Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi 10-7-95-KF/26-sonli Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibi
Ishtixon tumani hokimi F.Ruziyevning joriy yilning I yarim yillik yakunlari bo‘yicha Ishtixon tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
Ishtixon tumani darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati borasida 2026-yil I yarim yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida Ishtixon tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i D.Ubaydullayevning axboroti haqida;
Ishtixon tumanidagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar va aholi muammolari bilan ishlash holati yuzasidan 2026-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Ishtixon tumani Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari v.b X.Xazratqulovning axboroti haqida;
Ishtixon tumanida yerlardan oqilona va samarali foydalanish holati yuzasidan Kadastr agentligi Ishtixon tumani bo‘limi boshlig‘i M.Primovning hisoboti to‘g‘risida;
Ishtixon tumanida irrigatsiya tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlarining holati to‘g‘risida Ishtixon tuman suv yetkazib berish xizmati DM direktori N.Qo‘chqorovning hisoboti haqida;
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 15-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1153-son Qonunining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
Ishtixon tumanida 2026-yil 1-mavsumida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 2-iyuldagi VII-23-72-7-95-K/26-sonli qarorining ilovasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida;
Ishtixon tumani “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
:
Telegramm
|
Web-sayt
|
Facebook
|
Instagram

July 28, 15:35
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

SANOAT KORXONALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Bugun
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev
tumanda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud imkoniyatlari hamda istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida erkin iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, sanoat korxonalari faoliyatini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, korxona rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati davomida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi. Mavjud masalalarni bartaraf etish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish va hududning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

July 28, 15:30

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashiga bo‘shab qolgan 2-Nizomiy saylov okrugi bo‘yicha deputatlik o‘rniga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida

@ishtixonovozi

July 28, 11:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

41 ta yangi rasmiy atama tasdiqlandi
Atamalar komissiyasining 2026-yil 30-iyundagi 58-son bayoniga muvofiq 41 ta yangi rasmiy atama tasdiqlandi.
Mazkur atamalar xorijiy so‘zlarning o‘zbekcha muqobillarini amaliyotga keng joriy etish, rasmiy hujjatlar hamda kundalik muloqotda yagona terminologiyani shakllantirish, shuningdek, davlat tilini bugungi davr talablari asosida yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilindi.
Yangi atamalarning amaliyotga keng tatbiq etilishi davlat tilining nufuzini yuksaltirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish hamda rasmiy va ilmiy uslubning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi.

@ishtixonovozi

July 28, 05:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📣
Hurmatli tadbirkorlar!
29–iyul kuni soat 9:00 da tadbirkorlar muammosini o‘rganish va joyida hal qilish maqsadida tuman hokimi va mutasaddi rahbarlarning sayyor qabuli o‘tkaziladi.
📍
Manzil: Ishtixon tuman hokimligi.
Murojaat va qabulga yozilish uchun tashkilotchi va koordinator Savdo-sanoat palatasi tumani bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Boboyevga murojaat qilishingiz mumkin.
Telefon: +998945327557

@ishtixonovozi

July 28, 05:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!
Manzil:
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Chagʻatoy MFY
💲
Boshlang'ich narxi:
9 171 868.13 so'm
💎
Yer maydoni:
0.0049 ga
🌐
Batafsil:
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24494467
⭕️
Izoh:
Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!
🎞
Video-qo'llanma
👈
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07
☎️

Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)

@ishtixonovozi

July 28, 05:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!
Manzil:
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Koʻktepa MFY
💲
Boshlang'ich narxi:
2 096 791 709.90 so'm
❇️
Yer maydoni:
1.2628 ga
🌐
Batafsil:
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24564700
⭕️
Izoh:
Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!
🎞
Video-qo'llanma
👈
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07
☎️

Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)

@ishtixonovozi

July 28, 03:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Bugungi_kun_hikmati
Эшиклар ҳар қанча катта бўлмасин, уларнинг калити кичкина бўлади.
Чарльз Диккенс.

@ishtixonovozi