Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ishtixon tuman hokimligi

ishtixontumanhokimligi
Veb-sayt: www.ishtixon.uz Facebook: www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi Murojaat: https://t.me/Ishtixontumanhokimligi_bot
Подписчики
9 230
24 часа
30 дней
20
Просмотры
2 169
ER
23,5%
Посты (30д)
216
Символов в посте
1 033
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 12, 08:30
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

"Qayirma" mahallasining yoshlari uchun yangi zamonaviy maskan foydalanishga topshirildi
Ishtixon tumani hokimi, tuman prokurori, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari
“Qayirma” mahallasida
yangi tashkil etilgan
“Nurli kelajak” o‘quv markazining
ochilish marosimida ishtirok etib, muassasa faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mas’ullar ushbu mahalla hududida yoshlar uchun bunyod etilayotgan boshqa obyektlardagi qurilish-ta’mirlash ishlarining borishini ham ko‘zdan kechirdilar. Inshootlarni sifatli hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun:
Mazkur o‘quv markazini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Ko‘mak” loyihasi doirasida
130 million so‘m
miqdorida ssuda mablag‘i ajratilgan. Bu esa yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi hamda kasb-hunar o‘rganishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirmoqda.
Ushbu maskan yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi hamda ularning bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 12, 07:42
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Akmal Eshmurodov rahbarligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va byudjetga qo‘shimcha tushumlarni jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida kutilayotgan qo‘shimcha daromadlarni ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman MIB, Departament, Soliq organlari hamda tegishli tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda tumanda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, byudjetga qo‘shimcha daromadlarni undirish, muammoli kredit qarzdorliklarini bartaraf etish, korrupsiya holatlarining oldini olish, energiya resurslarini talon-toroj qilishga chek qo‘yish, ulardan samarali foydalanish, shuningdek, quyosh panellari va geliokollektorlardan foydalanishni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–246-son Farmoni ijrosi doirasida qo‘shimcha manbalarni aniqlash va byudjetga yo‘naltirish, naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish, ma’lumotlar almashinuvini samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarning izohlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 12, 05:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SAMARQAND YANGILIKLARI |
MAHALLA TIZIMIDA XALQ BILAN MULOQOT - USTUVOR VAZIFA
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 12, 02:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun,  12 - iyun kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☀️
+32°...+21°, Ochiq havo
Hozir:
☀️
+21°,
↖️
1.9 m/s
Tong:
☀️
+26°
Kun:
☀️
+32°
Oqshom:
☀️
+30°
Namlik: 20%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 6.4 m/s
Bosim: 758 mm sim. ust.
Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:03
Quyosh botishi: 20:00
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 11, 16:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ishtixon tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul o'tkazildi
muxbir: Nozima Mamatova
#Samarqand
#Ishtixon
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 11, 15:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SOG‘LOM YOSHLAR – PORLOQ KELAJAGIMIZ POYDEVORI
Ishtixon tumani hokimi Ruziyev Fazliddin Kiranovichning tuman aholisiga
MUROJAATI
Hurmatli ishtixonliklar, qadrli yurtdoshlar!
Bugungi kunda giyohvandlik va psixotrop moddalar iste'moli inson salomatligi, oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi hamda jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid solayotgan eng xavfli illatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu ofat domiga tushgan inson nafaqat o‘z hayotini izdan chiqaradi, balki oila a'zolari, yaqinlari va atrofidagi insonlarning taqdiriga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa, bu illatning yoshlar orasida tarqalishi barchamizni jiddiy tashvishga solishi lozim. Zero, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni, xalqimizning ishonchi va tayanchi bo‘lgan yoshlarimiz sog‘lom, bilimli, ma'naviy yetuk, vatanparvar va tashabbuskor insonlar bo‘lib kamol topishi zarur.
Aziz ota-onalar, hurmatli nuroniylar va mahalla faollari!
Farzandlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmasligimiz, ularning har bir qadami, qiziqishi va intilishiga e'tibor qaratishimiz kerak. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, kitobxonlik, ilm-fan, madaniyat, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali turli zararli illatlar va yot g‘oyalardan asrashimiz mumkin.
Muhtaram nuroniylar!
Sizlarning boy hayotiy tajribangiz, dono maslahatlaringiz va jamiyatdagi yuksak obro‘-e'tiboringiz yosh avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega. Yoshlar bilan muloqotlarni kuchaytirish, ularni ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy an'analarimiz va ma'naviy merosimizni targ‘ib etishda faol ishtirokingiz bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.
Hurmatli mahalla faollari, yoshlar yetakchilari va jamoatchilik vakillari!
Har bir mahalladagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni mustahkamlash, xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, sport va madaniy-ma'rifiy tadbirlarga keng jalb etish barchamizning ustuvor vazifamiz bo‘lib qolmoqda.
Aziz yoshlar!
Sizlar Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining eng katta kuchisiz. Sizlardan chuqur bilim olish, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash, sog‘lom turmush tarziga qat'iy amal qilish hamda Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shish talab etiladi.
Har qanday zararli odatlar, giyohvandlik, psixotrop moddalar va boshqa salbiy illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ling. O‘z tengdoshlaringizni ham bunday xavf-xatarlardan ogoh eting va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qiling.
Qadrli tumanimiz aholisi!
Farzandlarimizning baxtli kelajagi, mahallalarimizning tinchligi va osoyishtaligi, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida barchamiz birlashib harakat qilsak, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarga qarshi kurashda yanada samarali natijalarga erishamiz.
Keling, birgalikda Ishtixon tumanida sog‘lom turmush tarzini qaror toptiraylik, yoshlarimiz uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yarataylik hamda kelajak avlodning baxtli va farovon hayoti uchun munosib zamin hozirlaylik.
Sog‘lom yoshlar – qudratli Vatan va porloq kelajak kafolatidir!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 11, 14:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Samarqand viloyatini chiqindilardan holi hududga aylantirish dasturi doirasida
Ishtixon tumanida
keng koʻlamli tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
​Hududlarda noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilib, koʻchalar, ariqlar va jamoat joylari tartibga keltirilmoqda. Maqsad — ekologik barqarorlikni taʼminlash va aholi uchun munosib yashash muhitini yaratish.
​Tozalik va ozodalikni saqlash — har birimizning burchimizdir!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 11, 12:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

ҒАЛЛА ЎРИМ-ЙИҒИМИНИ УЮШҚОҚЛИК БИЛАН ЎТКАЗИБ,              МЎЛ ҲОСИЛ ОЛИШГА ЭРИШИНГ ВА ДАВЛАТГА ДОН                         СОТИШ МАЖБУРИЯТЛАРИНИ УНУТМАНГ!
Иштихон тумани фермерлари кенгаши Раёсати аъзоларининг
МУРОЖААТИ
Ҳурматли фермерлар!
Давлатимиз раҳбари томонидан қабул қилинган кўплаб фармон ва қарорлар, Сиз, азиз деҳқон ва фермерларнинг қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштиришдаги улкан ютуқларингизга мустаҳкам замин яратмоқда.
Айни пайтда туманимиздаги кўплаб фермер хўжаликлари ғалла ўрим-йиғимини уюшқоқлик билан олиб бориб, давлат захирасига ортиғи билан дон топширмоқда ва етиштирилган мўл ҳосилэвазига катта даромадга эга бўлмоқда.
Батафсил
👈
👈
👈
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 11, 12:10
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
📌
Ishtixon mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida Ishtixon mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish hamda imtiyozli kreditlardan foydalanish istagida bo‘lgan yoshlar o‘z murojaat va takliflarini bildirdilar. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, yoshlarga tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mavjud davlat dasturlari doirasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida hal etish hamda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Ishtixon tumanida yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

June 11, 06:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌿
Ishtixon tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi ogohlantiradi!
🔥
G‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida somon va poya qoldiqlarini yoqmang!
Somon va poya qoldiqlarini yoqish natijasida atmosfera havosiga uglerod oksidi, azot oksidi va oltingugurt oksidi kabi zararli moddalar tarqaladi. Bu esa havo ifloslanishiga, inson salomatligiga zarar yetishiga hamda ekologik muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
⚠️
Oqibatlari:
🔸
Tuproq unumdorligi kamayadi;
🔸
Foydali mikroorganizmlar nobud bo‘ladi;
🔸
Yong‘in kelib chiqish xavfi ortadi;
🔸
Tabiat va iqtisodiyotga katta zarar yetkaziladi.
🤝
Hurmatli fuqarolar!
Tabiatni asrash, atrof-muhit musaffoligini saqlash va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratish barchamizning vazifamizdir.

Somon va poya qoldiqlarini yoqishdan tiyiling!
🌱
Tabiatni birgalikda asraylik!
#Ishtixon
#Ekologiya
#AtrofMuhit
#TabiatniAsraylik
#TozaHavo
#YashilMakON
#EkologikMadaniyat
#IqlimOzgarishi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook