Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Istanbul Boshkonsulxonasi

istanbul2020Boshkonsulxona
O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasining rasmiy kanali Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://uzconsulate.taplink.ws/ Telegramdagi bot: https://t.me/IstanbulBoshKonsulxonasiBot
Подписчики
6 780
24 часа
30 дней
-60
Просмотры
15 243
ER
248,38%
Посты (30д)
11
Символов в посте
812
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 02, 12:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

ASOSSIZ VA NOTO‘G‘RI MA’LUMOTLAR BO‘YICHA OGOHLANTIRISH
So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida arab davlatlaridan birida sodir bo‘lgan portlash hodisasi turk jurnalisti tomonidan yoritilgani sababli, go‘yoki ushbu voqea Turkiya Respublikasiga qarshi amalga oshirilgan hujum sifatida talqin qilinayotganligi kuzatilmoqda.
Ma’lum qilamizki, mazkur xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi hamda voqea Turkiya hududi bilan bog‘liq emas.
Shu munosabat bilan blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan axborotni e’lon qilishdan avval uning ishonchliligini bir necha mustaqil manbalar orqali tekshirish, rasmiy ma’lumotlarga tayanish hamda imkon qadar aniq manbani ko‘rsatgan holda yoritishlarini so‘raymiz.
Asossiz yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarning tarqatilishi jamoatchilik orasida noto‘g‘ri tasavvur, asossiz xavotir va turli talqinlarga sabab bo‘lishi mumkin.

February 28, 08:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇹🇷
Turkiyada Amir Temur va temuriylar davri keng o‘rganilmoqda
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram

February 26, 15:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇹🇷
O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan telefon orqali tabrikladi
Surat O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olindi
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram

February 24, 04:01
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇺🇿
Yosh o‘zbek musiqachilarining ijod mahsuli millionlab kishilarning ko‘nglidan joy oldi
Yosh ijodkorlar tomonidan ijro etilgan “Kara sevda” musiqasi ikki hafta ichida 45 million kishi tomonidan ko‘rilgan, qariyb 2 million “like” olgan
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram

February 21, 10:56
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇹🇷
Xorazm viloyati delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul va Trabzonga amaliy tashrif bilan bordi
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram

February 21, 06:09
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

🇹🇷
Istanbulda oilani mustahkamlash masalasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
Batafsil
Батафсил
Рус
|
Eng
|
Facebook
|
X
|
YouTube
|
Instagram

February 18, 16:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qadrli vatandoshlar!
Avvalo, siz, azizlarni, butun xalqimizni yurtimizga mehr-oqibat, xayr-u saxovat va shukronalik timsoli bo‘lgan muqaddas Ramazon oyining kirib kelishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Albatta, ushbu qutlug‘ ayyomda barchamizni Ramazoni sharifga mana shunday sog‘-omon, birlik va hamjihatlikda yetkazgani uchun Parvardigori olamga cheksiz shukronalar aytamiz.
Aziz do‘stlar!
Qutlug‘ zaminimiz uzra Alloh taoloning marhamati yog‘ilib turgan mana shunday saodatli kunlarda ajdodlar xotirasini, ularning ezgu ishlari, xayrli amallarini eslash va davom ettirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda islom dini va madaniyati ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning muqaddas qadamjolarini obod qilish, ilmiy merosini tiklash va o‘rganish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz o‘rtasida targ‘ib etish bo‘yicha ko‘pgina ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.
Ulug‘ ajdodlarimizning shonli an’analariga sadoqat bilan yashab kelayotgan xalqimizning azm-u shijoati bilan noyob me’moriy loyihalar asosida Toshkent shahrida – Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda esa buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy majmuasini bunyod etish ishlari yakuniga yetkazilganini faxr bilan aytib o‘tmoqchiman.
Ramazoni sharif kunlarida muhtaram ulamolarimiz, ilm-fan va ijod ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ana shu tabarruk maskanlarda buyuk aziz-avliyo va allomalarimiz xotirasiga ehson dasturxonlari yozib, bu muqaddas ziyoratgohlar eshiklarini xalqimiz uchun keng ochishni reja qilganmiz va bu ishlarni albatta amalga oshiramiz.
Afsuski, hozirgi vaqtda jahonning turli mintaqalarida urush va janjallar davom etmoqda. Pok niyatlar qabul bo‘ladigan ushbu muborak ayyomda nizo va adovatlar barham topib, tinchlik, o‘zaro ishonch va hamkorlik aloqalari qaror topishini chin dildan istab qolamiz.
Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin mamlakatlardagi vatandoshlarimizga, butun musulmon ummatiga ham samimiy tabrik va tilaklarimizni yo‘llaymiz.
Muhtaram yurtdoshlar!
Sizlarni ezgulik, mehr-muruvvat va baraka oyi – mohi Ramazonning boshlanishi bilan yana bir bor tabriklayman.
Ushbu shukuhli kunlarda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik tilayman.
Ro‘za kunlarida qilinadigan barcha ibodatlar, ezgu niyat va amallar ijobat bo‘lsin!
Xalqimizni, Vatanimizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

February 18, 06:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Фуқаро Ватанга қайтарилди
Ўзбекистон Республикасининг
Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси
томонидан кўрилган чора-тадбирлар натижасида иш излаб Истанбул шаҳрига келиб, мураккаб ижтимоий вазиятга тушиб қолган фуқаронинг мурожаати ижобий ҳал этилди.
Фуқарога консуллик-ҳуқуқий ва ташкилий ёрдам кўрсатилиб, унинг Ватанга қайтиши таъминланди. Авиа чипта харажатлари Ўзбекистон мусулмонлари идораси Андижон вилояти вакиллиги томонидан қоплаб берилди.
Бош консулхона хорижга ишлаш мақсадида келаётган фуқароларни барча ҳужжатларни қонуний тартибда расмийлаштиришга, текширилмаган ва шубҳали таклифларга ишонмасликка чақиради.
Ҳамкорлик учун
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Андижон вилояти вакиллиги
га алоҳида миннатдорчилик билдирамиз.

February 14, 08:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi
Bugun, buyuk davlat arbobi, sarkarda, shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur - o‘zining boy ilmiy-adabiy merosi, davlat boshqaruvi va sarkardalik salohiyati bilan jahon tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk ajdodimizdir. Uning qalamiga mansub “Boburnoma” asari nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki jahon memuar adabiyotining durdonalaridan biri sifatida yuksak e’tirof etiladi.
Bobur Mirzo asos solgan davlat, uning ilm-fan, madaniyat va ma’rifatga bo‘lgan e’tibori, bag‘rikenglik va adolatga asoslangan boshqaruv tamoyillari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Buyuk ajdodimizning hayoti va faoliyati yosh avlodni Vatanga sadoqat, ma’rifat va yuksak maqsadlar sari intilishga undaydi.
Buyuk ajdodlarimiz merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etish, uni munosib ravishda kelajak avlodlarga yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

February 13, 06:13

S.Ergashalievaning vafoti yuzasidan rasmiy munosabat
Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avval Durdona Hakimovaning o‘limi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro - 1994-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan Ergashalieva Sayyoraning vafot etganligi aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, S.Ergashalieva marhuma D.Hakimovaning yaqin dugonasi bo‘lgan.
Tergov jarayonida gumonlanuvchilar S.Ergashalieva yuzasidan ko‘rsatma berishdan bosh tortganliklari qayd etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 22-yanvar kuni marhumalar hamda gumonlanuvchilar Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan restoranlardan birida birgalikda tushlik qilgan. Uchrashuv davomida S.Ergashalieva va G.K. o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra, mojaro S.Ergashalievaning O‘zbekistonga qaytish niyati bilan bog‘liq masalada kelib chiqqan.
23 yanvar kuni T.D. va K.G. o’zaro til biriktirib S.Ergashalievani avval pichoq bilan o’ldirib, tanani bir necha qismlarga bo’lib Fotih tumanidagi axlat qutilariga tashlashgan.
24-yanvar kuni qotillar S.Ergashalievaning telefonidan D.Hakimovaga SMS xabar yuborib uni ham chaqirib, S.Ergashalieva singari uni pichoq tiqib o’ldirib, tanani bir nechta qismlarga bo’lib, Shishli tumanidagi axlat qutilariga tashlashgan.
S.Ergashalievaning jasadi topilganligi haqida OAV da malumot tarqaldi. Biroq Istanbul Sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi.
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur holatni doimiy nazoratga olgan bo‘lib, Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.
Tergov harakatlari davom etmoqda. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish bo’yicha ehtiyot chora qo’llanilgan va ular aybiga iqror bo’lishgan, hujjatlar sudga taqdim qilingan.
Marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilishi bilan jamoatchilik xabardor qilinadi.