Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Jalaquduq tuman hokimligi Matbuot xizmati

jalaquduqpress
●Jalaquduq tumani hokimligi Matbuot xizmati
Подписчики
3 140
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
882
ER
28,09%
Посты (30д)
216
Символов в посте
651
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 12, 06:34
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Aqcha mahallasiga “Yangi Oʻzbekiston” qiyofasi kirib kelmoqda!
Aqcha mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Hududda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun yanada qulay sharoitlar
yaratish hamda mahalla qiyofasini zamonaviylashtirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

Mahalladagi o‘zgarishlar – aholi farovonligi va hudud ravnaqi yo‘lidagi muhim qadamdir.
Instagram
||
telegram

June 12, 04:23
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Bitiruvchilar uchun yakuniy imtihonlar davom etmoqda
Maktab bitiruvchilari hayotidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lgan yakuniy imtihonlar belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda.
Bitiruvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, kelgusi ta’lim bosqichlari sari dadil qadam tashlamoqda.
Barcha bitiruvchilarga muvaffaqiyat va yuqori natijalar tilaymiz!
Instagram
||
telegram

June 12, 03:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

✔️
Yetakchilik yoshlar bilan birga harakat qilish demakdir
⚫️
Bugungi kunda mahalla yoshlar yetakchisi yoshlarning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni foydali tashabbuslarga yo‘naltirish, bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Har bir yosh bilan individual ishlash, uning qiziqishi va imkoniyatini to‘g‘ri yo‘naltirish esa mahallada ijobiy o‘zgarishlar yaratadi.
⚫️
Jalaquduq tumani “Gʻayrat” mahallasi yoshlar yetakchisi Navroʻzbek Isomiddinov ham aynan shu tamoyil asosida faoliyat olib bormoqda. U mahalladagi yoshlarni sport, ta’lim, zamonaviy kasblar hamda tadbirkorlik yo‘nalishlariga jalb etib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
⚫️
Tadbirkorlikka qiziqishi bor yoshlarni aniqlash, ularga zarur tavsiya va amaliy ko‘mak berish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish orqali “Gʻayrat” mahallasida tashabbuskor, faol va o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yoshlar safi kengayib bormoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Telegram
📱
Youtube

June 11, 16:48
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

“Mamlakatimizning eng katta boyligi — yoshlar.”
Ushbu ezgu g‘oya bugun Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan ochiq muloqotda yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari N. Yunusova ishtirokida Tuyalas, Namuna va Sufiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi, bandligini ta’minlash hamda o‘z iqtidorini namoyon etishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari va mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar. Ularning murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Zero, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar qo‘lidadir.
🔴
Andijon viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
🚀
@andijon_xotinqizlari

June 11, 15:54
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan Mahalla uyushmasi kubogi ning gandbol sport turi bo‘yicha
4-sektor bosqichi
start oldi.
17–30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida kechayotgan musobaqalarda ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etmoqda.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Instagram
||
telegram

June 11, 14:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hayotidan rozi bo‘layotgan andijonliklar
Sahifa:
@bandlikpress

June 11, 12:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📚
1-СИНФГА ҚАБУЛ ЖАРАЁНЛАРИНИ МУВОФИҚЛАШТИРИШ ШТАБИ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
Жалақудуқ тумани Мактабгача ва мактаб таълими бўлимида 2026–2027-ўқув йили учун 1-синфга қабул жараёнларини самарали ташкил этиш ва мувофиқлаштириш мақсадида штаб фаолияти йўлга қўйилди.
Штаб онлайн ва офлайн тарзда ташкил этиладиган қабул жараёнларини мувофиқлаштириб, ҳафтанинг душанба кунидан жума кунига қадар соат 09:00 дан 18:00 гача фаолият юритади.
Янги ўқув йилида тумандаги 56 та умумтаълим мактабларининг 1-синфларига 3 884 нафар ўқувчини қабул қилиш режалаштирилган. Қабул жараёнлари барча умумтаълим мактабларида онлайн шаклда амалга оширилади.
Фуқароларнинг мурожаатларини қабул қилиш ҳамда қабул жараёнлари бўйича саволларга тезкор жавоб бериш мақсадида Call-марказ ташкил этилган.
☎️
Мурожаатлар учун:
+998 70 032 40 90
+998 91 494 77 11

June 11, 11:54
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Yoshlar kuni
Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ham faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Instagram
||
telegram

June 11, 11:10
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

YOSHLAR KUNI DOIRASIDA TADBIRLAR FAOL TASHKIL ETILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangan. Mazkur tashabbus yosh avlodga e’tiborni kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Jalaquduq tumani Soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda Birlashgan, Yangi O‘zbekiston va Neftchilar MFY yoshlar yetakchilari hamkorligida hududdagi ishsiz yoshlar bilan xonadonbay uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha takliflar bildirildi.
Shuningdek, yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, yoshlarning sohaga oid muammolari o‘rganildi, ularning kelajak rejalari va takliflari tinglandi.

June 11, 10:52
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

“Прокурор ва ёшлар учрашуви”
Жалақудуқ тумани прокурори Р.Халилов
томонидан Каттаполвон ва Ақча маҳаллалари ҳудудида ишсиз ва уюшмаган ёшлар билан учрашувлар ўтказилди.
Учрашув давомида ёшларнинг қизиқишлари, уларни қийнаб келаётган муаммолар ўрганилди. Жами 41 нафар ишсиз ёшлар иштирок этган учрашувда 34 нафар ёшнинг мурожаатлари тингланиб, уларнинг ечими бўйича аниқ чора-тадбирлар белгилаб олинди.
Шу билан бирга, тадбир давомида кибержиноятларни олдини олиш юзасидан соҳа мутахассислари иштирокида "Киберхавфсизлик асослари" мавзусида ўқув амалий машғулотлар ўтказилди.
Бу каби тадбирлар ёшларни ҳушёрлигини ошириш, алдов йўллари орқали кибержиноят қурбони бўлишини олдини олишда муҳим аҳамият касб этади.
Ёшлар муаммоларини ҳал этиш ва уларни қўллаб-қувватлаш ишлари изчил давом этмоқда.
Андижон вилояти прокуратурасининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook