
Sadriddin Abdurahimov
Dunyoga zo'r marketolog va Injinerlardan ham ayni damda ko'proq diplomatlar kerak.
Oddiy inson harakteri, egosi va shaxsiy konfliktlar tufayli millionlab insonlar hayot darajasiga noqulaylik paydo qilayotganlar o'rtasida diplomatiya qiluvchilar kerak.
Ko'p inson taqdiriga Bir inson qaror qabul qilishini to'xtata oladigan diplomatlar kerak.
@janob_marketolog
ApplePay rasma ishlashni boshladi O'zbekistonda. Menga Apple Ekosistemasi yoqqani uchun uni hamma mahsulotlarini kuzatib-ko'rib boraman.
Oldin ham ishlar edi o'zi O'zbekistonda.
Faqat O'zbekiston banklarida ochilgan kartalarni qabul qilmas edi. Men boshqa davlatda ochgan kartalarimni ulab, ishlatib yurardim.
Ana endi O'zbekistondagi Visa Kartani ulab ishlatsa ham bo'lmoqda.
Layfhak sizlarga. Sizni bankiz ko'rinmasa karta qo'shayotganda. Birinchidagi "boshqa bank"ni tanlan qo'sho'ras. Men ham shunaqa qildim.
Kofe ham sotib oldim hozirgina. Kartani emas, telefonni terminalga tekkizasiz.
Blakirovka knopkasini ketma ket 2 martta bossangiz tayyor bo'ladi. Animatsiya va bu smoothe'likni o'zi bir kayf. Ko'proq haridlar qilgin keladiye.
@janob_marketolog
Brendlar o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri — konfliktlarni mijozlar tomoshabinligida hal qilishga urinishdir.
O‘zaro urushing. Gaplashing. Kelishing. Xulosa qiling. Lekin aslo shaxsiyatga tegmang, bir-biringizning brendingizni obro‘sizlantirishga o‘tmang.
Har qanday negativ vaziyatda eng yaxshi yechim — muammoni tan olish va keyingi qadamlarni e’lon qilish.
Eng yomon yechim esa — «Biz aybsizmiz», deb o‘zini oqlashga urinish.
Agar haqiqatan ham aybsizligingizni isbotlamoqchi bo‘lsangiz, buni ommaviy bayonotlar bilan emas, huquqiy yo‘l bilan amalga oshiring.
Mijozlar tomoshabinligida urushmang.
Chunki siz bir-biringiz bilan kurashayotgan paytda, bu mojaroni kuzatayotgan mijozlar chalg'iydi. Fitna ko'payadi. 100% adolatli hamma prizmadan ko'rib qaror qilmaydi auditoriya. Shuni hisobga oling.
Brendning kuchi har doim haq ekanini isbotlashda emas, muammoli vaziyatdan qanday chiqib ketishida namoyon bo‘ladi.
@janob_marketolog
Yangi alifboni marketingda ishlatmang.
Ha siz tezkor va moslashuvchansiz.
Lekin, Marketing bu odamlar bilan brend o'rtasidagi kommunikatsiya.
Trendlardan 1-2 martta foydalaning. Lekin umumiy kommunikatsiyadan auditoriyangiz qaysi alifboni qulay deb bilsa o'shandan foydalaning.
Odamlarni qiynab yangi alifboda post qo'yasiz va natijada bechara odamlar qiynalib, ko'zi qonga botib o'qishga qiynalishadi. = Skip va scroll.
35+ bo'lgan auditoriyali bizneslar xatto kirilchani asosiy til sifatida ishlatadi haligacha. Masalan, Alisher Isayev - Sales doctor academy.
Bu to'g'ri ham.
Ularga yetkazmoqchi bo'lgan taklifizi tushunarliroq bo'lishi muhimroq.
Vatanparvarlik ruhi alifboga aloqasi yo'q. Vatanparvarlik = vatandoshlaringizni qulayligini o'ylash va ular bilan oson kommunikatsiyada. Ularni o'ylang. Millatingizni o'ylang. Ularga qulay tilda gaplashing. Agar yangi alifbo qulay bo'lsa, yangisida. Eskisida qulay bo'lsa eskisida. Kirilcha qulay bo'lsa, kirilchada.
@janob_marketolog
Tan olish
Fail.
Oxirgi 6 oy juda ko'p loyihalarda katta abarotlarni amalga oshirdik. Millionab $. Aksarida biz ulushga egamiz va KPIlarimiz bor. Bu zo'r.
Lekin yaqinda 2 ta loyihani boy berdik.
Bittasida:
Loyihani rostan ham to'laqonli daromadga olib chiqa olmadik.
Uzoq muddat birga ishladik, 8 oycha ishladik. Break Evenga olib chiqdik, daromadga ham olib chiqdik. Lekin asosiy momentlarda loyiha zararda yoki break evenda bo'ldi.
Xuddi McKenseydek faqatgina marketing qilish emas, harajatlarni kamaytirish, optimizatsiya qib, biznesni biror burchaklarini boshqa sub arendalarga chiqarishgacha intildik. Hamma tomonlama yangi mahsulot, servis qo'shish, upsellar bilan osirishga harakat qildik daromadni.
Eng qo'rqinchlisi, oxiri loyihani foydaga olib chiqish uchun o'zimizni xizmatni ham minimalga tushurdik. Deyarli tannarxda ishladik. Sababi moliaviy hisobotni ko'rib turibmiz. Harajatlarni kamaytirish uchun hamma joyni qirqidik.
Biz oxirigacha kurashdik. Oxiri loyiha bilan xayrlashdik.
Kichik biznesni kichik biznes holatida qoldirdik. Kattalashtira olmadik.
O'zim uchun taslim bo'lish va yuqtazishdek bo'ldi boshida.
Lekin tan olish kerak marketing bu sehrli tayoqcha emas. Biz qo'ldan kelgancha hamma instrumentlar va kerakli ishlarni qildik.
Biznes tomonni ham ayblamayman, ular ham yetarlicha harakat qildi. Muammo, bozor growth marketingga hali tayyor emas edi. O'zini patogida ketish kerak edi. Biz uni ortidan itarib shoshiltirishga harakt qildik.
Xulosalar olindi, tajriba olindi, chiroyli xayrlashildi.
2-fail haqida ham Go deselar 100 ta
🔥
@janob_marketolog
Agentlikka TARGETOLOG kerak! Marketing agentligi - CORSA Faqat katta loyihalar va hamkorlik asosida ishlovchi agentlik. Loyihalarni O'rtacha LTV'si 18 oy. Ish formati: Full-time - OFFLINE! Maosh: Fix + loyiha asosida bonus. Miqdori tajriba va ko‘nikmalarga…
Agentlikka
TARGETOLOG
kerak
!
Marketing agentligi - CORSA
Faqat katta loyihalar va hamkorlik asosida ishlovchi agentlik. Loyihalarni O'rtacha LTV'si 18 oy.
Ish formati: Full-time - OFFLINE!
Maosh:
Fix + loyiha asosida bonus. Miqdori tajriba va ko‘nikmalarga qarab belgilanadi.
Yillik: 72
- 240 mln so'm
Vazifalar:
- Meta Ads, Telegram Ads'da reklamalarni sozlash.
- Reklama natijalarini tahlil qilish va optimallashtirish
- Auditoriya va kreativlarni test qilish
- Reklama natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash
- AI bilan ishlarni effektivligini oshirish
Talablar:
- Targetolog sifatida kamida 6 oylik tajriba
- Rus yoki ingliz tilini bilish
- AI bilan effektiv ishlashni bilish
Nimalar taklif qilinadi:
- O'ta FULL jamoa
- Doim o'sish imkoniyati
- Yangiliklar/idealar qilish full imkoniyat
- Qulay sharoitlardagi ofis
- Kurslarga dostuplar
- Bilmagan narsaasini o'rganishga imkoniyat, sharoit, ustozlik
— Kullerda suv )))
Lokatsiya: Buyuk Ipak Yo'li metrosiga 5 daq
Murojaat uchun:
@corsa_support
P.S: quyidagi talablarga to'g'ri keladigan tanishlarga yuborib qo'ysangizlar ham bo'ladi)
2024-yil Turkiya va Gruziya bo'ylab sayohat qilgandik. 3 ta do'st. Moshinada. BackPack qilib.
Juda qiziq sayohat bo'lgan edi. Yotadigon joyimizni o'sha kunni o'zida sotib olardik, har kuni har xil shaharlarda yuravergandik. Murakkab rejalarsiz.
Faqat Turkiya qismini Horizontal Vlog qilishga ulgurgandim. Har xil formatda montaj qildik, chiqarsammi yoki yo'qmi deb oradan mana 2 yil o'tib ketibdi.
Hozir boricha shundey chiqarishga qaror qildim. Ko'riladimi yoki yo'q. O'zim ko'rib, mazza qildim. Nostalgiya oldim.
Vlog:
https://youtu.be/7ZUAz3eTXzY
@janob_marketolog
Qaysidur vaqt AI'ga biror narsani tushuntirish qiyin edi. Prompt engineering deb ham prompt berishni o'rganishdi odamlar.
Hozir AI ilg'orlashdi. Endi odamlardan ko'ra yaxshiroq tushunyapti.
Masalan, bir xil topshiriqni AI'ga va Odamga aytilsa odam ko'proq savol beryapti, tushunmayapti.
Oxir oqibat "Robotdek ishlamasdaan sal fikrlagin" deb xodimlarni haqorat qilish notog'riga aylandi. Robotdek fikrlash uje kompliment odam uchun.
Men ChatGPTimga odamdek fikrlamay, sal o'zingdek bo'lgin deyman endi.
Stajorlar bilan ishlash davomidagi stresslar turkumidan
@janob_marketolog
“Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida.”
— Abu Rayhon Beruniy