
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug (official)
🔉
❤️🔥
❤️🔥
❤️🔥
🧡
🧡
🧡
❤️
❤️
❤️
⭐️
"Vatanparvar yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari"
respublika ko‘rik-tanloviga start berildi!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining
35 yilligi
munosabati bilan
“Vatan tayanchi”
bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari hamda
15–18 yosh
toifasidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
➡️
Tanlovning maqsadi:
Yoshlarda Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik va bunyodkorlik fazilatlarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyati hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
✔️
Tanlov yo‘nalishlari:
🗣
"Vatanimga bag‘ishlov"
– mualliflik she’ri
🗣
"Istiqlol qahramonlari va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari"
– insho (2–4 bet)
🗣
"Vatan ravnaqiga mening hissam"
– maxsus nominatsiya
📅
Ijodiy ishlar 20-avgust
ga qadar
qabul qilinadi:
💻
Tanlovga topshiriladigan hujjatlar:
🗃
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
🗃
Bog‘lanish uchun telefon raqami va o‘qish/yashash manzili;
🗃
Tanlangan yo‘nalish ko‘rsatilgan ariza;
🗃
Ijodiy ish (PDF yoki Word formatida);
🗃
100–150 so‘zdan iborat annotatsiya.
✍️
Hujjatlar
rasmiy elektron pochta manzili
👨💻
vatantayanchi@gmail.com
hamda
🛫
@vatan_tayanchi_tanlov
t
elegram orqali qabul qilinadi.
🏆
Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan
har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi. Shuningdek, ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari 2 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi.
🎁
G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida
diplom, esdalik sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
🔗
Ko‘rik tanlov Nizomi
👈
😎
Aziz "Vatan tayanchi" harakati a’zolari!
Ijodingiz, bilim va iste’dodingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok eting va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safidan munosib o‘rin egallang!
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram
❌
X.com
⭐️
O‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Surxondaryo viloyatida o‘rmon va tog‘li hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning o‘zaro hamkorligini takomillashtirish maqsadida maxsus taktik-amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Batafsil...
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram
❌
X.com
⚡️
⚡️
⚡️
Muddatli harbiy xizmatchilar bilan uch avlod vakillari uchrashuvi tashkil etildi
Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularda Vatanga sadoqat, harbiy burchga mas'uliyat hamda qonunlarga hurmat tuyg'usini yanada mustahkamlash maqsadida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida uch avlod vakillari uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda faxriylar, Harbiy prokuratura vakillari, qo'mondonlik mas'ullari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida so'zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda harbiy sohani rivojlantirish, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarni Vatanga sadoqat, fidoyilik va yuksak mas'uliyat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha fikr bildirdilar.
👉
@mudofaalive
https://uza.uz/uz/posts/surxondaryoda-ormon-yonginlariga-qarshi-amaliy-mashgulot-tashkil-etildi_886253
#BizningPrezident
Hurmatli Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni! Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini yuksaltirish yoʻlida olib borayotgan ulkan islohotlaringiz bardavom boʻlsin! Sizga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda Vatan ravnaqi va qatʼiy maqsadlar bilan Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Sizning tashabbusingiz bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, munosib turmush sharoitlarini yaratish, zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash, farzandlarining sifatli taʼlim olishi, sogʻligʻini mustahkamlash hamda xizmatni munosib ragʻbatlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar har bir harbiy xizmatchining qalbida yuksak faxr va cheksiz minnatdorlik tuygʻularini yanada mustahkamlamoqda.
Biz, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, Siz bildirayotgan yuksak ishonchni oqlash, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti hamda yurtimiz xavfsizligini taʼminlash yoʻlida doimo hushyor, sergak va fidoyilik bilan xizmat qilishga, har qanday vazifani sharaf bilan ado etishga tayyor ekanligimizni yana bir bor bildiramiz. Shuni ishonch bilan aytamizki, biz – generaldan to oddiy askargacha Sizga, xalqimizga, davlatimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz.
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Oliy Bosh Qoʻmondon!
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram
❌
X.com
⚡️
⚡️
⚡️
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat kompyuter savodxonligi, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, dasturlash hamda raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi. Memorandum doirasida harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning raqamli kompetensiyalarini izchil oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri harbiy xizmatchilar orasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va dasturlash asoslarini puxta o‘rgatishdan iborat.
👉
@mudofaalive
⭐️
Termiz poligonida maxsus bo‘linmalar dala o‘quv yig‘ini o‘tkazildi Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar radiatsion-kimyoviy razvedka, zararlangan hudud va texnikalarga maxsus ishlov berish, shuningdek, murakkab taktik sharoitlarda jangovar otish vazifalarini…
⭐️
Termiz poligonida maxsus bo‘linmalar dala o‘quv yig‘ini o‘tkazildi
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar radiatsion-kimyoviy razvedka, zararlangan hudud va texnikalarga maxsus ishlov berish, shuningdek, murakkab taktik sharoitlarda jangovar otish vazifalarini amalda bajardi.
Batafsil...
|
Подробно...
|
Read more...
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram
❌
X.com
⭐️
Harbiy qismlarning jangovar shayligi kompleks sinovdan o‘tkazildi
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismlarning jangovar shaylik darajasini baholash hamda shaxsiy tarkibning amaliy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida navbatdagi keng ko‘lamli amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Batafsil
—
https://gov.uz/mudofaa
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram
❌
X.com
⭐️
"Jasorat maktabi" ishtirokchilari Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi
Kakaydi garnizonida tashkil etilgan "Jasorat maktabi" harbiy-vatanparvarlik yig‘ini ishtirokchilari bilan Surxondaryo viloyati hokimi uchrashuvi o‘tkazildi.
Batafsil
—
https://gov.uz/mudofaa
🛫
Telegram
🔗
LIVE
📞
Facebook
📺
Youtube
📷
Instagram
❌
X.com