Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ Jarqoβ€˜rgβ€˜on tumani hokimligi axborot xizmati

jarmatbuotxizmati
Web site: http://gov.uz/jarqorgon Ishonch telefoni: +998764321191 Pochta: jarqurgon.t@exat.uz Manzili: Surxondaryo viloyati, Jarqo'rg'on tumani Murojaatlar bilan ishlash guruhi: https://t.me/jamatbuotxizmati Β© Jarqo'rgan tumani hokimligi rasmiy kanali
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
4 853
24 часа
-6
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-52
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
336
ER
6,92%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
346
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
742
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
Новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ГосударствСнный ΠΈ ΠΏΡƒΠ±Π»ΠΈΡ‡Π½Ρ‹ΠΉ сСктор
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 27, 15:32
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ’™
πŸ’™
πŸ’™
πŸ‘
HURMATLI FUQAROLAR!
πŸ“
Jarqoβ€˜rgβ€˜on tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan
Jarqoβ€˜rgβ€˜on 110/35/10 kV
hamda
Umid 35/6 kV podstansiyalaridan chiquvchi 10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari
amalga oshirilishi munosabati bilan quyidagi hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
πŸ—“
Sana:
2026-yil
27-oktyabr
⏰
Vaqt:
09:00
dan
17:00
gacha
β–ͺ️
β€œQushtepa” MFY
β–ͺ️
β€œDam” MFY (bir qismi)
β–ͺ️
β€œYangiobod” MFY (bir qismi)
β–ͺ️
β€œBobur” MFY
β–ͺ️
β€œNeftchi” MFY (bir qismi)
βœ…
Elektr ta’minoti ta’mirlash ishlari yakunlanishi bilan qayta tiklanadi. Yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr soβ€˜raymiz.
βœ…
https://t.me/Surxondaryo_HET

October 27, 10:05
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Sizlarga mamnuniyat bilan bir xuşxabarni yetkazmoqΓ§iman: va nihoyat, bugundan Γ–zbekistonda Apple Pay va Google Pay tΓΆlov xizmatlari işga tuşdi.
β€”
Π― Ρ€Π°Π΄Π° ΠΏΠΎΠ΄Π΅Π»ΠΈΡ‚ΡŒΡΡ Ρ…ΠΎΡ€ΠΎΡˆΠ΅ΠΉ Π½ΠΎΠ²ΠΎΡΡ‚ΡŒΡŽ: сСгодня Π² УзбСкистанС Π½Π°ΠΊΠΎΠ½Π΅Ρ† Π·Π°Ρ€Π°Π±ΠΎΡ‚Π°Π»ΠΈ Apple Pay ΠΈ Google Pay.

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Aholi soni ortib, yangi shahar va massivlar qurilayotgani
tibbiyot infratuzilmasini puxta rejalashtirishni
talab etmoqda.
Bu ish qilinmasa,
bir joyda shifoxona yetishmaydi, boshqa joyda mavjud quvvat toβ€˜liq
ishlatilmaydi
.
– Shu bois, endi
yangi muassasalar aholi soni va hududlar joylashuvidan kelib chiqib, master-reja asosida
tashkil etiladi,
– dedi Prezidentimiz.
Tibbiy xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektordan xarid qilishga oβ€˜tiladi.
Yangi
autsorsing mexanizmlari
joriy qilinadi.
Tadbirkorlarga
zamonaviy uskunalarni oβ€˜rnatish uchun davlat shifoxonalaridan joy ajratilib, koβ€˜rsatilgan xizmatlarga sugβ€˜urta tizimi orqali haq toβ€˜lanadi. Gemodializ, laboratoriya, sterilizatsiya, reabilitatsiya va fizioterapiya xizmatlari ham
tadbirkorlardan xarid qilinadi. Har bir hududda
tibbiy xizmatlar bozori va moliyalashtirish mexanizmlari tadbirkor uchun foydali shartlarda
e’lon qilib boriladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kun sayin tibbiyotga
yangi texnologiyalar, zamonaviy diagnostika va davolash usullari
kirib
kelmoqda
.
– Tibbiyot xodimlari doim oβ€˜z ustida ishlashi, yangiliklardan ortda qolmasligi kerak!
– dedi Prezidentimiz.
Shu bois
, xodimlar malakasini oshirishga xususiy sektor faol jalb etiladi.
Tibbiyot xodimlari
qayerda malaka oshirishni oβ€˜zlari mustaqil tanlaydi.
Birlamchi boβ€˜gβ€˜in va tumanlardagi xodimlarning
malaka oshirish xarajatlari toβ€˜liq qoplanadi.
Mazkur xarajatlarni davlat oβ€˜z zimmasiga oladi.
Natijada tumanlarda ishlaydigan
130 ming tibbiyot xodimining har yili 100 milliard soβ€˜m mablagβ€˜i oβ€˜zida qoladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

– Aholi salomatligi bilan bogβ€˜liq sohada
aniq tartib, qat’iy nazorat boβ€˜lishi, bu faoliyat bilan faqat professionallar shugβ€˜ullanishi
kerak
,
–
dedi
mamlakatimiz yetakchisi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini
davlat roβ€˜yxatidan oβ€˜tkazish
tizimiga uzoq tayyorgarlik koβ€˜rildi, ilgβ€˜or tajribalar oβ€˜rganildi. Tizim
kelasi yil 1-iyuldan
yoβ€˜lga qoβ€˜yiladi.
Dastlabki bosqichda davlat roβ€˜yxatidan oβ€˜tish ixtiyoriy boβ€˜ladi. 2030-yildan esa bu tartib majburiy tus oladi.
Roβ€˜yxatdan oβ€˜tgan
shifokor va farmatsevtlarning ish haqiga 7 million soβ€˜mdan, hamshiralarga 3,5 million soβ€˜mdan ustama
toβ€˜lanadi.
Mutasaddilarga sohada ta’lim sifati, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimining
uzluksiz ishlashini ta’minlash
topshirildi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Davlatimiz rahbari shifokor mehnatining qadri haqida soβ€˜z yuritib, ma’rifatparvar alloma
Abdurauf Fitratning β€œInsonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sogβ€˜ligβ€˜iga xizmat qilgan soha – ulugβ€˜roqdir” degan soβ€˜zlarini
esladi.
Tizimda
kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash
uchun 50 milliard soβ€˜m ajratildi. Shu imkoniyat orqali kelasi yil
1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga koβ€˜chib oβ€˜tadi.
Bu imkoniyat
yosh kadrlar
uchun ham joriy qilinadi: har yili
500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlangβ€˜ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi yildan
olis hududlarda ishlaydigan barcha shifokorlarning oylik qoβ€˜shimcha ustamasi 2 million soβ€˜mdan 4,5 million soβ€˜mga oshiriladi.
Bunday hududga ishga kirgan shifokorga
50 million soβ€˜m bir martalik ragβ€˜bat puli
ham
beriladi
.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Prezidentimiz kelgusi yildan
kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yoβ€˜nalishlarda oβ€˜nta sun’iy intellekt tizimi
ishga tushirilishini ma’lum
qildi
.
– Bemorni masofadan kuzatish, nutq orqali kasallikni aniqlash va dori-darmon xavfsizligini nazorat qilish boβ€˜yicha yangi yechimlar joriy etiladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Bu yechimlar tibbiyotda sun’iy intellektdan foydalanish koβ€˜lamini kengaytiradi.
Shifokorlar ishida yangi texnologiyalarni qoβ€˜llashga e’tibor kuchaytiriladi.
Har bir viloyatda
β€œEng yaxshi AT operatori” va β€œRaqamli tibbiyotning eng yaxshi shifokori” tanlovlari
oβ€˜tkaziladi. Gβ€˜oliblar
100 million soβ€˜mdan mukofot
oladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Mamlakatimizda tibbiyotning turli yoβ€˜nalishlarida
shifokorlarning hamjamiyatlari
bor.
Prezidentimiz
ayrim assotsiatsiyalarda yangilanishga intilish yetishmayotganini
tanqid qildi. Ba’zilariga
uzoq yillar bir kishi rahbarlik qilib, boshqalarga yoβ€˜l ochilmayapti.
A’zolarning xorijda malaka oshirishi va ilgβ€˜or davolash usullarini joriy etishida assotsiatsiyalar faolroq boβ€˜lishi kerak.
Yaqinda qabul qilingan farmon bilan
assotsiatsiyalarga katta vakolatlar berildi.
Endi ularning rahbarlari
a’zolar tomonidan koβ€˜pi bilan ikki-uch yilga saylanadigan tizimga
oβ€˜tiladi.
– Oβ€˜ylaymanki, assotsiatsiyalar oβ€˜zining qurultoyini oβ€˜tkazib,
tizimga yangi muhit, β€œyangi qon” olib kiradigan rahbarlarni saylab, sohada oβ€˜zgarish qilishni boshlasa,
ayni muddao boβ€˜ladi
,
–
dedi
Prezidentimiz.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Prezidentimiz
2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi boβ€˜yicha oβ€˜qish – rezidentura bepul boβ€˜lishini
ma’lum qildi. Talabalarga
3 million soβ€˜m stipendiya
toβ€˜lanadi
.
Yoβ€˜nalishga qarab rezidentura
ikki yildan besh yilgacha
davom etadi.
Oilaviy shifokorlik boβ€˜yicha oβ€˜qish ikki yil, jarrohlik boβ€˜yicha esa besh yil boβ€˜ladi.
Oliygohlarga klinikalar bogβ€˜lanib,
β€œuniversitet klinikasi” tizimi
joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi
ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida boβ€˜lishi kerakligi
koβ€˜rsatib oβ€˜tildi.
Tadqiqotlarda
tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash
va
asoratlarni kamaytirishga
e’tibor qaratiladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 09:13
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Xorijiy klinikalarda tajriba toβ€˜plagan
vatandosh shifokorlar mamlakatimiz shifoxonalariga jalb etiladi.
– Biz ularni oβ€˜zimizdagi shifoxonalarga olib kelib,
Yangi Oβ€˜zbekiston tibbiyotida oβ€˜z maktabini yaratishiga xizmat qiladigan yangi tizimni
yoβ€˜lga qoβ€˜yamiz,
–
dedi
Prezidentimiz.
Bunday mutaxassislarning oylik
ish haqiga 50 million soβ€˜mgacha ustama
toβ€˜lanadi.
Ish joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Ularga atrofida
kuchli jamoa shakllantirish, birga ishlaydigan shifokor, assistent va hamshiralarni mustaqil tanlash
imkoniyati beriladi.
Nufuzli konferensiyalarda qatnashish va xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almashish xarajatlari qoplanadi.
Bu ishlar
26 ta ixtisoslashgan markazdan
boshlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili
5-10 nafardan vatandosh shifokorni jalb etishga
mas’ul boβ€˜ladi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X