
Javohir Toshtemirov | Koreya
✅
Men bu yo'nalishda kontent qilishga yana qaytdim
.
Har safar qaytishim ma'lum bir sabablar tufayli ortga surilib qolayotgandi. Lekin, mana, yana qayta o'zim yaxshi bo'lgan sohalardan birida ko'rinishni boshladim.
Videoni bir ko'rib chiqing, hajmi biroz katta bo'lib qoldi. Kichikroq hajmda kanal storisiga ham joylashtiraman.
Video tushunarli bo'libdimi? — "
❤️🔥
"
@JavohirToshtemirov
Yaxshi yangiliklar
bilan yozyapman.
Men oldingi yo'nalishimga ham qaytib boshlayapman, kontentlar orqali. Hozir birinchi bo'lib Instagramdan boshladim.
Shu yo'nalishdagi birinchi videoni bu yerda ham ulashaymi? —
🔥
Oldingi yo'nalishim deb qaysi sohani aytganimni bildingizmi o'zi?
@JavohirToshtemirov
Zo'r joy topvoldik suhbatlashishga
.
Bunisi ancha xilvatroq va sokinroq joy ekan. Tepada ham o'rindiqlar bor, lekin bu darajada sokinroq emas.
View zo'rmi rostan ham? —
❤️🔥
@JavohirToshtemirov
Qanaqa tadbir qilishyapti endi bular?
Rasmiy tadbir emas, havaskor tarzda o'tkazishyapti aniq. Raqslar (dancing) namoyishimi endi yoki boshqacha namoyishmi, bilmadim.
Lekin rostan ham koreyslar sinxron raqsni zo'r qilishadi-ya :)
Yigitlarga ham e'tibor berdingizmi chap tarafda turgan)
@JavohirToshtemirov
Nega o'zbek tilini ham qo'shishmagan?
To'g'ri, bu yer Koreya. Yoniga dunyodagi eng ommabop ingliz tilini, shuningdek Koreyaga yaqin bo'lgan xitoy va yapon tillarini ham qo'shishgan.
Lekin, shuningdek, thai va malay tillari ham ishlatilingan. Bilishim bo'yicha bu universitetda ayni shu millatlardan ko'ra o'zbeklar ko'proq.
Balki kelajakda qo'shib qolishar :)
@JavohirToshtemirov
☪️
Qurbon hayiti muborak, do'stlar!
@JavohirToshtemirov
25-may, 2024-yil
❤️🩹
Shu sanada maktabni bitirgan edik, shunga ham 2 yil bo'lib qolibdi. Vaqt juda tez o'tmoqda, o'sha paytlari tezroq maktabni bitirishni kutardik, lekin hozir esa ...
Bitiruvimizni eslab turib maxsus video tayyorladim :)
@JavohirToshtemirov
Hurmatli bitiruvchilar, sizning kuningiz bu kun!
Bugun siz maktabni bitirib, katta davrni ortda qoldirmoqdasiz, katta hayotga kirib kelmoqdasiz. Bugungi kunning har bir daqiqasi qadrli, yaxshi o'tkazib olinglar.
Bahonada biz ham yaxshi xotiralarni eslab olamiz :)
@JavohirToshtemirov
🌟
"15 Seconds" (mini film) | Part 2.
Bu qismda videosi tarqalib ketgan qizni barcha ommaviy ravishda rad etishni (backlash) boshlaydi. Rostan ham qiz videodagidek qo'pol muomalali qizmi?
Qiziq ketyapti-ya voqealar?
—
"
❤️🔥
"
@JavohirToshtemirov
2-qism bugun tashlansinmi? — "
🔥
"
@JavohirToshtemirov