Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xalqaro huquq

jiduxalqarohuquq
Ushbu kanal JIDU "Xalqaro huquq" fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalar va bitiruvchilar uchun tashkil etilgan. Takliflar va hamkorlik uchun: @ftashev
Подписчики
2 250
24 часа
-1
30 дней
38
Просмотры
750
ER
33,33%
Посты (30д)
77
Символов в посте
1 043
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
October 26, 09:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#rasmiy_xabar
Kontrakt to‘lovlari muddati uzaytirildi: pedagoglar farzandlari uchun imtiyoz haqida ham unutmang!
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlarida kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati
1-noyabrga qadar uzaytirildi
.
Mazkur muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
Belgilangan muddatga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik qiymatning kamida
25 foizi
, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa kamida
50 foizi
to‘lanishi lozim.
📌
Pedagog xodimlarning farzandlari uchun 30 foizlik imtiyoz
❗️
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasining
30 foizini qoplab berish
tartibi joriy etilgan.
📝
Chegirma olish uchun
kontrakt.edu.uz
platformasi orqali ariza yuborish kerak.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 26, 08:56
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

JIDU Xalqaro huquq fakulteti birinchi bosqich talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi
📆
2026-yil 26-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining birinchi bosqich talabalari uchun Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (WIUT) professor-o‘qituvchilari ishtirokida
“Tadqiqot usullari va akademik yozuv”
mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
✨
Mahorat darsida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti vakillari —
Nargiza Alimukhamedova va Saida Akbarova
ishtirok etdilar.
✨
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishni oshirish, akademik yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish hamda zamonaviy tadqiqot metodlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Mahorat darsi davomida ilmiy tadqiqotlarning asosiy bosqichlari, miqdoriy, sifat va aralash tadqiqot metodlari, ilmiy ma’lumotlarni izlash va tahlil qilish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan akademik faoliyatda samarali foydalanish masalalari yoritildi.
Xususan, Nargiza Alimukhamedova tomonidan “Ilmiy va kasbiy rivojlanish uchun tadqiqot usullarining ahamiyati” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, ilmiy tadqiqot metodologiyasini egallashning kelajakdagi kasbiy faoliyat va akademik rivojlanishdagi o‘rni tushuntirildi.
✨
Shuningdek, akademik yozuvning asosiy tamoyillari, ilmiy manbalar bilan ishlash, dalillarga asoslangan fikr bildirish, ilmiy matnlarni mantiqiy shakllantirish va akademik halollik talablariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-sonli Farmonida belgilangan ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozuv bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish vazifalari bilan hamohangdir.
✅
Tadbir birinchi bosqich talabalarini ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish, ularning tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirish va universitetlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Xalqaro huquq fakulteti

October 26, 05:29
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

⚡️
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 2-kurs talabasi
Ortiqboyev Asadbek
“Exploring Tashkent Beyond the Ordinary” loyihasida volontyor-tarjimon sifatida faol ishtirok etdi.
✅
Mazkur loyiha doirasida Shvetsiya va Yaponiyadan tashrif buyurgan turistlar bilan birgalikda Toshkent shahrining tarixiy va madaniy maskanlariga tashrif buyurildi, mehmonlarga Toshkentning o‘ziga xos jihatlarini tanishtirishga ko‘maklashildi.
☑️
Tadbir davomida, ishtirokchilar o‘zbek va xorijiy madaniyat, kundalik hayot, urf-odatlar hamda turli mamlakatlardagi tajribalar haqida fikr almashdilar. Turli interaktiv o‘yin va faoliyatlar orqali ishtirokchilar o‘rtasida erkin muloqot va networking muhiti yaratildi.
🌐
Mazkur faoliyat orqali talabamiz xorijiy mehmon bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, tarjimonlik ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda Toshkentning tarixiy va madaniy merosini xorijiy mehmonlarga tanishtirishga o‘z hissasini qo‘shdi.

October 26, 04:33
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

⚡️
JIDU TALABALARI SIYOSIY MAYDONDA
Joriy yilning 15-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi
Yoshlar parlamenti
tomonidan Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasi Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi, “Yuksalish” harakati hamkorligida
“G‘oya ber, fikr bildir, kelajakni birgalikda yarat!”
shiori ostida “Yosh siyosatchilar” marafoni o‘tkazildi.
Marafonning asosiy g‘oyasi
— yoshlarni siyosiy jarayonlarning shunchaki kuzatuvchilari sifatida emas, balki muammolarni tahlil qiladigan, o‘z pozitsiyasini asoslaydigan, jamoatchilik bilan muloqot qiladigan hamda aniq yechim va tashabbuslarni taklif etadigan yangi avlod siyosiy ishtirokchilari sifatida shakllantirishdan iborat.
Marafonda JIDUning
bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari
— “Yoshlar parlamenti” a’zolari
faol ishtirok etib, to‘rt yo‘nalishda tashkil etilgan panel sessiyalarida dolzarb siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari hamda tashabbuslarini ilgari surdilar.
Xalqaro huquq fakulteti

October 26, 04:25
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

🏛
Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabalari uchun madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
👨🏼‍🎓
Talabalar O'zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, Luqmon Bo'rixonning "
Sirli muallim
" qissasi asosida sahnalashtirilgan “
Ochiq dars
” spektaklini tomosha qildilar!
📈
Ushbu tashrif talabalarimizning madaniy dunyoqarashini kengaytirish, san'atga bo'lgan muhabbatini oshirish, estetik didini shakllantirish hamda ularning ma'naviy-axloqiy kamolotiga hissa qo'shish maqsadida tashkil etildi. Sahna asarlari orqali yoshlarimiz hayotiy qadriyatlar, insoniy munosabatlar va milliy merosimizning boyliklari bilan yanada yaqindan tanishdilar.
Xalqaro huquq fakulteti

October 24, 12:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏛
Xalqaro huquq fakultetining 1-bosqich talabasi Shokirov Raximjon
xalqaro miqyosdagi
“GLOBAL DEBATE 2026 – SEASON 1”
onlayn munozara turnirida faol ishtirok etib, munozara madaniyati, tanqidiy fikrlash va o‘z nuqtayi nazarini asosli dalillar bilan ifodalash borasidagi salohiyatini namoyon etdi.
📜
2026-yil 10–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur xalqaro intellektual musobaqada ishtirok etgani uchun Raximjon
“Certificate of Appreciation” — minnatdorlik sertifikati
bilan taqdirlandi.
✨
Ushbu e’tirof yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, xalqaro muloqot maydonlarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish hamda kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Xalqaro huquq fakulteti

October 24, 11:11
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

⛈
Joriy yilning 23-oktabr kuni Xalqaro huquq fakultetining 1-bosqich talabasi Ibrohim Muslimov tashabbusi bilan Nexora loyihasining ilk sessiyasi tashkil etildi.
🚀
Mazkur tashabbus talabalarning yangi g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, bilim va tajriba almashish hamda istiqbolli loyihalarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan.
✨
Nexora loyihasining ilk sessiyasi talabalar o‘rtasida tashabbuskorlik va innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
💬
💬
💬
💬
⛈
23 октября текущего года по инициативе студента 1-го курса факультета международного права Иброхима Муслимова состоялась первая сессия проекта Nexora.
🚀
Данная инициатива направлена на создание возможностей для реализации новых студенческих идей, обмена знаниями и опытом, а также развития перспективных проектов.
✨
Первая сессия Nexora стала важным шагом на пути поддержки студенческой инициативности и развития инновационного мышления.
💬
💬
💬
💬
⛈
On October 23, the inaugural session of the Nexora project was held at the initiative of Ibrohim Muslimov, a first-year student at the Faculty of International Law.
🚀
The initiative aims to create opportunities for students to bring their ideas to life, exchange knowledge and experience, and develop promising projects.
✨
The inaugural Nexora session marked an important step towards fostering student initiative and promoting innovative thinking.
💬
💬
💬
💬
🌎
Yangiliklarni kuzatib boring:
🚀
Telegram
|
🔸
Instagram
|
🎰
LinkedIn

October 24, 06:19
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

⚡️
JIDUda “Til bilimdoni” tanlovi tashkil etildi
Joriy yilning 20-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Kutubxona xizmatlari markazi
hamda JIDU
“
Tafakkur
” kitobxonlar klubi
hamkorligida talabalar o‘rtasida “
Til bilimdoni” tanlovi
bo‘lib o‘tdi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarning o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirishdan iborat.
Bellashuv yakunida eng bilimdon talabalar munosib o‘rinlarni egalladi:
🥇
1-o‘rin
— Saidmuxammadxo‘ja Usmanxodjayev
🥈
2-o‘rin
— Samandar Erjonov
🥉
3-o‘rin
— Maqsadjon Tumanov
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusida ham yangi yutuqlar tilaymiz!

October 24, 05:12

26/10/2026y. Dushanba kuni 09:00 dan 11:00 gacha JIDU da Yaponiyaning 6 ta Universitetidan vakillar tashrif buyrugan holda, Yaponiyaning TOP universitetlarini taqdimotini o'tkazishadi. Bunda Yapon universitetlardagi akademik almashinuv (exchange), magistraturada o'qish imkoniyatlari, grantlar hamda magistraturadan so'ng Yaponiyada ishlash imkoniyatlari bo'yicha to'liq taqdimot bo'lib o'tadi!
Tashrif buyuradigan universitet vakillari:
1. University of Tsukuba
2. Nagoya university
3. Yokohama national university
4. The graduate university of advanced sciences
5. Kobe University
6. Nagaoka university of Technology
UJC
Ishtirokchilar uchun joylar cheklangan. Bunda qiziquvchilar qatnashish uchun Google forms to'ldirishlari kerak va ko'rib chiqiladi.
Google forms ushbu guruhda faqat qiziquvchilar uchun tez orada yuboriladi.
https://t.me/jlcuwed

October 23, 05:55
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

📆
Joriy yilning 14-oktabr sanasida O'zbekistonda  davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati  bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  o'tkazilgan
"Ona tilimizga ehtirom - millatimizga  ehtirom"
ommaviy diktantlar tanlovida
"Eng savodxon talaba"
nominatsiyasi bo'yicha g'oliblikni Xalqaro huquq fakulteti 2-bosqich talabasi
Adiba Azimova
qo'lga kiritdi.
✅
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, savodxonlik darajasini oshirish hamda o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
✨
Talabamiz Adiba Azimovaga kelgusidagi faoliyatlari va tanlovlarda muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Xalqaro huquq fakulteti