Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

МТТ хужжатлари ва кўргазмалари

jonajonbogcham
Maktabgacha ta'lim pedagoglari uchun maxsus kanal 👥 Guruhimiz manzili 👇 👇 https://t.me/+MY-Xxln72qI1M2Qy
Подписчики
8 090
24 часа
-10
30 дней
90
Просмотры
1 291
ER
0,19%
Посты (30д)
609
Символов в посте
1 954
December 02, 10:54

---
🌟
Savodga o‘rgatish: Bb harfi va tovushi ( tayyorlov guruhi)
1. Maqsad
Bb harfini tanitish (katta B va kichik b)
Bb tovushini eshitish va aytish
Bb harfi bilan boshlanadigan rasm va predmetlarni tanish
Harfni yozish va o‘yin orqali mustahkamlash
---
2. Materiallar
Rangli kartochkalar: B va b harfi
Rasm kartochkalari: bola, ball, banana, bug‘, baliq
Rangli marker va qalamlar
Bo‘sh daftarchalar
---
3. Mashg‘ulot bosqichlari
A. Salomlashish va qiziqish uyg‘otish (5 daqiqa)
“Bugun biz yangi harfni o‘rganamiz – Bu harf Bbb!”
Harfni doskada yoki kartochkada ko‘rsatish
Bolalar bilan birga /b/ tovushini takrorlash
---
B. Tovushni aniqlash (5 daqiqa)
O‘qituvchi rasmlarni ko‘rsatadi: banana, bola, mushuk
Bolalar: “Bu rasmda B tovushi bormi?” deb javob beradi
Tovushi bo‘lgan predmetni ko‘rsatadi
---
C. Harfni yozish mashqi (10 daqiqa)
Kattta B va kichik b yozish namoyishi
Bolalar: barmoq bilan havoda yozish, qum yoki shokolad bilan yozish
Rangli marker yordamida daftarda yozish
---
D. O‘yin – “B harfi top” (10 daqiqa)
Stolga har xil rasm kartochkalarini qo‘yish
Bolalar B harfi bilan boshlanadigan rasmlarni topadi
To‘g‘ri topilgan predmet uchun kichik stiker beriladi
---
E. Yakuniy mashq (5 daqiqa)
Bolalar rasm kartochkasini chizadi va Bb harfi bilan nomlaydi
O‘qituvchi harfni ovoz bilan takrorlatadi
Mashg‘ulotni qisqa qo‘shiqlar yoki ritmik takrorlash bilan yakunlash
---
💡
Foydali maslahat:
Rangli va katta harflar bolalarning e’tiborini jalb qiladi
Rasm va o‘yin orqali harfni eslab qolish osonlashadi
Mashg‘ulot 25–30 daqiqa davomida bo‘lishi ideal
---

December 01, 18:31

To‘rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o‘ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.
Ko‘cha to‘la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil
Olam naqadar go‘zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog‘ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Tarnovda to‘p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo‘ri, pechdan bo‘rillab,
Tutqun o‘ynar tarallab.
Mo‘jaz, sirlarga boysan,
Erka, to‘lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag‘ishlab xordiq.
Qorbobom bilan kelsam,
Quvonasiz chindan.
Qormomong ham bormi, deb
So‘ramaysiz mendan.
Qormomom ham bor mening,
U tog‘larda yuradi.
Yo‘limiz oq bo‘lsin deb,
Qor yog‘dirib turadi.
O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!
Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.
Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!
Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.
Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!
Qish qo‘ynida muz bilan,
Qorda qolgan iz bilan,
Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!
Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil.
#премьера
ЯНГИ ЙИЛ
Дилга олам қувонч бағишлаб,
Бизни сирли оламга бошлаб.
Кимларнидир кўзини ёшлаб,
ОСТОНАДА ТУРАР ЯНГИ ЙИЛ...
Завқ улашиб  дилдан барчага,
Шеър айттириб,  оқ қуёнчага.
Безак тақиб яна арчага,
ОСТОНАДА ТУРАР ЯНГИ ЙИЛ...
Болаликни қилиб саёҳат,
Инсон қалбан олади роҳат.
Улашай деб қучоқ-қучоқ  бахт,
ОСТОНАДА ТУРАР ЯНГИ ЙИЛ!
Qor alyori
Osmon qorni eladi,
Yerni oqqa beladi
Xuddi yumshoq parto‘shak,
Dumalaging keladi.
Qor yog‘ar-ey, qor yog‘ar,
To‘lib dala-qir yog‘ar
Boshimizdan sochqiday
Oq marvarid, dur yog‘ar.
Xo‘p yaxmalak otamiz,
Goho qorga botamiz,
Qizib jo‘shar jon tanda,
Kim deydi sovqotamiz?
Qish yaxshi-yo, qish yaxshi,
Oppoq qor— kumush yaxshi.
Bir-birovga qor otib,
Qiyqirib quvish yaxshi.
Qorto‘plarni otamiz,
Rosa kulib qotamiz.
Pisand qilmay ayozni,
Qish zavqini totamiz.
Qor yog‘ar-ey, zo‘r yog‘ar,
Xo‘p quvnatib dillarni,
Zavqimizga jo‘r yog'ar.
❄️
#ТИЛАК
❄️
❄️
❄️
ЯНГИ  ЙИЛДА
❄️
❄️
Янги йилда менинг эзгу,
Тилакларим зиёда,
Машиналар олсин ҳамма,
Юрмасин ҳеч пиёда.
Ушалсинда ҳар банданинг,
Орзу, истак,ўйлари,
Пойдевори бахтдан бўлсин,
Ҳаёт, умр уйлари.
Саҳоватга тўлсин қалби,
Барака туз,ошида,
Ҳумо қуши сайраб турсин,
Ҳар кимсанинг бошида.
Қувончларга тўлсин диллар,
Кўрмасин ҳеч озорлар,
Унутилиб алам, дардлар,
Шифо топсин беморлар.
Янги йилда зўр тилаклар,
Жўш уради дилимда,
Бахтга етсин севишганлар,
Тўйлар бўлсин элимда.
Қайғу, ғамнинг тиши синиб,
Ҳеч кимсани қопмасин,
Ҳамма инсон камол топсин,
Ҳеч ҳам завол топмасин.
Ёпиқ бўлсин,очилмасин,
Омадсизлик эшиги,
Фарзандсизга фарзанд берсин,
Тўлсин меҳр - бешиги.
Эзгуликлар гуллаб унсин,
Кўнгилларда қатма -қат,
Ғийбат,ҳасад қуриб,битиб,
Кулсин меҳр -муҳаббат.
Янги йилда бахту, омад,
Ҳамроҳ бўлсин ҳар онда,
Ҳуллас ҳамма бахтли бўлсин,
Гўзал ЎЗБЕКИСТОНДА.

December 01, 18:31

Keldi yangi yil.
Hammayoqda shodlik kulgu,
Gul tabassum yuzlarda,
Urra yangi yil keldi-ku,
Quvonch nuri ko'zlarda.
Bezatilgan yashil archa,
Chiroqlar nur sochgan,
Osilgan shar qor parcha,
Atrof gul chiroy ochgan.
Ana Qorbobo Qorqiz,
Xursand barcha o'g'il qiz,
Kim qo'shiq,kim she'r aytar,
Sovg'alar olib qaytar.
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
Ошиқар аммаю  холалар,
Яйрайди кекса ёш, болалар,
Янграйди шўх наво яллалар,
Янги йил келябди дўстларим!
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
Қор ёғмоқда осмонда учиб,
Гуё бизга эркалар қучиб,
Қиш завқини сезамиз жўшиб,
Янги йил келябди дўстларим
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
Ўтган йил тарихга қочябди,
Янги кун ифорин сочябди,
Янги бир сахифа очябди,
Янги йил келябди дўстларим.!
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
Қиш келди аёзи чалар най,
Битсайди тезроқ кам кўстларим,
Не учун юракдан қувонмай,
Янги йил келябди дўстларим.
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
Чертябди юракнинг торини,
Эритиб юракнинг қорини,
Айямай сарфлаймиз борини,
Янги йил келябди дўстларим.
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
Кўнгилга тушириб хуник дарз,
Зулматда ўтмасин кунларим.
Ўша кун ўчмасин чироқ газ,
Янги йил келябди дўстларим.
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
Тинч бўлсин осмоним она юрт,
Балиқнинг йилидир ёдда тут,
Ҳозирдан бошланглар тарадуд
Янги йил келябди дўстларим.!
❄️
⛄️
❄️
⛄️
❄️
⛄️
"Yangi yil muborak"
Soniyalar yillarga tengdir ushbu on
Yangi yil, yangi kun, yana bir imkon
Do‘stlarim, bo‘linglar doimo shodon
Yangi yil keltirgan shukux muborak.
Orzular bir olam, ko‘ngilda tilak
Barcha murodiga yetmog‘i kerak
Bayramda aytilar bo‘lsa ne istak
Yangi yil keltirgan davron muborak.
Yana uyimizda bezalar archa
Qardoshlar yig‘ilar, keladi barcha
Ko‘ngilda qolmasin ginalar zarcha
Yangi yil keltirgan diydor muborak.
Yangi maqsadlarni dilga etib jo
Arazlar, ginalar, bo‘lmasin aslo
Baxtingiz so‘rayman xudodan illo
Yangi yil keltirgan baxtlar muborak.
Dalalar bezanar, libosi oppoq
Ko‘ngilda iliqlik, bayramdir o‘rtoq
Qutlashar yurakdan, qilishib ardoq
Yangi yil keltirgan xandon muborak
Zumrad qish.
Kirib keldi zumrad qish,
Dehqonga tugatib ish,
Ayoz bobo bilan birga,
Kezib dala dasht qirga.
Oq marvarid osmondan,
Duv yog'ar chondon-chondon,
Oqqushum yoyib gilam,
Zarrin nurga to'ldi olam.
Zumrad qishim surati,
Lol qoldirdi hayratim,
Tabiatim tarovati,
Jo‘shqin qildi g'ayratim.
Zumrad qishim, zumrad qish,
Sengadir barcha olqish,
Fasllarning ko'zgusisan,
Oq niyatli ezgusisan.
Yangi yil bu nima.
Yangi yil bu nima,
Dedi kichik Nozima.
Javob berdi ustozimiz,
Yangi yil yangi orzumiz.
Eski yilni kuzatib,
Yangi yilni kutamiz,
Bo'yimiz biroz o'sib,
Bir yoshga kattaramiz.
Yangi yil bu Qorbobo,
Sovg'a olib keladi,
Qorqiz kelar marxabo,
Barcha shodon bo'ladi.
Yalmong'iz ham keladi,
Supurgisi qo'lida,
Biram qiziq bo'ladi,
Davra to'lib kulguga.
Yog'sin qor.
Sovuqdan xech qo'rqmayman,
Bog'chamga men qatnayman,
Issiq palto,qo'lda qo'lqop,
Oyog'imda etik paypoq.
Yog'sin mayli qor yana,
Bizlar uchamiz chana,
Qorbo'ron ham o'ynaymiz,
Qishda mazza quvnaymiz
Qor
Hamma kutib intizor
Yog'ayapdi endi qor
Yog'sangchi sen gala-gala
Xursand bo'lar barcha bola
Qorga to'yinsin dala
Yasaymiz biz qorbola
Yaxmalak uchamiz xo'p
Qor yog'aqol Juda ko'p
Qor Juda chiroylisan
Oppoq zarga o'xshaysan
Lekin bizni aldaysan
Yog'may birdan to'xtaysan
Qish qishliging qilaqol
Vaqtida sen yog'aqol
Oq bulutlar ichidan
Bizga tezroq kelaqol
Bo`ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.

❄️
🎄
🎁
🎄
❄️

Keldi yangi yil.
Hammayoqda shodlik kulgu,
Gul tabassum yuzlarda,
Urra yangi yil keldi-ku,
Quvonch nuri ko'zlarda.
Bezatilgan yashil archa,
Chiroqlar nur sochgan,
Osilgan shar qor parcha,
Atrof gul chiroy ochgan.
Ana Qorbobo Qorqiz,
Xursand barcha o'g'il qiz,
Kim qo'shiq,kim she'r aytar,
Sovg'alar olib qaytar.

December 01, 08:19

❗️
Endi bogʻcha tarbiyachilari va psixologlar ham kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi
Hukumatning 2025-yil 24-noyabrdagi
740-son
qarori
bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan
‘‘Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy Reglamentiga’’
oʻzgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra
2026-yildan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi lavozimiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyer-tarbiyachilar
va
maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologlari
kasbiy sertifikatlash sinovlariga
jalb etiladi.
Stajyor-tarbiyachilar, shuningdek psixologlar
bir yilga ishga qabul qilinadilar
, muddat yakunlangandan soʻng,
faqat kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan
pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi yoki mos ravishda psixolog tarbiyachi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi.
📩
Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

December 01, 07:49

Uyqu vaqtida bolalarga qoyib beringlar

December 01, 07:48

December 01, 07:48

December 01, 07:48

December 01, 07:48

December 01, 07:48