
KARMANA TEZKOR
⚡️
Пластик операция қимматга тушди
😳
Хитойлик аёл юзини операция қилдирганидан сўнг 6 йилдан бери кўзини юма олмаяпти.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vqqcz
NTNi
Karmana tumani hokimi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
📍
Karmana tumani hokimligi kichik majlislar zalida tuman hokimi Shohruh Boltayev raisligida “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
➡️
Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud imtiyozlar, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
➡️
Shuningdek, tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi.
➡️
Uchrashuv davomida qariyb 20 ga yaqin masala ko‘rib chiqilib, tadbirkorlik faoliyati uchun auksion orqali yer maydonlari ajratish, M-37 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, ko‘chma savdo do‘konlari uchun joy ajratish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tikuvchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida kredit mablag‘larini jalb qilish hamda boshqa qator masalalar muhokama qilindi.
➡️
Murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berilib, masalalarni qonun doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
➡️
Shu bilan birga, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF–95-sonli “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2026-yil 26-maydagi PF–100-sonli “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmonlarining mazmun-mohiyati tuman DSI boshligʻi A.Axmedov tomonidan keng tushuntirildi.
➡️
Ta’kidlanganidek, mazkur farmonlar asosida tadbirkorlik subyektlari uchun soliq ma’murchiligini soddalashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, biznes yuritishdagi ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiluvchi qator yengillik va imtiyozlar joriy etilmoqda.
➡️
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish, ularning takliflarini tinglash hamda hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy muloqot maydoniga aylandi.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vqqcz
NTNi
MUHOKAMA
🇺🇿
Karmana tumani hokimi Shohruh Boltayev boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
⬇️
Yig‘ilishda tuman hokimi rahbarligida mas’ul idora va tashkilotlar vakillari, shuningdek, atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi yirik korxonalar rahbarlari ishtirok etdi. Unda “Yashil makon” doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlarning bugungi holati, yashil hududlarni barpo etish, sug‘orish tizimini yaxshilash hamda ko‘chatlarni parvarishlash jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.
⬇️
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Kelgusida loyihani yanada samarali tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vqqc
zNTNi
❗️
1995-йилдаги ва 2026-йилдаги болалар
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vqqczNTNi
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
🎆
📍
"Сардоба" маҳалласида аҳолига хизмат кўрсатувчи сайлгоҳ кўчаси барпо этилмоқда
Бугун Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов Кармана туманининг "Сардоба" маҳалласида бўлиб, Булвар кўчасида аҳолига хизмат кўрсатувчи замонавий сайлгоҳ кўчасини ташкил этиш лойиҳасининг амалга оширилиш жараёни билан танишди.
Мазкур лойиҳа маҳалла инфратузилмасини янада ривожлантириш, аҳоли учун қулай ва хавфсиз дам олиш муҳитини яратиш, тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш ҳамда ҳудуднинг туристик ва ижтимоий жозибадорлигини ошириш мақсадида амалга оширилмоқда.
Ташриф давомида вилоят ҳокими томонидан сайлгоҳ ҳудудида амалга оширилаётган қурилиш ва ободонлаштириш ишлари, пиёдалар йўлаклари, ёритиш тизимлари, кўкаламзорлаштириш тадбирлари ҳамда хизмат кўрсатиш объектларини жойлаштириш режалари кўриб чиқилди. Масъулларга қурилиш ишларининг сифати ва муддатларига алоҳида эътибор қаратиш, ҳудуднинг архитектуравий қиёфасини замонавий талаблар асосида шакллантириш бўйича тегишли топшириқлар берилди.
Таъкидланганидек, сайлгоҳ кўчасининг фойдаланишга топширилиши маҳалла аҳолиси учун қулай дам олиш маскани яратиш билан бирга, янги иш ўринларини ташкил этиш ва хизмат кўрсатиш соҳасини ривожлантиришга ҳам хизмат қилади. Лойиҳа доирасида ҳудуднинг обод қиёфасини таъминлаш, муҳандислик-коммуникация тармоқларини такомиллаштириш ҳамда аҳоли учун зарур шароитларни яратиш ишлари босқичма-босқич давом эттирил
моқда.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysV
Q7-vqqczNTNi
🏕️
“Ishonch” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
🇺🇿
Karmana tumani hokimi Shohruh Boltayev “Ishonch” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
💎
Oromgohda yozgi mavsum davomida dam oluvchi bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Tadbir davomida bolalar tomonidan tayyorlangan qiziqarli badiiy chiqishlar namoyish etilib, yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.
✨
Marosimda Sh.Boltayev soʻzga chiqib, bolajonlarni yozgi dam olish mavsumi boshlangani bilan tabrikladi. U oʻz nutqida yosh avlod mamlakatimizning ertangi kuni va kelajagi ekanligini taʼkidlab, ularning mazmunli hordiq chiqarishi, bilim va salohiyatini rivojlantirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotganini qayd etdi.
💎
Shuningdek, oromgohga zamonaviy kompyuter jamlanmasi, dam olish uchun kelgan bolajonlarga esa kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi.
✨
Tadbir yakunida oromgohda bolalarning xavfsizligi, salomatligi va mazmunli dam olishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilishi, bu boradagi ishlar doimiy nazoratda boʻlishi taʼkidland
i.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-v
qqczNTNi
RAVON KOʻCHALAR YANA BITTAGA KOʻPAYDI
📍
Karmana tumanidagi “Azamat” mahallasida uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelgan yoʻl muammosi o‘z yechimini topdi. Mahallaning 7 kilometrdan ziyod ichki yoʻllari asfaltlashtirilib, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.
🖥
Mazkur bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida tuman hokimi Shohruh Boltayev mahallada bo‘lib, aholi bilan uchrashdi. Suhbat davomida fuqarolar yillar davomida kutgan ushbu ezgu ish amalga oshganidan mamnun ekanliklarini bildirib, yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdilar.
🔗
Ta’kidlanganidek, mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholining turmush sifatini oshirish va hududlarni obod qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vqq
czNTNi
Karmana tumanida har yili davom ettiriladigan ezgu an’anaga muvofiq, 2026-yil g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tantanali ravishda start berildi.
Erta tongdan Qosim Shayx majmuasida tuman hokimi Shohruh Boltayev qatorida, viloyat hokimi o`rinbosarlari, mas'ul rahbarlar, nuroniylar, fermerlar ishtirokida hosilning barakali bo‘lishi uchun duolar qilindi.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vq
qczNTNi
Karmana tuman Madaniyat markazida “Karmana — o‘tmishda qadim, buguni farovon, kelajagi nurli diyor” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli anjumanda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan professor-olimlar, tarixchilar, adib va jurnalistlar, publitsistlar, tarixchi-filologlar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vq
qczNTNi
🌾
Daladagi ishlar va hosil taqdiri muhokama qilindi
🇺🇿
Karmana tumani hokimi Shohruh Boltayev Hazora, Alisher Navoiy, Oʻzbekiston, Ibn Sino hududida boʻlib, fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda soha mutasaddilari bilan uchrashdi.
✅
Uchrashuv davomida hududdagi ekin maydonlarining bugungi holati, ayniqsa gʻoʻza va gʻalla parvarishi, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, mavsumning eng muhim jarayonlaridan biri bo‘lgan gʻalla oʻrim-yigʻimiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, texnikalar shayligi, ishchi kuchi ta’minoti hamda hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅
Muloqot davomida suvdan oqilona foydalanish, yer unumdorligini oshirish, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish kabi muhim masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
✅
Tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, hosildorlikni oshirish va fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
👉
Қармана хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+9ysVQ7-vqq
czNTNi