Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
KITOB24 - Kitob shahri va tumanidagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! 🌐 Qashqadaryo24.uz ⚡ Reklama xizmat: @QarshiMedia_admin 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot
Подписчики
5 320
24 часа
30 дней
-330
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
4 657
ER
87,54%
Посты (30д)
27
Символов в посте
830
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 11, 09:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Пластик операция қимматга тушди
😳
Хитойлик аёл юзини операция қилдирганидан сўнг 6 йилдан бери кўзини юма олмаяпти.
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ9h
ZjMy

June 11, 09:22
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Kitob tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli: Har bir murojaat e’tibor va nazoratda
Aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash hamda mavjud muammolarga joyida amaliy yechim topish Kitob tumani rahbariyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan.
An’anaga muvofiq, haftaning har payshanba kuni Kitob tuman hokimligida mas'ul rahbarlari hamda barcha mutasaddi tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida fuqarolar uchun ommaviy qabul o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun navbatdagi qabul jarayonlari tuman hokimi Rustam Gafurov hamda tuman prokurori Xurshid Baxromov boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, uy-joy, moddiy yordam, yo‘l-transport infratuzilmasi, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti kabi masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar o‘rtaga tashlandi.
Qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi tuman hokimi tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi qabullar davlat idoralari va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga, aholining hayotiy muammolarini tezkor va sifatli bartaraf etishga xizmat qilmoqda. Kitob tumanida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosidagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

June 10, 13:28
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kitoblik yosh sportchilar viloyat hokimi olimpiadasida munosib natijalar qayd etishdi
Qashqadaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari dasturi doirasida parasuzish va para taekvondo sport turlari bo‘yicha “Viloyat hokimi olimpiadasi” musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarda Kitob tumani 2-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Jumladan, parasuzish sport turi bo‘yicha S6 klassda qatnashgan Homidova Madinabonu hamda Xolmirzayev Alimardon 50 va 100 metr masofalardagi bahslarda o‘z mahoratlarini namoyon etib, har ikki masofada ham faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Shuningdek, para taekvondo sport turi bo‘yicha K44 klass vakillari Qo‘ychiyev Shohruh va To‘xtayeva Shahlo o‘z vazn toifalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.
Sportchilarimizning ushbu yutuqlari tumanimizda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijasidir.
G‘olib va sovrindor sportchilarimizni muborakbod etib, ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz.
👏
👏
👏
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ
9hZjMy

June 09, 15:30
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

Kitob tumanida gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati o‘rganilmoqda
Aholi xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Kitob tumanida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganilmoqda.
Jumladan, tuman prokurori Xurshid Baxromov boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan shoxobchalarda texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, mavjud uskunalarning soz holatda saqlanishi, xodimlarning mehnat muhofazasi hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.
Mazkur nazorat tadbirlari aholi va transport vositalari xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, gaz to‘ldirish shoxobchalarida xavfsiz va barqaror faoliyatni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ9hZjMy

June 09, 08:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

❗️
1995-йилдаги ва 2026-йилдаги болалар
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ9hZjMy

June 08, 14:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

“Inson qadri”  ko'rsatuvi
Kitob tumanining “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 100 yoshni qarshilagan mo'tabar onaxon - Muyassar Xurramova haqida tayyorlangan.
😊
👍
#3iyun
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2
TuQ9hZjMy

June 07, 11:11
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📈
Tashabbusga kuch, birlikka yo‘l: “Palandara”da asfaltlash ishlari boshlandi!
Kitob tumanida fuqarolar tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida tumandagi “Palandara” mahalla fuqarolar yig‘inining ichki yo‘llarini ta’mirlashga oid loyiha bo‘lib, bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar boshlandi.
Loyiha doirasida mahallaning 3 kilometrdan ortiq uzunlikdagi ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tashabbus “Tashabbusli budjet” orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan va aholining dolzarb muammolaridan biri sifatida e’tirof etilgan edi.
Bugungi kunga kelib, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkiloti tomonidan ishlar boshlab yuborildi. Ushbu loyiha nafaqat mahalla aholisining harakatlanishini yengillashtiradi, balki hudud infratuzilmasining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.
“Tashabbusli budjet” orqali amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, joylardagi muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ9h
ZjMy

June 06, 13:51
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

“Ozod davr epkinlari” – avlodlarni birlashtirgan ma’naviy tadbir!
Kitob tumanida navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Keksalarning boy hayotiy tajribasi, o‘rta avlod vakillarining zahmatli mehnati hamda yoshlar shijoatini birlashtirgan ushbu uchrashuv qatnashchilarda katta taassurot qoldirib, yana bir ma’rifiy voqeaga ulanib ketdi.
Tadbir doirasida taniqli ijodkor Abdurahim Erkayev muallifligidagi “Ozod davr epkinlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Mazkur to‘plam ko‘p yillar el-yurt xizmatida bo‘lib kelayotgan, halolligi hamda fidoyiligi bilan tanilgan davlat va jamoat arbobi Ozod Parmonovning ibratli hayot yo‘liga bag‘ishlangan bo‘lib, unda inson qadri va zamon nafasi teran aks etgan.
So‘zga chiqqan nuroniylar hamda ziyolilar Ozod Parmonovning bosib o‘tgan mashaqqatli va sharafli yo‘li bugungi yosh avlod uchun haqiqiy maktab ekanini, kitobda keltirilgan hayotiy lavhalar har bir o‘quvchini mulohazaga chorlashini ta’kidladilar. Yoshlar esa o‘z navbatida, bunday el ardog‘idagi insonlarning ibratli hayoti hamda o‘gitlari ularga kuch va vatanparvarlik tuyg‘usini baxsh etishini samimiyat bilan e’tirof etdilar.
Uchrashuv yakunida qatnashchilar bu kabi mazmunli madaniy tadbirlar avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prikni mustahkamlashga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ9hZjMy

June 05, 15:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yoz
-2026
Bolalar uchun yozgi oromgohlarda sogʻlomlashtirish mavsumining birinchi bosqichi boshlandi
Yozning ilk kunlari bilan birga, bolalar uchun sogʻlomlashtirish oromgohlarida ham quvonchli dam olish mavsumi boshlandi. Joriy yilda sogʻlomlashtirish mavsumi 5-iyundan 4-avgustgacha davom etadi. Ushbu davr mobaynida jami 23 000 dan ortiq bolajonlar oromgohlarda sogʻlomlashtirilishi rejalashtirilgan.
Xususan, Kitob tumanidagi "
Yosh alangachi"
oromgohi ham birinchi mavsum uchun o‘z eshiklarini bolajonlarga ochdi. Maʼlumot uchun, Kitob tumanida shunday 3 ta yozgi bolalar oromgohi faoliyat yuritishni boshlagan.
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ9
hZjMy

June 05, 15:09
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Qutqaruvchining jasorati – yoshlar uchun ibrat maktabi
Kitob tumanida Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari va Qashqadaryo viloyati FVB harbiy xizmatchisi, mayor Husniddin Sharapov ishtirokida yoshlar bilan samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Қутқарувчининг жасорати – ёшлар учун ибрат мактаби
Китоб туманида Фавқулодда вазиятлар вазири ўринбосари ва Қашқадарё вилояти ФВБ ҳарбий хизматчиси, майор Ҳусниддин Шарапов иштирокида ёшлар билан самимий ва мазмунли учрашув ташкил этилди.
👉
Китоб хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+5L_qUK2TuQ9hZjMy