
Elektron kitoblar
✍
Rashod Nuri Guntekin
📖
"Choliqushi"
Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi" asarini o‘qiganlarda faqat ijobiy taassurotlar aytishadi. Unda ayol muhabbati va beg‘uborligi, shaddodligi, ba’zida yaxshi ma’nodagi qitmirligiyu chidamliliginining badiiy ifodasini topgan. Balki shuning uchun hali ham sevib o‘qiladi.
📚
@kitoblar_pdf
📚
Jahon adabiyotidan o‘zbek kitobxonlar tomonidan eng ko‘p o‘qiladigan hikoyalar:
1. Jek London. «Hayotga muhabbat»
2. Mixail Sholoxov. «Inson taqdiri»
3. Anton Chexov. «Semiz va oriq», «Xameleon», «O‘g‘il bolalar», «Gʻilof bandasi»
4. Ivan Turgenev. «Mumu»
5. Frans Kafka. «Evrilish»
6. Agata Kristi. «Tilsimli shaxmat»,
7. Edgar Allan Po. «Morg ko‘chasidagi qotillik»
8. O‘Genri. «So‘nggi yaproq»
9. Anna Frank. «Chordoq hikoyalari»
10. Rabindranat Tagor. «Nur va soyalar»
11. Aziz Nesin. «Xushtak afandim»
12. Ivan Franko. «Feruza»
13. Murodboy Nizanov. «Odam qanday qariydi?»
14. Chingiz Aytmatov. «Askar bola»
15. Uilyam Folkner. «Emili uchun atirgul»
16. Akutagava Ryunoske. «Do‘zax azoblari»
17. Benjamin Franklin. «Hushtak»
18. Ernest Xeminguey. «Yomg‘irda qolgan mushuk»
19. Mark Tven. «U o‘lganmi yo tirik?»
20. O‘ktoy Oqbol. «Yoshlik qaytib kelmaydi»
📚
@kitoblar_pdf
📱
ONLAYN TURK TILI KURSI
Turk tilini noldan o‘rganmoqchimisiz?
B1, B2 yoki C1 sertifikatiga tayyorlanmoqchimisiz?
Unda sizni sifatli va tizimli ONLAYN darslarimizga taklif qilamiz!
🌟
📚
KURS DASTURI:
✅
Haftada 7 kun ta’lim
🎥
3 kun — video dars
🔴
3 kun — jonli onlayn dars
📝
Har yakshanba test va sinovlar
📖
So‘z yodlash va muntazam nazorat
✍️
Uy vazifalari beriladi va tekshiriladi
🗣
Gapirish, tinglash, o‘qish va yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi
🎓
Sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik
🌟
NEGA AYNAN BIZ?
✅
Tartibli va tushunarli darslar
✅
Har bir o‘quvchiga individual yondashuv
✅
Natijaga 100 foiz kafolat beramiz
✅
Uyda, istalgan joydan turib o‘qish imkoniyati
💰
KURS NARXI: 350 000 SO‘M
Bugun boshlang — ertaga gapirishni boshlang
🇹🇷
✨
📆
Darslar 16 sentabrdan boshlanadi
📌
Muhum eslatma darsga faqat qatnashmoqchi bo‘lganlar yozsin
📩
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉
@Ziyosh_1229
🔥
JOYlar SONI CHEKLANGAN!
Hoziroq yoziling!
Natijalarimiz bilan bu yerda tanishishingiz mumkin
https://t.me/Turktili_Ziyodahoca/84
Oskar Uayld,
Dorian Greyning portreti
Hayot insonning qalbini shakllantirar ekan, buni jismini barbod etish hisobiga qiladi. Tabiatda hamma narsa mukammal, o'z qoidalari bo'yicha yashaydi, o'ladi. Biz aqlli bo'la borganimiz sari, kuch - quvvatimiz kamayadi. So'zlarimizga ma'no kirar ekan, husnimiz so'lib boradi. Qalbimiz shakllanganda sezamizki, jismimiz o'z umrini yashab bo'lgan bo'ladi.
📚
@kitoblar_pdf
SEVGI O‘LIMI
Yomg‘ir tinmay yog‘di kun bo‘yi,
Yomg‘irli kun kabi ezildi dardim.
Yaydoq ko‘chalarda jim yurgan ko‘yi
Sening izlaringni axtardim.
Ufqlarda esa achchiq bir tuman
Mening ko‘zlarimga quyardi zahar.
Uvishgan qalbimni sokinlik bilan
Ezar edi bo‘m-bo‘sh bu shahar.
Endi sen tutmassan aslo qo‘limni,
O‘tgan sevgim uchun ochmassan aza,
Oh, qanday o‘lim bu, sevgi o‘limi
Unga na qabr bor va na janoza.
✍
Abdulla ORIPOV
📚
@kitoblar_pdf
#Tavsiya
Elizabet Harmon — jasurlik, oʻziga boʻlgan ishonch, yuksak gʻurur. Bu sifatlar aynan 8 yoshlik qizaloqda mujassam edi. Ayovsiz avtohalokat qizaloqni yetimxonada yashashga majbur qildi. Ushbu dargohda u oʻzi uchun yangi dunyoni kashf qildi...
Albatta, to'g'ri aytdingiz, bu — shaxmat olami edi. Bu olamga kirishiga turtki bo'lgan inson esa yetimxona farroshi janob Sheybel hisoblanadi. Sheybel qizaloqqa toʻgʻri, ammo murakkab yoʻlni koʻrsatdi. Bu yoʻlda davom etolganiga Harmonning kuchli irodasi sabab.
Ketma-ket gʻalabalar... Balki bu gʻalabalarga yana bir turtki oiladir?
Yaʼni, Elizabetni asrab olgan oila. Harmonning yonida yelkadosh bo'lgan, oz boʻlsa-da unga onalik mehrini bergan Uitli xonim.
Harmon shu darajada tezkor ediki, 20 daqiqada bahsni yakunlar edi. Raqiblarining barchasi erkaklar. Shaxmat bo'yicha jahon chempionlarini ham ayovsiz magʻlub qilar edi. Lekin hayotida tubsiz burilish yuz berdi. Ikkinchi onasidan ham ayrildi. Rossiyalik jahon chempioni Borgovga yutqazdi. Tushkunlik olamiga gʻarq boʻldi.
Lekin doʻstlari yordamida yana oʻz holatiga qayta oldi. Moskvadagi musobaqada vanihoyat u Borgov ustidan gʻalaba qozondi. Uddaladi. Eng soʻnggi soniyalarda doʻstlarining madadi koʻmakdosh boʻldi. Tauns, Harri, Benni va Jolin — asl doʻstlar. Doʻst tushunchasi qanchalik muhim ekanini isbotlovchi insonlar.
Vanihoyat Harmon shaxmat olamida qirolichaga aylandi, oʻz tojini kiydi. Qizlar ham shaxmat boʻyicha chempion boʻlishini butun dunyoga isbotlab berdi. Qisqa qilib aytganda, tasanno senga, Elizabet Harmon!
©
Booklover Couple
📚
@kitoblar_pdf
🎉
Bitta kitob oʻqiganga iPhone 17 Pro Max!
🔥
10 kun
davomida
bir dona kitob
o‘qib,
iPhone 17 Pro Max smartfoni
ni qo‘lga kiriting.
“Mutolaa marrasi”
kitobxonlik marafonida
“Chol va dengiz”
asarini
15-25-sentyabr
kunlarida
20 daqiqa
dan o‘qishingiz yetarli!
🎁
Sovg’alar bilan tanishing:
🥇
1-o’rin:
iPhone 17 Pro Max va 1 yillik Mutolaa Premiun;
🥈
2-o’rin:
Planshet va 1 yillik Mutolaa Premiun;
🥉
3-o’rin:
Quloqchin va 1 yillik Mutolaa Premiun;
🏅
4-50-o’rinlar:
1 yillik Mutolaa Premium
• Marra qoʻshilish uchun havola:
https://mutolaa.com/davra/post/474753
Mutolaa ilovasini yuklab oling