Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

KIUT Namangan | Yoshlari

kiut_nm_yoshlari
Подписчики
2 379
24 часа
-4
30 дней
-97
Просмотры
3 466
ER
145,69%
Посты (30д)
21
Символов в посте
817
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 12:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
STARTUP & CREATIVE IT CLUB’GA TAKLIF ETAMIZ!
Universitetimizda gʻoyalarni real loyihalarga aylantiradigan yangi
STARTUP & CREATIVE IT CLUB
tuzilmoqda. Biz shunchaki nazariya oʻrganmaymiz — birgalikda ishlaymiz, kod yozamiz va kreativ media kontent yaratamiz!
🎨
Biz nimalar qilamiz?
Animatsiya & Multfilm:
Turli qiziqarli syujetlar, hikoyalar hamda tarixiy voqealar asosida 2D/3D animatsion loyihalar tayyorlaymiz. (Va uni you tube ga chiqaramiz.)
Dasturlash & Web-loyiha:
Dasturchilar bilan bir jamoaga birikib, ilova, sayt va foydali dasturlar yaratamiz. (Va uni Google ga joylaymiz.)
🎯
Biz kimlarni izlayapmiz?
💻
Dasturchilar
— Dasturlashni biladigan yoki endi oʻrganayotgan (Frontend, Backend, Mobile).
🎬
Animator & Dizaynerlar
— Animatsiya va grafika yaratishga qiziquvchilar.
💡
Idea makers / Ssenaristlar
— Multfilm va loyihalar uchun qiziqarli gʻoya va konsept beradiganlar.
📩
Aʼzo boʻlish va murojaat uchun:
👉
Telegram:
@Learner_1802

October 20, 11:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
MILLIY KUN – MILLIY TIL – MILLIY G‘URUR!
✨
Talabalar diqqatiga!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Milliy kun – milliy til – milliy g‘urur” shiori ostida ESSELAR TANLOVI tashkil etilmoqda!
✍️
Ona tilimizga bo‘lgan mehringizni, milliy qadriyatlarimizga hurmatingizni va ijodiy fikrlaringizni so‘z orqali ifoda etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📅
Sana: 23-oktabr, 2026-yil (juma)
🕒
Vaqt: 15:00
📍
Manzil: KIUT Namangan filiali, eski kampus (Old Campus), A blok, 201-xona
👥
Ishtirokchilar: Universitetning barcha yo‘nalish va bosqich talabalari!
📌
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: A blok, 204-xona
🌸
MILLIY KIYIMLAR KUNI!
Aynan shu kuni universitetimizda Milliy kiyimlar kuni ham nishonlanadi! Barcha talabalarni milliy liboslarda kelib, xalqimizning boy madaniy merosi va go‘zal an’analarini birgalikda namoyon etishga chorlaymiz!
🇺🇿
Milliy tilimiz – faxrimiz, milliy libosimiz – iftixorimiz, milliy qadriyatlarimiz – g‘ururimiz!

October 17, 16:50

🇺🇿
MINNATDORCHILIK BILDIRAMIZ!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali rahbariyati har juma kuni o‘tkazilayotgan tadbirlarda, xususan,
“Milliy kun”
challengeda milliy liboslarda o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan hamda
“Milliy
karaoke”
tadbirida faol qatnashgan talabalarimizga, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashayotgan dekanat xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Faolligingiz davomli, tashabbuslaringiz bardavom bo‘lsin!

October 16, 15:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#jurnal_6_son
📚
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialining “Iqtidorli talabalar xabarlari” ilmiy-ommabop jurnalining 6-soni muvaffaqiyatli tarzda nashr etildi!
Ushbu nashrda iqtidorli talabalarimizning ilmiy izlanishlari, tahliliy maqolalari, innovatsion qarashlari hamda ijodiy ishlari jamlangan.
📲
Elektron shaklda o‘qish istagida bo‘lganlar jurnalni quyidagi havola orqali ko‘rib chiqishlari mumkin:
Elektron shakli 6-son
📚
Jurnalning bosma nusxasi esa:
— kafedralarda
— filial kutubxonasida
— "Doshkola" binoning A-blok 106-xonasida ham mavjud.
Ilmga oshno bo‘lgan barcha talabalar va ustozlarni jurnal bilan tanishishga chorlaymiz!
https://t.me/KIUT_nm_Yoshlari

October 16, 14:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 16, 14:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 16, 03:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
"KIND HEARTS
" VOLONTYORLAR JAMOAMIZGA YANGI A’ZOLAR TAKLIF QILAMIZ!
❤️
Assalomu alaykum, aziz talabalar!
Siz yangi do‘stlar orttirishni va universitet hayotida faol ishtirok etishni istaysizmi? Unda bizning jamoamiz aynan siz uchun!
🫶🏻
Bizning jamoamizda sizni yangi g‘oyalar, jamoaviy loyihalar, qiziqarli tashabbuslar va unutilmas xotiralar kutadi.
✨
Bizga kimlar kerak?
- Faol va mas’uliyatli;
- Yangi g‘oyalar bilan chiqishga tayyor;
- Jamoa bilan ishlashni istaydigan;
- Volontyorlik sohasida tajribasi bo‘lmasa ham, o‘rganishga va harakat qilishga tayyor talabalar!
Volontyor bo‘lish uchun albatta katta imkoniyat yoki tajriba kerak emas. Eng muhimi — xohish, samimiyat va harakat!
Jamoamiz bilan birga yangi tashabbuslarda qatnashishni va jamoaning bir qismi bo‘lishni istasangiz, biz sizni safimizda kutamiz!
🔗
Jamoamizga qo‘shilish uchun:
@malikjonovna
ga murojaat qiling

October 15, 16:08

Talabalar diqqatiga agar siz musiqa cholg’ulari gitara, dutor, doira chala olishingiz va shu bilan birga qo’shiq kuylay oladigan bo’lsangiz
@Lutfullo_Odilov
ga murojaat qilishingiz so’raladi!!!

October 15, 04:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📝
OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🧑‍🎓
Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar,
respublikadagi barcha OTM
(davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.
💪
Olimpiadaning respublika bosqichi ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Shaxmat
Shashka
Zakovat-xakaton
1️⃣
5️⃣
Olimpiadada har bir OTMdan
15 nafargacha ishtirokchi
(7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 3 nafari Zakovat-xakaton uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.
📄
Har bir OTM
belgilangan namunadagi
arizani
@zakovat_ariza_bot
boti orqali
3-noyabrga qadar
(shu kuni ham) yo‘llashi hamda
zakovatklubi.uz
saytida o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi.
📃
Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan
turnir nizomi
bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi.
💰
Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami
900 million so‘mlik
sovrin jamg‘armasi ajratilgan.
🎁
Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga
Prezident sovg‘asi
taqdim etiladi.
🗓
Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi o‘tkazilish vaqti haqida keyinroq ushbu kanalda alohida ma'lumot beriladi.
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
YouTube
I
TikTok

October 13, 12:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram