
KIUT Samarqand Rasmiy
#memorandum
📌
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali va Samarqand viloyat Transport boshqarmasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Ushbu hamkorlik memorandumida universitetning yo'l harakatini boshqarish yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning amaliyot o'tashlarini yo'lga qo'yish, ikki hamkor tashkilot o'rtasida seminar-trening va master-klasslar tashkil etish masalalari nazarda tutilgan.
https://sam.kiut.uz/uz/yangiliklar/toshkent-kimyo-xalqaro-universiteti-samarqand-filiali-va-samarqand-viloyat-transport-boshqarmasi-ortasida-hamkorlik-memorandumi-imzolandi/
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads
🇺🇿
KIUT Samarqand kampusida “Ta’sischi kubogi” turniri bo‘lib o‘tdi
Toshkent, Namangan va Samarqand kampuslari talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil etilgan turnirda 8 ta jamoa bellashdi.
🏆
Natijalar:
🥇
1-o‘rin — Toshkent
🥈
2-o‘rin — Namangan
🥉
3-o‘rin — Samarqand
G‘olib va ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🇷🇺
В Самаркандском кампусе KIUT прошёл турнир «Кубок учредителя»
В футбольном турнире приняли участие 8 команд из Ташкентского, Наманганского и Самаркандского кампусов университета.
🏆
Результаты:
🥇
1-е место — Ташкент
🥈
2-е место — Наманган
🥉
3-е место — Самарканд
Победители и участники были награждены дипломами и памятными подарками.
#5tashabbus
#KIUT
#TasisсhiKubogi
#TalabalarSporti
#Futbol
Behbudiy merosining hozirgi avlod ta'limi va tarbiyasidagi ahamiyati: talabalarimiz Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) — o‘zbek xalqining buyuk ma’rifatparvari, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri, yozuvchi, dramaturg, jurnalist va pedagog. U XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda xalqni ilm-ma’rifatli qilish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish va jamiyatni isloh etish uchun faol kurashgan. Millat farzandlarini o'qimishli qilish maqsadida birinchi maktabni tashkil etgan va saboq bergan. Uning ma'rifatparvarlik harakatini o'tmishning eng qora va tahlikali davrlariga tog'ri kelganiga qaramay, Behbudiy o'z xonadonida bolalarga ta'lim berishda davom etdi, kitoblar yaratdi, teatr sahnalashtirdi. Garchi bu harakatlari unga qarshi ishlagan bo'lsa-da, hayotining oxiriga qadar millatning yorug' kelajagi yo'liga umid bilan davom etdi.
Batafsil
👉
https://sam.kiut.uz/uz/yangiliklar/behbudiy-merosining-hozirgi-avlod-talimiva-tarbiyasidagi-ahamiyati-talabalarimiz-mahmudxoja-behbudiy-uy-muzeyiga-tashrif-buyurishdi/
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads
Bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati tashkil etildi
O’tkazilgan davra suhbatida O’zmilliybank AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasi “Kelajakka Qadam” markazi menedjerlari A.Abdumuratov hamda Sh.Xakimovalar talabalarga dasturning afzalliklari haqida ma’lumot berishdi.
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads
📌
Fan olimpiadasi g'oliblari va kurs bitiruvchilari taqdirlandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali tibbiyot fakulteti iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash, sun'iy intellekt va kompyuter texnologiyalari bo'yicha professor-o'qituvchilar va talabalar malakasini oshirish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu loyihalarning amaldagi natijasi o'laroq, fan olimpiadalari g'oliblari va sun'iy intellekt bilimdonlari yetishib chiqmoqda.
Kuni kecha ana shunday g'oliblar va bilimdonlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
👉
Batafsil
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads
📌
Talabalarimiz
“Road Show” taqdimotida ishtirok etishdi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan
xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari
(davlat ulushlari, bo‘sh turgan bino-inshootlar va yer uchastkalari) bilan yaqindan tanishtirishga bag‘ishlangan
“Road Show”
taqdimotida KIUT Samarqand filiali turizm yo’nalishi talabalari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbir ishtirokchilarga davlat mulklari va yerlari hamda ularni
e-auksion.uz
savdo platformasi orqali sotib olish tartiblari haqida to‘liq ma’lumot berishi bilan ahamiyatlidir.
https://sam.kiut.uz/en/news/our-students-participated-in-the-road-show-presentation/
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads
https://youtu.be/jMN6No9CsYg?si=pbpoZIwpY7CgPpFc
📌
21-oktabr — O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filialida 21-oktabr — O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan “Tilga e’tibor — elga e’tibor” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni filial direktori, professor N.Ishonkulov ochib berdi. Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsentlari - M.Hazratqulov va A.Xo’jamqulovlarning o’zbek tili xususidagi ma’ruzalari tinglandi.
Talabalar tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar yig’ilganlarda ona tilga bo’lgan e’tibor va hurmat hissini yanada oshirishga xizmat qildi.
https://sam.kiut.uz/uz/yangiliklar/21-oktabr-ozbek-tiliga-davlat-tili-maqomi-berilgan-kun/
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads
“Men jamiyatning bir bo‘lagiman” shiori ostida ijtimoiy-psixologik trening tashkil etildi
SOS Bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand filialida psixologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida “Men jamiyatning bir bo‘lagiman” mavzusida volontyorlik asosida ijtimoiy-psixologik trening tashkil etildi. Trening davomida bolalarda o‘ziga ishonch, ijtimoiy daxldorlik hissi va jamiyatda o‘z o‘rnini anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur tashabbus talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, ularda ijtimoiy mas’uliyat, hamdardlik va insonparvarlik fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
https://sam.kiut.uz/uz/yangiliklar/men-jamiyatning-bir-bolagiman-shiori-ostida-ijtimoiy-psixologik-trening-tashkil-etildi/
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads
Vengriyalik professordan "Qadimdan bugungacha boʻlgan vaqt mobaynida Yevropa-Oʻzbekiston munosabatlari" mavzusida ma'ruza darsi
Debrecen universiteti (Vengriya) professori, yuridik fakulteti dekanining vakili Daniel Haitas Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali talabalariga "Qadimdan bugungacha boʻlgan vaqt mobaynida Yevropa-Oʻzbekiston munosabatlari" mavzusida ma'ruza o'tdi. Talabalar professor D.Haitasning ma'ruzasini maroq bilan inglashdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Mr.Haitasning o'zbek xalqi madaniyati bilan tanishligi va ma'ruza davomida o'zbek madaniyatiga xos bo'lgan iboralarni qo'llashi yig'ilganlarda katta taassurot uyg'otdi.
Ma'lumot uchun, professor Daniel Haitasning navbatdagi ma'ruzasi 22-oktabr soat 10:00 da D-113-xonada bo'lib o'tadi.
https://sam.kiut.uz/en/news/a-lecture-by-a-hungarian-professor-on-europeuzbekistan-relations-from-ancient-times-to-the-present-day/
🎓
KIUT Samarqand filiali axborot xizmati
Veb-sayt
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
You Tube
|
Threads