Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kogon şahar hokimligi

kogonuz_official
Kogon shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI Facebook: https://www.facebook.com/kogonshahar.matbuotxizmati Twitter: https://twitter.com/KogonMatbuot You tube: https://youtube.com/channel/UCjliwvUPeaNVoPj19q2Pn_g Instagram: https://www.instagram.com/kogonshahar
Подписчики
6 422
24 часа
-20
30 дней
-129
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
1 136
ER
17,69%
Посты (30д)
429
Символов в посте
1 003
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 27, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев проведет встречу с работниками сферы здравоохранения и фармацевтики, а также посетит Олимпийский городок, где примет участие в церемонии открытия Президентской Олимпиады.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 02:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bugun, 27-oktabr Seshanba
☁️
+19°...+9°, Bulutli
Hozir:
☀️
+10°,
↘️
1.1 m/s
Tong:
☁️
+13°
Kun:
☁️
+19°
Oqshom:
☁️
+17°
Namlik: 16%
Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 3.9 m/s
Bosim: 767 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 07:03
Quyosh botishi: 17:46
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
@kogonuz_official

October 26, 15:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔥
Joylarda suyultirilgan gaz taqsimotidagi qonunbuzilishlar aniqlandi
❗️
Tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida DXX, IIV, BP, FVV, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgazta’minot” AJ hamkorligida respublika bo‘ylab reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Jumladan,
Samarqand viloyati
ning Pastdarg‘om tumanida bir guruh shaxslar gaz tarqatish shoxobchasi mansabdorlari bilan til biriktirgan holda, o‘zlariga tegishli noturar binoda
6 tonna
hajmli
sisterna
o‘rnatib, aholiga tarqatish uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarni kompressor orqali ushbu sisternaga bo‘shatib, so‘ngra uni o‘zlariga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida noqonuniy sotish bilan shug‘ullanishgan.
Tekshiruv davomida ushbu manzilda qiymati
32,2 mln so‘mlik
3,1 tonna
suyultirilgan gaz aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi. Ta’kidlash lozim,
3,1 tonna
suyultirilgan gaz o‘rtacha
150 ta xonadonning
45 kunlik ehtiyojini qoplaydi
.
Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan elektr energiyasiga noqonuniy ulanish orqali davlat manfaatlariga
1 mlrd so‘mlik
zarar yetkazilganligi fosh bo‘ldi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaroning uyida
130 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
35 ta gaz balloni
noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Reyd tadbirlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
da ham faol tarzda amalga oshirilayotgan bo‘lib, birgina Amudaryo tumangaz bo‘limi ishchisi va 1969 y.t. fuqaroning yashash xonadonlarida jami
23 ta gaz balloni
borligi aniqlandi.
Xorazm viloyati
Bog‘ot tumangaz bo‘limining 3 nafar chilangari esa o‘z tanishlarining yashash xonadonlarida jami
300 kg suyultirilgan gaz
bilan to‘ldirilgan
25 ta gaz ballonni
qimmat narxlarda sotish uchun saqlab kelishgan.
Andijon viloyati
da o‘tkazilgan tadbirlar davomida
980 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
243 ta gaz balloni
qimmat narxda sotish maqsadida noqonuniy saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, Ulug‘nor tumangaz bo‘limi chilangarining uyidan aholi uchun mo‘ljallangan
17 ta gaz balloni
, Shahrixon tumangaz bo‘limi chilangarining xonadonidan esa
13 ta gaz balloni
olindi.
Jizzax viloyati
da kuzatilgan holatda Yangiobod tumangaz ta’minoti bo‘limi haydovchisi o‘ziga tanish bo‘lgan 2 nafar fuqaroning yashash xonadonlarida jami
720 kg suyultirilgan gaz
to‘ldirilgan
57 ta gaz ballonni
noqonuniy saqlayotganligi hujjatlashtirildi.
Navoiy viloyati
Nurota tumangaz chilangari va haydovchisi esa o‘zaro til biriktirib, “Hududgaz Navoiy” GTF balansida bo‘lgan va suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan
2 dona gaz ballonni
xaridorga
280 ming so‘mga
sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Ta’kidlash lozim, ushbu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari mutasaddi idoralar hamkorligida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
Hurmatli fuqarolar, aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gaz bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz DXX Call-markazining
1520
qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.
✈️
Telegram
|
📘
Facebook |
📸
Instagram
|
📹
YouTube

October 26, 15:23
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

Aholi va yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş maqsadida bunyod etilgan zamonaviy kutubxona, bu yerda turli yo‘nalişdagi adabiyotlar, jumladan, xorijiy tillardagi kitoblarni ham topiş mumkin.
Barpo etilayotgan bunday ma’naviyat maskanlari hamda ularga qaratilayotgan e’tibor yoşlarimizning katta maqsadlar sari dadil qadam taşlaşiga kuç beradi.
Kogon şahar Axborot kutubxona markazining yangi kutubxona filiali oçildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
@kogonuz_official

October 26, 15:08
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

❗️
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
✅
HURMATLI XONADON EGALARI!
🔄
Sizlardan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida ertaga, 27-oktyabr kuni isitish tizimlarini (promivka) yuvish ishlari olib borilishi munosabati bilan e'tiborli bo'lishingiz so'raladi.
📍
Manzil: Ipak yo'li ko'chasi, 1-uy.
❗️
Barchangizdan ushbu ishlarga mas'uliyat bilan yondashishingizni va belgilangan ishlarga e'tibor qaratishingizni so'raymiz.
✅
Tushunishingiz va hamkorligingiz uchun rahmat!
@kogonuz_official

October 26, 11:50

Channel name was changed to «
Kogon şahar hokimligi
»

October 26, 06:47
Файлы недоступны
5
1
Открыть в Telegram

Kogon şahrida «Turmuş» maxsus profilaktik tadbiri davom etmoqda
Özbekiston Respublikasi miqyosida 2026-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrga qadar keng qamrovli «Turmuş» maxsus profilaktik tadbiri ötkazilmoqda.
Tadbir doirasida Kogon şahar IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori hamda içki işlar xodimlari tomonidan mahallalardagi notinç, ajrim yoqasidagi oilalar, şuningdek, tazyiq va zöravonlikdan jabrlaniş ehtimoli yuqori bölgan xotin-qizlar bilan manzilli profilaktik suhbatlar ötkazilmoqda.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
@kogonuz_official

October 26, 05:36
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

❗️
BEFARQ BO‘LMANG!
Is gazidan zaharlanishning oldini olaylik!
Havo harorati pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi. Biroq yoz mavsumi davomida ishlatilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan isitish qurilmalari, ayniqsa, qo‘lbola va nostandart moslamalardan foydalanish, dudburon va mo‘rkonlarning tozaligi hamda sozligiga e’tiborsizlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
So‘nggi kunlarda is gazidan zaharlanish oqibatida insonlar hayotdan ko‘z yumayotgani barchamizni yanada hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga undashi kerak. Zero, is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni sezish qiyin. Shu bois xavfsizlik qoidalariga beparvolik qilish inson hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
Isitish mavsumida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz:
◎ Faqat muvofiqlik sertifikatiga ega, belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola va nostandart qurilmalarni ishlatmang.
◎ Mavjud isitish moslamalarini mavsum boshlanishidan oldin malakali mutaxassislarga ko‘rsating, ularning texnik holati va xavfsiz ishlashini tekshirtiring.
◎ Dudburon va mo‘rkonlarning holatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring, ularni qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
◎ Xonani isitish maqsadida ochiq olovdan, jumladan, gaz plitadan foydalanmang. Isitish moslamalarini belgilangan maqsaddan tashqari ishlatish xavfli.
◎ Xonalarda havo almashinuvi va shamollatish imkoniyati mavjudligini ta’minlang. Ventilyatsiya kanallarini berkitmang, ularning ishlash holatini nazorat qilib boring.
◎ Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang, ulardan foydalanishda ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalari va xavfsizlik talablariga amal qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday holat kuzatilsa, darhol toza havoga chiqing, xonani shamollating, boshqa odamlarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordam hamda tegishli favqulodda xizmatlarga murojaat qiling.
Unutmang: is gazi xavfini ko‘z bilan ko‘rib yoki hididan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, isitish moslamalarini tekshirish va dudburonlarni tozalash juda muhim. Bu shunchaki tavsiya emas, hayotni asrashning muhim shartidir.
Aziz yurtdoshlar! Isitish mavsumini xavf-xatarsiz o‘tkazish uchun befarq bo‘lmang. O‘zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratish ertaga insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
@kogonuz_official

October 26, 04:42
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🗣
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Kogon shahar hokimining o'rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jadvali tasdiqlandi
.
Reja jadvali asosida
🔹
Raximov Alisher Giyasovich - shahar hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari – shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining qabuli 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar;
🔹
Tolibov Baraka Sattorovich - shahar hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshligʻining qabuli 2026-yil 27-oktyabr soat 10:00 dan 13:00 ga qadar;
🔹
Sadulloyeva Madina Qo'ziyevna - shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining qabuli 2026-yil 28-oktyabr soat 10:00 dan 13:00 ga qadar;
🔹
Mustafoyev Shohruh Hasanovich - shahar hokimining oʻrinbosari – shahar investisiyalar, sanoat va savdo bo‘limi  boshligʻining qabuli 2026-yil 29-oktyabr soat 15:00 dan 17:00 ga qadar;
🔹
To‘raboyev Mirshakar Muzaffarovich - shahar hokimining qabuli 2026-yil 30-oktyabr soat 09:00 dan 13:00 ga qadar;
🔹
Sharipova Dilbar Usmanovna - shahar hokimining o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining qabuli 2026-yil 30-oktyabr soat 15:00 dan 17:00 ga qadar;
Eslatib o'tamiz, jismoniy va yuridik shaxslar uchun fuqarolar qabuli shahar Xalq qabulxonasida bo'lib o'tadi.
Mazkur fuqarolar qabuliga muammosi va taklifi bo‘lgan barchani taklif etamiz.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
@kogonuz_official

October 26, 02:45
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Bugun, 26-oktabr Dushanba
☁️
+20°...+9°, Bulutli
Hozir:
☁️
+9°,
↘️
1.1 m/s
Tong:
☁️
+13°
Kun:
☁️
+19°
Oqshom:
☁️
+16°
Namlik: 17%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 4.1 m/s
Bosim: 766 mm sim. ust.
Oy: To'lin oy
Quyosh chiqishi: 07:02
Quyosh botishi: 17:47
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
@kogonuz_official