
Komoliddin Sultonov | Rasmiy
#live
🎓
Toshkent davlat agrar universitetida tayanch doktorantlar va doktorantura bosqichi uchun imtihon jarayonlari davom etmoqda.
Hozirda imtihonlar quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha o‘tkazilmoqda:
🔹
06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik
🔹
06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
🔹
06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik
🔹
06.01.08 – O‘simlikshunoslik
🔹
06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
📡
Jarayonlarni ZOOM platformasi va YouTube havolasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati mavjud.
👉
ZOOM
👉
YOU TUBE
✍️
TDAU axbo
rot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram |
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
O‘zbekistonning 22 ta OTMlari
Osiyoning
eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kirdi
4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan eʼlon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — QS Asia University Rankings 2026 roʻyxatidan Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti joy oldi. Shulardan 8 tasi oʻz oʻrnini oʻtgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilagan. Ma’lumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan. Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.
QS Asia University Rankings
2026’da Oʻzbekiston OTMlari natijalari:
1. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti — 103
2. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti — 180
3. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 274
4. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — 301
5. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti — 307
6. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 557
7. Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti — 588
8. Toshkent davlat transport universiteti — 602
9. Urganch davlat universiteti — 632
10. Toshkent davlat agrar universiteti — 741–750
11. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat universiteti — 801–850
12. Fargʻona davlat texnika universiteti — 851–900
13. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 851–900
14. Fargʻona davlat universiteti — 901–950
15. Qarshi davlat universiteti — 901–950
16. Andijon davlat universiteti — 951–1000
17. Namangan davlat texnika universiteti — 951–1000
18. Buxoro davlat universiteti — 1001–1100
19. Guliston davlat universiteti — 1001–1100
20. Jizzax politexnika instituti — 1001–1100
21. Buxoro davlat texnika universiteti — 1201–1300
22. Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 1201–1300
Toshkent davlat agrar universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor K.S.Sultonovning rasmiy telegram kanali.
Obuna bo‘ling:
https://t.me/kamoliddin_sultonov
#xushxabar
Toshkent davlat agrar universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida 2-o‘rinni
egalladi
Dunyoning nufuzli
Quacquarelli Symonds (QS
)
reyting agentligi 2026-yil uchun Osiyo mintaqasidagi
eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari reytingi
ni e’lon qildi.
Quvonarlisi, Osiyodagi
25 ta
mamlakat va hududidan
1500 dan ortiq oliygoh
lar ichida
Toshkent davlat agrar universiteti
“QS Asia University Rankings – 2026”
natijalariga ko‘ra,
741/750-o‘rin
ni egalladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida
2-o‘rinni,
Osiyo bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ishtirok etgan universitetlar orasida
TOP–300
talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Shuningdek, universitetimiz O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida
10-o‘rin
ni hamda Markaziy Osiyo davlatlari oliy o‘quv yurtlari ichida
22-o‘rin
ni egalladi.
Ta’kidlash kerakki, QS World University Rankings universitetlarning xalqaro darajadagi reytingini baholab beruvchi eng nufuzli agentliklardan biri hisoblanadi. Ushbu reyting tizimi xalqaro miqyosda universitetni kuchli tomonlarini yaxlit ko‘rish imkonini beradi.
IN ENGLISH
НА РУССКОМ
✍️
TDAU axbo
rot xizmati
🎖
web-site
|
📝
telegram |
💻
instagram
📝
facebook
|
🎞
youtube
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga yuksak ishonchning yorqin ifodasi – YUNESKOning Samarqand sessiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam bo‘ladi.
—
Самаркандская сессия ЮНЕСКО – проявление высокого доверия к осуществляемым в Новом Узбекистане динамичным масштабным реформам – станет важным практическим шагом в усилении глобального партнерства в области устойчивого развития.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#jarayon
📍
Genomika va bioinformatika markazida “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” Respublika ilmiy konferensiyasida Toshkent davlat agrar universiteti nomidan "O'simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik" fakulteti Qishloq xo'jaligi fitopatologiya kafedrasi assistenti Z.Yuldashova
‘’ОЦЕНКА УСТОЙЧИВОСТИ ХЛОПЧАТНИКА К ФУЗАРИОЗНОМУ
УВЯДАНИЮ, ВЫЗВАННОМУ МЕСТНЫМ ШТАММОМ FOV ’’mavzusidagi maqolasi bilan ishtrok etdi.
🏷
shu va boshqa yangiliklar
👇🏻
✍️
TDAU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor K.S.Sultonovning rasmiy telegram kanali
Obuna bo‘ling:
@komolitdin_sultonov
#sayyor_dars
🐛
Zararkunandalarga qarshi kurashish boʻyicha sayyor dars tashkil etildi
📌
Toshkent davlat agrar universiteti Oʻsimliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Oʻsimliklar himoyasi va karantini kafedrasi assistenti
Sh.Haydarova
tomonidan 21-24-guruh talabalariga O'simliklarni kimyoviy himoya qilish fanidan, "Mevali va manzarali ekinlardagi zararkunandalar va ularga qarshi kimyoviy preparatlarni qo'llash" mavzusida
O’quv–ilmiy tajriba xo’jaligida sayyor dars tashkil etildi.
✅
Jarayon davomida talabalar Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklariga zarar yetkazuvchi zararkunandalar bilan tanishib, daraxtlarga kimyoviy ishlov berish yuzasidan koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
✍️
TDAU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor K.S.Sultonovning rasmiy telegram kanali
Obuna bo‘ling:
@komolitdin_sultonov
#jarayon
Toshkent davlat agrar universiteti rektori
N.Oblamurodovning
tashabbusi bilan Yashil muhit-sog'lom o'simlik, barqaror iqtisodiyot" shiori ostidagi Kasallangan o'simliklardan gerbariy tayyorlash ko'rik-tanlovi tashkil etilmoqda. Ko'rik-tanlovning 1-bosqichi 20-apreldan to 30-aprelgacha talabgorlarni ro'yxatga olish bosqichi yakunlanib, 30 aprel kuni ushbu ko'rik tanlovning 2-bosqichi Gerbariy tayyorlash, jixozlash hamda expertlar guruhiga topshirish bo'yicha Mahorat darsi o'tkazildi. Mahorat darsida expertlar guruhi a'zolari Botanika va ekologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari
K.Buxorov, A.Islomov
, Qishloq xo'jaligi fitopatologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari
N.Xakimova, X.Nuraliyev
,
D.Qodirovalar
tomonidan gerbariy tayyorlash bo'yicha to'liq ma'lumot berishdi. Mahorat darsida tanlovning ishchi-guruhi to'liq qatnashdi.
✍️
TDAU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor K.S.Sultonovning rasmiy telegram kanali
Obuna bo‘ling:
@komolitdin_sultonov
#Jarayon
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti, «Biokimyo va fiziologiya» kafedrasi assistentlari P.Y. Xo‘jayev, X.N.Sulaymonovlar 2025 yul 28 aprel kuni Ipakchilik va tutchilik yo‘nalishi 1-bosqich 24-80 guruh talabalarini Paxta seleksiyasi, urug‘chilik va yetishtirish agrotexnologiyalari ilimiy – tadqiqot inistitutiga sayyor dars uyushtirildi. Dastlab inistutit direktori q.x.f.d.akademik Sh.Namazov bilan tanishdik va bizga inistutit xaqida batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng sayyor darsni “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi labaratoriyasi” doktaranti A.M.Murodullayevga biriktirdi. Bizga issiqxona sharoitida ekib etishtirilayotgan paxta, beda, limon ko‘chatlari ko‘rsatib. Ularning o‘stirish agrotexnologiyasi xaqida batafsil ma’lumot berdi.
✍️
TDAU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor K.S.Sultonovning rasmiy telegram kanali
Obuna bo‘ling:
@komolitdin_sultonov
#ustoz
-shogirt
⚡️
O'simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi kafedrasi assistenti
Z.Yo'ldashova
boshchiligida Fitopatologiya mutaxassisligi 21-25 guruh talabalari danak va urug' mevali o'simliklar kasalliklari bo'yicha uchraydigan asosiy kasalliklari bo'yicha ochiq dars tashkillashtirildi.
📎
Ushbu ochiq darsda talabalar O'quv-ilmiy tajriba bo'limida danak va mevali daraxtlarda uchraydigan bir nechta kasalliklarni aniqlab, aynan ushbu kasalliklarni qo'zg'atuvchilari haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
✍️
TDAU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor K.S.Sultonovning rasmiy telegram kanali
Obuna bo‘ling:
@komolitdin_sultonov
#ustoz
-shogirt
⚡️
O'simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Qishloq xo'jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari
R.Gulmurodov
,
U.Raxmonov, D.Qodirova, T.Soatov, Q.Sattorov
lar boshchiligida Fitopatologiya mutaxassisligi 1-bosqich magistrlari uchun mevali bog'larda uchraydigan asosiy kasalliklarni aniqlash va ularga qarshi fungitsidlar bilan samarali ishlov berish bo'yicha Ochiq dars tashkillashtirildi.
📎
Ushbu ochiq darsda magistrlar O'quv-ilmiy tajriba bo'limida mevali daraxtlarda uchraydigan bir nechta kasalliklarni aniqlab, aynan ushbu kasalliklarni qo'zg'atuvchilari haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Ochiq dars davomida ustozlar tomonidan fungitsidlarning ishchi eritmasini tayyorlash, ularni maxsus aparatlarda purkash texnikasini o'rganishdi.
✍️
TDAU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor K.S.Sultonovning rasmiy telegram kanali
Obuna bo‘ling:
@komolitdin_sultonov