Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Advokatura_Koreya

koreavisalaw
KEUMSEONG ADVOKATURASIDA *JINOIY ISHLAR ☑️ *MA'MURIY ISHLAR ☑️ *FUQAROLIK ISHLARI ☑️ *HUQUQIY MASLAHATLAR ☑️ *JABRLANUVCHI HIMOYASI ☑️ *IMMIGRATSIYA ISHLARI ☑️ ☎️ 법무법인(유한) 금성 01045109966 / 0234749966 Huquqiy maslahat: @Keumseong_advokturasi
Подписчики
1 218
24 часа
1
30 дней
15
Просмотры
2 047
ER
168,06%
Посты (30д)
8
Символов в посте
1 301
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 19, 07:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

FRIBGARLARDAN OGOH BO`LING!
So`ngi paytlarda turli telegram gruppalarda instagramlarda shaxsan o`zim guvoh bo`layotgan, G1 qilibberamiz, ishchi viza qilibberamiz, u viza bu viza deb O`zbekiston yoki Koreyadagi kanallarda reklamalar ko`ryapmiz.
Ularni ayrimlari na raqami na profilidan kimligini bilish mumkin bo`lmagan noaniq ishbilarmonlar.
Koreyadan qo`ng`iroq qilib turishardi aka pul olib yo`q bo`lib qolishdi deb lekin O`zbekistondan ham aloqaga chiqishdi. Yuqoridagi jabrlanuvchini holatiga achinib hech bo`lmaganda ogohlantirish e`lonlarini ko`paytirish kerak deb o`yladim.
Eng yomoni yuqoridagi yurtdoshimiz shuncha pulni kredit qilib olib to`laganlar. Bitta hayotni dabdala qilish uchun bitta soxta reklama va soxta viza ham yetarli bo`lmoqda.
Hech bo`lmaganda to`lovni oldindan degan joyida yoki bitta vizaga 1 uyni pulini so`rayotganda azgina izlanib ko`ring. U viza bilan nima qila olaman, qanday viza, berayotgan pulimni ish qilib topa olamanmi, e mayli hech bo`lmasa viza qilishni O`zim gaplashib ko`rganlarim orasida hatto viza turini bilmaydi men bilan med vizani ishlash vizasi deb talashyapti.
Bundan tashqari yana Koreyada o`zini advokat deb tanishtiradigan qatlam ham bor. Ularga addelno to`xtalamiz!
법무법인 (유한) 금성 드림
Huquqiy maslahat hamda amaliy yordam uchun: 01045109966
https://t.me/koreavisalaw

October 18, 10:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏆
YANA BIR G‘ALABA!
⚖️
🇰🇷
Koreya fuqaroligini berishmadi, sud esa rad javobini bekor qildi!
Koreyalik bilan turmush qurgan, kelajagini Koreyada qurmoqchi bo‘lgan mijozimiz fuqarolik olish uchun hujjat topshirdi.
Ammo kutgan xushxabari o‘rniga RAD JAVOBI keldi…
❌
Nega fuqarolik berilmadi?
Immigratsiya idorasi er-xotin birga yashamagani va oilaviy munosabatlari yetarli darajada davom etmayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Shuncha harakatdan keyin bunday javobni olish, albatta, oson emas.
Lekin mijozimiz taslim bo‘lmadi!
⚖️
Mijozimiz 법무법인 금성 advokatlariga murojaat qildi.
Advokatlarimiz ishni o‘rganib, immigratsiyaning rad javobi noto‘g‘ri aniqlangan holatlarga asoslanganini sudda ko‘rsatib berdi.
Sud ham rad etish qarorini qonunga zid deb topdi!
🏆
NATIJA — SUDDA G‘ALABA!
Seul ma’muriy sudi mijozimiz foydasiga qaror chiqardi.
✅
Fuqarolik berishni rad etish haqidagi qaror BEKOR QILINDI!
✅
Sud xarajatlari javobgar tomon zimmasiga yuklatildi.
Shunday qilib, bir paytlar rad javobini olgan mijozimiz uchun fuqarolik masalasini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi.
📌
Bu voqeadan qanday xulosa qilish mumkin?
Koreyada immigratsiyadan rad javobi oldingizmi?
Shoshilib taslim bo‘lmang!
Davlat idoralarining qarorlari ham xato bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, rad etish sababi va qarorning qonuniyligini to‘g‘ri tekshirtirish.
Balki sizda ham sud orqali huquqlaringizni himoya qilish imkoniyati bordir.
RAD JAVOBI — HAR DOIM HAM OXIRGI NUQTA EMAS!
⚖️
법무법인(유) 금성 — KEUMSEONG LAW FIRM
📞
010-4510-9966
📲
Telegram:
@Keumseong_advokaturasi
https://t.me/koreavisalaw

October 16, 02:31

ISH JOYIDA JAROXAT BO`LSA NIMA QILISH KERAK?
Ko`pincha ish joydagi jaroxat tufayli qo`ng`iroqlar kelib turadi. Ular orasida bir ko`ngilni hira qiladigan jihati shundaki jaroxatni davolash harajatlarini qoplamaydigan, hatto aybni ishchini o`z bo`yniga qo`yib yuboradigan ish beruvchi - 사장 larni hatti harakati.
Bizni yurtodoshlar esa vizamga ish joyimga muammo bo`lmasin deb hatto 5 millongacha yonidan ishlatib hatto 1 oydan ortiq ish joyidan oylik ham olmagan. Nima emish o`zini aybi bilan bo`libdi emish.
Haqingizni talab qilishni ham o`rganib qo`ying!
Agar siz ish joyida tasodifiy holat bilan jarohat olgan bo`lsangiz, ish beruvchi hisobidan davolanishiz kerak agar ish beruvchi razillardan bo`lsa unda majoziy manodagi teskari shapaloqni tortishiz mumkin.
Nima qilasiz? Sanje sug`urtasiga ariza berasiz.
Shifoxona xarajatlari
Ishlamagan davriz uchun 70% oylik
ham olish haqingiz bor.
Qo`shimcha qilib aytganda agar jaroxat sabab sizda asorat qoladigan bo`lsa, ish beruvchidan zarar uchun kompentatsiya talab qilishingiz, ish joyida xavsizlik choralari ko`rilmagan bo`lsa jinoiy ish ochish huquqingiz ham borligini eslatmoqchiman.
Men nima uchun buni qayta qayta eslataman? Sababi ko`p ma`lumotlar chiqsada yurtdoshlar orasida jarohatlar va jabirlanish holatlari kuzatilib turibdi.
Diqqat qiling extiyot bo`ling.
Sizda ham yuqoridagi kabi muammolar kuzatilsa aloqa uchun 01045109966 법무법인 (유한) 금성
Rasmiy hodimlaridan ma`lumot oling!
https://t.me/koreavisalaw

October 13, 08:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Aniqlik kiritilgan natija rasmini ham joylab qo`yaman.

October 13, 08:50

DIQQAT!
VOISE FISHING OGOXLIK !
Endi immigratsiya hodimimiz deb chet elliklar raqamlariga soxta qo`ng`iroqlar bo`lmoqda.
VOISE FISHING!
Turli raqamlar masalan bugun aniqlangani: 031-8035-6851
Shu raqamdan qo`ng`iroq qilib Seoul immigratsiyaga topshirilmagan hujjatiz bor, aniqlik kiritish uchun koreys tili 2 ni bosing kabi fribgarlikka urunish kuzatildi.
Shu kabi operator raqamlari bo`lsa bir yaxshi tafsiyam bor. Avval telni olmang va qo`ng`iroq kelgan raqamni copy qilib qanday tashkilot qanday raqamligini tekshirib qo`ring. Quyida linkini qoldiraman.
https://www.thecall.co.kr
Kirib raqamni tekshirish imkoni bor. Agar spam raqam yoki fribgar arizalari berilgan raqam bo`lsa ko`rinadi.
Yaqinlarni ogoh qilib qo`yamiz!
Fribgarlik qurboni bo`lsangiz sizga huquqiy maslahatga tayyormiz!
법무법인 (유한) 금성 외국인팀
Batafsil: 010-4510-9966

October 13, 00:43

TALABALARGA ESLATMA!
Janubiy Koreyaga yaqinda kirib kelgan talaba yurtdoshlar diqqatiga muxim mavzu bo`lgani uchun erinmay o`qib chiqishlarini maslahat beraman.
Tabiyki Koreyaga kirib kelgandan keyin o`zini o`zi qoplash rejimiga o`tiladi, uyga yuk tushmasdan o`qish maqsadida ishlashga to`g`ri keladi. Lekin katta maqsad rejalarni birzumda chopishni istamasasangiz, quyidagi extiyot choralarini ko`rgan holda ishlashni maslahat beraman. Sababi immigratsiya talablarni va reydlarni kuchaytirdi.
Koreyada talaba ham qonuniy ishlashi mumkin albatta lekin cheklangan ma`lum vaqt davomida, universitetdan hamda immigratsiyadan ruxsat olgan holda.
U qanday amalga oshiriladi qanday hujjat va nimalar kerak bo`ladi?
U hujjat (시간제취업 허가)deb nomlanadi ya`ni bo`sh vaqtlarda ishlashga ruxsatnoma.
Nimalar kerak talab qanday? Avvalo ish joyingiz og`ir sanoat bo`lmasligi yengil hizmat ko`rsatish servis bo`lishi kerak. Masalan marketlar, oshxona, rastalar, firmalar.
AlbaMoon yoki shu kabi aktiv ish qidirish platformalaridan ish joyizni topasiz va kelishuv qilasiz. Universitetizdan ariza formasiga imzo olasiz.
Immigratsiyaga tashrif buyurib yoki online ariza berish imkoni bor.
신청서(제34호 서식)
여권
거소신고증
근로계약서
유학생시간제취업 확인서
성적 또는 출석증명서(유학생정보시스템에 학적정보 사전입력시 면제)
한국어 능력 증빙서류
사업자등록증 사본
Vaqtlari sizni o`qiyotgan ta`lim dasturizga va topik sertifikatizga qarab belgilanadi.
Masalan haftasiga 10~ soatdan 30~35 soatgacha ruxsat olish mumkin. Bakalavr, Magistr, PHD bo`lsa bemalol 30 soatdan ko`p ishlashga ruxsat olsa bo`ladi.
Aytishinigiz mumkin bu beradigan vaqtga uy pulimni ham topolmayman deb. Lekin men bergan taklif, ham o`qib ham ishlayman deydiganlar, kelajak planlari puxta tuzilganlar uchun.
Menga soqqa kerak holos deganlari bemalol o`z uslubizdan foydalanishiz mumkin. Men shunchaki pochka pochka deport bo`layotgan talabalar ham ko`pligini eslataman.
O`qishlarda rivojlar ~
https://t.me/koreavisalaw

October 07, 05:54
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🧾
VISA
F3-3 가족 동반 OILAVIY HAMROH VIZASI CHIQDI!
Qirg`izistondan ham birodarlarimiz aloqaga chiqib turishadi. O`tgan avgust oyida bir birodarimizni oila a`zolarini Koreyaga F3-3 vizasi bilan chaqirish uchun hujjatlarini tayorlashni boshlagandik. Rafiqasi hamda 2 nafar farzandini hujjatlarini tayorlab sentyabr o`rtalarida elchixonaga topshirgandik kecha har biri vizasini qabul qilib olishdi.
Birodarimiz o`zlari talaba vizasida, bitiruvga ham oz muddat qolgandi. Hech qayerdan oylik olmaydi doimiy keladigan daromad yo`q. Biroq bunga maqbul yechimni birga topdik va Allohni marhamati bilan vizalarini 6-oktabr kuni tasdiqlanib, Koreyada yana bir oila bo`lishlariga biz ham sababchi bo`lib qoldik.
Shu o`rinda eslatma agar oilangizni F3-3 vizasi bilan olib kelish rejangiz bo`lsa eng kamida 3-6 oy oldindan bank kartangizdagi aylanmalarni ko`proq amalga oshirishni maslahat beraman.
Keumseong - Sizdan Ishonch bo`lsa, bizdan ma`suliyat va rezultat!
Batafsil: 010-4510-9966
https://t.me/koreavisalaw

September 30, 01:30

So‘nggi kunlarda Telegram’da kuzatilgan qisqa uzilishlar sabab,
alternativ platformalar ham bo‘lsa yaxshi ekanini
yana bir bor esladik.
Shu munosabat bilan Koreyadagi o‘zbeklar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan
UzHub
platformasini ham tavsiya qilmoqchiman.
🇺🇿
🇰🇷
UzHub’da Koreyada yashayotgan o‘zbeklar uchun kerakli
xizmatlar, ma’lumotlar va turli imkoniyatlar
bir joyga jamlanmoqda.
Kerakli xizmatni topish, yangi imkoniyatlardan xabardor bo‘lish yoki shunchaki Koreyadagi o‘zbeklar uchun yaratilayotgan yangi platformalarni kuzatib borish uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Biznes egalari uchun ham o‘z xizmatlarini platformada tanitish imkoniyatlari mavjud.
📱
Qiziqqanlar ilovani yuklab olib, o‘zlari ko‘rib chiqishlari mumkin:
🤖
Google Play — UzHub
🍎
App Store — UzHub
Koreyadagi o‘zbeklar uchun foydali platformalar ko‘payib boraversin.
🇺🇿
🇰🇷

September 27, 08:47

OGOHLIK !
Ba`zida Janubiy Koreyada yashab, eng havsiz davlat deganimiz bilan ich ichidan kirlagan ayrim Koreys millatiga mansub insonlarni ko`rib, sistema tizim davlat havsiz lekin ayrim insonlari emas deb o`ylab qolaman.
Turli hollatlarga duch kelib turamiz, masalan ko`chalarda o`zvoshimchalik bilan yo`l to`sib id kartangizni yohud qayerda yashashingizni so`raydiganlar ham paydo bo`libdi. Bir necha marta qulog`imga chalingandi lekin shaxsan o`zim bilan ham sodir bo`ldi.
Bugun uyim yaqinidagi kofeshopga chiqib ketayotgandim, bir quloq (mashinalarni rasmga olib shingo qiladigan odam) naushnikini taqbolib telefon videosini olib ketayotgandi. Qarasam meni ham olyapti, mayli mashinani yonida turganim uchun telefoni menga qaratildida deb avvaliga yomonlikka olmadim. Lekin qarasam sal nariro borib menga tikilib qarab turibdi. Men aynan yurayotgan yo`limni o`zgartirib ortga qarab yurdim. Ortimdan yugurib keldi va men o`tirgan skamekani narirog`iga o`tirib videoni ushlab turdi.
Sezdimki chet ellikni yoqtirmaydigan yohud shubxalanadiganlardan. So`ng uyim yaqinidagi politsya idorasiga atay yurdim ortimdan ergashtirib borib o`zlarini taktikasidek srazi politsyaga tutib berdim. To`g`ridan to`g`ri o`shayerda nega taqib qilyapsan nima uchun deb so`rash mumkin lekin u menga taxdid qildi deydiganlari ham bor va nozik masala bo`lgani uchun o`ziga gapirmadim.
Jimgina o`z taktikalaridan foydalanib politsya bilan ro`baro qildim. Sababi nima deb politsya so`ragandi chet ellik bir joyda turib qolgandi nima maqsadda turibdi ekan deb kuzatdim deydi. Albatta bu noqonuniy va haqqi yo`q.
Shu kabi holatlarda albatta dalil va qo`shimcha politsyaga qoldirilgan dalillar bo`lsa ustidan ariza bemalol berib javobgarlikka tortirishiz mumkin bo`ladi.
Shu kabi holatlarda avvalo siz ham telefoningizni olib uni videoga olishdan oldin kamera bor joylarga yurishni maslahat beraman. Chunki ayrim patstavachilari bor atayin telefonni o`sha tomonga qaratib olib yuradi u xam videoga olishini kutadi videoga olganidan keyin u meni qanday maqsadda olganini bilmayman u birinchi meni olayotgandi men ham keyin telefon ushlab oldim deb sizni ustizdan ariza beradiganlari bor.
Agar shu kabi holatlar kuzatilsa yoki sizdan orderi yoki davlat hodimi bo`lmagan shaxs shaxsiy ma`lumotlaringizni so`rasa yohud qandaydir narsa talab qilsa hech ikkilanmay telefonizni videosini yoqing va men o`z huquqimni himoya qilish uchun videoga olyapman deb, nima talab qilyapsiz qanday huquq bilan deb so`roqqa tuting! Bu ayrim o`zidan kimdirni yasab olgan soxta muxofazachilarni dumini tuyishga yetarli bo`ladi!
O`z xaq huquqimizni bilmasak oddiy bir quloq ham shubhali inson ekan tekshirib qo`ying deb ustizdan ariza kiritaverishadi. Vaholanki ortiqcha ma`naviy zarar, vaqtingizni behuda olishlariga sabab bo`ladi.
Shu kabi holatlarga qo`llanmalar uchun alohida videolar tayorlashni rejalashtiryapman. Menimcha shunday qo`llanmalar kerak bizga.
Shu kabi holatlar bo`lsa albatta: 112 ga qo`ng`iroq qiling
Keyin esa 01045109966 ga qo`ng`iroq qiling holis maslahatga ham tayyorman!
O`zingizni extiyot qiling!
Keumseong advokaturasi
@koreavisalaw

August 31, 00:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

INVESTORLAR UCHUN!
Ushbu vizaga o`tish uchun asosiy talab haqida eslatib o`tmoqchiman.
O`zbekistondan Koreyaga kelib biznes qilish maqsadi borlar asosan 100million won hozirgi hisobda o`rtacha 75ming dollar atrofida olib kelib investitsya kiritilsa D8 vizasini olib biznes boshlash mumkin.
D8 viza turlari quyidagicha bo`lib:
D-8-1
-Koreya korporatsiyasiga investitsiya qilgan xorijlik
D-8-2
-Venture business investor
D-8-3
-Koreya fuqarosi yuritayotgan individual biznesga xorijlikning sherik sifatida investitsiyasi
D-8-4
-Texnologiya/venture startup asoschilari uchun
Asosan D8-1 vizasini olish uchun harakat qilayotgan investor e`tibor berish kerak jihat bor. Kiritilayotgan investitsya xorijdan olib kelinishi hattoki hozirgi kundagi talabga ko`ra xorijda qanday topilgan pulligi haqida ham so`ramoqda.
Ushbu viza o`tish uchun batafsil ma`lumot uchun: 010-4510-9966
Keumseong Advokaturasi
https://t.me/koreavisalaw