Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

_Koreya_va_Qonun_

koreyaqonun
Adminka : 👩‍🎓 @KoreyavaQonun0070 📝 Viza masalalari va qonuniy maslahatlar 📚 Topik 📕 Kiip 📖 Huquqiy masalalar boyicha maslahat Chat guruh : https://t.me/KoreyavaQonun https://t.me/CHAYXANAGEOJEDOO https://t.me/KojeAzimKebab
Подписчики
7 178
24 часа
-8
30 дней
5
Просмотры
1 424
ER
19,84%
Посты (30д)
23
Символов в посте
1 315
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Маркетинг и продажи
Краткое описание
October 24, 11:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 21, 12:56

🚨
🇺🇿
🇰🇷
JANUBIY KOREYADA 4 OYLIK O‘ZBEKISTONLIK CHAQALOQNING O‘LIMI BILAN BOG‘LIQ VOQEA KATTA BAHSLARGA SABAB BO‘LMOQDA!
🏥
Janubiy Koreyaning
아주대학교병원 (Ajou universiteti shifoxonasi)
bolalar shoshilinch yordam bo‘limida 4 oylik o‘zbekistonlik chaqaloqning vafoti bilan bog‘liq voqea jamoatchilik e’tiborini tortmoqda.
📌
VOQEALAR QANDAY RIVOJLANGAN?
📅
15-iyul, 2026-yil
4 oylik O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan chaqaloqqa Ajou universiteti shifoxonasining bolalar shoshilinch yordam bo‘limida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Xabarlarga ko‘ra, shifokorlar chaqaloqning hayotini saqlab qolish maqsadida bir soat davomida yurak-o‘pka reanimatsiyasi (CPR) o‘tkazgan.
Afsuski, chaqaloq vafot etgan.
💔
👮
Chaqaloqning ota-onasi farzandining o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya va kriminalistik tergov guruhi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga kelgan.
📅
27-avgust, 2026-yil
Chaqaloqning ota-onasi rasmiy shikoyat arizasi (고소) topshirgan.
📅
17-sentabr, 2026-yil
Tergov organlari shifoxonada tintuv o‘tkazish va dalillarni olib qo‘yish uchun sud ruxsatnomasini (영장) olgan.
📅
30-sentabr, 2026-yil
Politsiya Ajou universiteti shifoxonasining bolalar shoshilinch yordam bo‘limida tintuv va dalillarni olib qo‘yish ishlarini amalga oshirgan.
⚠️
ENG KATTA BAHSLARGA SABAB BO‘LGAN HOLAT!
Tintuv o‘tkazilayotgan paytda shoshilinch yordam bo‘limida boshqa og‘ir ahvoldagi bolalar ham davolanayotgan bo‘lgan.
Xususan, 6 oylik chaqaloqda bir soatdan ortiq davom etgan tutqanoq holati kuzatilgani aytilmoqda.
Shifoxonada davolanayotgan koreyalik bolalar va ularning ota-onalari ham tergov jarayonidan bezovta bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan.
Ushbu voqea Koreya ijtimoiy tarmoqlarida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
⚖️
BU VOQEADA IKKI TOMONNING HAM HUQUQLARI MUHIM!
🇺🇿
Bir tomondan, 4 oylik farzandidan ayrilgan o‘zbekistonlik ota-onaning haqiqatni bilishga va adolat talab qilishga to‘liq haqqi bor.
🇰🇷
Ikkinchi tomondan, shifoxonada davolanayotgan boshqa bolalarning hayoti va xavfsizligi ham himoya qilinishi kerak.
💔
Farzandini yo‘qotish har qanday ota-ona uchun eng og‘ir musibatlardan biridir.
Chaqaloqning o‘limiga nima sabab bo‘lgani, tibbiy xatolik bo‘lganmi yoki yo‘qmi — bularning barchasi xolis tergov va tibbiy ekspertiza orqali aniqlanishi kerak.
❗️
Hozircha shifokorlarning aybi isbotlangani haqida tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas.
Har bir bolaning hayoti qadrli! Har bir ota-ona adolat talab qilishga haqli!
https://t.me/KoreyaQonun

October 20, 00:35
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

FRIBGARLARDAN OGOH BO`LING!
So`ngi paytlarda turli telegram gruppalarda instagramlarda shaxsan o`zim guvoh bo`layotgan, G1 qilibberamiz, ishchi viza qilibberamiz, u viza bu viza deb O`zbekiston yoki Koreyadagi kanallarda reklamalar ko`ryapmiz.
Ularni ayrimlari na raqami na profilidan kimligini bilish mumkin bo`lmagan noaniq ishbilarmonlar.
Koreyadan qo`ng`iroq qilib turishardi aka pul olib yo`q bo`lib qolishdi deb lekin O`zbekistondan ham aloqaga chiqishdi. Yuqoridagi jabrlanuvchini holatiga achinib hech bo`lmaganda ogohlantirish e`lonlarini ko`paytirish kerak deb o`yladim.
Eng yomoni yuqoridagi yurtdoshimiz shuncha pulni kredit qilib olib to`laganlar. Bitta hayotni dabdala qilish uchun bitta soxta reklama va soxta viza ham yetarli bo`lmoqda.
Hech bo`lmaganda to`lovni oldindan degan joyida yoki bitta vizaga 1 uyni pulini so`rayotganda azgina izlanib ko`ring. U viza bilan nima qila olaman, qanday viza, berayotgan pulimni ish qilib topa olamanmi, e mayli hech bo`lmasa viza qilishni O`zim gaplashib ko`rganlarim orasida hatto viza turini bilmaydi men bilan med vizani ishlash vizasi deb talashyapti.
Bundan tashqari yana Koreyada o`zini advokat deb tanishtiradigan qatlam ham bor. Ularga addelno to`xtalamiz!
법무법인 (유한) 금성 드림
Huquqiy maslahat hamda amaliy yordam uchun: 01045109966
https://t.me/koreavisalaw

October 19, 08:29

🤰
👶
KOREYADAGI ONAJONLAR VA BO‘LAJAK ONAJONLAR UCHUN MUHIM MA’LUMOT!
🇰🇷
💙
태아보험 — FARZANDINGIZ TUG‘ILMASIDAN OLDIN UNING SOG‘LIG‘INI HIMOYA QILING!
Koreyada farzandingiz uchun homiladorlik davridayoq sug‘urta rasmiylashtirish mumkin.
🏥
1. SHAMOLLASH, GRIPP VA KASALLIKLARNI DAVOLASH
Farzandingiz tug‘ilgandan keyin quyidagi kasalliklar sababli shifoxonaga murojaat qilishingiz mumkin:
✅
감기 — oddiy shamollash
✅
독감 — gripp (influenza)
✅
기관지염 — bronxit
✅
폐렴 — o‘pka yallig‘lanishi
✅
중이염 — quloq yallig‘lanishi
✅
장염 — ichak infeksiyasi
✅
편도염 — bodomcha bezlarining yallig‘lanishi
✅
고열 — yuqori isitma
💊
Shifokor ko‘rigi, tahlillar, dori-darmonlar, ukol va boshqa muolajalar uchun
실손의료보험 (실비)
mavjud bo‘lsa, shartnomaga muvofiq xarajatlarning bir qismi qoplanishi mumkin.
⚠️
Oddiy shamollash yoki gripp uchun har bir 태아보험 avtomatik pul to‘lamaydi. Ambulator davolanish xarajatlarini qoplash uchun tegishli 실비 sug‘urtasi kerak bo‘lishi mumkin.
🏥
2. SHIFOXONADA DAVOLANISH
Farzandingiz kasallik sababli shifoxonaga yotqizilsa, tanlangan kafolatlarga qarab:
✅
입원일당 — shifoxonada yotgan kunlari uchun belgilangan to‘lov
✅
질병입원 — kasallik sababli statsionar davolanish
✅
질병수술비 — kasallik sababli operatsiya
✅
응급실 관련 보장 — shoshilinch yordam uchun tegishli kafolatlar
👶
3. YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLAR UCHUN
✅
Muddatidan oldin tug‘ilish bilan bog‘liq ayrim asoratlar
✅
Kam vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqni davolash
✅
Inkubatorda davolanish
✅
NICU — chaqaloqlar intensiv terapiyasi
✅
Tug‘ma kasalliklar sababli operatsiya
🤱
4. HOMILADOR ONALAR UCHUN
Ayrim maxsus sug‘urta kafolatlari homiladorlik asoratlari, belgilangan kasalliklar va operatsiyalarni ham qamrab olishi mumkin.
💙
삼성생명 — SAMSUNG LIFE SUG‘URTASI
Farzandingiz uchun mos sug‘urta va mavjud kafolatlar haqida maslahat oling!
📞
010-7523-4339
📲
Telegram:
https://t.me/Pohom2026
❤️
Farzandingiz sog‘lig‘i — eng katta boyligingiz!

October 18, 14:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❗️
❕
‼️
KOREYS TILI O‘RGANAYOTGANLAR, SIZ IZLAGAN JAMLANMA SHU YERDA!
TOPIK materiallarini bir joydan, lug‘atlarni boshqa joydan, foydali darslarni esa yana boshqa yerdan izlab yurishdan charchadingizmi?
👀
Unda bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📚
Darslar va foydali materiallar
📝
TOPIK uchun kerakli manbalar
💡
Til o‘rganishga yordam beradigan kanallar
🎯
Maqsadingiz sari yo‘lda asqatadigan resurslar
❕
Diqqat! Post tez orada o‘chiriladi. Hoziroq qo‘shiling va o‘rganishni boshlang!
👉🏻
Kanallarga qo‘shilish uchun ustiga bosing
👈🏻

October 18, 12:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏆
YANA BIR G‘ALABA!
⚖️
🇰🇷
Koreya fuqaroligini berishmadi, sud esa rad javobini bekor qildi!
Koreyalik bilan turmush qurgan, kelajagini Koreyada qurmoqchi bo‘lgan mijozimiz fuqarolik olish uchun hujjat topshirdi.
Ammo kutgan xushxabari o‘rniga RAD JAVOBI keldi…
❌
Nega fuqarolik berilmadi?
Immigratsiya idorasi er-xotin birga yashamagani va oilaviy munosabatlari yetarli darajada davom etmayotganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Shuncha harakatdan keyin bunday javobni olish, albatta, oson emas.
Lekin mijozimiz taslim bo‘lmadi!
⚖️
Mijozimiz 법무법인 금성 advokatlariga murojaat qildi.
Advokatlarimiz ishni o‘rganib, immigratsiyaning rad javobi noto‘g‘ri aniqlangan holatlarga asoslanganini sudda ko‘rsatib berdi.
Sud ham rad etish qarorini qonunga zid deb topdi!
🏆
NATIJA — SUDDA G‘ALABA!
Seul ma’muriy sudi mijozimiz foydasiga qaror chiqardi.
✅
Fuqarolik berishni rad etish haqidagi qaror BEKOR QILINDI!
✅
Sud xarajatlari javobgar tomon zimmasiga yuklatildi.
Shunday qilib, bir paytlar rad javobini olgan mijozimiz uchun fuqarolik masalasini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi.
📌
Bu voqeadan qanday xulosa qilish mumkin?
Koreyada immigratsiyadan rad javobi oldingizmi?
Shoshilib taslim bo‘lmang!
Davlat idoralarining qarorlari ham xato bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, rad etish sababi va qarorning qonuniyligini to‘g‘ri tekshirtirish.
Balki sizda ham sud orqali huquqlaringizni himoya qilish imkoniyati bordir.
RAD JAVOBI — HAR DOIM HAM OXIRGI NUQTA EMAS!
⚖️
법무법인(유) 금성 — KEUMSEONG LAW FIRM
📞
010-4510-9966
📲
Telegram:
@Keumseong_advokaturasi
https://t.me/koreavisalaw

October 15, 08:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

https://t.me/KoreyaQonun

October 13, 23:03

DIQQAT!
VOISE FISHING OGOXLIK !
Endi immigratsiya hodimimiz deb chet elliklar raqamlariga soxta qo`ng`iroqlar bo`lmoqda.
VOISE FISHING!
Turli raqamlar masalan bugun aniqlangani: 031-8035-6851
Shu raqamdan qo`ng`iroq qilib Seoul immigratsiyaga topshirilmagan hujjatiz bor, aniqlik kiritish uchun koreys tili 2 ni bosing kabi fribgarlikka urunish kuzatildi.
Shu kabi operator raqamlari bo`lsa bir yaxshi tafsiyam bor. Avval telni olmang va qo`ng`iroq kelgan raqamni copy qilib qanday tashkilot qanday raqamligini tekshirib qo`ring. Quyida linkini qoldiraman.
https://www.thecall.co.kr
Kirib raqamni tekshirish imkoni bor. Agar spam raqam yoki fribgar arizalari berilgan raqam bo`lsa ko`rinadi.
Yaqinlarni ogoh qilib qo`yamiz!
Fribgarlik qurboni bo`lsangiz sizga huquqiy maslahatga tayyormiz!
법무법인 (유한) 금성 외국인팀
Batafsil: 010-4510-9966

October 13, 06:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 13, 00:47

TALABALARGA ESLATMA!
Janubiy Koreyaga yaqinda kirib kelgan talaba yurtdoshlar diqqatiga muxim mavzu bo`lgani uchun erinmay o`qib chiqishlarini maslahat beraman.
Tabiyki Koreyaga kirib kelgandan keyin o`zini o`zi qoplash rejimiga o`tiladi, uyga yuk tushmasdan o`qish maqsadida ishlashga to`g`ri keladi. Lekin katta maqsad rejalarni birzumda chopishni istamasasangiz, quyidagi extiyot choralarini ko`rgan holda ishlashni maslahat beraman. Sababi immigratsiya talablarni va reydlarni kuchaytirdi.
Koreyada talaba ham qonuniy ishlashi mumkin albatta lekin cheklangan ma`lum vaqt davomida, universitetdan hamda immigratsiyadan ruxsat olgan holda.
U qanday amalga oshiriladi qanday hujjat va nimalar kerak bo`ladi?
U hujjat (시간제취업 허가)deb nomlanadi ya`ni bo`sh vaqtlarda ishlashga ruxsatnoma.
Nimalar kerak talab qanday? Avvalo ish joyingiz og`ir sanoat bo`lmasligi yengil hizmat ko`rsatish servis bo`lishi kerak. Masalan marketlar, oshxona, rastalar, firmalar.
AlbaMoon yoki shu kabi aktiv ish qidirish platformalaridan ish joyizni topasiz va kelishuv qilasiz. Universitetizdan ariza formasiga imzo olasiz.
Immigratsiyaga tashrif buyurib yoki online ariza berish imkoni bor.
신청서(제34호 서식)
여권
거소신고증
근로계약서
유학생시간제취업 확인서
성적 또는 출석증명서(유학생정보시스템에 학적정보 사전입력시 면제)
한국어 능력 증빙서류
사업자등록증 사본
Vaqtlari sizni o`qiyotgan ta`lim dasturizga va topik sertifikatizga qarab belgilanadi.
Masalan haftasiga 10~ soatdan 30~35 soatgacha ruxsat olish mumkin. Bakalavr, Magistr, PHD bo`lsa bemalol 30 soatdan ko`p ishlashga ruxsat olsa bo`ladi.
Aytishinigiz mumkin bu beradigan vaqtga uy pulimni ham topolmayman deb. Lekin men bergan taklif, ham o`qib ham ishlayman deydiganlar, kelajak planlari puxta tuzilganlar uchun.
Menga soqqa kerak holos deganlari bemalol o`z uslubizdan foydalanishiz mumkin. Men shunchaki pochka pochka deport bo`layotgan talabalar ham ko`pligini eslataman.
O`qishlarda rivojlar ~
https://t.me/koreavisalaw