Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

kosontumani_uz
Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Tuman hayotiga oid aniq, xolis va tezkor xabarlarni birinchi bizda kuzating! Sayt: https://gov.uz/uz/koson Korrupsiya haqida xabar bering: @xabaryoz
Подписчики
9 757
24 часа
23
30 дней
-72
Просмотры
3 412
ER
34,97%
Посты (30д)
59
Символов в посте
544
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
November 20, 15:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

ТАЪЗИЯ
Косон тумани бош имоми, марказий «Чоргумбаз» жоме масжиди имом-хатиби Муҳаммадихон домла Мукаррамовнинг вафоти муносабати билан марҳумнинг оила аъзолари, яқинлари ва барча яқинларига Косон тумани ҳокимлиги номидан чуқур ҳамдардлик билдирамиз.
Жаноза намози 21 ноябрь куни соат 13:30 да марказий «Чоргумбаз» жоме масжидида ўқилади.

November 20, 04:53
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

#Jarayon
KOSONDA 20 TA AHOLI PUNKTI ISHONCHLI ELEKTR TA’MINOTI BILAN TA’MINLANADI
Koson tumani markazi hamda unga tutash hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi Koson 110/35/10 kV nimstansiyasida keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan yangilanishlar faqat nimstansiya bilan cheklanib qolmayapti. Uning chiqish tarmoqlari ham bosqichma-bosqich yangilanib, hududdagi 20 ta aholi yashash maskanini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari ham jadal davom etmoqda.
Mazkur jarayonlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali Koson tuman elektr ta’minoti xodimlari faol ishtirok etib, belgilangan vazifalarni amalga oshirishga munosib hissa
qo‘shmoqda
.
Yangilanayotgan har bir tarmoq — barqaror ta’minot sari tashlangan qadam, modernizatsiya qilinayotgan har bir qurilma esa iste’molchilar xonadonidagi yorug‘lik va farovonlik kafolatidir!
Gov.uz
|
Telegram
|
YouTube
|
FB
|
Instagram
|
X

November 19, 12:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Chorvachilikni rivojlantirish, yangi imkoniyatlar va imtiyozlar!
Batafsil videoda tanishing
👆
👉
@Kosontumani_uz

November 19, 12:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Koson tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi mikroo‘rmon barpo etilmoqda Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Chorbog‘ mahallasida yangi mikroo‘rmon tashkil etish ishlari boshlandi. Mazkur tashabbus “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida…

November 19, 12:33
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Koson tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi mikroo‘rmon barpo etilmoqda
Qashqadaryo viloyati Koson tumanining Chorbog‘ mahallasida yangi mikroo‘rmon tashkil etish ishlari boshlandi. Mazkur tashabbus “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Koson tumani hokimligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bugun hududda keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etildi. Unda tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etib, hududga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi.
Kuchli jamoaviy hamjihatlikda o‘tgan tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Kamol Iskandarov, Koson tumani IIB boshlig‘i Farruh Ibragimov hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Koson tumani bo‘limi boshlig‘i Ubaydulla Ochilov ham bevosita ishtirok etib, ko‘chat ekish ishlarida namuna ko‘rsatishdi.
Tashkil etilayotgan ushbu mikroo‘rmon kelgusida mahalla ekologik muhitini yaxshilash va aholi uchun qulay yashil hudud yaratishga xizmat qiladi.
👉🏻
@Kosontumani_uz

November 19, 12:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari Turkiya Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—
Глава нашего государства провел встречу с Вице-президентом Турции Джевдетом Йылмазом.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

November 19, 07:55
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar ijrosi yuzasidan
yigʻilish
oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел
совещание
по ускорению строительства Нового Ташкента и обсуждению хода исполнения задач в рамках общенационального проекта «Яшил макон».
#Mirziyoyev
#yigilish
#YangiToshkent
#Yashilmakon
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

November 19, 06:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔊
Hurmatli Koson tumani fuqarolari va tadbirkorlari diqqatiga!
Аgar sizda,
❗️
transport vositalarini litsenziyalaş;
❗️
yönalishlar tenderlarini ötkaziş;
❗️
yönalişlar faoliyatini tartibga soliş;
❗️
avtovokzal, avtostansiya va bekatlar böyiça masalalar;
❗️
transport va yölovchi taşiş xizmatlarining sifati böyiça muammolarga duç kelayotgan bölsangiz Qaşqadaryo viloyati Transport boşqarmasining navbatdagi sayyor qabuliga taklif etamiz.
🔖
Sayyor qabul joriy yil 20-noyabr kuni soat 10:00da Koson tuman Xalq qabulxonasi binosida bölib ötadi.
Murojaat uçun
👇
☎️
75 227-00-72

November 19, 06:52
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Koson tumanida sayyor sud majlisi va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudi raisi Fozil Yusupov raisligida tuman Madaniyat markazida sayyor sud majlisi hamda huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Sud majlisida probatsiya nazoratida turgan va o‘zining namunali xulqi hamda halol mehnati bilan tuzalish yo‘liga o‘tgan 18 nafar shaxs (Jinoyat kodeksining 73 va 89-moddalariga asosan) jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanishning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Shuningdek, tergov sudyasi Suhrob Rajabov «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilib, qatnashchilarning savollariga javob berdi.
Mazkur tadbir aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, odil sudlovni xalqqa yaqinlashtirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.
👉🏻
@Kosontumani_uz

November 18, 09:39
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

BAYROĞIMIZ — MILLIY ĞURURIMIZ VA IFTIXORIMIZ!
📍
Koson tumanida 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali parad bölib ötdi.
🔹
Unda iştirokçilar qöllarida Vatanimiz bayroğini baland kötarib, yurtimizga bölgan mehr-muhabbat, sadoqat va faxr tuyğularini namoyon etişdi.
🇺🇿
Hilpirayver, ona yurtim bayroği! Sen bor — qalblarda ğurur, yuraklarda Vatanga muhabbat bor!
✅
Kanalimizga a’zo böling!
⤵️
https://t.me/koson_karvon