
Qaraqalpaqstan Respublikası Sport ministrligi
#ǴXQ_da
#Qaraqalpaqstan_tv
#Qol_urısı_sport_túri
__________
#OAV_da
#Qoraqalpog
‘iston_tv
#Qo
‘l_urushi_sport_turi
📱
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
Web-Sayt
#
ǴXQ_da
#Qaraqalpaqstan_tv
#Futzal_sport_túri
______________
#OAV_da
#Qoraqalpog
‘iston_tv
#Futzal_sport_turi
📱
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
Web-Sayt
#
ǴXQ_da
#Qaraqalpaqstan_tv
Qaraqalpaqstanlı voleybolshı qızlar Ózbekstan chempionı boldı
___________________
#OAV_da
#Qoraqalpog
‘iston_tv
Qoraqalpog‘istonlik voleybolchi qizlar O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
📱
Telegram
I
Instagram
I
Facebook
I
Web-Sayt
Prezidentimiz bugun
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari
davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini
ta’kidladi. Shu bois,
sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi
.
Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki
qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar
o‘tkaziladi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti
hamda
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini
ishlab chiqib, tahlillar asosida
reytingni shakllantirish
va
muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish
topshirildi.
Ijro intizomi masalalari
ham ko‘rib chiqildi. Berilgan
har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat
o‘rnatish,
mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish
vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Murojaatlar bilan ishlashda
“mahalla yettiligi”ning mas’uliyati oshiriladi.
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet
ochiladi. Uni yuritishga
yoshlar yetakchisi bilan mahalla raisi
mas’ul bo‘ladi. Ular kelayotgan murojaatlarning sabablarini o‘rganib, kunlik ma’lumotlarni hokimlarga taqdim qilib boradi.
Mutasaddilarga
“Raqamli mahalla” tizimini Prezident Virtual qabulxonasiga to‘liq integratsiya qilish
topshirildi.
Bundan buyon
murojaatlarni asossiz ravishda quyi tizimlarga ko‘rib chiqish uchun yuborgan tashkilot rahbarlariga keskin chora ko‘rilishi
belgilandi.
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jazo ham kuchaytiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Energetika, yo‘l, suv infratuzilmasi
bo‘yicha 2025-yilda yo‘llangan murojaatlar
109 mingdan oshgan.
Ayniqsa,
Asaka, Shahrixon, Izboskan, Pastdarg‘om, Sho‘rchi, Denov, G‘uzor, Qamashi, Dehqonobod, Sharof Rashidov tumanlari,
Samarqand, Namangan, Termiz, Qarshi va Andijon shaharlarida
infratuzilma bo‘yicha murojaatlar ko‘paygan.
Joriy yil ushbu masalalarni hal qilish bo‘yicha
20 trillion so‘m
berilgan. Hokimlar mazkur mablag‘larni, birinchi navbatda,
eng ko‘p shikoyat tushayotgan mahallalarga yo‘naltirsa, odamlar ham rozi bo‘lishi, murojaat ham qisqarishi
qayd etildi.
Mahalla aholisining og‘irini yengil qilishda
“Tashabbusli budjet” dasturi
katta samara berayotgani
ta’kidlandi.
Lekin infratuzilma masalasida
25 mingta ariza kelib tushgan 2 mingta mahalla biror marta “Tashabbusli budjet”da loyiha joylashtirmagan.
Mutasaddilarga
Xalq qabulxonasiga kelgan murojaatlarni tahlil qilib, mazkur mahallalarga loyiha qilishga ko‘maklashganida edi, bu orqali ko‘plab masalalar joyida hal qilish mumkin bo‘lgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda qayd etilganidek,
turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga
bunday
hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat
qilgan.
"
Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma so‘ralgani uchun majbur bo‘lib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?”
– deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.
Adliya vazirligiga ushbu
masalaga sodda yechim ishlab chiqish
topshirildi.
O‘tgan yili
ichki ishlar
vakolatidagi masalalar bo‘yicha
148 mingdan ortiq murojaat
kelib tushgan. Ayniqsa,
ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi
qayd etildi.
Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan
Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga
borib, aholining muammolarini eshitishi,
profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi
shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz yangi tizim qanday ishlashini
Qarshi shahri misolida
tushuntirib berdi.
O‘tgan yili Xalq qabulxonasiga Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan
11 mingta murojaat
tahlil qilindi.
Misol uchun, Qarshi shahridagi
255 nafar odam aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganining sabablari
o‘rganilganda ularning
193 nafari kasb-hunari bor bo‘lgani bilan ishsiz ekani, yana 62 nafari daromadini kamaytirib ko‘rsatayotgani
aniq bo‘ldi.
Bu jarayonda
hokimlik, banklar va hokim yordamchilari, shahar bandlik va MIB bo‘limlari
birgalikda ishlab,
fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qiladi, ishsizlarni hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiradi.
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan aliment to‘lovchilar bilan
uch tomonlama shartnoma tuzib, til va kasbga o‘rgatib, xorijga yuqori daromadli ishlarga yuboradi.
Shahar soliq inspeksiyasi esa Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda
daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini “soyadan” chiqaradi.
Shunda aliment to‘lovchilar qaramog‘ida bo‘lgan
700 ga yaqin bolaning moddiy ta’minoti o‘zgarishi
ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Mamlakatimizda
har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza va shikoyat to‘g‘ri kelayotgani
qayd etildi.
Lekin bu ko‘rsatkich
Toshkent shahrida 535 ta, Navoiy viloyatida 462 ta, Sirdaryo va Surxondaryoda 452 tadan, Jizzaxda 430 ta, Qashqadaryoda 368 ta, Toshkent viloyatida 350 tani
tashkil qilmoqda.
Dehqonobod, Mirobod tumanlari, Navoiy, Ohangaron
va
Yangiyer shaharlarida
har o‘n ming aholiga to‘g‘ri keladigan arizalar soni
boshqa tumanlardan 2 barobar yuqori
ekani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoki murojaatlar soni
respublikada 16 foizga kamaygani
bilan
Qorovulbozor, Nurota, Konimex, Tuproqqal’a tumanlari, Namangan shahrida oldingi yildan 50 foizgacha oshgan.
Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Bo‘stonliq tumanlari, Angren, G‘ozg‘on shahar
hokimlari mahalladagi
4-5 nafar odam bilan “nomiga” gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurgani
tanqid qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X
O‘tgan yili
aliment bilan bog‘liq 70 ming murojaat
kelib tushgan.
Majburiy ijro byurosi aliment bo‘yicha ariza tushsa, undirib berayotgani, lekin
aliment to‘lovchining rasmiy daromadi bo‘lmagani uchun
murojaatlarning
30 foizi hal qilinmasdan qolayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Bu borada hokimlar aliment to‘lovchilarning
qanchasining kasbi bor, lekin ishsiz, qanchasini o‘qitish kerakligini tahlil qilmayotgani,
shundan kelib chiqib,
bandlik bo‘limi va “mahalla yettiligi” oldiga aniq masala qo‘ymayotgani
tanqid qilindi.
Hududlarda ishlarni shu tartibda tashkil qilsa, aliment bo‘yicha murojaatlar 2 karra kamayishi mumkinligi qayd etildi.
Tashkiliy migratsiya asosida
odamlarni o‘qitib, chet eldagi yuqori daromadli ishlarga yuborish
bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin
aliment majburiyati bo‘lgan odamlar bu imkoniyatdan foydalana olmayapti,
chunki fuqaro chetga chiqishi uchun
5 yillik aliment pulini oldindan to‘lashi yoki aliment oluvchidan yozma rozilik olishi
kerak.
Mutasaddilarga
bu masalani chuqur o‘rganib, tegishli taklif kiritish
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X