Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kökdala press | Qaşqadaryo vil. Kökdala tumani hokimligi

kukdala_uz
Kökdala tumani hokimligining rasmiy telegram sahifasi. www.gov.uz/oz/Kokdala youtube.com/@kukdala Instagram.com/kukdala_uz Murojaatlar: @Kukdalauzbot
Подписчики
6 113
24 часа
1
30 дней
26
Просмотры
2 181
ER
35,68%
Посты (30д)
141
Символов в посте
979
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 25, 07:30
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kökdala tumani Xöjaobod mahallasi profilaktika inspektori Xoliqov Maxsud Omandavlat öğli Kökdala tumani Içki işlar bölimining Taşkiliy bölinmasi katta inspektori lavozimiga kötarildi.
Mahalla ahli sobiq profilaktika inspektoriga hurmat va ehtirom körsatib, unga milliy qadriyatlarimiz ramzi bölgan tön kiydirdi hamda yangi lavozimga kuzatib qöydi.
Maxsud Xoliqovga yangi lavozimida muvaffaqiyat va mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
@Kukdala_uz

October 24, 09:31
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Kökdala tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yangi özbek lotin alifbosiga ögiruvçi maxsus bot yaratildi
Kökdala tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan har qanday matnni yangi lotin alifbosiga ögirib beruvçi
ÖzAlifbo
boti yaratildi.
2026-yil 21-oktyabrda Prezident Şavkat Mirziyoyev «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Qonunga özgartiriş kiritiş haqidagi Qonunni imzoladi (ÖRQ–1184-son).
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 7-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 10-sentyabrda ma’qullangan edi.
Şu munosabat bilan işga tuşirilgan yangi bot kirill yoki eski lotin alifbosida yozilgan matnlarni avtomatik ravişda yangi lotin alifbosiga ögirib beradi.
Bundan taşqari, talabalar va pedagoglar uçun Word hamda PDF fayllaridagi matnlarni ham avtomatik ravişda yangi alifboga ögiriş imkoniyati mavjud.
Botdan foydalaniş mutlaqo bepul.
Mazkur bot fuqarolarning yangi alifboga moslaşiş jarayonini osonlaştiriş maqsadida yaratildi.
Botdan foydalaning:
@Uzalifbot
Ko'kdala tumani hokimligi axborot xizmati
✈️
@Otabek_Artikov

October 24, 06:23
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🔖
“AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLAŞ HAFTALIGI” DOIRASIDA TADBIRLAR ÖTKAZILDI
🔰
Favqulodda vaziyatlar vazirligining joriy yilning 19–26-oktabr kunlari Kökdala  tumanıning  aholı va ta'lım Tashkilotlar bilan hamkorlikda “Aholini zilzilaga tayyorlaş haftaligi”ni ötkaziş belgilangan. Kökdala tumanı FVB FVPB inspektorlari tomonidan mazkur haftalik doirasida  1-sonli texnikum öquvchıları ishtirokida zilzila vaqtida töğri harakatlanish, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarning oldini oliş böyicha tuşuntiriş işlari olib borildi.
🖥
Şuningdek, xodimlar bilan zilzila sodir bölganda töğri va tezkor harakat qiliş, xavfsiz hududga çiqiş hamda evakuatsiya tartib-qoidalariga amal qiliş yuzasidan amaliy maşğulotlar ötkazildi.
⚠️
Unutmang: zilzilaga tayyorgarlik — hayot xavfsizligining muhim garovidir!
Kökdala tuman Favqulodda vaziyatlar bölımı
@Kukdala_uz

October 24, 03:41
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
Ko'kdala tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Ochilova tomonidan tuman hokimligida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida 7 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Jumladan, fuqarolar kredit olish, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, uy-joyini ta’mirlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Murojaatlarning 4 tasi joyida ijobiy hal etildi. Xususan, uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha murojaat qilgan fuqaroning xonadoniga borilib, homiylar ko‘magida muammoni hal etish bo‘yicha kelishib olindi.
Sayyor qabul yakunida fuqarolarning muammolarini hamkorlikda va manzilli hal etish, xalq roziligini ta’minlash hamda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

October 23, 08:40
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Koʻkdala tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari siyosiy maʼrifat soati boʻlib oʻtdi..
Siyosiy ma’rifat soati jamiyatimizda sodir bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlar haqida xabardorlikni oshirish, fuqarolarning huquqiy va siyosiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim ma’rifiy tadbirdir.

October 23, 05:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📌
Respublikamizning barça hududlarida aholi iştirokida zilzila bilan boğliq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida joriy yilning
19-26-oktyabr
kunlari “
Aholini zilzilaga tayyorlaş haftaligi
” ötkazilmoqda.
Mamlakatimiz aholisini zilzila vaqtida töğrı harakatlanişga oldindan tayyorlaş, şuningdek, kuçli zilzila bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va oqibatlarini kamaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
❗️
Hurmatli fuqarolar “Aholini zilzilaga tayyorlaş haftaligi”da faol iştirok eting!
Kökdala tuman Favqulodda vaziyatlar bölımı
@Kukdala_uz

October 23, 05:36
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#Ko
‘kdala_tumani
🇺🇿
#Jaholatga_qarshi_ma
’rifat
📚
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
Tumandagi Ma’naviyat maskanida tuman DIQ, DXX, TEQKG tuman targ‘ibot guruhi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ko‘kdala tuman bo‘linmasi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda jaholat, yot g‘oyalar va turli salbiy illatlarning oldini olish, milliy qadriyatlarimizga sadoqatni mustahkamlash, xodimlarning ma’naviy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda ogohlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, yoshlarni turli yot ta’sirlardan asrash va ularni ma’rifat ruhida tarbiyalash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’rifat — jaholatga qarshi eng kuchli quroldir!
https://t.me/kukdalakuzgusi

October 23, 04:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

DIQQAT E‘LON
🔌
Kökdala tumani aholisi diqqatiga
2026-yil 23-oktabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gaça Kökdala tumanining  ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinçalik uzilişlar kuzatilişi mumkin.
⚡️
110/35/10 kV kuçlanişli “Kökdala” podstansiyasida
10 kV kuçlanişli 1va 2 şinalar tizmini navbati bilan ta‘mirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan quyidagi ayrim aholi iste’molçilarning elektr ta’minoti vaqtinça çeklanadi:
Kökdala tumani :
▪️
Xöjaobod
MFY
▪️
Naymansaroy MFY
▪️
Oltin dala MFY
▪️
Oltin boşoq  MFY
▪️
Beglamiş MFY
▪️
Kökdala
MFY
▪️
Ötamayli MFY
▪️
Xarduri MFY
▪️
Baxt MFY
⚙️
Ta'mirlaş işlari yakunlangaç, elektr energiyasi ta’minoti bosqiçma-bosqiç tiklanadi.
🙏
Keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz.

October 22, 16:22

Channel photo updated

October 22, 13:40
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq yigirma to'qqizinchi sessiyasi bugun 2026-yil 22-oktabr kuni soat 14:00 da tuman hokimligining majlislar zalida bo'lib o'tdi. Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari va tuman Kengashi deputatlari, Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi, Ekspert guruhi a'zolari ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiya yig‘ilishida tumanga oid bir qancha masalalar ko‘rib o‘tildi.
Shundan:
✅
Kun tartibidan joy olgan masalalar:
-Ko‘kdala tumanida 2026-yil III-chorak yakuni bo‘yicha qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida Ko‘kdala tuman prokurori axborotini eshitish to‘g‘risida;
-Ko‘kdala tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tumanda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash borasida 2026-yilnning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida
-Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining tumanda jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida 2026-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti to‘g‘risida;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-44-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ko‘kdala tumanidagi xalq qabulxonasining 2026-yil III-choragi davomida Ko‘kdala tumani aholisi tomonidan qilingan murojaatlar holati yuzasidan axboroti to‘g‘risida
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi PF-185-son Farmonining 2026-yil III choragi ijrosi toʻgʻrisida
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har
tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni turmush tarzini yaxshilashga doir qoʻchimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-167-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan
ishlar toʻgʻrisida
-Tumandagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida
-Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish choratadbirlari toʻgʻrisida
-tuman mahalliy budjetining 2026-yil daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Tuman hokimligi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil uchun yakuniy manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida
-Xalq deputatlari Ko‘kdala tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv davomida aniqlangan ayrim masalalar to‘g‘risida
-Ko‘kdala tumanining 2026-yil kuzgi mavsumi uchun “Yashil dasturini” tasdiqlash to‘g‘risida;
-Tuman mahalliy budjetining 2026-yil “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida hamda boshqa masalalar .
Sessiyani quyidagi link orqali tomosha qiling.
👇
https://www.facebook.com/share/v/1DJddAUtQ7/
Bizning ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga obuna bo’ling!
✅
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
Instagram
|
😎
You Tube