Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

KundaLeaks

kundaleaks
Ba'zi faktlar va ba'zida yemagan savollar)) Aloqa uchun : @kunda_leaks_bot
Подписчики
1 100
24 часа
30 дней
Просмотры
2 044
ER
1,86%
Посты (30д)
Символов в посте
642
February 20, 05:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#person
Kaissa
Kaissa - frakiyalik driada,
shaxmat ma'budasi
. Kaissa ilk marta 1527-yilda italyan shoiri Ieronim Vidaning "Scacchia Ludus" she'rida uchraydi. She'rda Apollon va Merkuriyning boshqa ma'budlar ishtirokidagi shaxmat o‘yini tasvirlanadi. Ingliz sharqshunosi Uilyam Jons mazkur g'oyani 1763-yilda yozilgan "Kaissa" yoki "Shaxmat o'yini" she'rida ishlatgan. U.Jons she'rida Urush xudosi Mars Kaissaning chiroyiga mahliyo bo'ladi va faqat shaxmatni ixtiro qilish orqali unga erishadi.
XIX asrdan Kaissa shaxmat ma'budasi va shaxmat muzasi sifatida tilga olinadi.
Hozirda shaxmat dunyosida qaysidir grossmeyster juda yaxshi o‘yin ko‘rsatsa,
unga Kaissaning e'tibori tushdi
, yoki aksincha omadsiz o‘yinlarda
Kaissa undan yuz o‘girmoqda
, iboralari uchrab turadi.
@kundaleaks

February 19, 07:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#didyouknow
Astronavt mushuk
Felisett - oq-qora rabgli mushuk. 1963-yil 18-oktyabrda fransuz O‘quv va ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan kosmosga parvoz qilgan ilk mushuk. Dastlab, kosmik dasturda ishtirok etayotgan mushuklar nomga ega emasdi. Parvozdan so‘ng brotan matbuoti
"astromushuk"
deb nomlaydi. Keyinroq
Felisett
nomi paydo bo‘ladi.
Ba'zi versiyalarga ko‘ra, kosmosga ilk marta
Feliks
nomli mushuk parvoz qilgan. Boshqa versiyalarga ko'ra, Feliks parvozdan oldin laboratoriyadan qochib ketgan va so‘nggi daqiqalarda uning o‘rnini Felisett egallagan. Parvozga tayyorgarlik davomida bir nechta mushuklar bo'lgan va matbuotga berilgan rasm aynan Felisettga tegishli ekani ham fakt emas.
Kosmosga parvoz qilgan ilk hayvon
Layka
nomli it bo‘lgan.
@kundaleaks

February 10, 08:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#itsinteresting
Subway
Butun dunyo savdo markazi qurilishi davrida ishchi-quruvchilar uylaridan o'zlari bilan tushlik olib kelishga majbur bo'lishgan. Chunki 30 daqiqalik tushlik vaqtida pastga tushib chiqishga ulgurish qiyin edi.
Subway franshizasi bu muammoni o'ziga xos tarzda hal qiladi : transport konteyneriga fast-food va boshqa tezkor tayyorlanadigan ovqatlar tizimini o'rnatib, qurilish krani orqali har kuni tushlik vaqtida bino tepasiga ko'tariladi.
Shu tarzda Subway Butun dunyo savdo markazi qurilshida yetarlicha hissa qo'shgan.
Konteynerdagi Subway 2012-yilda yopilgan.
@kundaleaks

February 03, 09:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#itsinteresting
Kim Ir Sen va Milan Fars
2015-yilda Sloveniyaning
"Laibach"
guruhi KXDR poytaxti Pxenyanda konsert bergan.
Konsert tashkil etilishiga asosiy sababchilardan biri KXDRda bir necha marta bo‘lishga ulgurgan rejissyor
Mortin Trovik
edi. Trovik KXDR hukumatiga "Laibach"ning
totalitar
hamda
fashist
guruhligi va xuddi KXDR kabi g‘arb uchun tushunarsiz ekanini aytadi. Shundan so‘ng KXDR konsertga ruxsat beradi.
KXDR hukumati qo‘shiqni guruhning solisti
Milan Fars
aytmasligini so‘ragan. Buning sababi Milanning ovozi KXDR 1-prezidenti
Kim Ir Sen
ovoziga juda o‘xshab ketardi. Lekin muzokaralardan so‘ng Milanga konsertda ishtirok etishga ruxsat berishadi.
Shunday qilib "Laibach" KXDRda konsert bergan ilk g‘arb guruhi bo‘lgan.
@kundaleaks

January 29, 07:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#didyouknow
Tutqich bermas Rembo
2019-yilda Avstraliyaning Pilliga qo‘riqxonasida yo‘qolib ketayotgan hayvonlarni asrab qolish maqsadida yirtqichlardan tozalash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda qo‘riqxonada 6 yovvoyi mushuk va 5 tulki tutiladi. 6-tulki ayyor bo‘lib chiqadi: deyarli 4 yil davomida u 10 400 ta qopqon, 3 500 zaharlangan yemak, o‘rgatilgan itlar, aerotasvir va dronlar ta'qiblari hamda ov miltiqlariga chap berishga muvaffaq bo‘ladi. Aynan shu tufayli unga 1982-yilgi
"Rembo: Birinchi qon"
filmi qahramoni sharafiga
Rembo
nomi beriladi.
Zoologlar fikriga ko‘ra,
Rembo
2018-yilda tug‘ilgan. Onasi va aka-ukalari qopqon va boshqalar yordamida tutilib halok bo‘lganidan so‘ng, Rembo hech qanday tutqichlarga tushmagan.
9-oktyabr 2022-yildan so‘ng u fotokameralarga ham tushmay qo‘ygan. Taxminlarga ko‘ra, daryo qirg‘oqlari atroflarida yuzaga kelgan toshqin Remboning o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
@kundaleaks

January 27, 08:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#itsinteresting
"To‘y qachon?"
Rassom
Pol Gogen
1891-yilda sivilizatsiya qadami yetmagan
"Edem bog‘i"
ni topish niyatida Taitiga keladi. Bu yerda u
Texaamana
ismli qizga uylanadi. Taiti aholisi uchun oq tanlilar bilan turmush qurish katta sharaf bo'lgan. Texaamana Gogenning juda ko‘plab kartinalari uchun model bo‘lgan.
"To‘y qachon?"
kartinasi 1892-yilda chizilgan.
Kartina yarim asr davomida
Rudolf Shtexlin
oilasiga tegishli bo‘lgan. 2015-yilda Qatar muzeyiga
300 mln dollar
ga sotilgan.
@kundaleaks

January 26, 05:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#itsinteresting
Google Earth ajdodi
1908-yilda doktor
Yuliy Noybronner
kichik fotokamera uchun patent oladi. Bu kamera kabutarga o‘rnatilib, suratga oladigan avtomatik taymerga ega edi. Bu ixtiro unga 1909-1911-yillarda Drezden, Frankfurt va Parijdagi ko‘rgazmalarda mashhurlik olib keladi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlarida fotokamerali kabutarlar razvedka sifatida keng qo‘llanilgan. Aynan shu ixtiro keyinchalik aerofoto g'oyasi paydo bo'lishiga va keyinchalik
Google Earth
yaratilishiga sabab bo‘lgan.
@kundaleaks

January 25, 11:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#terms
Mariya-Antuanetta sindromi
Juda kam uchraydigan holat. Bunda insonning sochlari bir kechada butunlay oqarib ketadi. Mazkur holatga insondagi ekstremal stress sabab bo'lishi mumkin.
Versiyalarga ko‘ra, Fransiya qirolichasi
Mariya-Antuanetta
gilotenada o‘limga hukm qilingandan so‘ng, bir kechada sochlari butkul oqarib ketgan.
Shuningdek, analog holat yozuvchi va yurist
Tomas Mor
bilan ham sodir bo‘lgan (Genrix VIII tomonidan o‘limga hukm qilingan).
@kundaleaks

January 24, 07:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#itsinteresting
Nega Bermud orollari bayrog‘ida baxtsiz hodisa tasvrilangan?
Ko‘pchilik dengiz orti mamlakatlari bayroqlarida asosan ko‘k rangni ko‘rishimiz mumkin. Lekin Bermud orollari bayrog‘i qizil rangli ingliz savdo bayrog‘ini o‘z ichiga olgan.
Sher ko‘tarib turgan qalqonda 1609-yilda Bermud qirg‘oqlarida halokatga uchragan Virjiniya kompaniyasiga tegishli "Sea Ventrue" fregati
ni ko‘rishimiz mumkin.
Kemaning barcha passajirlari omon qolishgan va Bermud orollarida yashab qolishgan.
Demak, qulayotgan kemaning passajirlari bu ilk Bermud orollari aholisi.
@kundaleaks

January 19, 06:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#person
Sonya Oruell
(Sonya Meri Braunell,
1918-1980) - mashhur yozuvchi
Jorj Oruell
ning ikkinchi xotini.
Sonya Oruell Britaniya Tashqi ishlar vazirligining propaganda bo‘limida ishlagan. Aynan uning sa'y-harakatlari bilan Oruellning
"1984"
va
"Molxona"
asarlari dunyoga mashhur bo'lgan.
Jorj Oruell vafotidan so‘ng, Sonya "Molxona" asarini ekranizatsiya qilish huquqini sotgan. Natijada
"Molxona"
Buyuk Britaniyada suratga olingan ilk animatsion film bo'lgan.
Sonya "1984" asaridagi
Juliya
uchun model bo'lgan deb hisoblanadi.
@kundaleaks