
MATBUOT XIZMATI • TONG.UZ ®
🦋
Samarqand media-transformatsiya markazida: ilk kunning shiddati va yangi istiqbollar
✅
Boqiy shaharning zamonaviy qiyofasi faqat me’morchilikda emas, balki axborot makonida ham yangilanmoqda!
➡️
Samarqandda Media haftalikning birinchi kuni mutlaqo o‘zgacha kayfiyat va yuqori energiya bilan start oldi. Ilk kunning o‘zidayoq auditoriyaning qamrovi va ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi media salohiyatini namoyish etdi.
➡️
Auditoriyalarda viloyatning yetakchi jurnalistlari bilan bir qatorda, axborot maydonining yangi to‘lqini – kreativ blogerlar va vaynerlar jam bo‘lishdi. Avlodlar o‘rtasidagi ijodiy muloqot ilk daqiqalardanoq nazariy ma’ruzalardan qizg‘in munozaralar va amaliy keyslar tahliliga ko‘chdi.
Haftalikning ilk kuni bir haqiqatni tasdiqladi: Samarqand media vakillari nafaqat voqealarni yoritishga, balki yangi axborot kun tartibini yaratishga tayyor!
❗️
Jarayon davom etmoqda. Samarqanddan uzoqlashmang, oldinda hali eng qiziq mahorat darslari kutmoqda!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”DA TIBBIYOT XODIMLARI 3-O‘RINNI EGALLADI
Kattaqo‘rg‘on shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarida faol ishtirok etdilar.
🏆
Musobaqalar davomida Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot xodimlari quyidagi sport turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar:
⚽️
futbol,
🏓
stol tennisi,
♟
shaxmat,
🔳
shashka.
🎁
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu natija tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi axborot xizmati.
Агар келажакда бир кун «кошки эди» деб қолишни истамасанг, уч нарсани тўғри танла! Рафиқангни, ишингни, дўстингни.
Юнус Эмре
9 май байрами муносабати билан кетма-кет 3 кун дам олинади
Бу йил 9 май шанба кунига тўғри келгани сабабли, дам олиш куни душанба, 11 май кунига кўчирилади.
Дам олиш кунлари:
9 май — байрам куни;
10 май — дам олиш куни;
11 май — қўшимча дам олиш куни.
Ҳафтасига 6 кун ишлайдиган ходимлар учун икки кунлик (9 ва 10 май) дам олиш белгиланган.
✅
@Zarnews_uz
MAS’ULLARGA VAZIFALAR BELGILANDI
📍
Bugun shahar hokimligi binosida shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅
Yig‘ilishda mahallalaridagi yettilik a’zolarining yo‘nalishlar kesimida ishlarni qay darajada tashkil etilganligini tahlil qilish yuzasidan ishchi guruh a'zolariga va mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
✔️
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Web-sayt
🦋
Samarqandda Media haftalik boshlandi
👍
Loyihaning beshinchi hududi bo‘lgan Samarqandda tadbir a’lo kayfiyatda start oldi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bugun OAV va media vakillari uchun muhokamalar markaziga aylangan.
❗️
Hududlararo muloqot orqali ovozasi respublika miqyosiga chiqqan ushbu yirik media loyihada ishtirokchilar endi fikr va takliflarini "charxlab" kelishgan. Bu yerda chekinish yo‘q – muammolarga ham, bahsli masalalarga ham aynan shu maydonda javob topish kerak.
📢
Media ekspertlar chaqiriq bermoqda. Samarqandlik ishtirokchilar esa unga qanday javob qaytaradi? Kuzatib boramiz.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Самарқандда “Медиа ҳафталик” бошланди
Республика бўйлаб ўтказиб келинаётган “Медиа ҳафталик” тадбирлари шу йилнинг 27 апрелидан 1 май кунига қадар Самарқандда бўлиб ўтади.
Бугун Самарқанд давлат архитектура-қурилиш университетида старт олган ҳафталик очилишида вилоят ҳокимининг ўринбосари Ҳусан Тўхтаев иштирок этиб, медиа ҳафталик ишига омад тилади.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази, Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси, Ёшлар ишлари агентлиги ташаббуси билан ва вилоят ҳокимлиги ҳамкорлигида ўтказилаётган мазкур лойиҳа беш кун давом этади.
Машғулотларда вилоятда фаолият юритаётган журналист ва блогерлар, газета ва журналлар ҳамда ахборот хизмати раҳбарлари учун малакали экспертлар томонидан семинар-тренингларда замонавий медиа оламининг долзарб йўналишлари ҳақида билимлар бериляпти.
✅
@Zarnews_uz
ДОНОЛАР БИЛИБ АЙТАДИ
Доимо меҳнат қилинг.
Доимо севинг.
Одамлардан миннатдорлик кутманг ва агар улар сизга раҳмат айтмаса, хафа бўлманг.
Нафрат ўрнига насиҳат, жирканиш ўрнига табассум қилинг.
…Фақат йиқилганларни кўтариш учун эгилинг.
Ҳар доим кибрдан кўра кўпроқ ақлга эга бўлишга ҳаракат қилинг.
Ҳар оқшом ўзингиздан сўранг: бугун қандай яхшилик қилдингиз?
ЭПИКУР.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Web-sayt
Тасаввуфда биринчи дарс - бошқани ранжитмасликдир.
Охирги дарс эса - ранжимасликдир!
Агар ҳали ҳам хафа бўлаётган бўлсанг, демак, қалб уйингнинг ғиштлари ҳали мустаҳкамланмаган...
Агар ҳали ҳам айблаётган (танқид қилаётган) бўлсанг, бу сенинг фикрларинг етарлича аниқ эмаслигини англатади.
Агар сен ҳали ҳам "МЕН" дийишдан воз кечаолмаётган бўлсанг, бу шуни англатадики, жиловинг ҳалиям нафсингнинг қўлида ва сен ундан воз кеча олмайсан. Ва агар сен ҳали ҳам шикоят қилаётган бўлсанг, бу - сен ҳали ҳам ҳақиқатни кўраолмаётганингни англатади.
Шамс Табризий
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Web-sayt
Kattaqo'rg'on shahar 16-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-"A"sinf o'quvchisi Jo'rayeva Shahinaning Muhammad Yusuf tavalludiga bag'ishlangan "Eng yaxshi she'rlar ijrochisi"tanlovi uchun yod aytgan she'ri.
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Web-sayt