Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Kursiv Özbekiston

kursivmediauz
Özbekiston va jahon yangiliklari 🌍 Rus, özbek va ingliz tillarida 🔗 Sayt: https://uz.kursiv.media/uz/ 🇷🇺 RU: @kursiv_uz_ru 🇺🇿 UZ (kiril): @kursivuz 🇬🇧 EN: @kursivuzeng 📩 Reklama: @kursivuzz
Подписчики
6 680
24 часа
47
30 дней
4 132
Просмотры
722
ER
10,81%
Посты (30д)
421
Символов в посте
541
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 28, 16:57
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Özbekistonda soğliqni saqlaş sohasiga 2,7 mlrd dollar ajratiladi
Prezident
Şavkat Mirziyoyev
soğliqni saqlaş sohasidagi umumiy qiymati 2,7 mlrd dollar bölgan 35 ta investitsiya loyihasining amalga oşirilişi bilan tanişdi. Loyihalar yangi şifoxonalar quriş, ixtisoslaşgan tibbiyot markazlarini taşkil etiş va mavjud muassasalarni modernizatsiya qilişni qamrab oladi.
Taqdimotda Milliy onkologiya markazi, Respublika nevrologiya va insult markazi, Toşkent viloyatida kattalar uçun köp tarmoqli tibbiyot markazi hamda Qaşqadaryoda yangi şifoxonalar quriş rejalari körib çiqildi.
@kursivuz

October 28, 15:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Taniqli jurnalist Ozod Hamidxöjayev vafot etdi
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi taniqli jurnalist, «Özbekiston 24» telekanali şarhlovçisi
Ozod Hamidxöjayev
vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga
hamdardlik bildirdi
.
Uyuşma ma’lumotiga köra, Ozod Hamidxöjayev köp yillik jurnalistik faoliyati, «Tahlilnoma» körsatuvi hamda «Axborot» informatsion dasturidagi mehnati bilan hamkasblari va tomoşabinlar hurmatini qozongan.
@kursivuz

October 28, 14:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🗿
Kursiv Uzbekistan takomillaşgan özbek lotin alifbosiga ötdi
Kursiv Uzbekistan nashrining lotin yozuvidagi barcha sahifalarida takomillaşgan özbek lotin alifbosidan foydalanish
boşlandi
.
Endilikda sayt materiallarida O‘/o‘, G‘/g‘, Sh/sh va Ch/ch örniga Ö/ö, Ğ/ğ, Ş/ş va Ç/ç harflari qöllanmoqda.
📌
Obuna bo‘ling:
@kursivuz

October 28, 13:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💸
Uzcard va Humo kartalari tez orada Apple Pay’ga ulanadi
Özbekistonda mahalliy tölov tizimlari – Uzcard va Humo kartalarini Apple Pay xizmatiga ulaş böyiça işlar davom etmoqda. Markaziy bank bu imkoniyat yaqin vaqt içida taqdim etilişini
ma’lum qildi
.
Apple Pay Özbekistonda 27-oktabrdan rasman işga tuşirilgan. Hozirça xizmatga ayrim banklar çiqargan Visa va Mastercard kartalarini ulaş mumkin.
@kursivuz

October 28, 12:45
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💵
Dollar «parvoz qilmoqda». 29-oktabr uchun valyutalar kursi
Valyuta birjasida bölib ötgan savdolar natijasiga köra, dollar, yevro hamda rubl kursi oşdi.
🇺🇸
1 USD — 12 004,02 (+85,04)
🇪🇺
1 EUR — 13 361,67 (+77,97)
🇷🇺
1 RUB — 148,80 (+0,76)
#valyuta
#dollar
📌
Obuna bo‘ling:
@kursivuz

October 28, 11:32
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💰
Talabalar ijara tölovining 50 foizini qanday qaytarib olişi mumkin?
Davlat oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi bölimda öqiydigan va yotoqxona bilan ta’minlanmagan talabalar ijara tölovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qaytarib olişlari mumkin.
❓
Kimlarga va qança pul qoplab beriladi?
▪️
Faqat davlat OTMlarining kunduzgi şaklida öqiydigan talabalarga;
▪️
Ijara tölovining 50 foizi qaytariladi, ammo miqdor belgilangan me’yordan oşmasligi kerak;
▪️
Toşkent şahrida — bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 1 baravarigaça (440 ming sömgaça);
▪️
Boşqa hududlarda — BHMning 0,5 baravarigaça (220 ming sömgaça).
Qanday qaytarib olinadi?
1️⃣
Ijara şartnomasini rasmiylaştiring
Uy egasi bilan tuzilgan şartnoma soliq organlarida hisobga olingan bölişi kerak. Ijaraga beruvçidan buning uçun soliq undirilmaydi. Bitta uyda bir neçta talaba yaşasa, şartnomada barçaning ismi körsatilişi şart.
2️⃣
Onlayn ariza yuboring
Har oyning 7-sanasiga qadar
my.gov.uz
portali yoki Oliy ta’lim vazirligining
kontrakt.edu.uz
elektron platformasi orqali ariza topşiriladi.
3️⃣
Kompensatsiyani qabul qilib oling
Arizalar OTM komissiyasi tomonidan örganib çiqiladi va ma’qullangaç, pul töğridan töğri talabaning bank kartasiga tuşirib beriladi.
Masalan, Toşkent şahrida öqiydigan talaba oyiga 1 mln sömga uy ijaraga olgan bölsa, davlat şuning 50 foizini qoplaydi. Ammo bu 500 ming söm emas, balki yuqori çegara bölgan BHMning 1 baravari — amalda
440 ming sömni
taşkil etadi.
⏳
Muddat:
Ijara pulining bir qismi öquv yili davomida tölab boriladi.
📌
Postni yöqotib qöymaslik uçun «Saqlab qöying» va yaqinlaringizga ulaşing!
@kursivuz

October 28, 10:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇪🇸
Real Mbappe sabab Xitoy xalqidan uzr söradi
Madridning «Real» futbol klubi hujumçi
Kilyan Mbappe
ning bahsli sözlari ortidan Xitoy xalqidan rasman
uzr sö‘radi
.
Mojaro fransiyalik futbolçining öz tasviri Xitoyning sobiq rahbari
Mao Szedun
surati bilan birlaştirilgan mem haqidagi fikrlaridan keyin yuzaga kelgan.
Mbappe memni izohlar ekan, Mao Szedunni xitoylik diktator deb atagan.
@kursivuz

October 28, 09:27
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌨
Yomğir qorga aylanişi mumkin: noyabr ob-havosi qanday böladi
2026-yil noyabr oyida Özbekistonda havo harorati asosan iqlim me’yori atrofida, ayrim hududlarda esa me’yordan 1–1,5 darajaga yuqori bölişi kutilmoqda.
Oy davomida iliq kunlar sovuq havo oqimlari bilan almaşib turişi, ayrim paytlarda yomğir qorga
aylanişi mumkin
.
@kursivuz

October 28, 08:35
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 28, 07:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📈
Özbekistonda örtaça oylik iş haqi 7,27 million sömni taşkil etdi
Özbekistonda 2026-yilning yanvar – sentabr oylarida örtaça oylik nominal iş haqi
7 mln 274,1 ming sömga
yetdi. Bu ötgan yilning mos davridagiga nisbatan 18 foizga köp. Şu bilan birga, ilk bor e’lon qilingan mediana iş haqi 4 mln 166,3 ming sömni
taşkil etdi
.
Hududlar orasida eng yuqori örtaça oylik iş haqi Toşkent şahrida qayd etildi –
12 mln 300,8 ming söm
. Bu körsatkiç bir yil içida 18,3 foizga ösgan.
@kursivuz