
Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi
🎶
FAYZLI KUN
🎶
Ijod va san’atga boy uchrashuv
✅
Qashqadaryo TV telekanalining “Fayzli kun” musiqiy-dam olish dasturida Koson tumani 24-son Bolalar musiqa va san’at maktabining Tasviriy san’at o‘qituvchisi Jovliyeva Munisa hamda Dutor sinfi o‘qituvchisi Jo‘rayeva Dilorom o‘zlarining iqtidorli o‘quvchilari bilan ishtirok etdilar.
👍
Dastur davomida o‘quvchilar o‘zlarining iste’dod va mahoratlarini namoyon etib, san’atga bo‘lgan mehrlarini yorqin ijrolari orqali namoyish etdilar.
#Teatr
⚡️
Yurtimizdagi teatrlarning 12 - sentyabr, shanba
kungi
repertuari bilan tanishing.
👉
Batafsil
:
https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/215797
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
|
YouTube
|
Mediabank
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi.
—
Глава нашего государства осмотрел ход строительства Национального музея Узбекистана.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
«Istiqlol va yoshlik uyg‘unlashgan sahna»
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Qarshi davlat universiteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.
Bayram dasturi davomida sahnada yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va bugungi taraqqiyotini aks ettiruvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tarix zarvaraqlarida munosib iz qoldirgan buyuk ajdodlarimiz va tarixiy shaxslar obrazlari sahnaviy talqinda yoritilib, ularning hayoti va jasorati tomoshabinlarga ta’sirchan tarzda yetkazildi.
Konsert dasturidan Vatan va istiqlolni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, jozibali raqslar hamda sahnaviy kompozitsiyalar o‘rin oldi. Teatr ijodkorlarining musiqiy va badiiy chiqishlari talabalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbirning yana bir o‘ziga xos jihati — talabalarning konsert dasturiga faol qo‘shilib, jarayon davomida raqsga tushib, bayramona muhitni yanada jonlantirgani bo‘ldi. Sahnadagi jo‘shqin musiqa va raqslar zaldagi yoshlarning ko‘tarinki kayfiyati bilan uyg‘unlashib, tadbirni haqiqiy bayram shodiyonasiga aylantirdi.
Milliy ruh, tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan teatrlashtirilgan konsert dasturi talabalarga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi.
Shu tariqa, Mustaqilligimizning 35 yilligi va Bilimlar kuniga bag‘ishlangan tadbir yoshlik shijoati, san’at va bayramona kayfiyat uyg‘unligida o‘tdi.
QASHQADARYO AXBOROTI | Qarshi shahrida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
#10sentabr
📣
Diqqat, diqqat!
⚡️
Hurmatli davlat xizmatchisi, Siz uchun bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi
"Siyosiy-ma’rifat soati"
taqdim qilindi.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
✨
Yangi ish kuningiz samarali o‘tsin!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
|
YouTube
|
Mediabank
Shahrisabz, Ucell Music Fest’ni qarshi ol!
13-sentyabr
kuni “
Ucell Music Fest”
shahrimizni musiqa, yorqin chiqishlar va bayramona kayfiyatga to‘ldiradi!
Bir sahnada
Benom guruhi
,
Shahriyor Rep
,
Shohruh Ergashev
,
Fazliddin Abduvohidov
,
Saidahmad Umarov
,
Bobur Ikromov
va
DJ Say Mee
o‘z chiqishlarini namoyish etadilar. Kecha boshlovchisi —
Oybek Teshaboyev
.
Oqsaroy saroyi yonidagi amfiteatrda
uchrashamiz. Boshlanish vaqti
— 19:00
.
Butun oilangiz bilan tashrif buyuring va Ucell’ning
30 yilligiga
bag‘ishlangan katta musiqa bayramining bir qismiga aylaning!
Kirish bepul.
#Malaka_oshirish
⚡️
Madaniyat sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari oshirilmoqda
👉
Batafsil:
https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/217570
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
|
YouTube
|
Mediabank