
Mahin's World
Milan Kunderadan 3 ta kitob. Shu seriyani yig’yapman.
@mahinsworld
Nuralining Jahon adabiyoti jurnalidagi premyerasi. Ko’p-ko’p tarjimalar qilsin, davomli bo’lsin deymiz… olib o’qing tez
@mahinsworld
Nuralining sovg’asi. Bu kitob wishlistimda 1 yildan beri bor edi. O’ta qiziq annotatsiyasi
@mahinsworld
Dildoraning sovg’asi
🤍
. Bu kitobni qanchalar xohlaganimni so’z bilan tariflay olmayman
@mahinsworld
Yangi kitoblarimni birma-bir joylayman. Ketib qolmang
2026-yil Nobel mukofoti sovrindorining kitobi
@mahinsworld
Bu kuz pushtini qalbimga yana bir bor kiritdi
🤍
@mahinsworld
#book_review
Mo Yan ijodi bilan “Musallas mamlakati”da tanishganman. Asar og’irlik qilgan. Mo Yan ijodi bilan tanishlar yaxshi bilishadi, mutolaa oson kechmaydi. Lekin hozir boshqa ijodi haqida aytib bermoqchiman.
“Qurbaqa”. Xalqning ko’p farzandli bo’lishga intilishi. O’g’il uchun to’xtovsiz ayolini homilador qilish. O’g’il qiz farzanddan ustunligi.
Xitoyda tug’ilish foizi oshganidan keyin hukumat yagona yechim topadi. Rejali tug’ilish. Davlat ishida ishlaydigan fuqaro 1 ta farzandli, dehqon esa 2 ta farzandli bo’lishi mumkin. Unda ham 1 va 2-farzandi orasida katta yillar kesimi bo’lishi shart. Bu yechim xalqga tabiiyki yoqmaydi. Ayniqsa… o’g’il farzand uchun yonadiganlarga. Oh shu darajada kitob og’ir bo’ldiki.
Bir tomonga qarasam inson o’zi qancha farzandli bo’lish qarorini chiqarishga 1000000% haqli. Boshqa tomonga qarasam o’g’il tug’ilsin deya qayta-qayta qiz tug’ayotgan ayol va qiz ekaniga mung’aygan qizlar.
Boshqa tomonga qarasam qaqshatqich siyosat. Shafqatsiz hukumat. Norasida ayollar taqdiri. O’limlar. Boshimni qayerga urishni bilmay o’qidim. O’qidim. Yig’ladim. Muzladim. Davom ettirdim. Avvaliga ko’p yozaman bu kitob haqida dedim. Keyin yoza olmadim. Nimani yozaman? Xalqning qiynalganimi? Bosh qahramon ayolning farzandi bo’lmagani va nomigagina turmush qurganimi? Yoki qurbaqa zavod deya surogatlik bilan shug’ullana boshlashganimi?
Aytolmayman. O’qishingiz kerak. Tez
@mahinsworld
Qalbimda hanuz “Gossip girl”ni entikib ko’radigan o’smir qiz yashaydi
Qalbimda hanuz “Gossip girl”ni entikib ko’radigan o’smir qiz yashaydi