
Malika Tavfiq Sheʼriyati
* * *
Şunçalar joningga tekkan edimmi,
Şunçalar qiyinmi edi iltifot.
Qaysi zamonlarda telba oşiqqa,
Yorning bir nigohi bölgan mukofot.
Şunçalar qimmatmi edi bitta söz,
Bir bora hol söraş kim oşdi savdo.
Hammaga mehrni ulaşgan zamon,
Senga bu neʼmatni bermabdi Xudo.
Şunça balandmidi sening dimoğing,
Dunyo narvonlarin qöysam yetmadi.
Menda nima gunoh, toşböron qilib,
Quvsam ham hayoling sira ketmadi.
Şunçalar azobmi edi muxabbat,
Qaysi gunohimning jazosi bölding.
Seni deb kimlardir jondan keçar payt,
Sen boşqa birovning adosi bölding.
Şunçalar uzunmi umidning umri,
Şunça uzilmasmi ilinj degani.
Hali qança Kumuş kelar dunyoga,
Zaynablar qölidan zaxar yegani.
Şunçalar muşkulmi bir hol söramoq.
Senga rahm bersa Tangrim netardi.
Bitta kulib qarab qöygan zahoting,
Sahroi Kabr ham gullab ketardi.
Şunçalar qiyinmi edi iltifot...
✍🏻
Malika Tavfiq
Fudbol ko'ramizmi...? yoki Barselonaga ishongan holda uxlavoramizmi
😂
Qani reaksiya
Har kunim ming yilga tenglashdi, ammo,
Dodimni shamollar tinglashdi, ammo,
Umidim hajringla bellashdi, ammo,
Senga oson bo‘ldi meni unutmoq...
Vujudim Quyoshni yondirdi kuyib,
Ko‘z yoshim ichdilar daryolar to‘yib,
Sen esa barini bir chetga qo‘yib,
Senga oson bo‘ldi meni unutmoq...
Turnalar har bahor qaytdilar takror,
Qish degan vatanin unutmadi qor,
Darak ham bermayin loaqal bir bor,
Senga oson bo‘ldi meni unutmoq...
Yillarga bo‘lishdim sabrim, qarorim,
Yo‘linga sochildi g‘ururim, orim,
Goho malol bo‘lib dunyoda borim,
Senga oson bo‘ldi meni unutmoq...
Har so‘zing qo‘shiqdek yodimda hamon,
Sog‘inching yashashga bermaydi imkon,
Bir kuni tanamni unutgandek jon,
Senga oson bo‘ldi meni unutmoq...
✍🏻
Malika Tavfiq
Chiroyingdan oy xijolat agar bilsang
Kimdan o'tgan buncha husn nafosatlar
Nma qilsang yarashardi lekin bugun
Senga hech ham yarashmadi xiyonatlar
✍🏻
Xuwnud
𝑲𝒆𝒄𝒉𝒂 𝒂𝒚𝒕𝒈𝒂𝒏𝒊𝒎𝒊𝒛𝒅𝒆𝒌, 𝒆𝒓𝒕𝒂𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎𝒎𝒂𝒔𝒊 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒃𝒐'𝒍𝒂𝒅𝒊...
Mendan ketishlaring borimni oldi,
Zolim sogʻinchlaring qayrayapdi tish.
Men uchun ishonsang bitta ish qoldi,
Sendan kecholmagan yurakdan kechish.
Boshqa hammasiga koʻrdim urinib,
Qoʻlimdan keladi deya ishondim.
Bilsayding sen uchun nelarga koʻnib,
Sen uchun nelardan mutlaqo tondim.
Kunlar ham, yillar ham boshini egib,
Yengilgan yov kabi taslim oʻtarlar.
Har yoding oʻq kabi koʻksimga tegib,
Soʻngra natijasin intiq kutarlar.
Ammo azoblarga hali yoʻq yakun,
Tirikman, omonman, qaddim tik hamon,
Bilmadim, qaysi bir gunohim uchun,
Meni asrayapdi qodir Xudojon.
Xullas, ketishlaring borimni oldi,
Yana sogʻinchlaring qayrayapdi tish.
Men uchun ishonsang bitta ish qoldi,
Sendan kecholmagan yurakdan kechish!
✍🏻
Malika Tavfiq
Yaxshi bo’ldi- sendan ayrildim,
Ketmog’im uchun topib berding yo’l.
Bu dunyoda seni topdim deb,
Yo’qotibman o’zimni butkul.
Yaxshi bo’ldi, yechildi bugun,
Oyog’imdan bu zanjir, bu g’ul.
Ikki dunyo seni shohim deb,
Qul qilibman o’zimni butkul.
Yaxshi bo’ldi, yomon bo’lsa ham,
Yuragimni ezsa ham darding.
Men aqlini topgan telbaday,
Poylaringdan boshim ko’tardim.
Kechir, ozor berib mehrim-la,
Zeriktirdim men-sodda, men- go’l.
Bu dunyoda seni borsan deb,
Boshqalardan kechibman butkul.
Xudoyimning jazosi qutlug’
Sendan ketdim, ey qahrli gul.
Shukr, shukr…Seni yod etib,
Unutibman Xudoni butkul.
Shuning chun ham omon bo’l endi,
Men bariga silkib qo’ydim qo’l.
Angladimki, seni yo’qotsam,
Xudoyimni topaman butkul.
Endi xayr, endi alvido.!
Bari ro’yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig’maganimday,
Yuragimga sig’masman butkul.
Men mehrmand, telba go’dakday,
Ko’z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi… seni topganim,
Yaxshi bo’ldi-sendan ayrildim.
✍🏻
Malika Tavfiq
https://t.me/Malika_Salimova_sheriyati/34494
https://t.me/Malika_Salimova_sheriyati/34494