Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Manipulatsiya & Psixologiya

manipulatsiyatexnikalar
🧠 Psixologiya 😵 Manipulatsiya 🧍 Tana tili 👁️ Profayling 🧒 Fiziognomika You tube kanalimiz 👇 https://youtube.com/@psixologiya_1?si=LuitNnBrBTqLwQn- Reklama: @psixolog_00000
Подписчики
1 820
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
290
ER
15,93%
Посты (30д)
14
Символов в посте
1 124
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
June 06, 01:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

June 06, 01:59

Jim turish ham manipulyatsiya bo‘lishi mumkin
Ko‘pchilik manipulyatsiya deganda yolg‘on gapirish, bosim o‘tkazish yoki qo‘rqitishni tasavvur qiladi. Aslida esa ba'zi odamlar hech narsa demasdan ham boshqalarni boshqarishga harakat qiladi.
Masalan, siz biror xato qildingiz yoki fikringizni bildirdingiz. Qarshingizdagi odam esa gaplashish o‘rniga birdan jim bo‘lib qoladi. Qo‘ng‘iroqlarga javob bermaydi, xabarlarga yozmaydi, sizni e'tiborsiz qoldiradi.
Natijada siz o‘zingizni aybdor his qila boshlaysiz:
— Men nima noto‘g‘ri qildim? — Nega gaplashmayapti? — Balki undan uzr so‘rashim kerakdir?
Aynan shu paytda jimlik qurolga aylanadi.
Albatta, har doim ham jim turish manipulyatsiya emas. Ba'zan odamga tinchlanish yoki o‘ylab olish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Lekin agar jimlik muntazam ravishda sizni jazolash, aybdor qildirish yoki o‘ziga bo‘ysundirish uchun ishlatilsa, bu manipulyatsiyaning bir turi bo‘lishi mumkin.
Sog‘lom munosabatlarda muammolar jimlik bilan emas, muloqot bilan hal qilinadi.
📌
Esingizda bo‘lsin:
sizni tushuntirish o‘rniga ataylab jimlik bilan jazolayotgan odam muammoni hal qilmayapti — sizning his-tuyg‘ularingizni boshqarishga urinmoqda.
@Profayling42

June 04, 16:40

Bir yigit maktabni bitirgancha, kurslarga bormadi, sportga bormadi. Ota onasini aytganini qilmadi. Erkatoy gina boʻlib o'syapti.
Maktab bitti na o'qishga kirdi na xunar o'rganishni boshladi. Qilar ishi ertalab 10:00 gacha uxlash kechasi, papji, kontr oʻynash sayox yurish.
Birkun bir qizni sevib qoldi. U qizga sovchi yubordi. Uchrashuvda qiz: ishingiz bormi? Shu yoshgacha nimaga erishdingiz?
Yigit: E eee qizlar faqat PULGA MASHINAGA O'CH BO'LIB KETIBDI.
Bunday voqealar xayotda bo'lyapti. Qizbolani umuman ayol kishi juft tanlashda puliga ishiga, topish tupishiga etibor berishi normal xolat va bu uni aqli xushi joyidaligini bildiradi. Chunki kelajakni o'ylayapti.
https://t.me/Profayling42

June 04, 12:15

INTUITSIYA ORQALI ODAMNI “SEZISH” MUMKINMI?
Ko‘pchilik hayotida kamida bir marta shunday holatni boshdan kechirgan: “U bilan birinchi marta uchrashganimdayoq nimadir g‘alati tuyulgandi...” yoki “
Nimaga ekanini bilmayman, lekin unga ishonmagandim.”
Qiziq tomoni shundaki, oradan vaqt o‘tgach, o‘sha inson haqiqatan ham yolg‘onchi, manipulyator yoki ishonchsiz bo‘lib chiqishi mumkin. Shunda savol tug‘iladi: bu qanday hodisa boʻlishi mumkin? Odamlar kelajakni sezadimi?
Yo‘q. Buning ortida ko‘pincha mistika emas, balki miyamizning murakkab ishlash mexanizmi yotadi.
Psixologiyada
intuitsiya
— bu ong ostining juda tez ishlashi natijasida paydo bo‘ladigan xulosadir. Miya atrofdagi ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ib boradi. Biz e’tibor bermayotgan mayda detallar ham ong ostida qayd etiladi.
Masalan, yuzdagi bir soniyalik hissiy o‘zgarishlar, sun’iy tabassum, ko‘z qarashidagi noqulaylik, ovozdagi titroq, tana harakatlaridagi nomuvofiqlik yoki gap bilan harakatning mos kelmasligi. Siz bu belgilarni ongli ravishda sezmasligingiz mumkin. Ammo miyangiz ularni qayta ishlaydi va natijada ichki signal paydo bo‘ladi: “Bu odam bilan muomalada ehtiyot bo‘l.”
Boshqa tomondan, ba’zi insonlarni birinchi ko‘rishdanoq yoqtirib qolishimiz ham bejiz emas. Inson miyasi xavfsizlik va xavfni juda tez aniqlashga moslashgan. Agar suhbatdoshning tana tili ochiq bo‘lsa, ovozi xotirjam eshitilsa va harakatlari tabiiy ko‘rinsa, miyamiz uni xavfsiz inson sifatida qabul qiladi. Natijada bizda unga nisbatan iliq munosabat paydo bo‘ladi. Ko‘pincha buni “
Undan yaxshi energiya chiqyapti”
deb ta’riflaymiz. Aslida esa miya allaqachon ko‘plab noverbal signallarni tahlil qilib bo‘lgan bo‘ladi.
Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol shuki, intuitsiya yolg‘onchini aniqlay oladimi? Bunga qisman “ha” deb javob berish mumkin. Ammo intuitsiya yolg‘onni emas, ko‘proq nomuvofiqlikni sezadi.
Masalan, odamning so‘zlari ishonchli eshitiladi, ammo tana tili boshqa signal berayotgan bo‘ladi. Yoki u tabassum qiladi, lekin yuz mushaklari samimiy quvonchni aks ettirmaydi. Shunday paytda ichki hissiyot “Bu yerda nimadir joyida emasda” degan signal beradi.
Biroq bu signalning o‘zi yolg‘onning isboti hisoblanmaydi.
Intuitsiyaning eng katta xavfi shundaki, ko‘pchilik uni mutlaq haqiqat deb qabul qiladi. Aslida esa intuitsiya ham xato qilishi mumkin.
Avvalgi salbiy tajribalar, qo‘rquvlar, stereotiplar yoki noto‘g‘ri taassurotlar uning xulosalariga ta’sir qilishi mumkin.
Shu sababli professional profaylerlar faqat ichki hissiyotga tayanmaydi. Ular kuzatadi, solishtiradi, tekshiradi va faktlar yig‘adi. Faqat shundan keyingina xulosa chiqaradi.
Kuchli intuitsiya ko‘pchilik o‘ylagandek faqat tug‘ma qobiliyat emas. U ko‘pincha tajriba mahsulidir. Qancha ko‘p odamlarni kuzatsangiz va ularning xatti-harakatlarini tahlil qilsangiz, miyangiz shunchalik katta ma’lumotlar bazasiga ega bo‘ladi.
Natijada u signallarni tezroq va aniqroq taniy boshlaydi. Shu sababli tajribali tergovchilar, profaylerlar, psixologlar va muzokarachilar ko‘pincha odamlarni tezroq “sezishadi”. Bu sehr emas. Bu kuzatuv va tajribaning natijasidir.
Xulosa qilib aytganda,
intuitsiya oltinchi hissiyot emas. U miyaning ong ostida ishlov berilgan minglab signallar asosidagi tezkor bahosidir.
U sizni ko‘plab xatolardan saqlashi mumkin, lekin uni hukm sifatida emas, signal sifatida qabul qilish kerak. Intuitsiya sizga shubha beradi. Haqiqatni esa kuzatuv va tahlil aniqlaydi.
Sizning hayotingizda ham biror inson haqida tushuntirib bo‘lmaydigan hissiyot paydo bo‘lib, keyinchalik bu hissiyot to‘g‘ri chiqqanmi?
https://t.me/Profayling42

June 04, 03:45

Komentariyada ko'p odam ichki sezgi yaniy intuitsiya bo'yicha yolg'onni aniqlashar ekan.
Reaksiya koʻp boʻlsa, keyingi post intuitsiya xaqida bo'ladi...
https://t.me/Profayling42

June 03, 15:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Odamlar sizni aldayotganini qanday bilasiz?
Ko‘pchilik yolg‘onchi odam ko‘zga qaramaydi deb o‘ylaydi.
Aslida esa tajribali yolg‘onchilar aksincha — sizning ko‘zingizga tik qarab gapiradi.
Yolg‘onni bitta belgi bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Profaylingda mutaxassislar:

so‘zlarni,

tana harakatlarini,

ovoz ohangini,

hissiy reaksiyalarni
birgalikda kuzatadi.
Eng xavfli manipulyatorlar esa o‘zlarini eng samimiy insondek ko‘rsatadiganlardir.
Shuning uchun har bir yoqimli gapga emas, odamning amallariga e'tibor bering.
Savol: Sizni aldagan odamni qaysi belgisi bilan ushlab olgansiz?
👇
Fikrlaringizni izohlarda yozing.
@Profayling42
| Odamlarni tushunish san'ati
🔍

May 30, 15:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

May 29, 09:45

Kecha kechqurun bir yigit eski bozordan qaytayotgandi. Ismi Kamol. Oddiy, ishonuvchan bola. Odamlarga tez ishonardi. Shu odati sabab ko‘p marta kuygan, lekin baribir “hamma yomon emas” deb yurardi.
Yo‘l chetidagi choyxonada eski tanishi — Rustamni uchratib qoldi. Rustam juda gapga usta edi. Odamni bir qarashda “aka-uka” qilib olardi.
— Kamol, uka, yur bir piyola choy ichamiz, — dedi Rustam kulib.
Kamol o‘tirdi.
Avval oddiy gaplar bo‘ldi. Keyin Rustam asta-sekin suhbatni boshqa tomonga burdi.
— Sen juda yaxshi bolasanda. Hozirgi paytda sendaqalar kam. Men seni boshqalardan ajrataman.
Kamol ichida iliqlik sezdi. Odam maqtovni yaxshi ko‘radi.
Oradan yarim soat o‘tgach Rustam xo‘rsindi.
— Bitta muammom bor edi… Hech kim yordam bermadi. Ishonsang, hammadan ko‘nglim qoldi.
Kamol indamadi.
Rustam davom etdi:
— Lekin sen boshqachasan. Sen erkaksan. Senga ishonsa bo‘ladi.
Mana shu joy manipulyatsiyaning boshlanishi edi.
Rustam avval Kamolning hissiyotini ko‘tardi. Uni “alohida”, “yaxshi”, “erkak” deb his qildirdi. Keyin esa aybdorlik hissini uyg‘otishga yaqinlashdi.
— Uch million pul kerak edi. Ertagayoq qaytaraman. Bermasang ham mayli… shunchaki sendan bunaqa gap kutmagandim.
Oxirgi gap — eng kuchli zarba edi.
“Bermasang ham mayli…”
Lekin aslida shu gap bilan Kamolni majbur qilayotgandi. Chunki endi Kamol pul bermasa, o‘zini yomon odamdek his qilardi.
Kamol ichida kurash boshladi.
“Agar bermasam odamgarchilik qilmagan bo‘lamanmi?”
“Agar aldasa-chi?”
“Yo‘q… balki rost gapirayotgandir…”
Rustam esa sukut bilan qarab turardi. Tajribali manipulyatorlar shoshmaydi. Ular odamning ichidagi urushni tomosha qiladi.
Oxiri Kamol pulni berdi.
Ertasi kuni Rustamning telefoni o‘chiq edi.
Bir haftadan keyin ham.
Bir oy o‘tgach ham.
Kamol shunda tushundi: Manipulyatorlar kuch bilan emas, hissiyot bilan boshqaradi.
Ular: — maqtaydi, — achintiradi, — aybdor qiladi, — qo‘rqitadi, — va oxirida seni o‘zing xohlagandek ish qildiradi.
Eng xavflisi esa — sen manipulyatsiya bo‘layotganingni kech tushunasan.
Bizdagi kitoblar shunday tuzoqlarga tushmaslikni o'rgatadi....
https://t.me/Profayling42

May 25, 05:34
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Uydagi tarbiya, ko'chada bilinadi...
https://t.me/Profayling42

May 23, 08:44
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📚
EVERETT SHOSTROM — “
MANIPULYATOR ODAM yoxud ANTI KARNEGI”
PSIXOLOGIYA OLAMINI
TITRATGAN KITOB!
🎁
BONUS
: Deyl Karnegining “Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir o‘tkazish” kitobi BEPUL qo‘shib beriladi!
🛒
Narxi: atigi 44000 so‘m!

FAQAT AVVAL KITOB OLGAN MIJOZLAR UCHUN — MAXSUS CHEGIRMA!
📂
Format: PDF
📖
Til: Lotin

To‘lov usullari:
💳
UzCard: 5614 6830 0666 0369
📲
Paynet ham bor!
💬
To‘lov chekini va ism-familiyangizni
@Jaloldin42
ga yuboring.
🎯
Shunchaki kitob emas — BU SIZNING PSIXOLOGIK KUCHINGIZ!
https://t.me/Profayling42