
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI🇺🇿
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев проведет встречу с работниками сферы здравоохранения и фармацевтики, а также посетит Олимпийский городок, где примет участие в церемонии открытия Президентской Олимпиады.
Facebook
|
Instagram
|
X
🏆
MARHAMATLIK YOSH IJODKOR VILOYAT BOSQICHIGA YO‘LLANMA OLDI
“Uyg‘onish” Respublika yosh ijodkorlar tanlovining Andijon viloyati tuman bosqichida marhamatlik yosh ijodkor, Andijon davlat texnika instituti magistranti
Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi
“Nasr” yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
26-oktyabr kuni Toshkent xalqaro universitetining Andijon filialida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Madinabonu Xalimovaga viloyat bosqichida omad va yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz!
Marhamat tumani hokimligi matbuot xizmati
MARHAMAT TUMANIDA 300 TA YANGI ISH O‘RINIGA EGA TEKSTIL KORXONASI FAOLIYAT BOSHLADI
📍
Marhamat tumani Bozorboshi mahallasida “Fazo Infinity” MCHJga qarashli yangi tekstil korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
💰
12 milliard so‘m investitsiya hisobiga tashkil etilgan mazkur korxona 300 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash imkonini beradi. Yangi ishlab chiqarish quvvatining ishga tushirilishi tumanda sanoat salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Ochilish marosimida viloyat prokurori M.Abduhakimov, tuman hokimi I.Umrzaqov, tuman prokurori U.Azimov, tuman IIB boshlig‘i R.Jaloldinov, nuroniylar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
🎗️
Tadbir davomida ramziy lenta qirqilib, korxonaning faoliyatiga rasman start berildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yangi korxonaning ishga tushirilishi, avvalo, mahalliy aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish, oilalar farovonligini oshirish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
Андижон спортчилари пойтахтда — мақсад ғалаба, интилиш зафар сари!
«Президент олимпиадаси» спорт мусобақаларининг Республика босқичида Андижон вилояти шарафини ҳимоя қиладиган спортчилар делегацияси Тошкент шаҳрига етиб борди. Энди ёш спортчилар учун ўз иқтидори, жисмоний тайёргарлиги, маҳорат ва матонатини намоён этишнинг масъулиятли палласи бошланади.
Республика миқёсидаги мазкур нуфузли мусобақада иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритган андижонлик спортчилар пойтахтда вилоятимиз шарафини муносиб ҳимоя қилиш, юқори натижаларга эришиш ҳамда ғолиблик учун муносиб кураш олиб боришни мақсад қилган.
Тошкент шаҳрида делегация аъзолари илиқ кутиб олиниб, спортчиларнинг мусобақалар олдидан дам олиши ва тайёргарлик кўриши учун зарур ташкилий шароитлар яратилди. Спортчилар махсус автобусларда меҳмонхонага олиб борилиб, белгиланган тартибда жойлаштирилди.
Олдинда эса ҳал қилувчи беллашувлар турибди. Уларда ҳар бир ҳаракат, ҳар бир натижа ва ҳар бир сония муҳим аҳамият касб этади. Зеро, спортда муваффақиятга эришиш нафақат жисмоний куч ва техник маҳорат, балки мустаҳкам ирода, қатъият, сабр-тоқат ҳамда ғалабага бўлган ишончни ҳам талаб этади.
Андижонлик ёш спортчилар учун «Президент олимпиадаси»нинг Республика босқичи ўз имкониятларини намоён этиш, аввалги машғулотлар давомида эгалланган маҳоратни амалда синовдан ўтказиш ва янги спорт марраларини забт этиш йўлидаги муҳим босқичдир.
Andijan.u
z
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X
MARHAMAT TUMANIDA 300 TA YANGI ISH O‘RINIGA EGA TEKSTIL KORXONASI FAOLIYAT BOSHLADI
📍
Marhamat tumani Bozorboshi mahallasida “Fazo Infinity” MCHJga qarashli yangi tekstil korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
💰
12 milliard so‘m investitsiya hisobiga tashkil etilgan mazkur korxona 300 nafar fuqaroning bandligini ta’minlash imkonini beradi. Yangi ishlab chiqarish quvvatining ishga tushirilishi tumanda sanoat salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Ochilish marosimida viloyat prokurori M.Abduhakimov, tuman hokimi I.Umrzaqov, tuman prokurori U.Azimov, tuman IIB boshlig‘i R.Jaloldinov, nuroniylar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
🎗️
Tadbir davomida ramziy lenta qirqilib, korxonaning faoliyatiga rasman start berildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yangi korxonaning ishga tushirilishi, avvalo, mahalliy aholi uchun yangi daromad manbalarini yaratish, oilalar farovonligini oshirish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
Marhamat tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ''Maktab ligasi'' musobaqalar davom etmoqda
.
Marhamat tumanida umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida ''Stritbol” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar o‘zaro kuch sinashib, hamjihatlik, chaqqonlik va g‘alabaga intilishni namoyon etdilar. G'olib bo'lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
✔️
Musobaqalar yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
SEL-SUV TOSHQINLARINING OLDINI OLISH BO‘YICHA KENG QAMROVLI ISHLAR OLIB BORILMOQDA
.
——————
Andijon viloyatining shahar va tumanlarida
sel-suv toshqinlarining oldini olish
, kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish maqsadida keng qamrovli
tozalash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari
amalga oshirilmoqda.
Xususan, hududlardagi
sel yo‘llari, ariq va zovurlar, suv o‘tkazish kanallari hamda drenaj tarmoqlari
loyqa, qum-shag‘al, turli chiqindilar va suv oqimiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa narsalardan tozalanmoqda. Shuningdek, suv o‘tkazish inshootlarining holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda suvning erkin oqib o‘tishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur tadbirlar
yog‘ingarchilik vaqtida suvning to‘planib qolishi, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari, avtomobil yo‘llari va ekin maydonlarini suv bosishining oldini olish
, shuningdek, sel oqimlarining salbiy oqibatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Mas’ul tashkilotlar va tegishli xizmatlar hamkorligida olib borilayotgan ishlar davomida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, suv yo‘llarining o‘tkazuvchanligini yaxshilash hamda hududlarning mavsumiy xavf-xatarlarga tayyorgarligini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
⚡️
Hayotga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartiruvchi suratlar! | 2-qism
Mutolaa ilovasini yuklab oling
MARHAMAT TUMANI HOKIMI VA HOKIM O‘RINBOSARLARINING SHAXSIY QABUL JADVALI
Hurmatli Marhamat tumani aholisi!
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash, mavjud masalalarni qonuniy tartibda hal etish maqsadida Marhamat tumani hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan belgilangan kun va soatlarda shaxsiy qabullar o‘tkaziladi.
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
📌
MARHAMAT TUMANIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Marhamat tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 2026-yil 19–24-oktabr kunlari murojaat-joylarda hamda shaxsiy qabullar asosida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
📊
Qabul natijalari:
- 7 ta sayyor va shaxsiy qabul o‘tkazildi.
- 38 nafar fuqaro ishtirok etdi.
- 35 ta masala yuzasidan murojaat kelib tushdi.
- 10 ta murojaat bo‘yicha ijobiy yechim ta’minlandi.
- 5 ta murojaat yuzasidan huquqiy ma’lumot berildi.
- 20 ta murojaat ijro jarayonida qoldi.
📋
Murojaatlar yo‘nalishlar kesimida:
- Ijtimoiy himoya — 10 ta;
- Ish bilan ta’minlash — 5 ta;
- Davolanish va tibbiyot — 5 ta;
- Moliya, bank va kredit masalalari — 3 ta;
- Boshqa masalalar — 2 ta.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.
Marhamat tumani hokimligi
Matbuot xizmati
.