Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Markaz — yangiliklar

markazpro
Markaz — Cheksiz media! Reklama va aloqa:
Подписчики
1 120
24 часа
30 дней
-20
Просмотры
502
ER
0,45%
Посты (30д)
Символов в посте
591
September 25, 05:08
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston va Turkmanistonning mudofaa sohasida hamkorlik bitimi ratifikatsiya qilindi
Oʻzbekiston va Turkmaniston Mudofaa vazirliklari oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi. Prezident bu boʻyicha tegishli (OʻRQ-965-son) qonunni
imzoladi
.
Keltirilishicha, bitim 5 yil muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati, basharti u tugatilmasa, oʻz-oʻzidan navbatdagi besh yillik muddatlarga uzayaveradi. Bitimning asosiy maqsadi tomonlar davlatlarining qonunchiligiga muvofiq teng huquqlik prinsipi asosida harbiy sohada oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish va yanada rivojlantirishdan iborat.
😎
@markazpro

September 12, 10:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❗️
Toshkent kinofestivali noma'lum muddatga qoldirildi
Festival
rasmiy saytiga
ko'ra, ko'plab muhim tadbirlarning o'tkazilish sanalari Kinofestival bo'lib o'tadigan kunlarga to'g'ri kelgan.
Maʼlumki, mamlakatimiz bu yil koʻplab eʼtiborga molik yirik xalqaro tadbirlarning markaziga aylandi. Ularning oʻtkazilish sanalari Kinofestival kunlariga toʻgʻri keladi. Xususan, Futzal boʻyicha Jahon chempionati va bir nechta boshqa xalqaro forum va konferensiyalar shular jumlasidan.
Shu bilan birga, Kinofestivalning tanlov dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabuli toʻxtatilganiga qaramay (60 dan ortiq davlatdan 400 dan ortiq filmlar), xorijiy mamlakatlardan ishtirok uchun talabgorlarning soʻrovlari davom etmoqda. Bu oʻz navbatida Kinofestivalni oʻtkazish kunlari bilan bogʻliq rejalarimizga oʻzgartirish kiritishni taqozo qilmoqda", deyiladi xabarda.
😎
@markazpro

September 09, 17:53
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

📱
Yangi iPhone 16 ommaga taqdim etildi
😎
@markazpro

September 09, 06:07
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

"Pandemiya" filmining ilk katta premyerasi bo'lib o'tadi.
10-sentabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san'ati saroyida "Pandemiya" filmi
premyera qilinadi.
Syujet 2020–2021-yillarda butun dunyoga muammolar tug'dirgan Covid-19 kassaligi va pandemiyaning Oʻzbekistonda qanday kechganini yoritib beradi.
Ma'lumot uchun, premyeraga kirish bepul!
😎
@markazpro

September 08, 07:26
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Hindistonlik 17 yoshli qiz Paralimpiada yulduziga aylandi. Uning qoʻli yoʻq, shunga qaramay, kamondan oʻq uzmoqda.
Shital Devi bolaligidanoq atrofidagilar uning ustidan kulganini aytadi, ammo bu unga faqatgina yanada koʻproq kuch bergan. Sportchi uzoq yillardan beri kamondan oʻq uzish bilan shugʻullanadi.
Nogironlar aravachasida oʻtirgan raqiblari qoʻli bilan oʻq uzar ekan, Shital Devi qoʻlsiz holda oyoqlari bilan mahoratli tarzda oʻq uzgan. U atigi 1/8 finalgacha chiqa oldi. Ammo shu chiqishlarning oʻziyoq unga misli koʻrilmagan mashhurlik olib keldi.
😎
@markazpro

August 28, 07:19
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

“Qariqiz” filmi premyerasiga salkam 2 ming kishi tashrif buyurdi.
27-avgust kuni Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Qariqiz” filmining katta premyerasi
boʻlib oʻtdi
.
Kino ixlosmandlar rejissyor Ilhom Muhammadibrohimovning dramma janridagi kartinasini kinoteatrlarda tomosha qilishlari mumkin. Ssenariy muallifi va prodyuser Nilufar Xudoyberdiyeva, rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov.
Bosh rolda Aysanem Yusupova, shuningdek, Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova,Tolib Moʻminov, Otabek Haqberdiyev, Behruz Toxirov, Saida Saidbekova kabi aktyor va aktrisalar rol ijro etgan.
😎
@markazpro

August 27, 10:37
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Britaniyada 102 yoshli ayol tugʻilgan kunini parashyutdan sakrab nishonladi.
Shunday qilib, Ikkinchi jahon urushi faxriysi Manette Beyli Britaniyadagi eng keksa parashyutchiga aylandi.
Tarmoq foydalanuvchilari ayolning jasoratidan hayratda ekanini yozib, unga yana uzoq umr tilamoqda.
😎
@markazpro

August 27, 05:55
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Milliy kino sanʼati saroyida “Qariqiz” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi
“Qariqiz” filmining katta premyerasi 27-avgust kuni soat 18:00 da Milliy kino sanʼati saroyida boʻlib oʻtadi. Kirish bepul.
Mazkur kartina Kinematografiya agentligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan. Ssenariy muallifi va prodyuser Nilufar Xudoyberdiyeva, rejissyor Ilhom Muhammadibrohimov, operator Muzaffar Yusupov.
Film hayotda oʻz yoʻlini izlayotgan boʻlajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon turmushga chiqish va oʻqishni davom ettirish orasidagi muhim tanlovni amalga oshiradi va bu tanlov oʻzini oqlaydi.
😎
@markazpro

April 06, 11:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Buxoroda ona qizini psixonevrologiya dispanseridan olib ketishdan bosh tortdi
Buxoro viloyatida 14 yoshli qiz bolalar ombudsmanı idorasiga yordam soʻrab murojaat qildi. Qiz psixonevrologik klinikaga olib borilgan, u koʻrsatilgan yordamdan keyin oʻzini yaxshi his qildi, ammo qizning onasi farzandini ruhiy shifoxonadan olib ketishdan va hatto u bilan telefonda gaplashishdan bosh tortgan.
Bolalar ombudsmani idorasi tomonidan Ijtimoiy himoya agentligiga soʻrov yuborildi, mutaxassislar tomonidan oilaning ijtimoiy ahvoli oʻrganildi, qizning dispanserdan chiqarilishi, shuningdek, uning sogʻlom va toʻliq hayotga yanada moslashishi kuzatib borilishi belgilandi.
Ijtimoiy soha xodimlari qizning onasi bilan ham tushuntirish ishlari olib bordi, shundan soʻng bola kasalxonadan chiqarilib, uyiga qaytdi. Bundan tashqari, qiz allaqachon maktabga chiqa boshlagan.
😎
@markazpro

April 04, 07:00
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Qozogʻistondagi YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
3-aprel kuni Samara—Chimkent trassasining Qozogʻistonning Aqtoʻbe oblasti Marjonbuloq qishlogʻidan oʻtgan qismida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. YTH Volvo yuk mashinasi hamda Oʻzbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida roʻy bergan.
Hodisa oqibatida miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yoʻlovchi voqea joyida halok boʻlgan. Qurbonlarning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va miniven bilan toʻqnashgan.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
😎
@markazpro