
Masjidlar.uz
Bibixonim masjidi , Samarqand – 15-asr
Dastlabki nomi Juma masjidi bo‘lgan, Amir Temur buyrug‘iga binoan 1399 – 1404-yillarda qurilgan. Masjid qurilishida Hindiston va Eron va Xorazmdan 200 nafar eng yaxshi ustalar olib kelingan. Masjid poydevori va hovlisidagi toshlar yaqin va uzoqdagi tog‘lardan olib kelingan.
Masjid qurilishining so‘nggi bosqichini Amir Temurning rafiqasi, Saroymulk xonim nazorat qiladi.
Qurib bitkazilgan masjid hovlisida bir vaqtning o‘zida 10 ming kishi namoz o‘qishi mumkin edi, uning gumbazi – o‘sha vaqtda dunyoda mavjud bo‘lgan masjidlar orasida eng kattasi edi.
https://t.me/masjiduz
Mog‘aki Attori masjidi, Buxoro – 12-asr
XII asrda qoraxoniylar hukmronligi davrida bunyod etilgan. Me’moriy obidaning asosiy qismi va so‘nggi holatdagi ko‘rinishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, XVI asrda bunyod etilgan.
Masjid tarhi (13,35×17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, o‘rta gumbazi balandroq bo‘lib, uning asosidagi darchalar orqali bino ichiga yorug‘lik tushadi.
1997 yilda Buxoro shahrining 2500-yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida “Mag‘oki Attor” masjidi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YuNESKO tashkilotining Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan
https://t.me/masjiduz
Deggaron masjidi , Navoiy – 11-asrda bino qilingan.
Navoiy viloyati, Xazar qishlog‘ida joylashgan amal qiluvchi juma masjidi.
Arxelog olimlar xulosasiga ko‘ra, masjid qurilishi 7-9 asrlarga to‘g‘ri keladi, ayrim manbalarga ko‘ra 11-asr. Masjid nomi o‘rta asrlarda bu hududda gullab-yashnagan kulolchilik bilan bog‘liq. “Deggaron” so‘zi “kulol” ma’nosini anglatadi.
Deggaron masjidi O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi islom diniy binolaridan biridir. Masjid islomgacha bo‘lgan davrdga xos diniy arxitektura - zardushtiylik ibodatxonalarini eslatadi.
Uning markaziy gumbazi tizimi bilan ajralib turadigan, to‘rtta tayanch ustunga asoslangan. Xuddi shunday me’moriy yechim ilk xristian cherkovlariga ham xos bo‘lgan.
https://t.me/masjiduz
Hazrati Xizr masjidi,
Samarqand – 8-asrda
bino qilingan
.
Hazrati Xizr, Samarqand – 8-asr
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda dastlab zardo‘shtiylar sajdagohi mavjud bo‘lgan. VIII asrda arablar ularning ibodatxonalarini buzib tashlaydi. Keyinroq shu tepalikdagi ibodatxona o‘rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid quriladi va Hazrati Xizr nomi bilan ataladi. Masjid 1220-yilda mo‘g‘ullar istilosi davrida butunlay vayron qilingan.
Hozirgi masjid 1854-yilda qadimiy poydevor ustiga qurilgan. 1884-yilda binoda pardozlash va rekonstruksiya ishlari olib borildi. 1899-yilda masjidning ayvonlari qayta qurilib, darvozaxona qo‘shilgan. Qurilish ishlari 1919-yilda samarqandlik mashhur usta Abduqodir bin Boqiy (Abduqodir Boqiyev) tomonidan kirish portali va sharqiy minora o‘rnatilib, darvozaxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri gumbaz bilan yopilganida nihoyasiga yetdi.
Darvoza peshtoqgumbazli, uning 2 burchagiga qubbasi qovurg‘ali guldasta-minoralar ishlangan, peshtoqning chap tomonida ravoqli, o‘ymakori bezatilgan 5 ta yog‘och ustunli peshayvon jozibador naqshlar bilan serhasham bezatilgan, qirma usulidagi ganch bezaklar mahorat bilan ishlangan. Tashqarisi piltavor gumbaz 8 qirrali poygumbazga o‘rnatilgan, oralig‘i muqarnaslar bilan ziynatlangan.
https://t.me/masjiduz
Channel created