
Mass-media fondi
Фонд масс-медиа принял участие в международной конференции «Свобода слова и достоверные медиа», организованной Национальной медиа ассоциацией.
Эксперты медиасообщества Узбекистана, среди которых были журналисты, государственные деятели, парламентарии, представители ННО и международных организаций, обсудили современные тенденции в этой сфере.
Отдельное внимание уделили вопросам влияния технологий на качество журналистики, важности поэтапного совершенствования законодательства в области медиа, а также необходимости воспитания новой когорты медиаменеджеров.
Фото: Национальная медиа ассоциация
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube
Mass-media fondi Milliy media assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “So‘z erkinligi va ishonchli media” xalqaro anjumanida ishtirok etdi.
O‘zbekiston media hamjamiyati ekspertlari, jumladan, jurnalistlar, davlat tashkilotlari vakillari, parlament a’zolari, NNT va xalqaro tashkilotlar vakillari sohadagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qildi.
Texnologiyalarning jurnalistika sifatiga ta’siri, media sohasidagi qonunchilikni bosqichma-bosqich takomillashtirish muhimligi hamda media-menejerlarning yangi avlodini tarbiyalash zaruratiga alohida e’tibor qaratildi.
Fotosuratlar: Milliy media assotsiatsiyasi
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube
🎒
Школа медиаменеджмента и журналистики Media School Uzbekistan (MSU) объявляет прием заявок на программу 2026 года
В этом сезоне обучение сфокусировано на двух ключевых направлениях:
🟠
Digital-журналистика
🟠
Digital-медиаменеджмент
Если вы хотите усилить свою редакцию, развивать цифровые продукты, создавать более качественный контент, внедрять современные инструменты и лучшие международные практики - эта программа для вас.
Участники будут работать над собственными медиапроектами, получать поддержку тренеров и менторов и внедрять изменения в своих редакциях уже во время обучения.
❓
Кто может подать заявку?
🟠
Digital-медиаменеджмент
— руководители, редакторы онлайн-СМИ, а также руководители маркетинговых и SMM-направлений медиакомпаний с опытом управления не менее 3 лет.
🟠
Digital-журналистика
— практикующие журналисты, авторы, корреспонденты и создатели контента онлайн-изданий с опытом работы в digital-редакциях не менее 2 лет.
🎙
Формат и даты
Обучение пройдет на
русском и узбекском языках
и будет включать очные интенсивы в Ташкентской области, а также обязательную дистанционную работу на онлайн-платформе между модулями.
I модуль:
24–27 сентября 2026 года
II модуль:
30 октября – 1 ноября 2026 года
III модуль:
20–22 ноября 2026 года
Финал и презентация проектов:
23 ноября 2026 года
‼️
Участие обязательно во всех трех модулях и в межмодульной онлайн-работе.
🏆
Авторы лучших медиапроектов получат награды.
📌
Как пройдет отбор?
В 2026 году на программу будут зачислены
24 участника
- по 12 человек в каждую группу.
Отбор пройдет в три этапа:
🟢
анализ заявок;
🟢
онлайн-собеседование с кандидатами из шорт-листа;
🟢
рассмотрение двух рекомендательных писем от авторитетных медиаспециалистов.
📝
Как подать заявку?
Заполните онлайн-форму и выберите свое направление:
https://forms.gle/RSPTuTYLN91FbKMR8
⏰
Дедлайн подачи заявок: 20 июля 2026 года.
Проект Media School Uzbekistan 2026 реализуется DW Akademie совместно с Центром развития современной журналистики (MJDC) при участии Центра по подготовке контента для средств массовой информации (при Администрации Президента Республики Узбекистан).
Проект осуществляется при финансовой поддержке Федерального министерства экономического сотрудничества и развития Германии (BMZ).
🎒
Media School Uzbekistan (MSU) media-menejment va jurnalistika maktabi 2026-yilgi dastur uchun arizalar qabulini eʼlon qiladi
Bu mavsumda oʻqitish ikkita asosiy yoʻnalishga qaratilgan:
🟠
Raqamli jurnalistika
(Digital-jurnalistika)
🟠
Raqamli media-menejment
(Digital-media-menejment)
Agar siz oʻz tahririyatingizni kuchaytirishni, raqamli mahsulotlarni rivojlantirishni, sifatliroq kontent yaratishni, zamonaviy vositalar va ilgʻor xalqaro tajribalarni joriy etishni istasangiz - ushbu dastur aynan siz uchun.
Ishtirokchilar oʻz medialoyihalari ustida ishlaydilar, trenerlar hamda mentorlarning qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻladilar va oʻqish jarayonining oʻzidayoq oʻz tahririyatlarida oʻzgarishlarni amalga oshira boshlaydilar.
❓
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🟠
Raqamli media-menejment
— onlayn OAV rahbarlari va muharrirlari, shuningdek, media-kompaniyalarning marketing va SMM yoʻnalishlari boʻyicha kamida 3 yillik boshqaruv tajribasiga ega boʻlgan rahbarlari.
🟠
Raqamli jurnalistika
— digital-tahririyatlarda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi jurnalistlar, mualliflar, muxbirlar va onlayn-nashrlarning kontent ijodkorlari (kreyatorlar).
🎙
Format va sanalar
Oʻqish oʻzbek va rus tillarida olib boriladi hamda Toshkent viloyatida boʻlib oʻtadigan oflayn (kunduzgi) intensiv mashgʻulotlarni, shuningdek, modullar oraligʻida onlayn-platformadagi majburiy masofaviy ishlarni oʻz ichiga oladi.
I modul:
2026-yil 24–27-sentabr
II modul:
2026-yil 30-oktabr – 1-noyabr
III modul:
2026-yil 20–22-noyabr
Final va loyihalar taqdimoti:
2026-yil 23-noyabr
‼️
Uchala modulning barchasida va modullararo onlayn-ishlarda ishtirok etish majburiydir.
🏆
Eng yaxshi medialoyihalar mualliflari mukofotlanadi.
📌
Saralash qanday oʻtadi?
2026-yilda dasturga 24 nafar ishtirokchi qabul qilinadi - har bir guruhga 12 kishidan.
Saralash uch bosqichda amalga oshiriladi:
🟢
arizalarni tahlil qilish;
🟢
short-listga (saralanganlar roʻyxatiga) kirgan nomzodlar bilan onlayn-suhbat;
🟢
nufuzli mediamutaxassislar tomonidan berilgan ikkita tavsiyanomani koʻrib chiqish.
📝
Ariza topshirish tartibi
Onlayn-shaklni toʻldiring va oʻz yoʻnalishingizni tanlang:
https://forms.gle/RSPTuTYLN91FbKMR8
⏰
Arizalar qabulining soʻnggi muddati (dedlayn):
2026-yil 20-iyul.
Media School Uzbekistan 2026 loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi ishtirokida, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) hamda DW Akademie hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Loyiha Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanmoqda (yoki: federal vazirligining moliyaviy koʻmagida hayotga tatbiq etilmoqda).
Уважаемые журналисты, блогеры и все работники медиасферы!
Поздравляем вас с профессиональным праздником.
Мир стремительно меняется. Перед сферой появляются всё новые и новые вызовы: от развития искусственного интеллекта и засилья дипфейков до сложностей с фактчекингом. Но одна вещь остаётся неизменной — несмотря ни на какие сложности профессии, представители массмедиа всегда были, есть и будут на передовой.
Вооружившись словом, вы держите позицию, чтобы защищать права людей, отстаивать подлинные интересы нашего общества, а также разъяснять важность происходящих реформ.
Пусть каждый ваш материал достигает цели, а вдохновение никогда не иссякает. С праздником, коллеги!
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube
Hurmatli jurnalistlar, blogerlar va media sohasi vakillari!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz.
Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Soha oldida sun’iy intellektning rivojlanishi va dipfeyklar xurujidan tortib, faktchekingdagi murakkabliklargacha bo'lgan yangidan yangi chaqiriqlar paydo bo'lmoqda. Lekin bir narsa o‘zgarishsiz qoladi: kasbning barcha qiyinchiliklariga qaramay, ommaviy axborot vositalari vakillari hamisha oldingi safda bo‘lgan, hozir ham shunday va shunday bo‘lib qoladi.
Siz so‘z bilan qurollanib, insonlarning huquqlarini himoya qilish, jamiyatimizning asl manfaatlarini ilgari surish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini tushuntirish uchun o‘z pozitsiyangizda mahkam turasiz.
Har bir materialingiz o‘z maqsadiga erishsin, ishtiyoqingiz esa aslo so‘nmasin. Bayramingiz muborak bo'lsin, hamkasblar!
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube
Фонд массмедиа представляет образовательный курс по распознаванию языка ненависти и борьбе с ним.
В эпоху цифровизации интернет стал не только пространством свободы, но и площадкой для агрессии.
Новый комплексный онлайн-курс «Что такое язык ненависти (hate speech)», призван помочь отличить свободу слова и мнения от правонарушения и даёт инструменты, как защитить редакцию и противостоять кибербуллингу.
Он разработан Центром развития современной журналистики при поддержке Офиса Координатора проектов ОБСЕ в Узбекистане при участии Фонда массмедиа.
Курс состоит из теоретического и практического блоков. Главная цель первого блока — научить специалистов чётко видеть тонкую грань между фундаментальным правом на выражение мнений и законодательным запретом на токсичность в сети. Во втором блоке представлена современная практическая база для выявления цифровой травли и защиты от неё.
Проходите курс по
ссылке
.
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube
Mass-media fondi nafrat tilini aniqlash va unga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kursini taqdim etadi.
Raqamlashtirish davrida internet nafaqat erkinlik makoniga, balki tajovuzkorlik maydoniga ham aylandi.
“Nafrat tili (hate speech) nima?” nomli yangi kompleks onlayn-kurs so‘z va fikr erkinligini huquqbuzarlikdan farqlashga, shuningdek, tahririyatlarni himoya qilish va kiberbullingga qarshi kurashishga yordam berishga mo‘ljallangan.
Kurs YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar bo‘yicha Koordinatori ofisi ko‘magida va Mass-media fondi ishtirokida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
Kurs nazariy va amaliy bo‘limlardan iborat. Birinchi bo‘limning asosiy maqsadi — mutaxassislarni fikr bildirish bo‘yicha asosiy huquq bilan tarmoqdagi toksiklikka qonun yo‘li bilan qo‘yilgan taqiq o‘rtasidagi nozik chegarani aniq ko‘ra olishga o‘rgatishdir. Nazariya bilan bir qatorda, kurs raqamli ta’qibni aniqlash va undan himoyalanish uchun kuchli amaliy ko‘nikmalarni taqdim etadi.
Kurs bilan
havola orqali
tanishishingiz mumkin.
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube
В Ташкенте состоялась экспертная конференция, посвящённая вопросам управления цифровым пространством. Пленарную сессию модерировал директор Фонда масс-медиа Жахонгир Азимов.
Организаторами мероприятия выступили Представительство ЮНЕСКО в Узбекистане, Ташкентский государственный юридический университет, Центр по подготовке контента для СМИ при Администрации Президента, а также Швейцарское агентство по развитию и сотрудничеству.
В фокусе внимания были такие темы, как влияние законов на цифровые права, регулирование интернет-платформ и искусственного интеллекта, а также защита персональных данных и безопасность пользователей в социальных сетях.
Как отмечали эксперты, при совершенствовании законодательства всем игрокам медиаполя важно придерживаться важного принципа: цифровые права — это базовые гражданские права и свободы, адаптированные для цифровой эпохи, и они должны соблюдаться в сфере онлайн в полной мере, так же, как и в реальной жизни.
Фото: ЮНЕСКО в Узбекистане
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube
Toshkentda raqamli makonni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan ekspertlar ishtirokidagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Yalpi majlisni Mass-media fondi direktori Jahongir Azimov olib bordi.
Tadbir YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Prezident Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan tashkil etildi.
Qonunlarning raqamli huquqlarga ta’siri, internet-platformalar va sun’iy intellektni tartibga solish, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash kabi mavzular diqqat markazida bo‘ldi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, qonunchilikni takomillashtirishda media maydonining barcha ishtirokchilari muhim bir tamoyilga amal qilishi zarur: raqamli huquqlar – bu raqamli davrga moslashtirilgan asosiy fuqarolik huquq va erkinliklaridir va ularga real hayotdagi kabi onlayn sohada ham to‘laqonli rioya etilishi shart.
Rasmlar: YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
🌐
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
🌐
LinkedIn
|
🌐
YouTube