
MATEMATIKA | XUSAN KAMOLOV
Umumta'lim fanlaridan
2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆
Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr,
oktyabr
,
noyabr
va
dekabr
oylarida o‘tkaziladi.
🆔
Milliy sertifikat uchun talabgorlar
my.gov.uz
sayti orqali
onlayn
tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻
Milliy sertifikat imtihonlari qaysi
fanlar
dan o‘tkazilishi,
ro‘yxatga olish muddatlari
va
test sinovi o‘tkaziladigan sanalar
yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗
Muhim
eslatma
: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Chet tillaridan
2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari
avgust
,
sentabr,
oktabr
,
noyabr
va
dekabr
oylarida bo‘lib o‘tadi.
🧑💻
Bunda
nemis va fransuz tillaridan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi
(kompyuterda olinadi).
🆔
Test sinovi uchun talabgorlar
my.gov.uz
sayti orqali
onlayn
tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻
Test sinovlari qaysi
tillar
dan o‘tkazilishi,
ro‘yxatga olish muddatlari
va
test sinovi o‘tkaziladigan sanalar
yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗
Muhim
eslatma
: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
OTMlar Imtiyozlar haqida gapirganda xotin-qizlar, xarbiylarni bolalari, Zulfiyachilardanam yuqori juda katta imtiyoz haqida gapirish kerak: bu Prezident maktabi bitiruvchilarining O‘zbekistondagi istalgan OTMga grantga kirish imtiyozi. Mana shu imtiyozga o‘lay agar tushunmayman, nima uchun respublikadagi 14 ta Prezident maktabini hamma bitiruvchisini yana to‘g‘ridan-to‘g‘ri grantga kirgizdirishimiz kerak, qishloq maktabida 40 ta bolani ichida yaxshi o‘qish muhiti bo‘lmagan qiyin sharoitda otilib chiqib o‘qigan, issiq-sovuq kunlarda repetitorlarga qatnab o‘qigan o‘quvchi bilan 4-sinfligida intihondan o‘tib olgan, 1 sinfda 24 tagina o‘qib, u ham juda ko‘p fani 12 ta bo‘lib o‘qigan, cheksiz yevrostandart sharoitda o‘qigan, 5000 bola ichidan saralab o‘qitgan o‘quvchi ochiq jangga kirishga qo‘rqadimi? Qo‘yib bering, jang qilib erishsin, shunda qadriga yetadi bu grantni. Hattoki bir yil biz bergan o‘sha grantda o‘qib, chet eldagi o‘qishi aniq bo‘lgach biz bergan grantni tashlab ketganlarni ko‘ryapmiz shular ichidan. Nega ularga shuncha sharoitni qilib beramizu yana grantini ham taʼminlaymiz, ular aslida hammasi(!) jahonning top o‘qishlariga kirishlari kerak emasmi shuncha harakatimizga yarasha? Men masalan hattoki xotin-qizlar imtiyozidan ko‘ra mana shu imtiyozga qarshiman.
@domlajon
t.me/domlajon
Қайси йўналишда пул кўп?
Ҳозир ёшлар шунақа савол беришмоқда, шунга умумий қилиб жавоб бериб кетай. Пул ҳар қандай йўналишда кўп ва бу рост. Исталган йўналишда миллиардер бўлишингиз мумкин. Ҳозир йўналиш танлаётганда иккиланиб юрибсиз-ку, шуни ўзи қандай танлаш керак?
Буни тўрт қисмга бўлиб қўйдим.
1. Танлаётган йўналишингиз ўзингизга ёқиши керак, айнан ўзингизга, ота-онанингизга эмас, фақат ўзингиз шу йўналишни ўйлашдан кайф қилишингиз, орзулар қилишингиз керак. Масалан, менинг бир ўртоғим бўлар эди, бирга тайёрланганмиз, шу ўртоғим болалигидан милиса бўлишни орзу қилган, ухлаётганда Алишер Файз қўлини кўксига қўйиб ётади дейишади-ку, менинг ўша ўртоғим ўнг қўлини чаккасига қўйиб чест бериб ётадиганлардан эди.
2. Сиз танлаётган йўналиш сизда ўхшаши керак, масалан, сиз журналистика йўналишини танлагансиз, лекин микрофонни кўрсангиз икки чақирим наридан қочасиз, ўзингизни ноқулай ҳис қиласиз. Демак бу йўналиш сизга эмас.
3. Сиз танлаган йўналишда энди пул келтиришни йўлини қилиш керак. Юқоридаги иккитаси бор, сизга қилаётган ишингиз ёқади, сизда ўша қилаётган ишингиз ўхшаяпти, одамлар ҳам буни эътироф этмоқда, энди шундан пул келтириш керак. Дейлик сиз ахборот хавфсизлиги йўналишини танладингиз, буни яхши кўрасиз, соатлаб ноутбукда ўтириб бир нималар қиласиз, дастурлар яратасиз, сизни кўрган одамлар бу хакер деб ном қўйиб олган. Энди сиз шу йўналишдан пул топадиган бўлишингиз керак.
4. Сиз танлаётган йўналиш жамиятга фойда келтириши керак.
Мана шу тўртта нуқтани бирлаштира олган ҳар қандай инсон ҳар қандай соҳада миллионерга айланади, бир кун ҳам ишламайсиз, шунчаки ишингиздан завқ олиб яшайсиз.
@bektoshkhatamov
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
▫️
✍️
SAT imtihon sanalari rasman e’lon qilindi!
🏢
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
College Board
tashkiloti bilan hamkorlikda SAT imtihonlari quyidagi sanalarda tashkil etiladi.
🗓
2026-yil
🔹
22-avgust
🔹
12-sentabr
🔹
3-oktabr
🔹
7-noyabr
🔹
5-dekabr
🗓
2027-yil
🔹
6-mart
🔹
1-may
🔹
5-iyun
🎓
SAT imtihonida ishtirok etishni rejalashtirayotgan abituriyentlardan
ro‘yxatdan o‘tish muddatlarini diqqat bilan kuzatib borishlari
so‘raladi.
📍
SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉
MANZILLAR
😎
Telegram
❓
OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak?
Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda
davlat grantini
ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹
Davlat grantini tanlasa
— tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹
Ta’lim yo’nalishini tanlasa
— avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q,
asosiysi davlat grantiga kirishim kerak"
, desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart,
kontraktga kirsam ham roziman
" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
✔
@mandat_javobbot
orqali qaysi oliygohda
qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari
bilan tanishish mumkin.
📩
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (
✅
@uztdibot
)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️
Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
✈️
Joriy yilgi qabul jarayoni ham
ikki bosqichda
amalga oshirilmoqda. Dastlab abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etadi, undan keyin esa
oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini
tanlaydi.
✔️
Ertaga esa test sinovlarining 23-iyul kuni topshirilgan natijalari
ham e’lon qilinadi. Shu bilan barcha abituriyentlarning test natijalari to‘liq ma’lum qilingan bo‘ladi.
✈️
Shundan so‘ng, taxminan
25-iyuldan 8-avgustgacha
abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.
Yo‘nalish tanlash jarayoni yakunlangach,
8–17-avgust kunlari yakuniy mandatni shakllantirish
ishlari olib boriladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, mandat natijalari
17-avgust kuni e’lon qilinishi
kutilmoqda.
🎓
Shundan so‘ng,
18–27-avgust kunlari
oliy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar texnikumlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Muhim sanalar
:
➖
14–23-iyul — test sinovlari;
➖
25-iyul–8-avgust — oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash (taxminiy muddat);
➖
8–17-avgust — yakuniy mandatni shakllantirish (taxminiy muddat);
➖
17-avgust — mandat natijalari e’lon qilinishi kutilayotgan sana;
➖
18–27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlar uchun texnikumlarni tanlash bosqichi (taxminiy muddat).
Ma’lumot uchun,
2025/2026-o‘quv yili qabuli bo‘yicha mandat natijalari 13-avgust kuni e’lon qilingan edi
.
Ya’ni mandat qonunchilikda belgilangan muddatdan oldin, 5 kunda chiqqan. Joriy yilgi qabulda esa abituriyentlar soni o‘tgan yilga nisbatan 54,5 ming nafarga kamayib, 677 ming 907 nafarni
tashkil etdi.
O‘tgan o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 732 ming 411 nafar bo‘lgan.
Mandat natijalari bu yil ham belgilangan muddatdan oldinroq e’lon qilinish ehtimoli bor.
✔
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Minus tomonlari:
Eng asosiylaridan ,o'quvchilar ko'proq "yodlash,bilimni faqat sertifikat orqali bo'ladi " deya hisoblaydi.
Aslida jamiyatga esa,
ma’lumotni tahlil qila oladigan, muammoga yechim topadigan va tanqidiy fikrlaydigan
shaxslar kerak.
Aksar maktablarda o'quvchi fandan,sertifikatini olib bo'ladi 8,9,10 sinflarda masalan olib bo'ldi.
U endi bu fanga deyarli e'tibor qaratmaydi.Natijada ,dars sifati buziladi,o'quvchini olgan ozgina bilimi ham esdan chiqadi.
.Shunchaki maktabga yo'qlama uchun kelganligini yaqqol isbotlaydi.Hozir sertifikatni asosan kurslar orqali olmoqda.
Bu sertifikat tizim esa ,bolani yaqqol o'quv markazlariga,kurslariga tortadigan tizim bo'lib qoldi.
Aslida ilm bir necha oy nimalarnidir yodlab,o'rganib ,sertifikat olish bilan emas, o'quvchini yillar davomida qilgan mehnati ,izlanishi ,fanni kengroq o'rganishi bilan olinadi.
@matematika_ustozi
12 997 nafar abituriyent ozod bo'lgani ta'lim sifati ko'tarilganidanmi?
Yaqinda e'lon qilingan rasmiy statistikaga ko'ra, bu yil oliy ta'limga jami 677 907 nafar abituriyent ro'yxatdan o'tgan. Shundan 12 997 nafari milliy yoki xalqaro sertifikatlari borligi sababli test sinovlaridan to'liq ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o'tkazildi.
2025-yilda xuddi shu imtiyozdan 678 kishi foydalangan edi! Ya'ni,bu yil sertifikat orqali imtihondan ozod bo'lganlar soni bir yil ichida qariyb
19 barobarga
o'sib ketdi.
Bu juda katta raqam.
Nega bunchalik deyish mumkin.
Sabablaridan eng asosiysini aytib o'tsam ,bu RASH moduli saviyasi tushdi.Oldinlari ko'proq o'qigan,nisbatan ko'proq harakat qilganlar sertifikatga topshirar edi.
Shuni hisobiga sertifikat olish oson emas edi.
Hozirchi?
Shu yaqin yillarda oz tayyorlanib ,yoki umuman tayyorlanmaganlar ham ,sertifikatga topshiraverib,darajani tushirvordi,bu RASH shunaqa ,ya'ni nomzodlarga qarab sertifikat beriladi.Shunday bo''lgandan keyin ,olish osonlashib ketdi.
Bu esa ko'pchilikni nazdida xuddi bilimlilar ko'paygan ,o'quvchilar ustozlardan ham oldinlagan degan ,har xil fikrlarga keldi.
Ta'lim esa shunchaki test "yodlash"dan, oldindan sertifikat orqali bilimni isbotlashga qarab keskin o'zgaryapti.
Bunaqa holatni ko'proq minus tomonlari bor.
@matematika_ustozi